Tinchlik lokomotiv deposi
1.12K subscribers
26.2K photos
2.44K videos
135 files
10.1K links
Аziz hamkasblar ushbu kanal "Tinchlik lokomotiv deposi"ning rasmiy kanali.
Download Telegram
Prezident mаktаbi oʼquvchilari Trаnsport vаzirligi mas'ullari bilan uchrashdi

Samarqand shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchilarining Samarqand viloyat trаnsport boshqarmasi mas'ullari bilan uchrashuvi bo’lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘quvchilar mamlakatimiz transport sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi.

✈️Xususan, uchrashuv davomida Samarqand xalqaro aeroporti, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.

🚅 O'quvchilarga aeroport va temir yo’l vokzalida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida o‘quvchilarga vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#REYD_TADBIR

🔰Avtomobil transportida tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqasadida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasining “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlashni nazorat qilish bo‘limi” inspektorlari va Toshkent shahar YHXB YPX inspektorlari hamkorligida qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi.

👮Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

🚕 Haydovchilarga yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7- iyuldagi "Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida"gi PQ-311-son qaror mazmun mohiyati yuzasidan to‘liq huquqiy tushuncha berib o‘tildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
🏆 Futzal boʻyicha "Vista 2-ligasi" musobaqasi 4-TUR uchrashuvlari bilan tanishing.

📱 #Obuna_boʻling 👇

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Yo`lovchi poyezdlar qatnov jadvali va chiptalarning narxini qanday bilish mumkin?

💻Buning uchun chipta.railway.uz sayti va Uzrailwayticket ilovasidan foydalanish mumkin.

🚝Saytda yoki ilovada ketish va yetib borish manzili, jo`nash sanasi kiritiladi. Shundan so`ng yangi oynada jo`nash soati, chiptalar narxini ko`rish mumkin.

Agarda saytda yoki ilovada ro`yxatdan o`tilmagan bo`lsa, "Ro`yxatdan o`tish" tugmasi orqali ro`yxatdan o`tish, yoki ijtimoy tarmoqdagi sahifalar yordamida saytdan foydanalishni amalga oshirish mumkin. Ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchida xarid qilingan chiptalar tarixi, birgalikdagi qo`shimcha yo`lovchilar ma'lumotlari saqlangan holatda bo`ladi.

📌Chiptani elektron tarzda xarid qilishda, vagon ichida bo`sh joylarni tanlab, shaxsni tasdiqlash ma'lumotlari kiritiladi.

💳Elektron chipta xarid qilish to`lov kartasi orqali amalga oshiriladi. Chiptaga to`lov amalga oshirilgandan so`ng, uni elektron holatda yuklab olish mumkin.

Qo`shimcha ma'lumotlar olish uchun:
Telegram: @jd_answer_bot
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларда ижтимоий-иқтисодий ислоҳотларнинг бориши билан танишиш мақсадида Қашқадарё вилоятига жўнаб кетди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с ходом социально-экономических реформ в регионах отбыл в Кашкадарьинскую область.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятига ташрифини Қарши тумани Янги Батош маҳалласидаги янги мактаб билан танишувдан бошлади. Бу ерда давлатимиз раҳбари ўқувчи ва ўқитувчилар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Кашкадарьинскую область с посещения новой школы в махалле Янги Батош Каршинского района. Здесь глава государства побеседовал с учащимися и учителями.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter