TKTI.UZ | Rasmiy kanal
6.47K subscribers
30.5K photos
1.82K videos
444 files
6.8K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
📩 info@tkti.uz
https://tkti.uz
AntiKorrupsiya: +998954798086
t.me/TKTIantikorrupsiya_bot
t.me/TKTI_rektoriga_murojaatbot

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
🌳 Adiblar xiyobonida ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda.

👍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari, tyutorlar hamda fakultetning iqtidorli talabalari bilan birgalikda adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

⚡️ Tashrif davomida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov hayoti va ijodi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi. Adibning she'rlaridan talabalar tomonidan o'qib eshittirildi.

📊 So'ngra tadbirning ikkinchi qismiga o'tilib, talabalarning ham ma'naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun milliy sport o'yinlaridan arqon tortish, vollebol turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

✔️ Bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi talaba yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi hamda ajdodlarimizning ijodiga qiziqishlarini oshishiga, ularda vatanparvarlikning yuksalishiga xizmat qiladi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligining Yosh olimlarning xalqaro ilmiy forumi bo'lib o'tdi.

⚡️ 2024-yilning 22-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Yosh olimlarning xalqaro ilmiy forumi bo'lib o'tmoqda. Unda davra suhbati shaklida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va talaba-yoshlar ishtirok etib, shо‘ba hisobotlari tinglanmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 2024-yil 21-may kuni KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining ikkinchi kuni Artel Innovatsion o‘quv markaziga Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti hamda Menejment va professional ta'lim fakultet talabalari tashrif buyurishdi.

☄️ KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining ikkinchi kunida Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.M.Mirkomilov hamda bo‘lim xodimlari, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti hamda Menejment va professional ta'lim fakultetidan ma’sul professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.

✔️ Xakaton tadbiri tanlovi davomida talabalarga Innovatsion o‘quv markazi xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tildi, IQ test olinib, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtirildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#happy_birthday_to_you
#Tabriklaymiz

📅 Bugun Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Yusupova Lola Azimovnaning tavallud ayyomi.

🔰Lola Azimovnaga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelajakdagi o'qish va ishlarida doimo omad, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz.

🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!!!