TKTI.UZ | Rasmiy kanal
4.88K subscribers
27.7K photos
1.6K videos
398 files
6.08K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-17
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligining Yosh olimlarning xalqaro ilmiy forumi bo'lib o'tdi.

⚡️ 2024-yilning 22-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Yosh olimlarning xalqaro ilmiy forumi bo'lib o'tmoqda. Unda davra suhbati shaklida institut rahbariyati, xorijiy hamkorlar, professor-o'qituvchilar, doktorantlar va talaba-yoshlar ishtirok etib, shо‘ba hisobotlari tinglanmoqda.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥 2024-yil 21-may kuni KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining ikkinchi kuni Artel Innovatsion o‘quv markaziga Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti hamda Menejment va professional ta'lim fakultet talabalari tashrif buyurishdi.

☄️ KARYERA KUNI-XAKATON tadbirining ikkinchi kunida Marketing, amaliyot va professional ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.M.Mirkomilov hamda bo‘lim xodimlari, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti hamda Menejment va professional ta'lim fakultetidan ma’sul professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirok etishdi.

✔️ Xakaton tadbiri tanlovi davomida talabalarga Innovatsion o‘quv markazi xodimlari tomonidan mahorat darslari o‘tildi, IQ test olinib, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtirildi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#happy_birthday_to_you
#Tabriklaymiz

📅 Bugun Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti dekani Yusupova Lola Azimovnaning tavallud ayyomi.

🔰Lola Azimovnaga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelajakdagi o'qish va ishlarida doimo omad, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilaymiz.

🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁🎁
Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!!!
#Xalqaro_konfrensiya

🎗 “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi davom etmoqda.

☄️ 2024-yil 22-may kuni “Shisha, keramika va bog'lovchi materiallari ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” 3-xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik institutida konferensiya sessiyasi tashkil etildi. Materialshunoslik instituti 1993-yilda konsentrlangan quyosh nurlanishining moddalar bilan oʻzaro taʼsiri boʻyicha tadqiqotlarni faollashtirish va mahalliy xomashyo asosida ekstremal sharoitlarda ishlaydigan yangi ilgʻor materiallarni yaratish maqsadida tashkil etilgan.

✔️ Anjumanning xorijlik ishtirokchilari va Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari noyob ilmiy inshoot – Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan 1000 kVt quvvatga ega Katta Quyosh pechiga (KQP) tashrif buyurishdi. Ushbu noyob quyosh pechi geliostatik maydon va paraboloid kontsentratordan iborat avtomatik boshqaruv tizimiga ega murakkab optik-mexanik kompleks bo'lib, kontcentratorning (texnologik minora) fokusli zonasida yuqori zichlikdagi nurli statsionar oqim hosil qiladi. Geliostat maydonining aks ettiruvchi yuzasi 3022,5 m2, kontsentrator - 1840 m2. Natijada 3000 C gachan yuqori haroratlarda o'ta toza sharoitlarda yangi materiallar sintezini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

🔼 Koreya, Qozog‘iston, Belarus, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Polsha va O‘zbekiston olimlari delegatsiyasini Materialshunoslik instituti direktori O.Parpiyev kutib oldi va yuqori hussiyatlarga ega bo'lgan texnik keramika ishlab chiqarish sohasidagi so‘nggi ilmiy ishlanmalar bilan tanishtirdi. Quyosh pechida sintez usullaridan foydalangan holda ishqakanish va issiqlikka chidamlilik; yuqori haroratli pishirish natijasida sintetik usulda olingan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar namunalari namoyish etildi; metall oksidlarining nanoqo'shimchalari bilan polimer materiallar olish usullari va Materialshunoslik instituti olimlarining boshqa ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM