TilXon
265 subscribers
43 photos
2 links
💠 HAQIQIY SO'ZLAR USTAXONASI!

📋 Davlat tiliga oid qonun hujjatlari

🗂 Rasmiy uslubga oid qoidalar

📝 Oʻzbek tili imlo qoidalari

🖊 Davlat tilida ish yuritish boʻyicha qoʻllanmalar


Bogʻlanish: @yusufova
Download Telegram
#hujjat

⚡️ Muayyan tashkiliy tuzilmaga yoki uning mansabdor shaxsiga turli xil masalalar boʻyicha murojaat, iltimos, taklif va shikoyat mazmunini ifodalovchi hujjat.

✅ Ariza matni sodda va aniq bayon etilishi lozim. Unda "Ushbu arizam orqali...", "Arizamning mazmuni shundan iboratki...", "Men F.I.O., shuni ma’lum qilamanki..." kabi ortiqcha kirish birliklaridan foydalanilmaydi.

🟢 Arizaning asosiy zaruriy qismlari:

🟢 ustxat (adresat va adresant);
🟢 hujjat nomi;
🟢 matn;
🟢 Sana;
🟢 imzo;
🟢 F.I.O.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯3⚡1🔥1
#bilasizmi

👀 Ushbu soʻzni ba'zi joylarda ta'qiqlamoq, ba'zi joylarda taqiqlamoq shakliga guvoh boʻlamiz.

🟦 Xoʻsh, bu shaklning qaysi bir toʻgʻri yozilgan?

✅ Aslida mazkur soʻz tutuq belgisiz TAQIQLAMOQ tarzida yoziladi:

Soy boʻyida choʻmilish taqiqlanadi!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👌2⚡1👍1💯1
#buyuklar_hikmati

🔴 Amir Temur ushbu hikmati orqali insonning mas’uliyati, qat’iyati va so‘ziga sodiqligi naqadar muhim ekanligini ta’kidlaydi. Sohibqironning fikricha, har qanday ish puxta o‘ylangan holda amalga oshirilishi, berilgan va’da esa so‘zsiz bajarilishi lozim.

Ana shunday insonlargina el-yurt hurmatiga sazovor bo‘ladi va yuksak natijalarga erishadi.

🔵 So‘zga vafo — ishonch poydevori.
🔵 Qat’iyat — muvaffaqiyat kaliti.
🔵 Jasorat — buyuk ishlarga eltuvchi kuch.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
🔊 Hujjatlar tegishli blankalarga yoziladi.

➡️ Tashkilotlarning blanklaridagi doimiy rekvizitlari davlat tilida yoziladi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🔵 Agar hujjat matnida qayd etilgan ilova boʻlsa, u holda ilovalar borligi toʻgʻrisidagi belgi quyidagi shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi:

Ilova: 10 varaqda, 2 nusxada.

⚪️ Agar hujjat matnida koʻrsatilmagan ilova boʻlsa, ularning nomi har bir ilovadagi varaqlar soni va nusxalar soni koʻrsatilgan holda sanab oʻtilishi kerak:

Ilova:
1. Yangi oʻquv yiliga maktablarning tayyorgarligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma 8 varaqda, 2 nusxada.
2. Maktablar roʻyxati 3 varaqda, 2 nusxada.


🟢 Agar hujjatga ilovasi bor boshqa hujjat ilova qilinsa, u holda ilovaning borligi toʻgʻrisidagi belgi quyidagi shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi:

Ilova: Malaka komissiyasining 2025-yil 29-yanvardagi xulosasi va unga ilova, jami 21 varaqda, 2 nusxada.

🔴 Agar ilova hujjatda koʻrsatilgan barcha manzillarga joʻnatilmayotgan boʻlsa, u holda ilovalarning borligi toʻgʻrisidagi belgi quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:

Ilova: 5 varaqda, 2 nusxada — birinchi manzilga.

⚫️ Agar ilova broshyuralangan boʻlsa, u holda varaqlar soni koʻrsatilmaydi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍3🔥3
#statistika

✅ Xabaringiz bor, joriy yilning dastlabki kunlarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri tashkil etilgan edi.

Bugun mazkur tadbirning dastlabki natijalari ochiqlandi. Bunga koʻra, Oʻzbekiston aholisining 91,3 foizi Oʻzbek tilini ona tili sifatida koʻrsatgan.

🔵 Yana bir ahamiyatli tomoni 1,9 foiz boshqa millat vakillari ham Oʻzbek tilini oʻz ona tilisi sifatida tanlagan.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥2👍1🙏1
#hujjat

🔵 Xatlarda quyidagi bayon etish shakllaridan foydalaniladi:

⚪️birinchi shaxs nomidan koʻplik sonda

(“amaliy yordam soʻraymiz”, “taklif berishingiz uchun joʻnatmoqdamiz”)
;

⚪️birinchi shaxs nomidan birlik sonda

(“zarur deb hisoblayman”, “qabul qilishingizni soʻrayman”)
;

⚪️uchinchi shaxs nomidan birlik sonda

(“rahbariyat qoʻllab-quvvatlaydi”, hokimlik qarshi emas”)
.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🫡1
#hujjat

XDFU − "Xizmat doirasida foydalanish uchun"

⚡️ Bu hujjatning maxsus grifi (belgisi) bo'lib, undagi ma'lumotlardan faqat xizmat vazifalarini bajarish jarayonida foydalanishga ruxsat etilishini bildiradi. Bunday hujjatlar davlat siri hisoblanmaydi, biroq ulardagi ma'lumotlarning erkin tarqatilishi cheklangan.

XDFU hujjatlarining asosiy xususiyatlari:

🟢 Hujjatning birinchi sahifasi yuqori o'ng burchagiga "Xizmat doirasida foydalanish uchun" (XDFU) grifi qo'yiladi.
🟢 Zarur hollarda hujjat nusxasining raqami ham ko'rsatiladi.
🟢 XDFU hujjatlari alohida tartibda ro'yxatga olinadi, saqlanadi, nusxalanadi va ijrochilarga topshiriladi.
🟢 Bunday hujjatlar bilan faqat vakolatli xodimlar ishlashi mumkin.
🟢 Ularni ruxsatsiz uchinchi shaxslarga berish, internetda e'lon qilish yoki ommaga tarqatish mumkin emas.

🔴 Muhim jihat:

XDFU davlat siri degani emas. U faqat foydalanilishi cheklangan xizmat axboroti hisoblanadi.

Shu bilan birga, umummajburiy huquqiy normalarni belgilovchi rasmiy hujjatlarni XDFU grifi bilan qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi, faqat ular tarkibida xizmat doirasida foydalanilishi cheklangan ma'lumotlar mavjud bo'lgan ayrim holatlar bundan mustasno.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1
#bilasizmi

⚠️ Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga asosan "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari" tasdiqlangan.

➡️ Ushbu imlo qoidalarining 65-bandida quyidagi qoida nazarda tutilgan:

"Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi..."


Yuqoridagi qoidadan kelib chiqqan holda mazkur izofali birikma undosh bilan tugaganligi sababli -yi emas, -i qoʻshilishi toʻgʻri hisoblanadi:

✅ Qat'i nazar

❌ Qat'iy nazar

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝5🔥4👍1👎1👏1
🟢 Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, ishimiz hajmi biroz oshganligi sababli Sizlarga foydali ma'lumotlar berib borishda qisqa tanaffus qilgan edik.

⚪️ TilXon yana o‘z faoliyatini davom ettiradi.

🟢 Bizni kuzatishni davom eting!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4👏3💯2🤝2🎉1
#hujjat

💬 Hujjat tayyorlayotgan yoki u bilan tanishilayotgan jarayonda qoʻshimcha, yuklama, bogʻlovchilarga e'tiborli boʻlish lozim.

Masalan, -chilik qoʻshimchasi haqida aytib oʻtsak:

🔹 Hujjatlarda koʻp uchraydigan "qonun va qonunchilik hujjatlari" birikmasi orasida juda ham katta farq bor. Ularning mohiyatini toʻgʻri tushunmaslik, notoʻgʻri qoʻllash yoki e'tiborsizlik bilan oʻtib ketish butun bir hujjatning yuridik tomonini oʻzgartirib yuborishga sabab boʻladi.

💬 Qonun hujjatlari qonunchilik hujjatlaridan yuqori turuvchi hujjat hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari).

🟡 Qonunchilik hujjatlari esa qonun hujjatlaridan kelib chiqib qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi (Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidenti farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari).

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2
#bilasizmi

🔴 Hujjatlarda koʻp foydalaniladigan "muvofiq" soʻzidan soʻng vergul qoʻyiladimi?

✅ Yo‘q, "muvofiq" so‘zidan keyin vergul qo‘yilmaydi.

Masalan, rasmiy hujjatlarda uchraydigan shakllar:

⚪️ O‘zbekiston Respublikasining "..." Qonuniga muvofiq mazkur qaror qabul qilindi.

⚪️ Belgilangan tartibga muvofiq hujjatlar rasmiylashtirildi.

⚪️ Amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar koʻrilishi ta'minlanadi.


🔊 Demak, "muvofiq" vergul talab qiladigan kirish so‘z hisoblanmaydi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👏2👌1
#Hujjat

⚠️ Aksariyat hujjatlarda uning mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha boʻlishi shart

➡️ Masalan: buyruq (NIMA TOʻGʻRISIDA?)

“Xodimlarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”,
"Ishga qabul qilish toʻgʻrisida"


➡️bayonnoma (NIMANING?)

“ilmiy kengash majlisining”,
"oʻtkazilgan tavlovning"


✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2✍1🔥1👏1🫡1
#bilasizmi

⚠️ Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga asosan "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari" tasdiqlangan.

➡️ Ushbu imlo qoidalarining 65-bandida quyidagi qoida nazarda tutilgan:

"Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Bunda izofa undosh bilan tugagan soʻzlarga i shaklida, unli bilan tugagan soʻzlarga yi shaklida qoʻshiladi: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi..."


Yuqoridagi qoidadan kelib chiqqan holda mazkur izofali birikma unli bilan tugaganligi sababli -yi qoʻshilishi toʻgʻri hisoblanadi:

✅ Tarjimayi hol

❌ Tarjimai hol

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1👌1🤝1
#Mustaqillik35
#TilXon

🇺🇿 Oʻttiz besh yildirki, "Oʻzbekiston" degan muqaddas nom qalblarimizda faxr bilan, dunyo minbarlarida esa gʻurur bilan yangramoqda. Bu nomning har bir harfi, har bir tovushida xalqimizning matonati, bunyodkorligi va buyuk kelajakka boʻlgan ishonchi mujassam.

Aziz "TilXon" kuzatuvchilari! Barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Vatanimizning shaʼni hamisha yuksak boʻlsin!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1🎉1
#yangilik

❗️ Senat alifboda to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qulladi
 
Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish haqidagi qonunni ma’qulladi.
Qonun quyidagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi:
 
O‘ o‘ → Ö ö
G‘ g‘ → Ğ ğ
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç


⚪️ Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar to‘siqsiz muomalada qoladi.

🔵 Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👌2👍1
2018-yil kuz fasli...

Ilmiy rahbarim, ustozim Farhod aka Bobojonov bilan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish jarayoniga munosib hissa qoʻshish niyatida ilmiy maqola tayyorladik. Bu oddiy fan topshirigʻi doirasidagi maqola emas edi. Mavzu chuqur tahlil, qiyos va puxta ilmiy asos talab qilardi.

Tayyorlangan maqola hajma katta edi. Uni nashr ettirish uchun mavzuning ilmiy ahamiyatiga munosib nufuzli maydon kerakligini oʻylardim. Aynan shu kunlarda **Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti**da yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilmiy anjuman oʻtkazilishi haqida eshitib qoldim. Maqolani qisqartirib, tezis shaklida anjuman tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etdim.

Oradan bir hafta oʻtib, tezisim qabul qilingani va konferensiyada ishtirok etishga taklif etilganim haqida xabar berishdi. Shu tariqa 2018-yil 16-noyabr kuni bakalavriat bosqichining 3-kursida tahsil olayotgan talaba sifatida nufuzli ilmiy dargohda, oʻzbek tilshunosligining taniqli olimlari qarshisida maʼruza qildim. Bu mening ilk maʼruzam emas edi. Biroq tilshunoslikning zabardast vakillari ishtirok etgan bunday katta ilmiy davrada fikr bildirish, oʻz qarashlarimni asoslash va savollarga javob berish alohida hayajon hamda masʼuliyat talab qilardi.

Maʼruzadan soʻng alifboni takomillashtirishning ahamiyati, mavjud muammolar va taklif etilayotgan yechimlar yuzasidan keng muhokama boʻldi. Bildirilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlaganlar ham, ularga tanqidiy munosabat bildirganlar ham bor edi. Bu tabiiy edi: til va yozuv bilan bogʻliq har qanday oʻzgarish jiddiy ilmiy bahs, puxta asos va katta masʼuliyatni talab qiladi. Oʻsha davrada bakalavriat talabasi sifatida ishtirok etgan yagona tinglovchi ekanim esa bu kunni xotiramda yanada mustahkam saqlab qoldi.

Bu voqealarni eslashdan maqsad faqat oʻzim haqimda gapirish emas. Sakkiz yil avval bildirilgan fikrlar va qilingan mehnatning bugun amaliy qarorlarda oʻz aksini topayotganini koʻrish insonda oʻzgacha tuygʻu uygʻotar ekan.

Zero, 2018-yilda tayyorlagan maqolamizda aynan bugun Senat tomonidan maʼqullangan — Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh va Ch ch harflarini Ö ö, Ğ ğ, Ş ş hamda Ç ç shakllariga oʻtkazish masalasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan edi.

Baʼzan ilmiy gʻoyaning natijasi darhol koʻrinmaydi. Ammo yillar oʻtib, bir vaqtlar bahs-munozaralarga sabab boʻlgan taklifning hayotga koʻchayotganini koʻrish qilingan mehnatga berilgan eng katta baholardan biridir.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏5🎉3🔥1💯1
👤Hurmatli ziyolilarim!

1989-yil 21-oktabrda oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy oʻzligini anglash, ona tiliga boʻlgan ehtiromini mustahkamlash yoʻlidagi tarixiy voqea boʻldi. Bugun esa uning nufuzini yuksaltirish, sofligini asrash, ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va kelajak avlodlarga butun boyligi bilan yetkazish har birimizning maʼnaviy burchimizdir.

Ona tilini sevish — uni faqat eʼzozlash emas, balki uning meʼyorlarini bilish, soʻzning qadriga yetish, fikrni aniq, ravon va savodli ifodalash masʼuliyatini ham anglashdir. Zero, tilga boʻlgan munosabat insonning tafakkuri, madaniyati va milliy qadriyatlarga ehtiromida namoyon boʻladi.

Barchangizni Oʻzbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Ona tilimizning jozibasi, boyligi va betakrorligi qalblarimizda hamisha faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotsin.

🇺🇿 Til gʻururingiz doimo baland boʻlsin!

Hurmat bilan Dilrabo Yusuf qizi

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2🎉1
🔔 Uzoq kutilgan, barcha ziyolilarni xursand qiladigan Qonun imzolandi!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bayramga haqiqiy tuhfa taqdim etildi. Bu oxirgi 10 yillikda oʻzbek tilining kompyuter tiliga aylanayotgan vaqtida, ayniqsa, oxirgi 3 yillikda sun'iy intellektning hayotimizga jadal kirib kelishida yaqqol koʻrinayotgan xatolar tuzatildi.

🔼 Ayrim insonlarga bu oʻzgarish yoqmayotgan boʻlishi mumkin. Lekin, ishoning, biz toʻgʻri yoʻldamiz. Hali bunga tez orada amin boʻlasiz.

🔵 Hurmatli ziyolilarim, bizni kuzatishdan uzoqlashmang. Yangi yozuv, yangi imlo qoidalari bizni kutmoqda. Uni birgalikda oʻrganamiz!

Biz sizdek ziyolilarni koʻrishdan xursand boʻlamiz!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1💯1
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚠️ Köngillilar tomonidan ishlab chiqilayotgan vaqtinchalik klaviaturalar ertaga alifbo islohotiga yana norozilik kayfiyatini uyğotişi mumkin. Chunki yangi milliy alifboda ş harfi w örnida böladi. Ç harfi esa c harfiga joylaştiriladi. Ö va ğ harflari { va } belgilari bilan almaştiriladi.

Vaqtinçalik klaviaturani örnatasiz, harflarning joylaşuviga könikib qolganingizda rasmiy klaviatura ommaga e'lon qilinadi. Bu sizda yana norozi kayfiyat uyğotadi. Hozir sizdan yangi alifboni heç kim talab qilayotgani yöq. Biroz shoshmaylik!

👍 Tavsiya: Juda ham yozgingiz kelsa, Word dasturiga kiring va "Вставить" bölimiga öting, chekkaroqda "Символы" degan yozuvni ustiga bosing. Kerakli belgilarni topib klaviaturalarni belgilang. Yarim soat vaqtingizni oladi. Lekin kelgusidagi könikmangizga ta'sir qilmaydigan klaviaturani özingiz yaratasiz.

⚠️ Eslatma: Men aytayotgan usul faqat word dasturi uçun işlaydi. Xohlasangiz dasturda yozib, kerakli joyga köçirib qöyaverasiz. Rasmda özim örnatgan formulalarni yozib qöydim.

🟢 Foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👌1