TilXon
265 subscribers
43 photos
2 links
💠 HAQIQIY SO'ZLAR USTAXONASI!

📋 Davlat tiliga oid qonun hujjatlari

🗂 Rasmiy uslubga oid qoidalar

📝 Oʻzbek tili imlo qoidalari

🖊 Davlat tilida ish yuritish boʻyicha qoʻllanmalar


Bogʻlanish: @yusufova
Download Telegram
🟢 Ish yuritish jarayoni 3 xil bosqichda amalga oshiriladi:
➡️hujjat tayyorlash;
➡️hujjat aylanishi;
➡️hujjat saqlanishi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🔵 Hujjat tayyorlash jarayoni huquqiy va lingvistik bilim va tajribalar asosida amalga oshiriladi. Hujjat tuzilishi belgilangan qoliplarga mos, uning mazmuni huquqiy talablarga javob beradigan, matn tarkibi esa til me'yorlariga muvofiq tarzda yozilishi lozim.

❗️ Har qanday hujjat rasmiy uslubda yoziladi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
✍️ Hujjat aylanishi hujjatning tegishli tartibda rasmiylashtirilishi, joʻnatilishi va adresat (hujjat qabul qiluvchi)ga yetib borishini ta'minlash chora-tadbirlari hisoblanadi.

🟢 Hujjat elektron shaklda, qogʻoz shaklda va nusxalangan shaklda ijrochiga yetkaziladi.

🔴 Maxfiylik darajasiga qarab, ayrim hujjatlarning faqat mazmuni xodimlarga tanishtirilishi mumkin.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🔊Hujjat saqlanishi ish yuritishdagi alohida ahamiyatga ega masala.

🔊Har qanday hujjat ish faoliyat jarayonida vazifasini bajarib boʻlgandan keyin yigʻma jildda saqlanadi.

⏭️Hujjatlarning toifasi va turiga qarab saqlanish muddati belgilanadi.

🔊Ayrim hujjatlar muayyan muddatdan keyin yoʻq qilinsa, muhimroq hujjatlar saqlash uchun arxivga topshiriladi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ “Mazkur yo‘nalishda ishlar olib borilmoqda”

✅ “Yo‘nalish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda”

Rasmiy uslubda har bir soʻz aniqlikni talab etadi.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👎1🔥1
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan.

🫥 Qonun 1995-yil 21-dekabrda tahrir qilingan.

✅ Qonun 24 moddadan iborat.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
💠 Har bir fuqaroning “Davlat tili haqida”gi Qonun mazmuni bilan tanish bo‘lishi davlat tiliga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️Tanishib chiqish uchun havola manzillari:

🔷 "Davlat tili haqida"gi Qonun (oʻzbek tilida);

🔷 "Davlat tili haqida"gi Qonun (rus tilida);

🔷 "Davlat tili haqida"gi Qonun (ingliz tili).

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍3
🟦 Rasmiy uslubda chiziqcha va tire masalalari eng koʻp tarqalgan xatolikdan biri sanaladi.

🫥 Chiziqcha qisqa, tire esa uzun shaklda boʻladi. Chiziqcha imlo qoidalari bilan, tire esa tinish belgisi qoidalari bilan tartibga solinadi.

❗️ Chiziqcha "-nchi" qoʻshimchasi oʻrniga qoʻyiladi: 2026-yil 7-may
(Imlo qoidalariga asosan yil va sanalardan soʻng chiziqcha qoʻyilishi shart).

❕ Tire esa ma'lum chegarani anglatadi. Masalan, oraliq masofa, oraliq yillar, oraliq sanalar va h.k.
➡️ 2020—2026-yillar boʻyicha hisobot.
(Ushbu misolda jami 7 yillik hisobot haqida soʻz bormoqda)
➡️ Toshkent—Xorazm avtomobil yoʻli.
(Mazkur misolimizda ham Toshkentdan Xorazmgacha boʻlgan masofa nazarda tutilmoqda)

Tire haqida keyingi sonlarimizda yana qoʻshimcha ma'lumotlar beramiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👌2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ "Yig‘ilish yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi" (publitsistik uslub)

✅ "Yig‘ilish samarali tashkil etildi"
(rasmiy uslub)

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2🎉1
"Hujjat arabcha soʻzdan olingan boʻlib, "guvohnoma, isbot, dalil" ma'nolarini ifodalaydi va qayd etilgan axborotni zamon va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt hisoblanadi"

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3
#bilasizmi

💠 1995-yil 24-avgustdagi Vazirlar Mahkamasining 339-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga ko‘ra:

✅ Sentabr

shakli me'yor hisoblanadi.

(Oʻzbek tilining imlo lugʻatlarida "sentyabr" shaklini ham uchratishimiz mumkin. Ushbu variant tavsiyaviy ahamiyatga ega xolos)

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_uslubda_yozamiz

❌ "Masalaga alohida e’tibor qaratildi" (publitsistik uslub)

✅ "Masala yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi"
(rasmiy uslub)

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4👍2🤔1
#tilga_etibor

Shu ma’noda dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat, avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.

Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡3👍1👏1
🫥 Rasmiy uslub — aniqlik, qisqalik va mazmuniy toʻliqlik tamoyillariga asoslangan uslub.

➡️ Unda qoliplashgan til birliklari, uslubiy neytral soʻzlar hamda rasmiy axborotni yetkazishga xizmat qiluvchi aniq va tartibli gaplardan foydalaniladi.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#toʻgʻri_yozamiz

💠 Oʻzbek tilida yozuv tamoyillarining bir necha turi mavjud. Mazkur soʻz arab tilidan oʻzlashgan boʻlib, tarixiy-an’anaviy tamoyil asosida yoziladi.

⚡️ Demak, nutqimizda boshqacha talaffuz qilinishiga qaramasdan ushbu soʻz qoidaga asosan "mas'uliyat" tarzida yozilishi toʻgʻri hisoblanadi.

✅ Mas'uliyat
❌ Ma'suliyat

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6⚡1👍1👏1🤔1💯1
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat tili haqida"gi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan.

➡️ Mazkur Qonun 24 moddadan iborat.

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili oʻzbek tilidir.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2⚡1👏1💯1
#Xabaringiz_bormi

🔔 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga asosan 30 dan ortiq soʻzlarning yangi muqobili iste'molga kiritilgan.

🟦 Mazkur soʻz va atamalarni siz bilan tanishib chiqamiz.

✈️ @tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3⚡1💯1🫡1
#bilasizmi

🔵 Kirill alifbosidagi ayirish belgisi (ъ) har doim ham lotin yozuvida tutuq belgisi (ʼ) bilan ifodalanmaydi.

Agar o‘zlashma so‘z tarkibida ayirish belgisidan keyin:
🔘 е
🔘 ё
🔘 я
🔘 ю
harflaridan biri kelsa, ayirish belgisi lotin yozuviga ko‘chirilmaydi.

Shunda ular quyidagicha yoziladi:
⚡️ е → y+e
⚡️ ё → y+o
⚡️ я → y+a
⚡️ ю → y+u

Masalan:

✅ объект → obyekt

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡2🔥1💯1🤝1
#Hujjat

🫥 Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

✈️@tilxon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👏2⚡1💯1