TIBBIYOT OLAMI
1.32K subscribers
2.55K photos
220 videos
141 files
2.01K links
SAHIFALARIMIZ

🗞Tibbiy yangiliklar
📊Tibbiy faktlar
📑Qiziqarli ma’lumotlar
🖼Tibbiyotga oid tarixiy fotolar
📋Kasalliklar qisqacha izohi
📌Klinik simptomlar
🖼Klinik fotolar
☑️Foydali tavsiyalar
🍀Dorivor o‘simliklar

Reklama uchun👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
😁 #kulguterapiya 😊

Бемор доктор қабулига келиб дебди:
— Доктор, мен интернетга жуда қаттиқ боғланиб қолганман. Ҳечам ундан ажрала олмайман. Агар шу касаллигимни даволасангиз, доим сизни хабарларингизга “Лайк” босиб туришга ваъда бераман.

@TIBBIYOT_OLAMI
🍳Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin ekani aniqlandi


Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Qayd etilishicha, ba'zi ekspertlar xolesterin miqdori ko‘p bo‘lishiga qaramay, bu taom organizmga zarar yetkazmaydi, deb hisoblaydi. Boshqa mutaxassislarning bildirishicha, qovurilgan tuxum organizm uchun zararlidir. Yangi tadqiqotning ko‘rsatishicha, ham u ekspertlar, ham bu mutaxassislar haq bo‘lishi mumkin, deb yozadi gazeta.

Ilmiy eksperimentda 30 ming kishi ishtirok etdi, o‘rtacha kuzatish davri 17 yilni tashkil qildi. Uning ko‘rsatishicha, kundalik ratsiondagi qo‘shimcha har 300 mg xolesterin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 17 foizga, erta o‘lim xavfini esa - 18 foizga oshiradi.

Shu tariqa, inson qancha ko‘p qovurilgan tuxum iste'mol qilsa, uning organizmi uchun xavf shuncha yuqori bo‘ladi, deya ta'kidlaydi nashr.

Manba: kun.uz
#tibbiy_yangiliklar
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
📜Ich qotishi (qabziyat)da qo‘llaniladigan dori vositalari

Qabziyat nima?

Najasning ikki sutka va undan ortiq ichaklarda ushlanib qolishi.

Nima sababdan qabziyat kelib chiqadi?

O‘simlik mahsulotlari va suyuq ovqatlarni kam iste’mol qilish
Defekatsiya refleksining susayishi
Qariyalarda qorin mushaklari faoliyatini susayishi
Ichaklar innervatsiyasini buzilishi

Qanday dori vositalari qo‘llaniladi?

💊Dyufalak- tarkibi laktuloza bo‘lib, yog‘on ichak kislotaligini oshiradi va peristaltikani stimullaydi.

💊Bionoks-kombinatsiyalangan preparat bo‘lib, barcha turda qabziyatda qo‘llash mumkin.

💊Senadeksin-preparat asosi Sano barglari bo‘lib, peristaltika susayganda va yog‘on ichak atoniyasida qo‘llaniladi.

💊Bisakodil-tarkibi bisakodil bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolash uchun 1-2 tab.dan kuniga bir marta ichishga buyuriladi.

💊Pikolaks-tarkibi natriy pikosulfat bo‘lib, qabziyatni simptomatik davolashda kuniga 1 tab.dan qo‘llaniladi.

💊Sena-mig- asosi sano barglari quruq ekstrakti bo‘lib, gemorroy va yog‘on ichak bilan bog‘liq qabziyatlarda 1 tab.dan bir mahal qo‘llaniladi.

💊Sano barglari quruq ekstrakti-qaynatma ko‘rinishida 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga buyuriladi.

💊Magniy sulfat kukuni- eritma ko‘rinishida surunkali qabziyatlarda qo‘llaniladi.

Maqolani @Doctor_Muxtorov tayyorladi!

https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
😁 #kulguterapiya 😊

Бир одамни ит тишлаб олди. У докторга борди.
— Сизни қутурган ит тишлабди, - деди доктор.
Шунда ҳалиги одам қоғозга шошиб бир нималарни ёза бошлади.
— Нима, васиятнома ёзяпсизми? - сўради доктор. Ҳавотирланманг, тузалиб кетасиз.
— Мен тузалгунимча тишлашим керак бўлган одамларнинг рўйхатини тузяпман.

@TIBBIYOT_OLAMI
🥤🍹Olimlar gazlangan ichimliklar va erta o‘limlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi

Ko‘p miqdorda gazlangan va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta o‘lish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnalida ma'lum qilindi.

"Kuzatuvlarimiz sayyoraning barcha aholisi umrni uzaytirish va salomatlikni yaxshilash uchun hamma turdagi shirin ichimliklardan voz kechib, oddiy suvga o‘tishlari kerakligini yana bir isbotladi", — deydi Garvard universiteti olimi Vasanti Malik.

Malik va uning hamkasblari 1980-2014 yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib yurak va qon-tomir kasalliklari kelib chiqishi hamda ular sababli o‘lim holatlari yuz berishining asosiy sabablaridan biri ko‘p miqdorda shirin ichimliklar ichish ekanligini tasdiqlashdi.

Tadqiqotlarda yuz mingdan ortiq malakali tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishgan.

Ma'lum bo‘lishicha, haftasiga uch-to‘rt stakan gazlangan ichimlik ichuvchi kishilar orasida o‘lim holati bu ichimliklarni umuman iste'mol qilmaydiganlarga nisbatan 6%ga ko‘proq kuzatilgan. Bunday ichimliklarni har kuni kuniga bir stakan iste'mol qilish erta o‘lim holatini 14%ga hamda ikki va undan ortiq stakan iste'mol qilish 21%ga oshirishi aniqlangan.

Manba: kun.uz
#tibbiy_yangiliklar
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
🏥Tez yordam xizmati xodimlarini tahqirlagan zo‘ravonlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Jo‘sh tez tibbiy yordam shoxobchasi shifokori va tez tibbiy yordam haydovchisiga zo‘ravonlik qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Kun.uz’ga Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Tergov boshqarmasi ma'lumot berdi.

«Aniqlanishicha, 2019 yil 7 mart kuni soat 22:00da Jo‘sh tez tibbiy yordam shoxobchasi shifokori, 1993 yilda tug‘ilgan M.K. va tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi, 1988 yilda tug‘ilgan Sh.P. Yuqori Jo‘sh mahallasida yashovchi R.O.ning yashash uyiga unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun borgan. Shifokor M.K. unga R.O. bergan vaksinani uning vena tomiriga yubormagan, bunga vakolati yo‘qligini aytgach, mast holatda bo‘lgan R.O. hamda uning qo‘shnisi va qarindoshi bo‘lgan T.O. shifokor M.K. va haydovchi Sh.P.ning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitib, ularni haqorat qilib, urib, tan jarohati yetkazishgan. Bundan tashqari dori-darmon qutisini tortib olib, baribir qaytib kelishini aytib, uyiga olib kirib ketishgan. M.K. va Sh.P. yetkazilgan jarohatlardan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan 15 mart kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.O. va T.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 3-qismi «a» bandi («Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, saytda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Jo‘sh tez tibbiy yordam shoxobchasi shifokori va tez tibbiy yordam haydovchisining zo‘ravonlikka duchor bo‘lgani haqida hikoya qilingan «Qo‘shrabotda «tez yordam» shifokori va haydovchisini mast «bemor» va uning yaqini kaltakladi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham Qo‘shrabotdagi mazkur voqeadan so‘ng bosh prokurorga murojaat qilib, huquq-tartibot organlari ushbu vaziyat yuzasidan tegishli choralar ko‘rishini so‘ragandi.

“Jinoyat jazosiz qolmaydi”

Manba: kun.uz
#tibbiy_yangiliklar
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
😁 #kulguterapiya 😊

Бир одам докторга келиб, шикоят қилибди:
— Биласизми, мен эшакдек ишлайман, итдек чарчайман, лекин мушукчалик ҳам овқат емайман. Нима қилай, айтинг...!
— Мен ҳайвонлар доктори эмасман, одамларни даъволайман! Сиз ветеринарга борганингиз маъқул!

@TIBBIYOT_OLAMI
🌐Savol javob ruknidan

#Savol : Tug‘ma kataraktasi bor odam farzand ko‘rsa, kasallik bolasiga o‘tadimi?

#Javob : Kasallik kelib chiqishi irsiyat bilan bog‘liq bo‘lsa, avloddan avlodga o‘tishi mumkin. Chunki kasallik autosom dominant tipda irsiylanadi. Kataraktaga olib kelishi mumkin bo‘lgan 20 dan ortiq gen aniqlangan.

@Doctor_Muxtorov
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
📜 #tibbiy_aforizm 📜

"Vrach ikki joyini ozoda tutishi kerak, biri qo‘li biri esa vijdoni".

Gippokrat

@TIBBIYOT_OLAMI
🗣Erta o‘lim xavfining oldini olish usuli aniqlashtirildi


Shandun politexnika universitetida (Xitoy) ishlovchi Bo Si boshchiligidagi olimlar guruhining xulosasiga ko‘ra, haftada bir yoki ikki marta tez yurgan holda sayr qilish yurak xuruji, insult yoki saraton kasalligidan o‘lim xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar 1997 yildan 2008 yilgacha bo‘lgan davrda to‘plangan, 88 140 kishining jismoniy faolligi darajasi haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilishdi hamda ularni 2011 yilda vafot etgan ko‘ngillilar soni bilan taqqoslashdi. Shu bilan birga, yuklama turi, shuningdek, ularning davomiyligi hisobga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, har hafta 10 daqiqadan bir soatgacha sayr qilgan yoki bog‘da ishlagan kishilarda erta o‘lim xavfi 18 foizga pasayadi.

Bundan tashqari, hafta davomida 2,5-5 soat davom etadigan o‘rtacha 10 daqiqalik jismoniy mashqlardan iborat seriya o‘lim xavfini 31 foizga qisqartirgan, haftada 25 soatlik faollik esa bu xavfni ikki barobarga kamaytirgan. Shu bilan birga, olimlarning so‘ziga ko‘ra, velosipedda yurish, yugurish yoki sport bilan shug‘ullanish samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartira oladi.

Bundan oldin, ommabop mahsulotlarning jiddiy xavfi isbotlangandi.

Manba: kun.uz
#tibbiy_yangiliklar
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
🎊🎉Barcha-barchani bugungi eng ulug‘,qutlug‘ va yosharish bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan muborak etaman!

🎁🎈Sizlarni baxt, omad va sihat-salomatlik hech ham tark etmasin!

“Yangi kun” yana bir marta muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan TIBBIYOT OLAMI kanali admini
Doctor Muxtorov

https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
#tibbiy_yumor
Betta-laktamaza ingibitorlari o‘z akalari bilan😂

Manba: @tibbiyot_olami
https://telegram.me/joinchat/CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ