TKTI.UZ | Rasmiy kanal
4.89K subscribers
27.9K photos
1.62K videos
412 files
6.15K links
Toshkent kimyo-texnologiya instituti/Ташкентский химико-технологический институт

71-244-79-17
info@tkti.uz
https://tkti.uz
instagram.com/tktiuz
fb.com/tktiuzrasmiy
youtube.com/@tktiuzrasmiy
linkedin.com/company/tktiuz

Murojaat uchun: @TKTIMX
Download Telegram
#stajirovka

👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakulteti “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” va “Umumiy kimyo” kafedralari professor-о‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasi “Akademik A.Kuatbekov nomidagi Xalqlar dо‘stligi universiteti”da stajirovka hamda 144 akademik soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslarini boshlashdilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Fizika va energetika” kafedrasining Ohangaron tumanidagi 1-son o‘rta maktabda kasbga yo‘naltirish tadbiri o‘tkazildi.

☄️ Ushbu tadbirda “Fizika va energetika” kafedra dotsent M.N.Mamatqulov va katta o‘qituvchi I.T.Bozorovlar maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga Toshkent kimyo-texnologiya instituti va uning yo‘nalishlari, shu jumladan “Energetika” yo‘nalishi bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Kafedraning ushbu yo‘nalishida bugungi kunda 1-bosqichda 100 ta, 2-bosqichda 50 talaba bakalavr taʼlimi yo‘nalishida bilim olashayotganligini aytib o'tishdi.

✔️ Uchrashuvda maktabning bitiruvchi sinflariga mamlakatimiz energetika salohiyati, sohaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari yuzasidan mamlkatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlar haqida maʼlumotlar berildi. O‘quvchilarning sohaga doir qiziqishlari yuzasidan berilgan savollarga javob berishdi.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥 Bugun 16-may kimyo fanlari doktori, professor, Qozog‘iston fanlar akademiyasining akademigi, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining muhbir a’zosi, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Syellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedrasining professori Gʻaffor Rahmonberdiyevning tavallud topgan kuni. Tavallud ayyomiga 86 yil va ilmiy-pedogogik faoliyatiga 66 yil bo‘ldi.

Ustozimizni tavallud ayyomlari bilan barcha yoshlar va institut jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ularga uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy ishlariga doimo omad, oilaviy tinchlik, xotirjamlik, tuganmas baxt, omad, yuzlariga doimo tabassum, davomli quvonchli onlar va farzandlar, shogirdlar kamolotini tilab qolamiz.

🎞 Toshkent kimyo-texnologiya instituti matbuot xizmati tomonidan Gʻaffor Rahmonberdiyev hayoti va ijodiga bag'ishlangan "HAZRATI INSON" nomli filmni e'tiboringizga havola etadi.

HF formatda ko'rish https://youtu.be/_CIY4BJXsoI


👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 2024-yilning 16-may kuni Toshkent kimyo texnologiya instituti "O‘zbek tili va professional ta’lim" kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Shayhontoxur tumani 13- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida uchrashuv bo'lib o'tdi.

👀 Ushbu uchrashuvda o‘quvchilarning kasb-hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish va qiziqishini aniqlash maqsadida o‘quvchilar bilan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. Shuningdek, institut tarixi, olib borilayotgan islohotlar, mavjud yo‘nalishlar, kafedralar haqida to‘liq ma’lumot berdi.

📼 Toshkent kimyo texnologiya instituti haqidagi video-rolik maktab o'quvchilariga namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti bitiruvchi kurs talabalari uchun 2024-yil 24-may sanasida Kimyoviy moddalar texnologiyasi fakultetida "KARYERA KUNI" bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Barcha talabalarnini "KARYERA KUNI"ga taklif etamiz!

09:30

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🤝🇱🇻 Bugun 2024-yilning 16-may kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Latviyaning Latviya Tabiiy fanlar Universiteti bilan hamkorlikdagi “RESEARCH FOR RURAL DEVELOPMENT” nomli xalqaro ilmiy konferensiya bo’lib o’tdi.

👍 Ushbu konferensiyada Toshkent kimyo-texnologiya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori X.L.Pulatov, “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi”, “Xorijiy tillar” kafedralarining, shuningdek Buxoro Davlat Universiteti va O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi va o‘zlarining ilmiy ishlari yuzasi bo'yicha ma'ruza qilishdi.

👀 Konferensiya so‘ngida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

👩‍🎓 TKTI.UZ | ✉️ Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 🌐 YouTube | 📱 VK | 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM