Tarix va Toponomika
1.53K subscribers
1.09K photos
16 videos
3 files
403 links
We opened this channel to help with "Zakovat"
Download Telegram
#toponim #etimologiya

Lahor- Sharq Pariji

Pokistonning Panjob viloyatida joylashgan Lahor shahri qadimiy tarixga ega.Shahar nomi ma‘nosi haqida 2 xil qarash mavjud.

1) "Lahor" nomi sanskritcha "Lavapuri" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, hindu xudosi Ramaning o'g'liga nisbatan "Lava shahri" degan ma'noni anglatadi. Vaqt o'tishi bilan bu nom Lahorga aylandi.

2) Shahar nomi "temirchi" ma‘nosini bildiruvchi Lahor so‘zidan kelib chiqqan degan variant ham bor

Shahar nomi Abu Rayxon Beruniy asarlarida shahar Luhavar,Yoqit Hamaviy asarlarida Laxur tarzida keladi

Lahor asrlar davomida muhim madaniy, tarixiy va iqtisodiy markaz bo'lib kelgan. U turli imperiyalar tomonidan boshqarilgan. Shahar muhim tarixiy voqealarga guvoh bo'lgan va savdo, san'at markazi bo'lgan.

Shahar Shiorlari:

Pokistonning yuragi, Sharqning Pariji, Bog‘lar shahri , Adabiyot shahri ( YUNESKO tomonidan )

Do‘stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍4
1.3 K Alhamdulillah ❤️✊
🔥5👍3❤2
#shunchaki

Miss Havisham sindromi

Ch. Dikkensning "Buyuk umidlar" romanidagi Miss Havisham obrazidan kelib chiqqan psixologik holat bo‘lib, insonning o‘tmishda sodir bo‘lgan og‘riqli voqeadan chiqolmay, unda qolib ketishi bilan tavsiflanadi.

Bu sindrom odatda ruhiy jarohat, xiyonat yoki yo‘qotishlar natijasida paydo bo‘ladi. Shaxs hayotining muayyan lahzasida "muzlab qoladi" va o‘sha voqea ta’siridan chiqa olmaydi. U hozirgi hayotni rad etib, o‘tmish xotiralari ichida yashaydi.

Roman qahramoni Miss Havisham yoshligida sevgan yigitidan xiyonatga uchraydi: kuyov to‘y kuni uni tashlab ketadi. Natijada u butun hayoti davomida to‘y libosida yuradi, nikoh kechasida qolib ketgan dasturxonini yig‘ishtirmaydi va butun uyi chirib ketgan holda yashaydi. U erkaklarga ishonmaydi va o‘zining asrab olgan qizini ham erkaklarni yomon ko‘rib ulg‘aytirishga harakat qiladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
👍12👏2🔥1
Ramazon muborak bo'lsin
🤝6❤4🔥3👍2
КАМОЛ ҚОЗИ МАДРАСАСИ

Мадрасаи Муҳаммад Амин ёки Камол қози мадрасаси 1829 йилда Муҳаммад Амин деган киши томонидан қурдирилган. Кейинчалик Туркистон миллий Озодлик ҳаракати ташкилотчиларидан бўлган Камол қози Абдураҳмон Шаҳриҳоний ўғиллари томонидан қайта қурилган, шунинг учун "Камол қози мадрасаси" деб аталган. Ғишткўприкда жойлашган бўлган "Қаймоқли гузар" маҳалласи ҳудудида. Хос мадрасалар туркумига кирган. Бош мударрис домла Салимхон охунд мулло Ҳошимхон мухтасиб ўғиллари бўлишган.
Ҳужралар сони - 24;
Толиби илмлар сони - 44;
Мударрислар сони - 2.
2010 йилларда кўчани кенгайтириш жараёнида бузиб ташланган, ўрнига "Камол қози" номли хусусий ошхона қурилган.

Манбаа:
Муҳаммад Яхёхон Хуқандийнинг
"Хўқанди Латиф Маноқиби" китоби.

C. Бахтиёр Пўлатов
👍4🔥3👏1
Bayram muborak aziz opa-singillar

@toponomik
❤7👍1🥴1🐳1
“Tulki qizini erga berdi”, “bo‘ri bolaladi” – tabiat hodisalarini qanday ataymiz?

Bahordan tashqari yoz, kuz va qishda chaqin chaqnasa, dehqonlar “bir faslni urib ketdi” deyishadi. Bu o‘tayotgan faslning odatdagidek bo‘lmasligini bildiradi. Yana kuzda teraklarning barg to‘kishiga qarab ham qish qanday kelishi taxmin qilinadi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3565

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
👍7🐳2
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar

Bu nodavlat tashkilot mustaqil ravishda kimyoviy qurol tayyorlashi va qo‘llashi bilan bog‘liq birinchi va oxirgi holat bo‘lib qoladi.

📸 👉 https://kun.uz/04613823

Kun.uz rasmiy kanali
👍4😢1🐳1
RAMAZON HAYITI MUBORAK BO'LSIN
👍4
Kanal faoliyati ma'lum vaqt to'xtab qoldi. 1-apreldan qayta faoliyatini davom ettiradi. Xohlaselar 9860 1701 1263 4176 marta va'da beraman 😁
🐳3👍1
#shunchaki

1-aprel hazillari orasida tarixda qolgan qiziqarli misollar:

Spagetti daraxtlari (1957)

BBC "Panorama" dasturi Shveytsariyada spagetti daraxtlari yetishtirilayotgani haqida reportaj tayyorlagan. Ko‘pchilik bunga ishongan va hattoki BBC’dan “bu daraxtlarni qanday ekish mumkin?” deb so‘rab qo‘ng‘iroq qilgan.

Google Nose (2013)

Google 1-aprel kuni "Google Nose" degan xizmatni e’lon qildi. Unga ko‘ra, foydalanuvchilar ekrandagi rasmning hidini sezishi mumkin edi. Ko‘pchilik bu hazil ekanini tushunmay, yangi funksiya qanday ishlashini sinab ko‘rishga harakat qilgan.

Burger King va chap qo‘llilar uchun burger (1998)

Burger King "chap qo‘llilar uchun maxsus Whopper burger" ishlab chiqarishini e’lon qilgan. Odamlar restoranlarga borib, aynan shu burgerni so‘rashni boshlagan. Aslida esa oddiy burger hech qanday farq qilmasdi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@toponomik
❤3👍3😁3🔥1🥰1🐳1
#Бобосўз_изидан

“Музей”даги музика

Биз мусиқа сўзини кўп ишлатамиз. Бу сўз тилимизга бошқа тилдан кириб келган бўлса-да, аллақачон бизга бутунлай сингишиб кетган. Хўш, бу сўзнинг тарихи ва кечмиши қандай?
Мусиқа – бу сўз юнонча музика сўзидан олинган бўлиб, унинг туб илдизи “музалар санъати” деган маънони билдирган. Муза – юнон мифологиясидаги шеърият, санъат ва фан ҳомийлари саналган 9 маъбуднинг умумий номи бўлган. Тилимизда ишлатиладиган музей сўзининг ҳам туб илдизи шунга бориб тақалади ва у “музалар ибодатхонаси” деган маънони англатган.
Нима бўлганда ҳам, музейга кирганингизда эҳтиёт бўлинг! Бу жойлар сиз ўйлаганчалик жўн ва оддий томошахона эмас.

✍️ Эшқобил ШУКУР, "Бобосўз изидан" китобидан.

@Eshqobil_Shukur_ijodi
👍3
Davom etayotgan evolyutsiya – Disney nega o‘zgaryapti?

Keskin o‘zgarish 2009-yilda “Malika va qurbaqa” bilan boshlandi. Tiana – Afro-amerikalik qiz Disney malikalarining rasmiy ro‘yxatida birinchi qora tanli qahramon bo‘ldi. Haqiqiy inqilob esa keyingi o‘n yillikda yuz berdi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3646

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
👍5🔥2
Armiya islohotchisi – amir Nasrulloning harbiy xizmatlari

Amir yangi tuzilgan toʻpchilar qismi uchun Oʻgʻlon va Talipoch darvozalari oldida kazarmalar barpo etadi. Shu tariqa, Buxoro atrofida “Sarbozxona” nomi bilan mashhur boʻlgan manzil paydo boʻladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3650

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X
👍2🔥1
#haqida

Alvastiko‘prik


“Tarixda bu joy Alvastiko‘prik deb atalgan, 1930-yillarda bu yerda 3 qatlgoh bo‘lgan. 1937–53 yillarda qatag‘onga uchragan vatandoshlarimizning 13 ming nafari otib tashlangan”.

Naim Karimov: “Bugun ko‘rkam ziyoratgoh barpo etilgan joylar XX asrning qariyb 50-yillarga qadar Toshkentning eng pastqam, xilvat go‘shasi bo‘lgan. Bu yerdagi birdan-bir inshoot “Alvasti ko‘prik” deb nomlangan. Xuddi shu yerning 20-yillar adog‘idan boshlab, mustabid davlatga qatag‘on xizmat qilgani ham tasodifiy emas. Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 20-40 yilar orasida bu yerda uchta qatlgoh bo‘lgan. Ularning biri – televizion minoraning Ishchilar shaharchasi tomon tushgan “oyog‘i” atrofida, ikkinchisi- ziyoratgohning yuqori tarafida, nihoyat, uchinchisi esa “Abraziv” zavodining o‘rnida bo‘lgan. Shu tarzda Yunusobod qariyb yarim asr mobaynida xalqimiz tarixidagi eng dahshatli voqyealarning tilsiz shohidi bo‘lgan”.
😢2👍1👎1💔1