TKTI.UZ | Rasmiy kanal
6.47K subscribers
30.5K photos
1.82K videos
444 files
6.8K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
📩 info@tkti.uz
https://tkti.uz
AntiKorrupsiya: +998954798086
t.me/TKTIantikorrupsiya_bot
t.me/TKTI_rektoriga_murojaatbot

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations

🇺🇿 🇦🇿 2024/2025-o'quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Ozarbayjon Respublikasining SOCAR kompaniyasi qoshidagi Baku Oliy neft maktabi o’rtasida “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo’yicha ingliz tilida qo’shma ta’lim dasturlari yo’lga qo’yiladi.

👩‍🎓 2024-yilning 22-iyul sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga (TKTI), SOCAR kompaniyasi  vitse-prezidenti Ziba Mustafayeva va Ozarbayjon Respublikasining Baku oliy neft maktabi rektori Elmar Gasimovlar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔴 SOCAR kompaniyasi vitse-prezidenti Ziba Mustafayeva, Inson resurslarini rivojlantirish va funksional mukammallik bo'limi boshlig'i Elnur Huseynov, Baku Oliy neft maktabi rektori Elmar Gasimov, Uzluksiz ta'lim fakulteti dekani Ravshan Budagov, Oʼzbekneftegaz АJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti menedjeri Аbdulajanov Elyor, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich va mas’ul prorektorlar ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

✔️ Uchrashuvda Baku Oliy neft maktabi vakillari bilan akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish ikki OTM o’rtasida talabalar akademik mobillgini amalga oshirish, muhandislik sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash kabi masalalar muhokama qilindi.

⚡️ Uchrashuv natijalariga ko’ra magistratura ta’lim bosqichida qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish bo’yicha SOCAR va AJ Oʼzbekneftegaz mas'ul xodimlari ishtirokida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ta'lim jarayonlari to'liq ingliz tilida birinchi yil O'zbekistonda, ikkinchi yil esa O'zarbayjonda olib boriladi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations

👍 Delegatsiya a’zolari institutning Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti “Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” va “Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedralari faoliyati, ilmiy laboratoriyalari va Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti zamonaviy laboratoriyasi va texnoparki bilan tanishdilar. Fakultetlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
#bitiruvchilar 👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 25-iyul kuni soat 10:00 da “Oq yo’l Sizga, aziz yoshlar” shiori ostida bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tadi. ⚡️ Diplom topshirish marosimiga barcha bitiruvchilarni…
⭕️⭕️⭕️

"O'q yo'l Sizga, aziz yoshlar" shiori ostida bo'lib o'tadigan diplom topshirish marosimi tashkiliy masalalarni hisobga olgan holda 25-iyul soat 9:00da boshlanadi.

Marosimdan baadiiy chiqishlar, taniqli san'atkorlarning kuy qo'shiqlari o'rin olgan bo'lib, o'zgacha atmosferada o'tadi.

Barchangizni kutib qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti
2024-yil uchun 3-chorak uchun mustaqil-tadqiqotchilikka (PhD, DSc) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tanlov
e’lon qiladi!


01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi
02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
02.00.09 - Tovarlar kimyosi
02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi
02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyasi
11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanish

👇 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar
1. Ariza - rektor nomiga
2.Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3.Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4.Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5.Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6.Ish joyidan tavsifnoma
7.Pasport nusxasi.
8.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)

🔗 Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

🔜 Hujjatlar 25-iyuldan 25-avgustgacha qabul qilinadi,

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
🇺🇿🇰🇷 Koreya ilmiy-tadqiqot kimyo texnologiya instituti (KRICT) magistratura va doktorlik yoʻnalishlarida grantni qo’lga kiriting

KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan hamkorlikdagi qoʻshma loyiha doirasida Koreyaning nufuzli Korean Research Institute of Chemical Technology (Koreya ilmiy-tadqiqot kimyo texnologiya instituti) oliygohida kimyo sohasida magistratura (2 ta oʻrin) doktorlik (PhD, 5 ta oʻrin) yoʻnalishlarida grant asosida taʼlim olish uchun tanlov eʼlon qildi.

Barcha xarajatlar hamkor tashkilotlar tomonidan qoplanadi.

Oʻqishni muvaffaqqiyatli tamomlaganlar yangi tashkil etiladigan Koreya-Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti – Kimyo texnologiya innovatsiya markazida oʻz faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi.

📑Hujjatlar 2024-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.


📞Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun
(+998) 93 560-62-66; (+998) 97 136-35-32

🌐Hujjatlarni onlayn yuborish uchun: havola

📨 Elektron manzil: empark@krict.re.kr

Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2024

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida bakalavr hamda magistratura bosqichini tamomlagan talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

🎓 Marosim boshida institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning bitiruvchilarga yo'llagan tabrigi o'qib eshittirildi. Shundan so'ng bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilariga shaxsan institutimizning rektori professor Usmonov Botir Shukurillayevich tomonidan diplomlarni qabul qilib olishdi. Tadbirda mehmon san'atkorlar tomonidan qo'shiqlar kuylanib, tashrif buyuruvchilarga yuqori kayfiyat ulashdilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taʼziya

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’lumotlar bazasi bo’lim boshlig’i Qosimov Bekzod Alisherovich vafot etganligi munosabati bilan ularning oila aʼzolariga chuqur taʼziya bildiramiz.


Janoza bugun Juma namozida bo’lib o’tadi.
Manzil:
https://maps.apple.com/maps?ll=41.32020079628519,69.16681005129&q=41.32020079628519,69.16681005129&t=m