#shunchaki
Uelsda eng noodatiy mehmonxonalardan biri ochildi - unda tunash uchun siz haqiqiy sarguzashtni boshdan kechirishingiz kerak. Deep Sleep (“Chuqur uyqu”) mehmonxonasi yer ostida 419 metr chuqurlikdagi tashlandiq konda qurilgan.
Unga borish uchun tik tog’ yo’llari bo’ylab 45 daqiqa yurishingiz kerak va yo’lda dubulg’a, chiroq va toqqa chiqish uchun moslamalar olib, hatto qoyalarga chiqishga to’g’ri keladi.
Mehmonxonada barcha qulayliklarga ega to’rtta xona va hattoki Wi-Fi (yuzadan routergacha bir kilometr uzunlikdagi kabel tortilgan) mavjud. Mehmonxona haftada bir kecha, faqat shanbadan yakshanbagacha ishlaydi. Bir kecha qolish narxi taxminan 420 dollarni tashkil qiladi.
@toponomik

👍2
#tarix
1803-yil 7-avgustda Ivan Fedorovich Kruzenshtern boshchiligidagi birinchi rus dunyo boʻylab ekspeditsiyasi boshlandi.
Rossiyaning Amerikadagi mulklariga oziq-ovqatlar Sibir orqali Oxotskka quruqlik orqali etkazib berildi, u yerda ular kemalarga qayta yuklandi va shundan keyingina ular Yangi Dunyoga olib borildi.
"Nadejda" va "Neva" kemalari Kronshtadtdan jo'nab ketdi. Keyin ular Atlantikani kesib o'tib, Tinch okeaniga kirib, Kamchatkaga etib kelishdi. Uch yil o'tgach, ekspeditsiya Hind okeanini kesib o'tdi, Yaxshi Umid burnini aylanib chiqdi va Kronshtadtga qaytib keldi.
Dunyo bo'ylab sayohat davomida olingan ma'lumotlar Kruzenshternning kitoblarida nashr etilgan. Ishlarga eng so'nggi xaritalar va tabiat illyustratsiyasi aks ettirilgan atlaslar hamroh bo'ldi. Bu ishlar Yevropada katta qiziqish uyg‘otdi va ko‘plab tillarga tarjima qilindi, chunki rus ekspeditsiyasining tadqiqotlari tizimli ravishda, zamonaviy asboblar yordamida olib borildi - bu yondashuv innovatsion edi.

O'qing bu qiziq
166. Dunyoda eng ko'p sotiluvchi narsa Kubik-Rubik hisoblanadi.
167. Eng qisqa nomli manzil sifatida Shvetsiya hamda Norvegiyada joylashgan «E» qishloqlari hisoblanadi. Skandinaviya tilida «E» «Daryo» ma'nosini beradi.
168. Tanasida holi ko'p odamlar boshqalarga qaraganda ko'proq umr ko'rarkan.
169. Odam faqat suv ichgan holda bir oydan ikki oygacha yashay oladi.
170. Amerikada shokoladli tuxum «Kinder syurpriz» ishlab chiqarish va sotish qonunga zid hisoblanadi.
171. Dunyodagi eng zaharli o'rgimchak sanalmish «Tarantul» ikki yilgacha yemishsiz och holda yashay oladi.
172. Dunyodagi eng katta va og'ir sabzi Amerikaning Alyaska shtatida yetishtirilgan. Bu sabzining vazni 8, 61 kilogrammni tashkil etgan.
173. Kalamushning xotirasiga biz odamlar havas qilsak arziydi. Jonivor xotirasi shu qadar kuchliki, bir marta ko'rgan yerini o'la-o'lguncha unutmaydi.
174. Baliq ovi juda uzoq yillik tarixga ega. Ma'lumotlarga qaraganda, baliq ovlashga mo'ljallangan ilk qarmoq 42 ming yil oldin yasalgan ekan.
175. Mavrikiya respublikasining o'z armiyasi yo'q. Politsiya bor-u, ammo jinoyat deyarli sodir etilmasligi sababli politsiyachilar esnab, uxlab, ovqatlanib kun o'tkazadi.
176. Singapurda avtomobil sotib olish rostakamiga muammo. Buning uchun oldin 10 yil muddatga mo'ljallangan litsenziya sotib olish zarur. Litsenziya narxi 60 ming Singapur dollariga teng. Avtomobilning o'zi ham juda qimmat. Bu ham yetmagandek, benzin qimmat turadi, harakatlanish uchun mo'ljallangan yo'llarning deyarli barchasi pulli. Demak, bu mamlakatda avtomobil sotib olish uchun kamida millioner bo'lish kerak.
177. Dominika orol davlati fuqaroligini qo'lga kiritish uchun pasport stoli vakillariga 100 ming dollar pul to'lansa bas. Bu mamlakatda fuqarolik ochiqchasiga sotiladi. Pasport sotish jinoyat hisoblanmaydi.
178. Tonga davlatida odamlarning bevaqt o'lim topish holatlari ko'p. Bevaqt o'lim topish boshga kokos mevasi tushishi sababli yuzaga kelarkan. Sababi, bu yerda har qadamga kokos ekib tashlangan. Shuning uchun ko'chalarda ogohlantirish belgilari juda ko'p. Qolaversa, Tongada yakshanba kuni hech qaysi tashkilot, bozor, do'kon ishlamaydi. Bir so'z bilan aytganda, davlat yakshanba kunlari rostakamiga dam oladi.
179. Har oy to'lganda Amazonka daryosidagi to'lqinlar oqimga qarshi harakatlanadi. Ularning qudrati va tezligi shu kunlari bir necha yuz barobarga ortadi.
180. Karib dengizida joylashgan Trinidad orolida suyuq asfaltdan iborat alohida ko'l bor. Shuning uchun orolda yashovchilar ko'ldan suyuq asfalt olib yo'llarni asfaltlashadi.

👍3
#shunchaki
Britaniya va amerikalik rejissyor, prodyuser, ssenarist Alfred Xitchkok afsonaviy Metro-Goldwyn-Mayer introsini suratga olish paytida sherni boshqarmoqda, 1958 yil.

"Glazgo tabassumi" yoki "Chelsi tabassumi" (inglizcha: Glasgow smile, Chelsea grin, Chelsea smile) - ogʻiz burchaklaridan va deyarli quloqlarga qadar pichoq yoki boshqa oʻtkir narsa orqali kesilishdan kelib chiqqan yuzdagi jarohatlardir.
Davolashdan keyin yonoqlarda keng tabassumga oʻxshash izlar qoladi. Bunday jarohatlar berish usuli Glazgoning jinoiy muhitida paydo boʻlgan, keyin bu "tabassum" Chelsi futbol klubi muxlislari "Chelsi Headhunters" tomonidan qabul qilingan. Koʻpincha yonoqlarni toʻliq kesmaydigan, ammo jiddiy izlar qoldiradigan sayoz jarohatlar tufayli ushbu oʻziga xos "tabassum" paydo boʻladi
Shafqatsizlarcha oʻldirilgan Elizabeth Short yonoqlarini ogʻzining burchaklaridan quloqlarigacha kesib tashlangan edi. Glazgolik taniqli aktyor Tommi Flenagan yoshligida koʻcha bezorilari tomonidan xuddi shunday jarohatlab ketilgan.
Rasm keyingi postda:
@topomomik

👍1
#tarix_adabiyot
Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud.
Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa-da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor.
Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan.
Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516-1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv».
Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan

Keyingi postlarimizda Amir Temur bayrog'idagi uch xalqa nimani anglatgan yoxud "Ming askar"jang san'ati haqida ma'lumotlar beriladi.
@toponomik
@toponomik
👍1
Har qanday saltanat aql, adolat, kuch poydevorida qad tiklaydi. Tangri saltanat tegirmonini yurgizishni hamma xalqning peshonasiga birdek bitgan emas. Tarix bunga guvoh.
Ota-bobolarimiz suv boshiga ko‘p bor kelib-ketdilar. Charx aylanib, avlodlarga ham navbat yetdi... O‘tganlarning izini yodlamay, oqqan daryo o‘zanlardan suvni qayta oqizmay, kuch-qudratni tiklash og‘ir...
Yana aytadilarki, “eskini eslamoq savob”. Eski birgina eskiligi uchun yodlansa, eskiligicha qoladi. Meros qayta tiklanib, avlod “qon”iga payvand qilinsa, yangilanadi. Chinakam otameros mulkka aylanadi. Biz bu o‘rinda saltanat poydevorining muhim tayanchi – kuch va uning aql-zakovat, tadbirkorlik bilan uyg‘unligi xususida so‘z yuritmoqchimiz.
Saltanat kuchi avvalo shijoatli, jasur askarlarda namoyon bo‘ladi. Sohibqiron Amir Temur jahongirlikka kirishganda yodida mahkam saqlagan to‘rt narsa qatorida lashkarning o‘zagini tashkil etgan uch yuz o‘n uch xos askarini alohida ta’kidlab aytadi: “...uch yuz o‘n uch asl zotli, shijoatli va aql-farosatli er yigitlarni atrofimga birlashtirdim. Birlik ittifoqda shunday ediki, barilari go‘yo bir tandek edilar. Barchalarining maqsadlari, ra’ylari, so‘zlari va ishlari bitta edi. Bir ishni qilaylik deb qaror qilsalar, tugatmagunlaricha undan qo‘l uzmas edilar”.
Amir Temur bul xos yigitlarining tengsiz jasoratlari haqida o‘z “Tuzug”ida ko‘p bor to‘xtalib, ular saralaridan saralangan “... aql-xush egalari, bazm-u razm sherlari, mahoratli sarkarda, lashkar to‘pini buzib, uni mag‘lub etuvchi kishilar edi”, deb ta’kidlaydi. Sohibqiron buyrug‘i bilan ularning yuztasi – o‘nboshi, yuztasi – yuzboshi, yuztasi mingboshi, yana o‘n ikkisi amir, biri amir ul-umaro etib tayinlangan.
Amir Temur hamisha shijoatli kishilarni o‘ziga do‘st tutdi, ardoqladi. Yaxshilariga – yaxshilik qildi, yomonlarini o‘z yomonliklariga topshirdi.
Tarixchilar Amir Temurning ozgina askar bilan dushmanlarining ko‘p sonli lashkarini yengib, qal’alarni olganligini qator misollarda yozib qoldirganlar.
Sohibqiron askarlaridagi hayratomuz kuch-qudratning siri nimada? Ayni savol hammani qiziqtirishi tabiiy. Bu sir, avvalo, sarkardaning tadbirkorligi, qolaversa, askarlarning kuchliligi va ishonchlarida edi. Sarboz kuchi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Kuch yig‘ilsa, ishonch tug‘iladi. Ishonch g‘alabani ta’minlaydi. Kuchga erishish uchun kuch beradigan ilmni bilish kerak. U qanday ilm o‘zi? Amir Temur lashkarida shunday ilm bo‘lganmi? Yo‘q, deb aytishga tarix, bobolarimiz ko‘rsatgan jasoratlar, qolaversa, Amir Temurning o‘z hayotida kechirgan suronli voqealar imkon bermaydi. Sohibqiron shonli yurishlari avvalida kechgan Alibek tutqinidan ozod bo‘lgan paytlarini eslab aytadi: “Kuchli va chaqqon bilaklarim ish berib, soqchilardan birining qo‘lidan qilichini tortib oldim-da, ularga hamla qilgan edim, barisi qochib qoldi”. Qurolsiz tutqun hushyor turgan soqchi qilichini tortib olib, butun to‘pni bir hamlada tum-taraqay qilishi uchun qanchalik mohir jangchi bo‘lishi kerak?
Qo‘llar o‘z-o‘zidan chaqqon va kuchli bo‘lmaydi. Kuchni kuch ilmi paydo qiladi, mahoratga payvasta etadi. Saltanatlar kuch ilmi sohibi bo‘lmish lashkarli sardorgagina nasib etgan.

Amir Temur saltanat tuzgan ekan, lashkarining kuch-u qudratini do‘st-u raqib tan olgan ekan, o‘zi va lashkari kuch ilmidan xabardor bo‘lishi shart edi. Lekin aniq yozma ma’lumotlar yo‘qligi bizni ikkilantiradi. Ayni paytda kuch ilmini yozish, begonalarga o‘rgatish yosoq bo‘lganligini, ota o‘g‘liga, ustoz shogirdigagina bor ilmini meros qoldirish an’anasiga qat’iy amal qilinganligini yodlasak, qo‘lyozma manba axtarishdan ko‘ra xalq xotirasi va qon yodi (genetik xotira) ko‘proq ma’lumot berishi mumkinligiga amin bo‘lamiz (o‘zbek kurashchilari va bokschilari, jang san’ati vakillarining xalqaro g‘alabalarining bir asosi qon yodida turibdi).
Aytadilar: “Bor yitmas, yo‘qni yo‘ndirib bo‘lmas!”.
Qadim turkiy jang san’ati “Ming askar” ustasi – Masharip (Mashrab) Jumaniyozov – usta Madju bilan suhbatlashib, xalqimizda butun borliq mohiyati bilan uyg‘un, falsafiy mifologik dunyoqarashlar asosida shakllangan, qat’iy tizimga ega – bir askarga ming askar kuch-u qudratini beruvchi jang ilmi bo‘lganligini bildik.
Usta Madjuning ota-bobolari – “Juma uchar”lar avlodi bu ilm sirlarini avloddan-avlodga o‘tkazib, shu kungacha saqlab kelishgan. Usta Madju aytadi: “Jang san’ati uch tumor (halqa), o‘ttiz uch yo‘l, bir butun tizimdan iborat. Har bir yo‘l ichida o‘z usullari bor. Hisoblab chiqilsa, roppa-rosa ming usul hosil bo‘ladi. Bir kishi shu ming usulni o‘rgansa, “Ming askar”ga teng keluvchi, har qanday saltanatga tayanch yengilmas kuchga aylanadi”. Ming askar maqomi sohibi bo‘ladi.
Aqlga bo‘ysunmagan dali kuch buzg‘unchilik keltirishi mumkin. Ota-bobolarimiz bu xatarli ofat zararini yaxshi anglab yetganlar. Shu sababli tan va ruh tarbiyasini uyg‘unlikda, vobastalikda olib borishgan. “Ming askar” jang san’ati tizimida ana shu uyg‘unlikning mukammal ko‘rinishi namoyon.
E’tibor bering: uch halqa – 1-tong otishi, 2-tush vaqti, 3-kun botishi. Tumor (halqalar)ning joylashuvi Amir Temur bayrog‘idagi uch halqa tasviriga ham mos keladi. O‘ttiz uch yo‘l esa ushbu uch halqa tevaragiga quyosh chiqib botguniga qadar vaqt oralig‘ida bir-bir joylashadi.

👍4
Ming askar” jang yo‘llarining tartibi: 1. Tovus tongi. 2. Shamol qilich. 3. Askarlar o‘yini (1). 4. Qanotli pichoq. 5. Tepa ko‘z. 6. Soya o‘yin (1). 7. Yovvoyi ot. 8. Qo‘sha tayoq. 9. Qurol o‘yin (1). 10. Olovli yo‘l. 11. Askarlar o‘yini (2). 12. Chayon himoyasi. 13. Yaltiroq qilich. 14. Sehrli tayoq. 15. Dovyurak lochin. 16. Yengilmas aso. 17. Qaysar qurol – jabr qurol – qaytar qurol. 18. Zaharli nayza. 19. Olovli barxan. 20. Oltin qurol. 21. Qo‘sha qilich. 22. Bo‘ri ovi. 23. Askar o‘yin (3). 24. Yildirim qilich. 25. Qurol o‘yin (2). 26. Qirq oyoq. 27. Temir tirsak. 28. Soya o‘yin (2). 29. Uchar xanjar. 30. Belbog‘ qilich. 31. Askar o‘yin (4). 32. Ajdarho qahri. 33. Toshbaqa – temir qalqon.
“Ming askar” jang san’ati usullarining birinchisi “Tovus tongi” deb nomlanishi bejiz emas. Odatda kecha-kunduz fikri-yodi jang bilan bo‘lgan askarning ko‘zi qonga to‘lib, tap tortmay haq-u nohaqni yanchib, yo‘q qilib ketishi hech gap emas. “Tovus tongi” mashqi askarni sokinlashtiradi, xayollarini tinitadi. Ko‘nglida butun borliq bilan birlik hissini uyg‘otadi. Askar borliq bilan uyg‘unlashadi. Bir so‘z bilan aytilsa, har bir askar jannat qushi – tovusga evriladi. Navbatdagi mashqlar shu sokin asosga qurilib, askar mashqlar zinasidan bir-bir ko‘tarilib borgan, o‘ttiz ikkinchi mashq “Ajdarho qahri”ga yetganda yengilmas qudrat kasb etgan. So‘ngi mashq “Toshbaqa – temir qalqon”ni egallagan askar tani va ruhida yig‘ilgan kuchni jamlab, bir qal’a qurib, har bir qadamini bilib bosguvchi, raqibiga zarracha ustunlik imkonini qoldirmaydigan, sokin, dono alp sifatida tungi oromga ketgan.
Sohibqiron Amir Temur davriga kelib “Ming askar” jang san’ati ommaviy tus olgan. Amir Temir o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi, amirlarni tayinlashda nomzodlarning qancha jang usulini bilishiga ham alohida e’tibor bergan. “Ming askar” jang usulini mukammal bilib, jasorat ko‘rsatgan jangchilar maxsus o‘n musht uzunligida, qalinligi otning ko‘zidek keluvchi, og‘irligi besh kilo chiqadigan oltin qurol bilan taqdirlangan. Bu qurol bilan har qanday hamladan himoyalanib, har qanday jangchini mag‘lub etish mumkin bo‘lgan. Chunki ming usul sohibida bu oltin yaroq sehrli qudrat kasb etgan. Unga jangchining nasli, tug‘ilgan joyi, ko‘rsatgan jasoratlari yozib qo‘yilgan.
Oltin – qudrat beruvchi ma’dan.
Oltin qurol jangchini tovusning holatiga solgan. Tovusning jahli chiqmaydi. Shuncha zeb-ziynati, go‘zalligi bo‘lsa-da, sekin yuradi. Jangchi ham og‘ir-bosiq bo‘lsa, vaziyatning xojasiga aylanadi. Oltin qurolning sehrli kuchi ham shunda.
“Ming askar” jang san’ati mashqlarini ommaviy o‘tkazish, urushda qo‘llash tartibi ham bu san’atga asos qilib olingan tovus tabiati, xatti-harakatlariga uyg‘un keladi. E’tibor berilsa: tovusning patlarini yoyib-yig‘ib o‘z go‘zalligini namoyish etishi, boshini sarak-sarak etib atrofni sinchiklab kuzatishi ming askar jangchilarining sardorlari yetakchiligida dushman to‘piga hujum qilishlari, jang olib borishlariga ulgu qilib olingan.
Usta Madju tez-tez qaytaruvchi yana bir gap bor: “Qadim turkiy jang san’atining “ming askar” deb atalishiga sabab unda ming jang usulining borligigina emas, bu bir askarning ming usulni egallab, ming askarga aylana olishiga ishoradir. Bir usulni bilganga askar deganlar. O‘n usulni bilgan – o‘n askar, yuz usulni bilgan – yuz askar, ming usulni bilgan esa ming askar atalgan”.
“Ming askar” jang usullari faqat urushish yo‘l-yo‘rig‘i emas, ayni damda mustahkam sog‘lik, jismoniy-ruhiy quvvat mashqlaridir. Bu mashqlarni muntazam ravishda bajargan kishi sog‘lom bo‘lgan, umriga umr qo‘shilgan. Qoni tozarib, ruhi kamolot bosqichlariga ko‘tarilgan. Shunday ekan, “ming askar” jang san’ati usullarini to‘liq qayta tiklab, ommalashtirish bugungi kun uchun, xalq va avlodlar salomatligi, ruhiy yuksalishi uchun ham zarurdir.

Alfa Sentavr (α Centauri) yoki Sentavr Alfasi janubiy osmondagi Kentavr turkumida joylashgan yulduz turkumidir. Umumiy koʻrinma yulduz kattaligi -0,27 boʻlib, tungi osmonda yorqinligi boʻyicha Sirius va Kanopus yulduzlaridan keyin turadi.
Tarkibiga Alfa Sentavr A (α Cen A; 110% Quyosh massasi va 151,9% yorqinligi), Alfa Sentavr B (α Cen B; 90,7% Quyosh massasi va 44,5% yorqinligi) kiradi. Bu ikki yulduz massalari markazi atrofida 79,91 yillik davr bilan aylanadi. Quyoshdan 1,34 parsek (4,37 yorugʻlik yili) masofada joylashgan. Bundan tashqari Alfa Sentavr atrofida uchinchi yulduz, qizil mitti Proksima Sentavr (α Cen C) ham aylanadi.
2012-yil oktabrida Alfa Sentavr tarkibida kamida bitta sayyora — hajmi Yerdek keladigan Alfa Sentavr Bb borligi kashf etildi. Uning massasi Yernikidan 13% ortiq boʻlib, Alfa Sentavr B atrofida 3,236 sutka davr bilan aylanadi.Yulduzidan atigi 6 million km uzoqda joylashgan bu sayyora sirtidagi harorat 1500 K boʻlishi taxmin etiladi.

#termin
"Potyomkin zinasi"-Odessa Potyomkin zinasidan boshlanadi.
Potyomkin zinasi-shahzoda Vorontsov buyrug'i bilan me'mor Franchesko Boffo,Pottier va Avraam Melnikov tomonidan ishlab chiqilgan 192 ta qadamdan iborat zinapoya.
Uzunligi- 142 metr
balandligi-30 metr
eni-12,5 dan 21,7 metrgacha.
Bu ulkan inshoot 1925-yilda suratga olingan Sergey Eyzenshteynning "Battleship Potemkin" filmi orqali jahonga mashxur bo'ldi.

Kolumbiya galstugi ( ispancha corbata colombiana ) bu keng tarqalgan qatlning bir turi bo'lib, unda jabrlanuvchining tomog'iga chuqur kesma hosil qilinadi va hosil bo'lgan teshikdan til tortib olinadi va o'ziga xos galstuk hosil qilanadi.Ushbu turdagi qotillik Kolumbiyadagi qurolli to'qnashuvlarda keng tarqalganligi uchun shunday nom olgan. Kolumbiyaning o'zida esa bu atama oʻrniga " korte de corbata" atamasi qo'llaniladi, taxminan "yoriq galstuk" deb tarjima qilinadi. O'ziga xos shafqatsizligi tufayli Kolumbiya galstugi qo'rqitish va qo'rqitish usuli sifatida kriminal hayotda keng qoʻllaniladi.
Ba'zida bu usulning ixtirosi noto'g'ri ravishda kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobarga bogʻlashadi. Eskobar o'z raqiblarini o'ldirishda Kolumbiya galstugidan faol foydalanganligiga qaramay, qatllning bu turi Eskobardan ancha oldin paydo bo'lgan. Eskobar 1949 yilda tug'ilgan, o'shanda kolumbiya galstuklari allaqachon vatandoshlari tomonidan amalga oshirilar edi.
Qatlning bu turi, ayniqsa, Lotin Amerikasi uyushgan jinoiy guruhlari tomonidan o'z raqiblarini yoki xoinlarini yo'q qilishda faol qo'llaniladi. Qotillar tomoqqa gorizontal va vertikal kesishlarni mashq qilishlari ham mumkin.

👍5😱1
#shunchaki
Charli Chaplin 88 yil yashadi va yillar davomida o'zining asosiy hayotiy tamoyillarini aniqladi:
1. Bu dunyoda hech narsa abadiy qolmaydi, hatto bizning muammolarimiz ham.
2. Men yomg'irda yurishni yaxshi ko'raman, chunki ko'z yoshlarimni hech kim ko'rmaydi.
3. Hayotda eng ko'p yo'qotilgan kun - bu biz kulmaydigan kun.
4. Dunyoning oltita eng yaxshi shifokorlari: quyosh, dam olish, jismoniy mashqlar, parhez, o'zini hurmat qilish, do'stlar.
Hayot shunchaki sayohat!
Shuning uchun, bugun yashang! Ertaga bo'lmasligi mumkin.

181. Yer yuzidagi ilk mototsiklning karbyuratori konserva idishidan yasalgan ekan.
182. Sharqiy Afrikada joylashgan Mavrikiy orol davlatida har beshinchi ayol va har o'ninchi erkak o'qishni ham, yozishni ham bilmaydi. Bir so'z bilan aytganda, savodsizlarcha umr kechiradi.
183. 1983-yili Vatikan yil bo'yi bironta ham chaqaloq tug'ilmagan yagona davlatga aylangan.
184. Tuvalu aholisi ichimlik suvi muammo bo'lgani sababli faqat yomg'ir suvini ichib kun ko'radi.
185. Sabzi tamaki mahsuloti iste'mol qilmaydiganlarni o'pka saratoniga uchrashdan asraydi. Kashandalarni esa aksincha shu xastalikka tezroq uchrashini ta'minlaydi.
186. «Tosh baliq» dunyodagi eng zaharli baliq turi hisoblanadi. Uning terisi haddan tashqari dag'al va zaharli ignalardan iborat. Agar ehtiyotsizlik qilib ignalarga tegib ketsangiz, til tortmay o'lasiz.
187. Qayin har qanday sharoitga moslashuvchan daraxtdir. U botqoqlikda ham, faqat toshlardan iborat sahrolarda ham ko'karaveradi.
188. Kalamushning yuragi har daqiqada 500 marotaba uradi. Bu jonivor uchun me'yoriy yurak urishi hisoblanadi.
189. Yo'lbarslar har qanday hayvon va qushning tovushini, sayrashini o'xshatishga usta. Shu iste'dodi unga o'lja o'z oyog'i bilan unga yaqin kelishini ta'minlab beradi.
190. Sher hech qachon go'shtni chaynab yemaydi. Aksincha butunicha yutib qo'ya qoladi. O'tkir tishlaridan esa o'ljasini tilka-tilka qilishdagina foydalanadi.
191. Archaning atrof-muhit, biz odamlar uchun eng foydali jihati shuki, archazor o'rmonda yoz oylari sovuq, qish oylari issiq harorat hukm suradi.
192. Saudiya Arabistonida umuman daryo yo'q.
193. Har kuni dunyoda 60 nafar odam millionerga aylanadi.
194. Odam uxlaganda, tanasi paralich holatga kiradi. Xudoyim uxlab yomon tush ko'rayotganda, noo'rin va xavfli harakatlarni sodir etib qo'ymasligimiz uchun shunday yaratgan bo'lsa kerak.
195. Dunyodagi eng uzun ildizli o'simlik Afrika fikusi hisoblanadi. Uning ildizi 120 metrgacha cho'zilib ketgan.
196. Sekinyurar deb atalgan jonivor -273 daraja sovuqda, +151 daraja issiqda ham o'lmaydi. Bundan tashqari, o'limga sabab bo'luvchi eng kuchli zaharni ham osongina hazm qilib yubora oladi.
197. Olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, okean tubida jami 20 million tonna sof oltin bor. Yer yuzi aholisi esa shu kunga qadar atigi 161 tonna oltinni qazib olishga ulgurgan xolos.
198. Ispanlar dunyoning boshqa xalqlaridan farqli o'laroq kunduz soat 2:00 da nonushta qiladi. Kechqurun soat 22:00 da kechki ovqatni tanovul qilishga o'tiradi.
199. Xitoyda ko'rshapalakni omad elchisi sifatida e'zozlashadi. Shu sababli qimmatbaho idish va buyumlarga ham ko'rshapalak surati chizib qo'yiladi.
200. Ahmoqroq, kaltafahmroq odamni Janubiy Afrikada «Babun» deb atashadi. Bu so'z «Babuin» maymun turidan olingan.

Guantanamo qamoqxonasi (inglizcha: Guantanamo Bay detention camp) — AQSh hukumati tomonidan turli jinoyatlarda, xususan, terrorizm, dushman tomonida turib urush olib borishda ayblangan shaxslar uchun qamoqxonadir. Kubaning Guantanamo koʻrfazidagi AQSh tomonidan muddatsiz ijaraga olingan harbiy dengiz bazasida joylashgan. Guantanamo shahridan 30 km uzoqlikdadir. 2021-yil iyul holatiga koʻra aqamoqxonada 39 kishi saqlangan.
Tarixi
Qamoqxona 2002-yil yanvarda Afgʻonistondan „islomiy ekstremistlar“ tomonida turib jang qilganlikda ayblangan 20 kishi olib kelingan vaqtda ochilgan. 2002-yildan 2006-yilgacha turmaga AQSh harbiylari tomonidan Afgʻoniston va Iroqda qoʻlga olingan 750 dan ortiq mahbus saqlangan. AQSh harbiylarining soʻzlariga koʻra ularning hammasi Al-Qoida va Tolibon guruhlari tomonida turib jang qilganlar.
Guantanamoda shuningdek, AQSh Xitoyga ekstraditsiya qilishni rad etgan Sharqiy Turkiston ozodligi harakati aʼzolari ham saqlanadi.
Qamoqxonani yopishga harakat
2009-yil 21-yanvarda AQSh prezidenti Barack Obama qamoqxonani yopish haqidagi buyruqni imzoladi. U bir yil ichida yopilishi kerak edi. Bazada sudlar oʻtkazilishi 120 kunga toʻxtatib qoʻyildi. Biroq, prezident imzolagan hujjatga amal qilinmadi, qamoqxona haligacha ishlab turibdi.
2013-yil soʻngida Barack Obama qamoqxonani yana bir marta yopishga urindi. U qamoqxonani yopishni koʻzda tutuvchi qarorni imzoladi. Ammo undan keyingi prezident – Donald Trump bu qarorni bekor qilganini maʼlum qildi va qamoqxonaga yangi mahbuslarni joylashga ruhsat berdi.