TKTI Yoshlar Ittifoqi
2.59K subscribers
17K photos
1.68K videos
673 files
3.77K links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti boshlang‘ich tashkiloti telegram kanali

Tezkor !
Ishonchli !
Holis !

Yoshlarning sevimli axborot ulashuvchi kanali
Download Telegram
#TKTI_YI
#XALQARO_HAMKORLIK

Institutimizda “MODIFIKATSIYALANGAN ASFALT ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI” Xitoy-O‘zbekiston qo‘shma laboratoriyasi ochildi.
Hamkorlikda ochilgan laboratoriya yordamida yuqori sifat va samaradorlikka ega asfalt ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Endilikda yosh izlanuvchi tadqiqotchilar mazkur laboratoriya uskunalaridan foydalanib, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, yangi turdagi asfalt mahsulotlarini ishlab chiqarish, jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarini tadqiq etish bo‘yicha turli tajribalar o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadi.
"Biz Toshkent kimyo texnologiya instituti bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Xitoydan keltirilgan texnologiya yordamida asfalt uchun tarkibiy qismlarni aralashtiramiz. Bu ishlab chiqarish turli mamlakat hamda mintaqalar uchun juda muhimdir. Chunki biz yo‘llar va iqlim sharoitiga to‘g‘ri keladigan mahalliy asfaltni yotqizamiz. Hamkorlikda ochilgan ushbu laboratoriyadagi barcha uskunalar Xitoy tomonidan taqdim etilgan. Modifikatsiyalangan asfalt ishlab chiqarishda “SBS” sun’iy kauchuk mahsulotidan foydalanamiz. Bu mahsulot yuqori darajadagi modifikatsiyalangan asfalt qilish imkonini beradi", – deydi Sandong fanlar akademiyasining avtomatika instituti professori SANG DONG.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy yordamida keltirilgan laboratoriya uskunalarining umumiy qiymati 140 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Xitoy-O‘zbekiston qo‘shma laboratoriyasining ochilishi va amaliyotga tatbiq etilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali natijasidir. Yo‘lga qo‘yilgan ishlar orqali izlanuvchilar Xitoyning ilmiy-texnologik salohiyatini o‘rganishmoqda.
#xalqaro_hamkorlik

Toshkent kimyo texnologiya instituti Vengriyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi!!!

Xabaringiz bor ayni kunlarda Vengriya bosh vaziri O'zbekistonga tashrif buyurgan.
Vengriya davlatining vazirlik, tashkilotlari bilan bizning vazirlik va tashkilotlar o'zaro
hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ymoqdalar.
Jumladan Oliy ta'lim vazirligi
🇺🇿&🇭🇺 Vengriyaning yetakchi universiteti o'rtasida bitim imzolandi

🤝 Ushbu muzokaralarning mantiqiy davomi oʻlaroq bugun, 29 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Vengriyaning Debretsen universiteti oʻrtasida mazkur universitetning taʼlim dasturlarini Oʻzbekistonda amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash onlayn-marosimi boʻlib oʻtdi.

👉Mazkur marosimda Oʻzbekiston tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov boshchiligida vazir oʻrinbosari U.Begimkulov, Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov va nufuzli OTM rektorlari hamda Vengriya hukumati tomonidan Debretsen universiteti rektori Z.Silvashi, Vengriya rektorlar konfrensiyasi bosh sekretari Z.Dubetsi va Oʻzbekiston Respublikasining Avstriyadagi favqulotda va muxtor elchisi A.Fayzullayevlar ishtirok etishdi.

🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov va Debretsen universiteti rektori prof. Z. Silvashi tomonidan imzolangan ushbu bitim universitetning biotexnologiya, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi kabi taʼlim sohalarida taʼlim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

🏛 Tomonlar kelishuviga binoan Debretsen universiteti yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan oʻquv va ilmiy tajribasini Oʻzbekistonda tadbiq etadi.

🔰 Vengriya hukumati tomonidan ajratiladigan grantlar asosida har yili Oʻzbekiston fuqarolari orasidan 100 kishi Vengriya oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun yuboriladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Debretsen universitetida umumiy hisobda 28 mingdan ziyod talabalar, shu jumladan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 6,3 mingdan ziyod chet ellik talabalar tahsil oladi.


Ps: ajoyib yangilik. Bizga ma'lum qilishlaricha Biotexnologiya va boshqa yo'nalishlarda ushbu Universitet bilan xamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilib, akademik almashinuvlar yo'lga qo'yiladi.
Institut 🌏
Xalqaro aloqalar bo'limidan ushbu yo'nalishda yangiliklarni kutib qolamiz!!!
#xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Toshkent kimyo texnologiya institutiga 🇰🇷Janubiy Koreyalik Kee Hyun Kuen boshchiligidagi “Cellufab” kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Batafsil
#xalqaro_hamkorlik

🏢Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori B.Sh.Usmonov va 🇲🇾Malayziyaning Bayneri menejment va tadbirkorlik universiteti rektori professor Jozef Adaikalam oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda dastlabki
hamkorlik masalalari muhokama etildi. Unga koʻra OTMlar birgalikda ilmiy, pedagogik hamda oʻquv faoliyatlarda oʻzaro tajriba almashishga kelishib olishdi.

Kelajakda 🇲🇾Malayziyaning Bayneri menejment va tadbirkorlik universiteti bilan birgalikda Respublika muhandis kadrlarini qayta tayyorlaydigan ularning malakasini
xalqaro miqyosida oshiradigan markaz tashkil qilishgi kelishib olindi.

🌐
Xalqaro hamkorlik boʻlimi