TilXon
265 subscribers
43 photos
2 links
💠 HAQIQIY SO'ZLAR USTAXONASI!

📋 Davlat tiliga oid qonun hujjatlari

🗂 Rasmiy uslubga oid qoidalar

📝 Oʻzbek tili imlo qoidalari

🖊 Davlat tilida ish yuritish boʻyicha qoʻllanmalar


Bogʻlanish: @yusufova
Download Telegram
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3
🟦 Rasmiy uslubda chiziqcha va tire masalalari eng koʻp tarqalgan xatolikdan biri sanaladi.

🫥 Chiziqcha qisqa, tire esa uzun shaklda boʻladi. Chiziqcha imlo qoidalari bilan, tire esa tinish belgisi qoidalari bilan tartibga solinadi.

❗️ Chiziqcha "-nchi" qoʻshimchasi oʻrniga qoʻyiladi: 2026-yil 7-may
(Imlo qoidalariga asosan yil va sanalardan soʻng chiziqcha qoʻyilishi shart).

❕ Tire esa ma'lum chegarani anglatadi. Masalan, oraliq masofa, oraliq yillar, oraliq sanalar va h.k.
➡️ 2020—2026-yillar boʻyicha hisobot.
(Ushbu misolda jami 7 yillik hisobot haqida soʻz bormoqda)
➡️ Toshkent—Xorazm avtomobil yoʻli.
(Mazkur misolimizda ham Toshkentdan Xorazmgacha boʻlgan masofa nazarda tutilmoqda)

Tire haqida keyingi sonlarimizda yana qoʻshimcha ma'lumotlar beramiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👌2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ "Yig‘ilish yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi" (publitsistik uslub)

✅ "Yig‘ilish samarali tashkil etildi"
(rasmiy uslub)

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2🎉1
"Hujjat arabcha soʻzdan olingan boʻlib, "guvohnoma, isbot, dalil" ma'nolarini ifodalaydi va qayd etilgan axborotni zamon va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt hisoblanadi"

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
#bilasizmi

💠 1995-yil 24-avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 339-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga ko‘ra:

✅ Sentabr

shakli me'yor hisoblanadi.

(Oʻzbek tilining imlo lugʻatlarida "sentyabr" shaklini ham uchratishimiz mumkin. Ushbu variant tavsiyaviy ahamiyatga ega xolos)

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ "Masalaga alohida e’tibor qaratildi" (publitsistik uslub)

✅ "Masala yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi"
(rasmiy uslub)

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2🤔1
#tilga_etibor

Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat, avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.

Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡3👍1👏1
🫥 Rasmiy uslub — aniqlik, qisqalik va mazmuniy toʻliqlik tamoyillariga asoslangan uslub.

➡️ Unda qoliplashgan til birliklari, uslubiy neytral soʻzlar hamda rasmiy axborotni yetkazishga xizmat qiluvchi aniq va tartibli gaplardan foydalaniladi.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#toʻgʻri_yozamiz

💠 Oʻzbek tilida yozuv tamoyillarining bir necha turi mavjud. Mazkur soʻz arab tilidan oʻzlashgan boʻlib, tarixiy-an’anaviy tamoyil asosida yoziladi.

⚡️ Demak, nutqimizda boshqacha talaffuz qilinishiga qaramasdan ushbu soʻz qoidaga asosan "mas'uliyat" tarzida yozilishi toʻgʻri hisoblanadi.

✅ Mas'uliyat
❌ Ma'suliyat

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6⚡1👍1👏1🤔1💯1
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan.

➡️ Mazkur Qonun 24 moddadan iborat.

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili oʻzbek tilidir.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2⚡1👏1💯1
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3⚡1💯1🫡1
#bilasizmi

🔵 Kirill alifbosidagi ayirish belgisi (ъ) har doim ham lotin yozuvida tutuq belgisi (ʼ) bilan ifodalanmaydi.

Agar o‘zlashma so‘z tarkibida ayirish belgisidan keyin:
🔘 е
🔘 ё
🔘 я
🔘 ю
harflaridan biri kelsa, ayirish belgisi lotin yozuviga ko‘chirilmaydi.

Shunda ular quyidagicha yoziladi:
⚡️ е → y+e
⚡️ ё → y+o
⚡️ я → y+a
⚡️ ю → y+u

Masalan:

✅ объект → obyekt

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡2🔥1💯1🤝1
#Hujjat

🫥 Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2⚡1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ "Katta yutuqlarga erishildi"
(publitsistik uslub)

✅ "Ma’lum natijalarga erishildi"
(rasmiy uslub)

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5💯2⚡1👍1👎1👌1
🫥 Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga asosan "Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari" tasdiqlangan.

🫥 Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda mazkur qaror asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#bilasizmi

🔊 O‘zbek tilida qo‘shtirnoqning ikki xil ko‘rinishi uchraydi:

➡️ " " — lotin yozuviga xos qo‘shtirnoq
➡️ « » — kirill yozuviga xos qo‘shtirnoq

🔘Lotin alifbosidagi matnlarda "qo‘shtirnoq" shakli qo‘llaniladi.

🔘 Kirill yozuvidagi matnlarda esa «qo‘shtirnoq» ko‘rinishidan foydalaniladi.

🟢 Yozuv turiga mos qo‘shtirnoqdan foydalanish matnning uslubiy va texnik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3🔥2👍1
#buyuklar_hikmati

🔴 Buyuk Sohibqiron Amir Temur qaror qabul qilishda kengash va maslahatga tayanishni muhim deb bilgan. Biroq har qanday fikrni soʻzsiz qabul qilish emas, balki uning mohiyatini chuqur tahlil qilib, eng toʻgʻri va oqilona yoʻlni tanlash zarurligini taʼkidlaydi.

🔘 Donishmandlik — koʻp fikr eshitishda.
🔘 Muvaffaqiyat esa ulardan eng maqbulini tanlay olishda.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👏2⚡1👍1💯1
#hujjat

⚡️ Muayyan tashkiliy tuzilmaga yoki uning mansabdor shaxsiga turli xil masalalar boʻyicha murojaat, iltimos, taklif va shikoyat mazmunini ifodalovchi hujjat.

✅ Ariza matni sodda va aniq bayon etilishi lozim. Unda "Ushbu arizam orqali...", "Arizamning mazmuni shundan iboratki...", "Men F.I.O., shuni ma’lum qilamanki..." kabi ortiqcha kirish birliklaridan foydalanilmaydi.

🟢 Arizaning asosiy zaruriy qismlari:

🟢 ustxat (adresat va adresant);
🟢 hujjat nomi;
🟢 matn;
🟢 Sana;
🟢 imzo;
🟢 F.I.O.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7💯3⚡1🔥1
#bilasizmi

👀 Ushbu soʻzni ba'zi joylarda ta'qiqlamoq, ba'zi joylarda taqiqlamoq shakliga guvoh boʻlamiz.

🟦 Xoʻsh, bu shaklning qaysi bir toʻgʻri yozilgan?

✅ Aslida mazkur soʻz tutuq belgisiz TAQIQLAMOQ tarzida yoziladi:

Soy boʻyida choʻmilish taqiqlanadi!

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👌2⚡1👍1💯1
#buyuklar_hikmati

🔴 Amir Temur ushbu hikmati orqali insonning mas’uliyati, qat’iyati va so‘ziga sodiqligi naqadar muhim ekanligini ta’kidlaydi. Sohibqironning fikricha, har qanday ish puxta o‘ylangan holda amalga oshirilishi, berilgan va’da esa so‘zsiz bajarilishi lozim.

Ana shunday insonlargina el-yurt hurmatiga sazovor bo‘ladi va yuksak natijalarga erishadi.

🔵 So‘zga vafo — ishonch poydevori.
🔵 Qat’iyat — muvaffaqiyat kaliti.
🔵 Jasorat — buyuk ishlarga eltuvchi kuch.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3