IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI (Rasmiy kanal)
1K subscribers
2.33K photos
181 videos
14 files
772 links
📚 Ijtimoiy fanlar fakulteti | Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
📖 Tarix | 🏅 Jismoniy madaniyat
🎓 Bilim, tadqiqot va yangiliklar markazi
👉 Talabalar uchun rasmiy axborot kanali
Download Telegram
⚡️OTMga kirishda yana bir imtiyoz!

Endilikda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston bolalar tashkilotining faol aʼzolariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
#yakuniy imtihon jadvali

4.06.2026 dan 30.06.2026 yilgacha tahsil olayotgan sirtqi ta'lim shakli talabalarining yakuniy imtihonlari jadvali.
Forwarded from IRA | Tosh vil
🔥 “2025–2026 o‘quv yilining eng faol lideri”ga ovoz bering!

🚀 “Eng faol Yoshlar akademiyasi liderlari” so‘rovnomasiga start berildi!

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Toshkent viloyati Yoshlar akademiyasi tomonidan OTMlarda samarali faoliyat olib borayotgan, innovatsion g‘oyalar, startap va ilmiy loyihalarni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan eng faol liderlar aniqlanmoqda.

🏆 Eng ko‘p ovoz to‘plagan liderlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

So‘rovnoma 29-iyun 23:59 gacha davom etadi.

Faol liderlarni qo‘llab-quvvatlang va ovoz bering!

IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
1👍1
Yosh_tarixchilarning_5-yozgi_o'qishlari.pdf
175.6 KB
Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari...☀️

🏔 2026-yil avgust oyida Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yoshlar jamlog'i”da “Yosh tarixchilarning 5-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.

🇺🇿 Qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ushbu yozgi o'qishlarga chorlaymiz!

🇺🇿 Olimlar va tengdoshlaringiz bilan tajriba almashish uchun qulay imkoniyat.

✈️ Hujjatlar ushbu botda qabul qilinadi: @Yozgioqishlar_5_bot

☎️ Savollar uchun: 📞+998 99 875 34 31

https://t.me/tarixchivijdoni
🎓 Hurmatli bitiruvchilar!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.

🗓 So‘rovnoma 30-iyunga qadar davom etadi.

🔗 Ishtirok etish uchun:
https://ee.cerrsurvey.uz/single/NBnBeZuJ

Sizning fikringiz va ishtirokingiz muhim!

TIPU axborot xizmati
1
Forwarded from TIPU | Rasmiy kanal
Hurmatli talabalar, aziz yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, ertangi kunning ulkan yutuqlari va mamlakatimiz ravnaqi siz kabi bilimga chanqoq, tashabbuskor, intiluvchan va vatanparvar yoshlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Sizlarning yuksak maqsadlar sari dadil intilishingiz, ilm-fan, innovatsiya, sport va ijod sohalaridagi muvaffaqiyatlaringiz biz uchun faxr va g‘urur manbaidir.

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti jamoasi yoshlarning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dodi va salohiyatini to‘liq namoyon etishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishda davom etadi.

Ishonchim komilki, sizlar yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan, Vatanimizning ertangi kunini bunyod etadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib voyaga yetasizlar.

Aziz yoshlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ilmiy va ijodiy izlanishlarda ulkan zafarlar, hayot yo‘lingizda esa yorqin muvaffaqiyatlar tilayman.

Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektori
Adilov Sanjar Anvarovich


TIPU axborot xizmati
1
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanining 3-iyul 2026-yildagi 07/218 sonli bildirishnomasi 1-ilovadagi ismi sharifi keltirilgan tarix yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar 3 ish kunida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanatiga kelib uchrashingiz so'raladi.
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanining 3-iyul 2026-yildagi 07/217 sonli bildirishnomasi 1-ilovadagi ismi sharifi keltirilgan jismoniy madaniyat yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar 3 ish kunida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanatiga kelib uchrashingiz so'raladi.
1
Ijtimoiy fanlar fakulteti ma’lum qiladi:

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti rektorining
2025-yil 8-sentyabrdagi "2025/2026-o'quv yilini samarali tashkil qilish to'g'risida"gi 02-583-sonli buyrug'ining 3-ilovasi 4-bob,
18-bandiga
asosan fanlardan akademik qarzdor bo'lgan 1,2, 3, 4- bosqich talabalari uchun Kredit-modul tizimi asosida qayta o‘qish jarayoni boshlandi.

2026-yil 8-iyul kuniga qadar talabgor talabalardan ushbu arizani belgilangan tartibda yozib Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanatiga taqdim qilishi so'raladi.
💰 Qayta o‘qish uchun to‘lov miqdorlari:
📖1 ta fan — 400 000 (to'rt yuz ming) so‘m
📚2 va undan ortiq fanlar — 800 000 (sakkiz yuz ming) so‘m

Qayta o'qish oyligida 2025-2026- o'quv yilidagi akademik qarzdorlikni bartaraf etish uchun tashkil qilinmoqda.
❗️ Belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirmagan talabalar qayta o‘qish jarayoniga jalb qilinmaydi.
📌 Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanatiga bog'laning.
3
Qayta topshirish uchun toʻlov shu hisob raqamiga toʻlanadi.
Toʻlov maqsadiga:
Talaba Familiya ism sharifi, JSHSHIR raqami toʻliq yozilishi va albatta KREDIT MODUL UCHUN TOʻLOV deb yozilishi shart.
2
#Perevod2026

📌 Nodavlatga oliygohlarga oʻqishni koʻchirishda navbatdagi yangilik!

Endilikda nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish bilan bogʻliq barcha jarayonlar davlat tomonidan nazorat qilinadi. Quyidagi holatda oʻqishni koʻchirish uchun transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirish lozim:

➡️Davlat oliygohidan nodavlat oliygohga oʻqishni koʻchirishda;

➡️ Nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohiga oʻqishni koʻchirishda.


Yuqoridagi ikkala holatda ham oʻqishni koʻchirish uchun uzrli sabab boʻlishi lozim va jarayon test sinovlarsiz amalga oshiriladi. Talabgor saytga transkript hamda uzrli sababni asoslovchi hujjatni yuklashi lozim. Oʻqishni koʻchirish boʻyicha xulosa maxsus komissiya tomonidan beriladi.

Nodavlat oliygohing oʻzida ta'lim yoʻnalishi yoki ta'lim shaklini oʻzgartirish tartibi ham mazkur sayt orqali amalga oshiriladi. Bunda talabgordan transkript talab etilmaydi.

Hemis dasturiga kiritilmagan talabalarga transfer.edu.uz saytiga roʻyxatdan oʻtish imkoniyati boʻlmaydi. Faqatgina Hemis dasturi mavjud talabalargina mazkur saytga kirish huquqiga ega hisoblanadi.

📢 @DTM_Mandat_Bot Abiturientlar natijalarni bilish uchun quyidagi Telegram-botlarga o‘z qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborishlari mumkin.

🖊 @DtmTest2026_Bot orqali maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin.

✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Hurmatli talabalar uzrli sabab bulsa o'qishni ko'chirishlaringiz mumkin, boshqa hollarda o'qishni ko'chirishga vazirlik ruxsat bermaydi