ТИББИЁТ ХОДИМИ
939 subscribers
3.68K photos
3.13K videos
2.55K files
15.7K links
Реклама учун. @tib_supper га мурожат этинг.

Тиббий билимингизни ошириб боринг.
- Барча турдаги малумотлар
- ССВ малумотлар
- Хамширалар амалий куникмалари
- Умумий тиббиёт ходимлари учун малумотлар
- Мусикалар

Хамкорлик учун: @tib_supper
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🫀 Funktsional testlar bilan EKG o‘tkazish:

📌 Funktsional testlar bilan EKG nima?
Bu yurakning ishlashini turli sharoitlarda baholash usuli bo‘lib, yurak mushagining yuklamaga yoki turli stimullarga javobini aniqlashga yordam beradi. EKG oddiy tinch holatda yurak faoliyatini qayd etsa, funktsional testlar yurakning maksimal imkoniyatlarini baholash uchun qo‘llaniladi.

🫀 Qachon o‘tkaziladi?
❤️ Koronar yurak kasalligi (KYuK) diagnostikasi
❤️ Yurak ritmi va o‘tkazuvchanlik buzilishlarini aniqlash
❤️ Yurak mushagi gipertrofiyasi va yetishmovchiligi belgilari
❤️ Jismoniy yuklama va stressga bardoshlilikni baholash

🫀 EKG yordamida baholash mumkin bo‘lgan asosiy o‘zgarishlar:
❤️ ST segmenti – Ishemiya yoki infarkt belgisi bo‘lishi mumkin
❤️ QRS kompleksi – O‘tkazuvchanlik va gipertrofiya buzilishi haqida ma’lumot beradi
❤️ T tishchasi – Yurak mushagi patologiyalarini ko‘rsatishi mumkin
❤️ PQ intervali – O‘tkazuvchanlik tizimidagi muammolarni aniqlashga yordam beradi

🫀 Asosiy funktsional testlar:
❤️ Yuklama testi (veloergometriya, tredmil-test) – Yurakning jismoniy yuklamaga javobi baholanadi
❤️ Oshirilgan nafas olish testi – Nafas olish ta’sirida EKG o‘zgarishlari kuzatiladi
❤️ Dori sinamalari (ATP, izoproterenol, nitroglitserin) – Yurak reaksiyasi baholanadi

⚠️ MUHIM: Funktsional testlar faqat shifokor nazoratida, maxsus sharoitlarda o‘tkazilishi kerak!

👉 Ko‘proq foydali ma’lumotlar uchun bizni kuzatib boring!

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
STENOKARDIYA

​​To‘sh ortida xurujsimon, siquvchi yoki tortiluvchi o'g'riq (turg'un stenokardiyada tinch paytda) davomiyligi 5-10 minut (turg'un stenokardiyada 20 minutdan ortiq) jismoniy zo‘riqish va nitroglitserin qabul qilgandan keyin o‘tib ketishi. Og'riqning chap yelka, tirsak, panja, ko'krak, bo‘yin, pastki jag‘ga tarqalishi. Atipik kechishida boshqacha lokalizatsiya va og‘riqni tarqalishi (pastki jag‘dan chuvalchangsimon o‘simta osti sohasigacha), og‘riq ekvivalenti (tushuntirish qiyin bo'lgan hissiyot, havo yetishmasligi), xuruj davomiyligining uzayishi.

Shoshilinch yordam:

1-Anginoz xurujda:

– Bemorni oyog'ini pastga osiltirib o‘tqizish.
– tili ostiga har 3 minutda 3 marta nitrogiitserin tabletkasi yoki aerozol 0.4 - 0.5 mg dan
– arterial bosim va yurak ritmini korreksiyalash

2-Stenokardiyaning saqlangan xurujida:
– oksigenoterapiya
– mavjud preparatlar bilan og‘riqsizlantirish
– EKG registratsiyasi
Zo‘riqish stenokardiyasida - anaprilin 40 mg til ostiga (5-10 mg v/i ga), variant stenokardiyada - nifedipin 10 mg til ostiga yoki tomchilab v/i ga. Geparin 10 000 Ed v/i ga ( qarshi ko‘rsatma bo'lmasa) 0.125 g atsetilsalitsilat kislota.

3-Og‘riqni namoyon bo'lishi, yosh holatiga qarab:

– fentanil (0.05 - 0.1 mg) yoki promedol (10-20 mg) yoki analgin (2.5mg) droperidol 2.5-5 mg v/i ga sekinlik bilan

4-Qorincha ekstrasistoliyasida 3-5 gradatsiyada:

- lidokain v/i ga sekinlik bilan 1 - 1.5 mg/kg, keyin har 5 minutda 0.5-0.75 mg/kg ta’sir paydo bo‘lgancha yoki summar doza 3 mg/kg, ta’sirning davomiyligi uchun - lidokain 5 mg/kg gacha m/o ga.

5-Nostabil stenokardiyada yoki miokard infarktiga gumon bo'lganda bemorni gospitalizatsiya qilish.

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Ўпка фибрози

Ўпка фибрози ўпкада бириктирувчи тўқимани ўсиб кетиши.

САБАБЛАРИ: алвеолаларда яллиғланиш жараёни, интерститсиал тўқима ўсиб кетиши, чандиқланишга олиб келади. - Наслий мойиллик - Ўпка касалликлари АСОРАТЛАРИ (алвеола, асбестос, саркоидоз, туберкулез) - Минерал ва органик бирикмалар билан нафас олиш - Кимёвий моддалар билан интоксикатсия - Кўкрак қафасида радиоактив нурланиш - Қандли диабет, системали қизил волчанка, ревматоидли артрит АСОРАТЛАРИ - Чекиш - Ифлосланган жойда яшаш Идиопатик фиброз- сабабсиз ривожланган ўпка фибрози

БЕЛГИЛАРИ: Доимий хансираш, жисмоний зўриқишдан сўнг кучаяди - Қуруқ йўтал хуружлари - Кўкрак қафасида доимий оғриқлар - Хириллашлар - Сианоз (тирноқ, лаблар кўкариши) - Тирноқ фалангаларини катталашиши - Вазн йўқотиш - Тез чарчаш

ДИАГНОСТИКА: Қон умумий таҳлили - Кўкрак қафаси рентгенографияси - Ўпка компютер томографияси - Ўпка МРТси - Ўпка биопсияси - Функсионал, нафас тестлари.

ДАВОЛАШ: Фиброзга олиб келган касалликларни даволаш Ситостатиклар Глюкокортикостероидлар Кислородотерапия Нафас гимнастикаси Оғир ҳолларда ўпка трансплантатсияси ўтқазилади.

АСОРАТЛАРИ: Эмфизема - Қон айланиш бузилиши - Юрак етишмовчилиги - Ўпка гипертензияси - ўлим ҳоллари

ҲАВФ ГУРУҲИ: Наслий мойиллик - 50 ёшдан катталар - Зарарли ишлаб чиқариш - Чекувчилар

ПРОФИЛАКТИКА: Асосий касалликни вақтида даволаш - Токсик моддалар билан эҳтиёткорона ишлаш - Нафас гимнатикаси - Чекмаслик

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Ўпка шиши

Ўпка шиши ўпкада суюқлик йиғилиши, газ алмашинуви бузилиши ва тўқималар билан характерланадиган клиник синдром.

САБАБЛАРИ: транссудат (шиш суюқлиги) ортиқча ишлаб чиқарилиши, капиллярдан ўпкага ўтиши алвеола инфилтратсияси ва ўпкада газ алмашинуви кескин ўзгаришига олиб келади. - Юрак-қон томир системаси касалликлари асорати – кардиосклероз, миокард инфаркти, эндокардит, аритмиялар, гипертоник касаллик, юрак етишмовчилиги, кардиомиопатия ва миокардит). - Юракнинг орттирилган ва туғма нуқсонлари - Ўпка касалликлари асорати (сурункали бронхит, ўпка крупоз яллиғланиши, эмфизема, бронхиал астма, туберкулез, ўпка юраги) - Кўкрак қафаси травмалари - Ўткир инфекцион касалликлар (ЎРВИ, грипп, қизамиқ, скарлатина, дифтерия, қоқшол, қорин тифи).

БЕЛГИЛАРИ: Кучли хансираш - Ҳаво етишмаслиги, бўғилиш - Кучли оғриқ - Совуқ, ёпишқоқ тер - Тери кўкимтир пушти рангда - Пушти балғам - Бош айланиши - Пулс секинлашиши.

ДИАГНОСТИКА: Кўкрак қафаси рентгенограммаси - Қон умумий ва биохимик таҳлили - Ўпка артерияси катетеризатсияси - Коагулограмма - Эхокардиография - Электрокардиография

ДАВОЛАШ: Диуретиклар - Ўпкани кислород билан ингалятсияси - Аналгетиклар - Тромболитиклар - Томир кенгайтирувчи дорилар - Оқсил ва коллоид эритмалар - Антибиотиклар - Асосий касалликни ДАВОЛАШ:

АСОРАТЛАРИ: Ички аъзоларни ишемик зарарланиши - Пневмония - Пневмосклероз - Қайталама ўпка шиши - Юрак ва бош мия фаолияти бузилиши - 50% ҳолларда ўлим ҳолатлари.

ПРОФИЛАКТИКА:- Ўпка касалликларини вақтида даволаш - Кўкрак қафаси травмаларини олдини олиш - Ўпка шишини олдини олиш

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
ЎРВИ

ЎРВИ (шамоллаш, ЎРК) – ҳаво-томчи йўл билан юқувчи ўткир респиратор касаллик. Грипп билан адаштирилади, ЎРВИ зарар етказмайди, лекин грипп АСОРАТЛАРИ хавфли бўлиши мумкин.

САБАБЛАРИ: Ҳаво-томчи йўл билан ўтувчи инфекция - Совуқда қолиш - Иммунитет пасайиши - Онадан болага эмизиш пайтида юқади.

БЕЛГИЛАРИ: Бурун ҳалқумда ўзгаришлар - Ҳолсизлик - Истаха камайиши - Кўнгил айниши - Қайт қилиш - Йўтал - Аксириш - Томоқда қирувчи оғриқ - Тумов - Ҳарорат кўтарилиши - Қалтираш - Мушак ва бўғимда оғриқ - Конюктивит

ДИАГНОСТИКА: терапевт кўригига мурожаат қилиш. Узоқ давом этган шамоллаш ва йўталда: - Қон умумий таҳлили - Ўпка рентгени қилинади

ДАВОЛАШ: Вит C юқори миқдорда бўлган дориларни қабул қилиш - Ҳарорат 38C дан юқори бўлганда иситма тушириш - Тумовда томир торайтирувчи томчилар - Вирусга қарши воситалар Шифокор назоратисиз антибиотиклар қабул қилинмайди, бактериал инфекция қўшилганда (йирингли балғам) қабул қилиш мумкин. Болаларда ЎРВИ ни даволаш: - Болага кўп суюқлик бериш - Балғамни махсус мосламада олиб ташлаш - Беродуал билан ингалятсия - Хонани тез-тез шамоллатш - Ётоқ тартиби.

АСОРАТЛАРИ:- Бронхит - Ларингит - Пневмония - Ринит - Фарингит ва ҳаказолар.

ПРОФИЛАКТИКА: Овқатланишдан олдин қўлларни ювиш - Қоғозли салфеткалар ишлатиш - Индивидуал идишлардан фойдаланиш - Хоналарни тез-тез шамоллатиш - Ҳар кунги жисмоний машқлар - ЎРВИ билан касалланганлар билан контактда бўлмаслик.

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Oyoq ostidagi eng kerakli nuqtalar

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Yotoq yaralar nima va ularni oldini olishda hamshiraning o`rni nimadan iborat?

Yotoq yaralar — bu uzoq vaqt davomida bir joyda yotish natijasida terining va ostidagi to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi buzilishi oqibatida hosil bo‘ladigan yara va nekroz jarayonidir. Bu holat asosan harakatsiz bemorlarda (masalan, insult, falaj, koma yoki jarrohlikdan keyingi davrda) uchraydi.

Yotoq yaralarining sabablari:
1. Bosim:
- Uzoq vaqt davomida bir xil holatda yotganda qon aylanishi buziladi.

2. Surtish va ishqalanish:
- To‘shak va teri orasidagi ishqalanish natijasida yuzaki shikastlanishlar.

3. Namlik:
- Terlash, siydik yoki najasning teriga ta’siri.

4. Teri holatining o‘zgarishi:
- Quruq, yupqa yoki elastikligi kamaygan teri yotoq yaralariga moyil bo‘ladi.

Yotoq yaralarining ko‘p uchraydigan joylari:
• Orqa (dumg‘aza, kuraklar, chanoq).
• Oyoq va tovonlar.
• Yonboshlar, tirsaklar, bo‘yinning orqa qismi.

Hamshiraning roli va oldini olish bo‘yicha choralari:
1. Profilaktika choralarini amalga oshirish:
• Bemorning holatini o‘zgartirish:
- Har 2 soatda bemorning yotish holatini o‘zgartirish.
- Maxsus matraslar (anti-dekubital matras) yoki yostiqlardan foydalanish.
• Bosimni kamaytirish:
- Terining bosim ko‘radigan joylarini maxsus qo‘shimchalar bilan qo‘llab-quvvatlash.
- Bemorning to‘shagi va kiyimlarini yumshoq va ishqalanmaydigan qilish.

2. Gigienaga rioya qilish:
• Teri parvarishi:
- Terni quruq va toza saqlash.
- Terini muntazam tozalash va namlovchi vositalar bilan parvarish qilish.
• Namlikni boshqarish:
- Siydik va najasning teriga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
- Maxsus so‘ruvchi tagliklardan foydalanish.

3. Teri va yotoq joyini tekshirish:
• Kundalik tekshiruv:
- Bemorning bosim tushadigan joylarini muntazam tekshirish.
- Yara yoki qizarish alomatlari paydo bo‘lsa, darhol choralar ko‘rish.

4. Qon aylanishini yaxshilash:
• Massaj:
- Bosim ko‘rmagan joylarga yengil massaj qilish (yaralar bo‘lgan joyda emas!).
• Jismoniy mashqlar:
- Harakatsiz bemorlarga passiv mashqlarni bajarishga yordam berish.

5. Maxsus vositalardan foydalanish:
• Anti-dekubital vositalar:
- Maxsus matraslar va yostiqlar.
• Himoya vositalari:
- Himoya plyonkalari, silikon yoki gidrokolloid bandajlar.

6. Tibbiy kuzatuv:
• Yotoq yarasi boshlanganda darhol shifokorga xabar berish.
• Infektsiyaning oldini olish uchun antiseptik vositalardan foydalanish.

7. Bemor va qarindoshlarini xabardor qilish:
• Qarindoshlar va bemorning o‘zi (agar imkon bo‘lsa) yotoq yaralari profilaktikasi bo‘yicha o‘qitilishi kerak.
• Gigiena va harakatchanlikning ahamiyati tushuntiriladi.

Xulosa:
Hamshira yotoq yaralarining oldini olishda asosiy rolni bajaradi. Bu profilaktik choralar, gigiena, bemorning holatini kuzatish va zarurat bo‘lganda shifokorga xabar berish orqali amalga oshiriladi. To‘g‘ri parvarish qilingan bemorlarda yotoq yaralarining rivojlanishi oldini olish mumkin.

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
🔰PARATSETAMOL (ACETAMINOPHEN) BILAN ZAHARLANISH

Patogenez:
Jigar ichidagi glutatyon darajasi kamayadi, bu esa paratsetamolning zaharli metaboliti — NAPQI to‘planishiga olib keladi.

Klinikasi:
▪️0–24 soat:
Belgisiz yoki noaniq simptomlar (ko‘ngil aynishi, qusish, holsizlik)

▪️24–72 soat:
ALT va AST fermentlari oshadi

▪️72–96 soat:
ALT/AST eng yuqori darajaga yetadi (ba’zida >10,000 U/L)

Og‘ir holatlar:
PT (prothrombin time)/ PTT (partial thromboplastin time = "АЧТВ") ko‘tariladi, gipoglikemiya, laktat asidoz, bilirubin oshishi, buyrak yetishmovchiligi

▪️4–14 kun:
Tiklanish bosqichi

Tashxis:
Qonda paratsetamol konsentratsiyasi (4–24 soat oralig‘ida o'lchanadi)
Jigar funksiyasi testlari (ALT/AST)
BUN (mochevina), kreatinin va elektrolitlar

Davolash:
Faollashtirilgan ko‘mir (agar 4 soatdan kam vaqt o'tgan bo‘lsa)
N-asetilsistein (antidot sifatida)

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Парашокдаги қизил яшил кўк заррачалар нима вазифаларни бажаришини билармидингиз.
Унда ведёни охиргача кўринг.

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xotirani va aqliy faoliyatni kuchaytiruvchi preparatlar..

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чақалоқларда витамин Д етишмаслигининг белгилари

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
ТИББИЁТ ХОДИМИ
https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Нега айнан 1,5 - 2,0 литр сув
ичиш керак?

Уйғонгач, биринчи қиладиган ишимиз ҳожатхонага бориб ярим литр суюқликни чиқариб ташлаш.
Хўш, бу суюқлик қаердан?
ахир биз кечаси билан ҳеч нарса ичмадик-ку?

Бу буйраклар кечаси билан ишлаб, организмдан ортиқча туз ва токсинларни чиқариш учун қилган мехнатининг махсули.
Чиқиб кетадиган ярим - икки литр  суюқликни  буйраклар қонни фильтрлаш давомида плазмадан олади ва энди қон ярим литрга қуюқлашади.

Қон - плазма ва қон таначаларидан иборат. Агар плазма камайса, қон қуюқлашади, қон таначалари бир-бирига ёпишиб қолади, тромб ҳосил қилади.
Ушбу тромб  худо кўрсатмасин, бирор капиллярда тиқилиб қолса борми, бу холаи инсон ҳаёт учун нақадар хавфли эканлигига шубҳа қилмасангиз керак.

Шу сабабли инсульт  аксарият ҳолларда эрталаблари содир бўлади.
Шунинг учун ҳам тез ёрдам машиналарига вызовлар кардиобригадага эрталаблари  тушади.

Мана нима учун мен доимий равида
эрталаб уйқудан тургач нонуштага қадар икки —уч стакан тоза сув ичиш керак деб, тавсия бераман

Бунинг учун кроватингиз олдида ярим литр илиқ (40-50 градусли) сув термосда туришини маслаҳат бераман.

Оёғингиз полга тегиши билан, лабингиз сувга тегиши керак.
Йўқотилган суюқликни тезда тикланг. Илиқ сув дарҳол қонга сингади.
Тана яйрайди, ичаклар, метаболизм активлашади.

Сув бу хaёт!!!
Яшамоқчимиз сув ичинг
Узоқ яшамоқсимисиз сув ичинг
Соғлом яшамоқчимиз сув ичинг.
Аввал кун давомида 1,5-2 литн сувни ичинг, агар жой қолса бошқа суюқликларни ичасиз.


https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper
Бронхиал астма симптомлари.

https://t.me/tibbiyot_xodimi_supper