Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
Iyd al adha

Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi. Ramazon hayitidan 70 kun o'tib nishonlanadi.

Bu kunning tarixi:

Ibrohim alayhissalomga tushlarida: “Siz o‘z farzandingizni jonini bizga fido qiling” degan amr bo‘ldi. Ibrohim alayhissalom bu hukmni o‘gili Ismoil alayhissalomga aytdi.
Ismoil alayhissalom esa “Ey otajon, sizga buyurilgan ishni qiling. In shaa Alloh meni sabr qilguvchilardan topursiz” dedi.

Ibrohim alayhissalom o‘g‘li Ismilning bo‘yniga kuch bilan pichoqni tortgan edilar, pichoq kesmadi. Chunki Ibrohimga “so‘ying” deb, pichoqqa esa “so‘ymagin” deb hukm bo‘lgan edi.

Alloh taolo bu ishni yuksak baholadi. Va sinovning g‘alabasi o‘laroq Jannatdan bir Qo‘chqor tushurdi va Ismoil o‘rniga qurbon qilindi. Bu bayrani nishonlash orqali Ibrohimni (a.s) eslash maqsad qilingan.

Rasmlarda ushbu voqeaning turli asrlardagi Sharq xalqlarining miniaturalaridagi talqinini ko‘rib turibsiz.

Qurbon hayiti muborak bo'lsin🤲

Kanalga obuna bo‘ling
✒️@toponomik
👍2
#shunchaki
Imperator Napoleonni o'sha davr sarkardalari bilan bo'y jihatidan solishtirilganda
@toponomik
👍1
ADDIS ABEBA
Efiopiyaning poytaxti hisoblanmish Addis-Abеba amxara tilida «bahor guli» yoki «yangi gul» ma`nolarini bildirar ekan. Shaharga 1887-yili asos solingan. 1889- yildan buyon Efiopiya poytaxti hisoblanadi.
@toponomik
👍1
#shunchaki
Tombili-Istanbulda yashagan ko'cha mushugi bo'lib, mushuk yo'l chetiga suyanib turgan surati bilan mashxur.2016-yilda mushuk xotirasiga atab haykal o'rnatildi
@toponomik
🔥1
Menton qal'asi,Fransiya X asr

1000 yildan ortiq vaqtdan buyon Mentonlar oilasiga tegishli bu qal'aga bugingi kunda sayyohlar kirishiga ruxsat berilgan.Taxminlarga ko'ra Uolt Disney "Uyqudagi go'zal" qasrini yaratganda shu qal'adan ilhomlangan
@toponomik
👍2
#tarix
Qizig'i shundaki "IV" rim raqami o'zining bizga tanish shaklini XIX asrda oldi.Aynan shu davrdan uning ko'rinishi bizga tanish bo'lgan ikkita belgining kombinatsiyasi sifatida shakllangan."IV" Rimliklar o'zlari bu raqamni "IIII" ko'rinishida tasvirlashgan va ehtimol boshqacha ko'rinishga qaror qilmagan bo'lardi,chunki "IV" belgisi rimliklar oliy hudosi Yupiter ismidagi birinchi harflar edi.Uning ismi "IVPPITER" deb yozilgan.
@toponomik
👍3
#shunchaki
Nikolay II davrida Boku neft mintaqasining rivojlanishi

Nikolay II hukmronligi davrida Absheron yarim orolida neft qazib olish faol rivojlandi.1894-yildan 1901-yilgacha neft qazib olish 311 dan 672 million pudgacha o'sdi,bu 1901-yilda Rossiyaning 95% va jahon neft qazib olishning yarmidan ko'pini tashkil etdi.

Suratda: XX asr boshida Bokudagi neft qazib olish qurilmalari(1900-1910 yy)
@toponomik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shunchaki

1955-yilda Globuslar qanday yasalgani haqida qiziqarli video

@toponomik
Жума Айём муборак...
Албатта бир Жумангиз ИншаАллоҳ Маккада бўлсин🕋

✨Аллоҳумма солли аъла саййидина Муҳаммад.
✨Аллоҳумма солли аъла саййидина Муҳаммад.
✨Аллоҳумма солли аъла саййидина Муҳаммад.

Яқинларингизни биринчилардан бўлиб табрикланг!
@toponomik
#toponim #etimologiya

TOKIO - "sharqiy poytaxt"

Yaponiya poytaxti qadimda Edo dеb atalgan. Unga XV asr o‘rtasida asos solingan. Yaponiyaning poytaxti 1868-yil 17-iyulda Kioto dan Tokioga kochirilgan. «Tokio»ning o‘zbеkcha ma‘nosi «sharqiy poytaxt» dеmakdir.

@toponomik
#shunchaki

Haid al Jazil-Hadramaut gubernatorligidagi Daw'an tumanidagi qishloqlardan biri bo'lib,2004-yil aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra 17 nafar aholi istiqomat qiladi.Qishloqning g'shtdan qurilgan binolari Vodi Davan vodiysiga qaragan ulkan tosh ustiga qurilgan

@toponomik
👍1
#shunchaki

"Orqa front" yodgorligi
Bronza va granitdan yasalgan yodgorlik,Rossiyaning Magnitogorsk shahrida joylashgan.Yakov Belopolskiy tomonidan chizilgan va Lev Golovnitskiy haykaltorishlik mahorati namunasi hisoblanadi

@toponomik
#termin
Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin.
Bu termin XIX asrda yashagan Charlz Boykot nomidan kelib chiqqan.U adolatsiz ijaraga qarshi chiqqan ishchilarga qarshi kurashi bilan mashxur bo'ldi.Charlzning bu harakatlari o'z natijasini ko'rsatdi.Mahalliy aholi u bilan salomlashish va gaplashishni to'xtatdi,unga do'konlarda hizmat ko'rsatish rad etildi,cherkovda esa uning yonida hech kim o'tirmasdi.Natijada bu hikoya biz o'rganayotgan terminning paydo bo'lishiga olib keldi.

@toponomik
#shunchaki

"Uzuklar hukmdori"filmidan minora(deyarli)
Bu Shotlandiya milliy qahramoni Uilyam Uolles sharafiga qurilgan yodgorlik.Minora Stirlingda joylashgan bo'lib,u yerda 1297-yil 11-sentabrda Uolles va de Morey otryadlari Surrey ingliz grafining 10 ming jazo ekspeditsiyasini to'liq mag'lub qiladi.

@toponomik
#shunchaki
1986-yil 26-aprelda Chernobil AESda avariya yuz berdi.
Suratda:"Yadroviy hochga mixlanish" yodgorligi (A.Kovalchuk,V.Korsi)ushbu daxshatli avariyada halok bo'lganlarga bag'ishlangan.
Yodgorlikda yadroviy qo'ziqorin ichida odam qo'llari bilan yadro bulutini to'xtatadi.Xochga mixlanish bilan o'xshashlik qahramonning boshqalarning hayoti uchun fidoyiligini ko'rsatadi.Bu kuchli taassurot uyg'otuvchi yodgorlik hisoblanadi.

@toponomik
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Habibimiz
Чангларни ҳам қудуқга тўкишди...

Истунбулнинг Фотиҳ туманидаги Топкапи саройидаги музейда 5 асрдан бери Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг хирқаи шарифлари сақланади. Видеода ушбу «Has Oda» (махсус хона)нинг анъанавий 506-марта тозалаш ишлари тасвирланган. Эътиборли жиҳити шундаги ҳаттоки хирқаи шарифдан олинган чанглар ҳам эъзозланиб қудуқга тўкилган. Соллаллоҳу алайҳи васаллам...

ХИРҚА (араб. — ямоқ, қуроқ) — жунли матодан тикилган устки кийим.

———
@toponomik‌‌
#etimologiya

Rеykyavik- Islandiyaning poytaxti. Islandcha rеykya- «bug`», «tutun», vik- «qo`ltiqcha», «qishloq» ya`ni qaynar buloqlar ko`pligidan bug` otilib turadigan joy dеmakdir. 874-yilda Islandiyaga ko`chib borgan norvеglar asos solgan. 1786-yili shahar huquqini olgan. 1944-yildan Islandiya Rеspublikasi poytaxti

@toponomik
👍1
#toponim #etimologoya

Ba‘zi toponim, gidronimlar va terminlar ma‘nosi

Adan - «huzur-halovat».
Akmala - «Oq mulla».
Albaniya - «tog'lilar yeri». Alp o'zagi «tog'» ma'nosini bildiradi.
Aldan - «oltin».
Argentina - «kumush» degani (lotin).
Avstraliya - noma'lum janubiy yer (lotin).
Avstriya - «Sharqiy qirollik».
Bahrayn - «Ikki dengiz» (arab.).
Baykal - «Boyko'l».
Binokl - «ikki ko'z».
Boliviya - Ispanlarga qarshi kurash olib borgan mamlakatning 1-prezidenti Simon Bolivar sharafiga qo'yilgan.
Burundi - «rundi» tilida «gaplashuvchilar yeri» ma'nosida. I Delta - yunonlarning «delta» harfidan olingan.
Gobi - «cho'l».
Gonduras - ispancha «hurlik» so'zidan olingan.
Himolay - «qorlar makoni».
Hind - «daryo».
Indoneziya - «orollardagi Hindiston». Iroq - yahudiycha «ikki daryo oralig'i».
Irtish - «yertesh».
Islandiya - «muzlar mamlakati»., «muzlik yer».
Jazoir- «orol».
Kanada - Shimoliy Amerikaning algonquian hindu qabilasi tllida «kichik maskan» yoki «qishloq» ma'nosini bildiradi.
Kanar-«it» oroli.
Kolumbiya -Xristofor Kolumb sharafiga qo'yilgan.
Kosmos - «tartib».
Kosta-Rika - «boysohil».
Kuba - taino qabilasi tilida «Markaziy yer» degani.
Landshaft-joyning umumiy ko'rinishi ma'nosida.
Livan - yahudiycha «oq tog'».
Liberiya - lotincha «erkin».
Lyuksemburg - keltcha «kichik», nemischa «qasr» degani.
Marokash - «uzoq g'arb».
Mavrikiy - golland shahzodasi Mavrisius sharafiga deyilgan.
Michigan - «Oqtog'» (fransuz).
Missisipi - «katta daryo».
Musson - «mavsum».
Namibiya - nama tilida «hech narsa yo'q joy» degani.
Nepal - «jun bozori».
Niderlandiya - «quyi yerlar».
Norvegiya - «shimolga yo'l».
Oktyubinsk - «Oq tepa».
Oranj - Golland shahzodasi (Oronskiy nomidan).
Orbita - «yo'l iz» (lat.).
Orinoko - «daryo» (hindu).
Panama - «juda ko'p baliq» (hindular tilida).
Pekin - «shimoliy poytaxt».
Pentagon - «beshburchak».
Plankton - «adashgan».
Pluton - yerosti dunyosi (yunoncha), o'liklar saltanatining xudosi.
Pomir- «quyosh oyog'i».
Quvayt - arabcha «qo'rg'on» so'zidan olingan.
Rio-de janeyro - «yanvar daryosi».
Sahroyi Kabir- «katta cho'l».
San-salvador - «muqaddas haloskor».
Tundra - «tog' cho'li» (fin.).
Tyanshan - «osmono'par».
Venesuela - «kichik Venetsiya».
Viktoriya -g'alaba ma'budasi (rim.).
Vyetnam - «janubiy yer» (vyetnam).
Xuanxe - «sariq daryo».
Yaman - «yer cheti».
Yenisey - «enasoy».
Zambiya -Zambezi daryosi nomidan olingan.

Amur - sevgi Xudosi (rim.)
Afina - Olimpdagi yagona ayol ma'buda. Urush, g'alaba, aql ramzi, iffat homiysi (yun.)
Exolot - exo xudosi nomidan (rim.)
Mars - urush xudosi, otchopar va aloqa xizmati homiysi (rim.)
Merkuriy - Yupiterning o'g'li.Savdo-sotiq hudosi (rim.)
Neptun - oqar suv, buloq, daryo xudosi (rim.)
Titan - o'lmas xudo nomidan olingan (yun.)
Venera - bahor, sevgi va go'zallik xudosi (rim.)
Vulkan - «olov», «yong'in», «o'choq», temirchilik xudosi (rim.)

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍3❤1
#tarix

Vabo shifokori-bu O'rta asrlarda va Uyg'onish davrida shifokorlarning yangi toifasi uchun yaratilgan ta'rif bo'lib,ularning asosiy vazifasi-"bubon"li vabo yoki "qora o'lim" bilan kasallangan bemorlarni,ayniqsa epidemiyalar paytida davolash bo'lgan

@topomomik
#shunchaki

Valter Yeo-Tibbiyot tarixida birinchi marta plastik jarroh tomonidan operatsiya qilingan insonning ismi

@toponomik
#shunchaki

XIX asrning boshlarida "ustritsa"Fransiya va Angliyada go'sht uchun puli bo'lmagan kambag'allarning taomi hisoblangan.Biroq nazoratsiz baliq ovlash ustritsalarning tabiatda keskin kamayishiga olib keldi va XIX asrning ikkinchi yarmida u juda qimmatlashib noziklik va dabdabaga ahlandi

@toponomik
👍2🤮2