3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Bugun, 2026-yil 8-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi qiziqarli va mazmunli ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🎓 Mashg‘ulotni o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, izlanuvchan va faol Ingliz tili -3 fakultetining 2-kurs talabasi N. Zafarova olib bordi.

📝 Dars mavzusi: ingliz tilida so‘zlashuvning asosiy grammatik birliklaridan biri — “Have / Has got”.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi, doskada misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashga harakat qildilar.

Ayniqsa, darsning interfaol ruhda tashkil etilgani, o‘quvchilarning mavzuga qiziqishi va amaliy mashqlar orqali bilimlarini sinab ko‘rganlari mashg‘ulot samaradorligini yanada oshirdi.

Bunday to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim аҳamiyat kasb etadi.

#Chilonzor #164maktab #EnglishClass #TogarakMashguloti #InglizTili #HaveHasGot
❤‍🔥21
Seminarga hoziroq ro'yhatdan o'ting

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
2🥰1😍1
🇺🇿O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan PUBG MOBILE (TDM) kibersport turniriga barchangizni taklif etamiz! 🔝

👉 Turnir dasturi:
⚫️ Yakka bellashuv — 1 kishidan iborat oyinchilar o‘rtasida TDM bo‘yicha qiziqarli o‘yinlar. ⚔️
⚫️ Tezlik va aniqlik — refleks, aim va taktika darajangizni sinab ko‘ring. ⚔️
⚫️ Kibersport muhiti — universitet talabalari uchun do‘stona va raqobatbardosh o‘yin muhiti. ⚔️

🎁 G‘olib ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi! 💯
🕰️ Sana: 16.04.26
📍 Joy: Asosiy bino Yoshlar ittifoqi xonasi
👥 Eslatma: TDM turnir boladi va 1vs1 oynaladi 🐶

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun: [ @a_nurikk] 🗡️
_______________________


🇷🇺 Коротко для русскоязычных студентов:

🗓 Дата: 16.04.26
📍 Место: Главная здания комната союза молодёжи
👥 Формат: игроки по 1 человека

✉️ Регистрация и связь: @a_nurikk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍2🥰1
📚 “Kitobxonlik – bilim va tafakkur manbai” tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 8-aprel kuni 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida kitobga qiziqishni oshirish va mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobxonlik – bilim va tafakkur manbai” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🏢 Tadbir O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti tashabbusi bilan tashkil etilib, Ingliz tili 3-fakulteti 2412-guruh talabalari faol ishtirok etdilar.

📘 Tadbir davomida badiiy chiqishlar, kitob va ma’rifatga oid she’rlar o‘qildi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

🎓 Faol ishtirok etgan o‘quvchi va talabalar rag‘batlantirildi. Tadbir yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi. Bizni kuzatishda davom eting. t.me/thirdEnglishfaculty
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
7-aprel — “Jahon salomatlik kuni” munosabati bilan mazmunli va targ‘ibotga boy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultetimiz yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov hamda tutorlar Xolmurodova Z. Avazova M. va Kadirova Sh. tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy salomatlik haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, turli interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va qiziqarli chiqishlar orqali talabalar faol ishtirok etishdi.

Sog‘lom hayot — muvaffaqiyat kaliti!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
📢 🟦🟦🟦

2026-yil 9-aprel kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Radjabova Dildora Karimberdiyevna tomonidan 2506-guruh talabalari ishtirokida “Reported Speech” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi talabalarga bilvosita nutq (reported speech)ning nazariy asoslarini chuqur tushuntirish, gaplarni bevosita nutqdan bilvosita nutqqa to‘g‘ri o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Dars davomida talabalar:

reported speechning asosiy qoidalari va turlarini o‘rgandilar;
zamonlarning moslashuvi (sequence of tenses) va olmoshlar o‘zgarishini amaliy misollar orqali tahlil qildilar;
turli interaktiv mashg‘ulotlar, juftlik va guruh ishlari orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirdilar.

Mashg‘ulot zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, savol-javoblar, muhokamalar va amaliy topshiriqlar orqali talabalar faolligi ta’minlandi. Dars jarayonida vizual materiallar va interaktiv metodlardan samarali foydalanildi.

Ochiq dars yuqori saviyada, aniq reja asosida va metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etildi. Talabalar tomonidan mavzu yaxshi o‘zlashtirildi
2🔥2🥰1👏1😍1