Tinchlik lokomotiv deposi
1.11K subscribers
26.2K photos
2.44K videos
135 files
10.1K links
Аziz hamkasblar ushbu kanal "Tinchlik lokomotiv deposi"ning rasmiy kanali.
Download Telegram
Ushbu kunda nishonlaniladigan bayramlar

🎁 1-mart butunjahon fuqorolar himoyasi kuni

🎁 1-mart butunjahon mushuklar kuni

🎁 1-mart bahor kelishi bayrami
Ushbu kunda tavallud topgan mashhurlar

🔷 1921 yil 1-mart O’zbekiston xalq artisti Akbarov Ikrom Ilhomovich tavallud topgan kun

🔷 1937 yil 1-mart Moldaviyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Doga Eujeniu tavallud topgan kun

🔷 1892 yil 1-mart yapon yozuvchisi Akutagava Ryunoske tavallud topgan kun

🔷 1846 yil 1-mart rus tabiat shunos olimi Dokuchaev Vasiliy Vasilevich tavallud topgan kun

🔷 1915 yil 1-mart xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

🔷 1950 yil 1-mart O’zbekiston xalq artisti G’ulomjon Yoqubov tavallud topgan kun

🔷 1899 yil 1-mart bolgar kompazitri, pianinochi, dirijyor va pedagog Vladigerov Pancho tavallud topgan kun

🔷 1942 yil 1-mart adabiyotshunos olim Muhammad Ali tavallud topgan kun
Efiopiyada - yil 12 oydan emas, 13 oydan iborat.

Efiopiya - Shimoliy-Sharqiy Afrikadagi davlat.
Telegram | Instagram | Youtube🇺🇿
O’ziga xoslik va o‘z qadrini bilish faqat mehnat va kurash bilan qo‘lga kiritiladi.
Telegram | Instagram | Youtube🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uzbekistan Airways’dan Navro‘z bayramiga 21% chegirma

Uzbekistan Airways 2023-yilning 18-martidan 22-martigacha O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarining ekonom va bizness klass tariflariga 21% chegirma e’lon qildi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com sayti, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Kuvaytning “Jazeera Airways” milliy aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Bugun, 1-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:08 da Kuvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

O‘zbekistonga yangi parvoz yo‘nalishi: Al-Kuvayt – Samarqand – Al-Kuvayt yo‘nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan ekipaj va yo‘lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.

Ushbu yo‘nalishda muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Kuvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#SEMINAR_TRENING

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hududlarda aholiga yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida viloyat hokimliklari mutasaddilari va transport boshqarmalari rahabarlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari tomonidan qarorga muvofiq muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#SEMINAR_TRENING

Seminar trening ishtirokchilari Toshkent shahar transport boshqarmasi qoshida tashkil etilgan avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari qoshida tashuvchilar tomonidan yo‘nalish ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yo‘lkira haqi to‘lanishini va ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |