TKTI.UZ | Rasmiy kanal
4.89K subscribers
27.9K photos
1.62K videos
412 files
6.15K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-17
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
🔹🟦🟦🟦 #volontyorlar_maktabi

🇺🇿 Volontyorlar "Munozara" maydonida o'zaro bellashdilar!

👨‍💻 Joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida "Universe" volontyorlar maktabi ishtirokchilari o'rtasida "Munozara" intellektual o'yinining 3-o'rin va final bahslari bo'lib o'tdi.

🖐 Yakuniy natijalarga ko'ra Jalilbek Sharifjonov, Ruxsora Shukurova va Kumushxon Salimovadan iborat jamoa faxrli 3-o'rinni, Asila Xaydaraliyeva, Nozima Noraliyeva va Dilafruz Jamalovadan iborat jamoa faxrli 2-o'rinni va Jamshidbek Mamadjanov, Bekzod Xojiyev va Xolida Abdusalomovadan iborat jamoa faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdilar.

📝 Shuningdek, "Eng yaxshi birinchi notiq" nominatsiyasini Jamshidbek Mamadjanov, "Eng yaxshi ikkinchi notiq" nominatsiyasini Kumushxon Salimova va "Eng yaxshi uchinchi notiq" nominatsiyasini Xolida Abdusalomova qo'lga kiritdi.

#poytaxt #yoshlar #universe #maktab

✍️ Bizni kuzatishda davom eting!
😀 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fikr
#Nigoh
#OAV_Biz_haqimizda

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, pedagogika fanlari doktori hamda texnika fanlari doktori, professor, Usmonov Botir Shukurillayevichning bosib o'tgan hayot yo'li, ilmiy maktabi va faoliyati yuzasidan Yangi O'zbekiston sayti muharriri tomonidan maqola e'lon qilindi.

Batafsil 🔗 https://yuz.uz/news/ilm-nuri-kelajakni-yoritadi

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchilar

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 25-iyul kuni soat 10:00 da “Oq yo’l Sizga, aziz yoshlar” shiori ostida bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tadi.

⚡️ Diplom topshirish marosimiga barcha bitiruvchilarni taklif etamiz!

📍 Marosim Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti faollar zalida bo'lib o'tadi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

👩‍🎓 2024-yil 19-20-iyul kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor-o'qituvchilari hamda texnik xodimlari Buxoro shahriga tashrif buyurishdi.

🔴 PF-5326-son farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida: 19-20-iyul kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institut rahbari buyrig'iga binoan institut kasaba uyushmasi tomonidan Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

✔️ Ushbu sayohatga institutimiz professor o'qituvchilari, institut texnik xodimlaridan ko'ngillilari Buxoro shahriga tashrif buyirib, tarixiy obidalar bilan tanishdilar va madaniy hordiq olishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡 Ilmiy startaplarni akseleratsiya qilish uchun C.A.T. Science Accelerator dasturi

🔹 Siz ilm-fan sohasida ishlaysizmi, odamlarning hayotini yaxshilash haqida orzu qilasizmi, sizda biznes-g‘oyalar bormi?
🔹 O‘z loyihangizni ishga tushirish ishtiyoqidamisiz?

C.A.T. Science Accelerator sizga g‘oyangizni amalga oshirishga yordam beradi!

✔️ Nomzodlarga hech qanday chegaralar mavjud emas;
✔️ Akseleratorda qatnashish mutlaqo BEPUL;
✔️ InnoWeek xalqaro ko'rgazmasida loyihangizni taqdimot qilish imkoni.

📱Akselerator haqida to'liq ma'lumot olish uchun kanalga o'ting.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations

🇺🇿 🇦🇿 2024/2025-o'quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda Ozarbayjon Respublikasining SOCAR kompaniyasi qoshidagi Baku Oliy neft maktabi o’rtasida “Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi” magistratura mutaxassisligi bo’yicha ingliz tilida qo’shma ta’lim dasturlari yo’lga qo’yiladi.

👩‍🎓 2024-yilning 22-iyul sanasida Toshkent kimyo-texnologiya institutiga (TKTI), SOCAR kompaniyasi  vitse-prezidenti Ziba Mustafayeva va Ozarbayjon Respublikasining Baku oliy neft maktabi rektori Elmar Gasimovlar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔴 SOCAR kompaniyasi vitse-prezidenti Ziba Mustafayeva, Inson resurslarini rivojlantirish va funksional mukammallik bo'limi boshlig'i Elnur Huseynov, Baku Oliy neft maktabi rektori Elmar Gasimov, Uzluksiz ta'lim fakulteti dekani Ravshan Budagov, Oʼzbekneftegaz АJ Biznesni istiqbolli rivojlantirish departamenti menedjeri Аbdulajanov Elyor, Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich va mas’ul prorektorlar ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

✔️ Uchrashuvda Baku Oliy neft maktabi vakillari bilan akademik tadqiqotlar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish ikki OTM o’rtasida talabalar akademik mobillgini amalga oshirish, muhandislik sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash kabi masalalar muhokama qilindi.

⚡️ Uchrashuv natijalariga ko’ra magistratura ta’lim bosqichida qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish bo’yicha SOCAR va AJ Oʼzbekneftegaz mas'ul xodimlari ishtirokida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ta'lim jarayonlari to'liq ingliz tilida birinchi yil O'zbekistonda, ikkinchi yil esa O'zarbayjonda olib boriladi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM