TKTI.UZ | Rasmiy kanal
5.98K subscribers
28.3K photos
1.67K videos
419 files
6.28K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations

🇺🇿 👩‍🎓 🇹🇷 Toshkent kimyo-texnologiya institutiga Turkiya Respublikasi Istanbul Tijorat universiteti vakillari tashrif buyurdi.

🤔 2024-yil 18-may kunida Turkiya Respublikasi Istanbul Tijorat universiteti vakillari va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

☺️ Uchrashuvda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullaevna, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Pulatov Xayrulla Lutpullayevich va institutning bir qator olimlari ishtirok etishdi.

🤔 Istanbul Tijorat universiteti tomonidan Almashinuv dasturlari va xalqaro ofis koordinatori prof.Dr. Yusuf Devran va Muhandislik fakulteti dekani Prof. Dr.Hakan Hocaog'lu tashrif buyurdilar.

🌀 Ushbu uchrashuvda, ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Istanbul tijorat universiteti oʻrtasida ilmiy va akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik aloqalarini o'rnatish, qo’shma ta’lim, akademik mobillik dasturlarini tashkil etish hamda professor-o’qituvchilarning malaka oshirish kurslarini yo'lga qo'yish masalasi rejalashtirildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 2024-yil 16-18 may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Umumiy kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 3 maydagi PQ-4306 son qarori, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PQ-4884 son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo vabiologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish, istiqboldagi rejalarni belgilash maqsadida, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bilan amalga oshirilayotgan o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha 2024 yil 16-18 may kunlari “Umumiy kimyo” kafedrasi professor oʻqituvchilari: kafedra mudiri dotsent Nabiyev Abduraxim Abduxamidovich, katta o‘qituvchi Hamidov Abdusamad G‘anijonovich va assistent Qayumov Alisher Avazovichlar tashrif buyurdi.

17-may kuni Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo faniga biriktirilgan xonalarida laboratoroya jihozlarini, elektrokimyoviy uskunalarini va distillangan suv olish uchun ishlatiladigan pribor distillyator asbobi o‘rnatib berilib, ishga tushirib berildi.

18-may kuni esa 9 va 10 sinf kimyo, biologiya fanlariga chuqurlashritlgan sinflariga kation va anionlarining sifat reaksiyalari to‘g‘risida kimyo laboratoriya ishlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

☑️ Tez fursatlarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Ilmiy haftalik ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlaridan videolavhalar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#QVZ

🏆 “Toshkent shahar hokimi kubogi” bellashuvi

📈 "Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida joriy yilning 24-may kuni “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovi bellashuvi boʻlib oʻtadi.

✔️ Bellashuvda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar”, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari ishtirok etadilar.

❗️ Barcha institutimiz talaba-yoshlarini mazkur bellashuvda “Atom” jamoasini qo’llab-quvvatlash uchun taklif etamiz.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | TUTOR.UZ | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (6 minutes)
Live stream started
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Bugun, 21-may kuni ilmiy haftalik ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM