TKTI.UZ | Rasmiy kanal
6.47K subscribers
30.5K photos
1.82K videos
444 files
6.8K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-18
📩 info@tkti.uz
https://tkti.uz
AntiKorrupsiya: +998954798086
t.me/TKTIantikorrupsiya_bot
t.me/TKTI_rektoriga_murojaatbot

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ni tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nanotexnologiyaga doir qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Innovatison rivojlanish agentligi ko'magida qiymati 1.2 million yevro bo'lgan AQSHning Thermo Fisher Scientific kompaniyasi transmission elektron mikroskopi Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi"ga olib kelindi.

🎗 Bugun “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutining "Fizik-kimyoviy tahlil va nanomateriallar laboratoriyasi" ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Yangi laboratoriyani Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tantanali ravishda ochib berdi.

✔️ Ushbu uskuna materialshunoslik hamda nanotexnologiyalar yo'nalishidagi eng zamonaviy uskuna bo'lib, u quyidagi vazifalarni bajaradi:

— nanozarralar morfologiyasini o'rganish, tadqiq etish;
— Elementar tarkibini aniqlash;
— Kristal tuzilishi-diffraktsiyasini aniqlash;
— atomlar joylashuvi hamda ularning tarkibini aniqlash;
— bu xossalarga bog'liq bo'lgan materialning qattiqligi, karroziyaga bardoshliligi, temperaturaga chidamliligi va boshqa xossalarni yaxshilash uchun izlanishlar olib borishga imkon beradi.

📊 Ushbu transmission elektron mikroskopni olib kelishdan maqsad, nanotexnologiyalar sohasida yosh mutaxassislarni yetishtirib chiqarish hamda materialshunoslik va nanotexnologiyalar sohasida yangi materiallarni yaratishdir.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#международное_сотрудничество
#international_relations
#Xalqaro_konfrensiya

👍 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va ilmiy ishlanmalar bilan tanishdi.

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2024-yilning 20-25-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo'lib o'tmoqda. Ushbu haftalik ochilish marosimiga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov tashrif buyurdi.

☄️ Tashrif doirasida Qoʻngʻirotboy Sharipov Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, ilmiy xodimlar va doktorantlarning ilmiy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM