Blog with F🤍
14 subscribers
4 photos
3 videos
2 links
Download Telegram
Bir uying boʻlsin, hashamatga burkanmagan. Unda senga kerakli hamma narsang boʻlsin , hatto xotirjamlik ham.
#xulosa
!Yaxshi xulqli boʻlish uchun oliy malumotli boʻlish kerak emasligiga yana bir guvoh boʻldim.
Oʻqishindan uyga marshrutkada(gazellarda) qatnayman, oʻsha yerdagi 2,3 ta haydovchini tanish boʻlib qolgan. Oʻshalardin bir kishi bor, oʻrta yashar. Hech bir yoʻlovchiga qattiq gapirgan , qoʻpol muomila qilganini koʻrmagandim shu vaxtgacha. Oʻzim bugun yana bir bor guvoh boʻldim. Orticha gapirmaydi, ortiqcha qaramaydi, yoshi kattayu kichik har bir qiz-ayolga! Mashinaga oʻtirishim bilan soʻradim ”Maydam yoʻq edi 50 minglik bor shuni bersam boʻladimi yoki sizda ham yoʻqmi? Pullariga qaradida yoʻq ekan dedi , Hoʻp maydalab kelaman desam yoʻq tushib chiqib yurma deb sherigidan soʻrab oʻzi maydalab bergan 50 mingni hammasini qaytardi” Yoʻl haqqini olib qolmabdi modomiki 5 daqiqadan keyin baribir oʻziga beraman.
Qoʻshiq ovozini ham baland qoʻymaydi , birovga halaqiti boʻlmasligi va yoʻlovchilarni gapini eshitmasdan qolmasligi uchun( baraka topsin mazza qilib kitobimni oʻqib keldim:)
Albatta kishining xulq atvori berilgan tarbiya va yon atrofidagi muhitga bogʻliq, lekin fitrati va siyrati joniga singan boʻladi, ota- onasidan oʻtgan boʻladi.
Magistr, PhD dotsent , akademik boʻlsangizu, 5,6 tilda ravon gapirsangizu, lekin goʻzal xulqingiz boʻlmasa bu orttirgan maqomlaringizni oʻzingiz va oʻzgalarga foydadan koʻp zarari tegadi.
Yashashdan ma’no osmondan tushmaydi.
Uni hayot davomida o‘zing yig‘asan.

Yillar o‘tib tushunasan:
eng katta savol “nima topdim?” emas,
“nimaga xizmat qildim?” ekan.

Ma’no quyidagilardan quriladi:

– boshdan o‘tgan og‘riqlardan
– qilgan xatolaringdan
– sodiq qolgan insonlaringdan
- qadriyatingdan
– voz kechgan qulayliklaringdan
– sevgan ishingdan

Hamma narsaning bo‘laklari hayotingda allaqachon bor.
Endi ularni tartibga solish qoldi.

Hayoting o‘zing uchun halol va munosib bo‘lsa,
muvaffaqiyatning tashqi ko‘rinishi unchalik muhim emas.

Ma’noli hayot baland natijalar bilan emas. ichingdagi xotirjamlik bilan o'lchanadi.
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bizlar shartsiz tarzda bizga singdirilayotgan oʻzlari oʻylab topgan “goʻzallik standartlari” ni qanchalik ojiz va ahmoqona ekanligi haqida oʻylab koʻrishimiz kerak.
#xulosa
•Odamlar seni yoqtirmasligini toʻgʻri qabul qilishni oʻrgan. Chunki ularning koʻpchiligi hatto oʻzini ham yoqtirmaydilar.
Qisman shu asosda yashasak hamma narsa osonlashadimi deyman…
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
Güzellik zamanla geçer, ama güzel bir kalp sonsuza kadar kalır.” 🌿
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Üzgünüm,
- Hayır göz yaşı sebebsiz yera akmas onlar senin guçundur zayıflığın değil.
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
#taqriz
Jek London - Martin Iden

-asar haqida tanishlaring mulohazalarini,fikrlarini eshitib keyin oldim va oʻqishni boshladim toʻgʻrisi dastlabgi qismlarida odamlar bundan nega bunchalar hayratlandilar deb oʻylagandim, lekin romanni tugatib bu fikrlar toʻgʻriligiga ishonchim komil boʻldi.Asar shunchaki bir yosh yigitni sevgan qiziga erishish uchun qilingan ishlar emas aslida jamiyatning hech oʻzgarmas yozilmagan qoidalari,odamlarni butunlay boshqaruvchi ikkinchi yashirin yuzlari, sof bir muhabbatning va koʻp narsalar tikib boʻlsaham erishilgan boylikning qadr qimmati bir onda oʻzgarishini mohirona usulda tushuntirilgan. Xatto asarning soʻngi ham meni hafa qilmadi chunki sogʻlom fikrdagi inson uchun asl his-tuygʻular qadr qimmati hamma narsadan ustun. Martin ham shu yoʻldan ketti ayni men kutgan yoʻldan.🙂
(Qisqasi olib oʻqiyveringlar , lekin manga oʻxshab qiziqib oxiridan 2,3bet oʻqib koʻrib keyin boshlamanglar🙈 )
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
Mungli koʻzlar
Xudoyberdi Toʻxtaboyev

-“Ikki eshik orasi” asaridan keyin oʻzbek adabiyotidan shu kitobchalik hali meni tasirlantirgan, chindan hafa qilgan asar hali oʻqimagandim nazarimda. Asar gʻoyat buyuk, 300 sahifa lekin har biri yuragingizni oʻyadi. Harom luqma topib yurgan eru xotinning gunohlari butun oilaga urgan, xar biri birma bir javob berishgan,afsus beayb bolalar…

Mungli koʻzlar nomi kimga atalgan, vijdon azobida yongan Akbarjongami?, boshga tashvishlar oʻq boʻlgan Zafarjongami? Bu achiq qismatdan hayron boʻlib qolgan oʻquvchilarmi?

(Yurakim doʻlib gitdi oʻzam avalroq oʻqimabman afsus…)
Like a compass needle that points north, a man’s accusing finger always finds a woman. Always.

Khaled Hosseini
Forwarded from hissiyot
Муваффақият = Ёқимсиз мажбуриятлар
Forwarded from Medizin🏥
🩺 Shifokor bemordan pul olishi kerakmi?

Bu savol ko‘p yillardan beri odamlar orasida tortishuvli mavzu. Kimdir “ha, mehnatga haq bo‘lishi kerak” deydi, yana kimdir “yo‘q, bu insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi” deydi.

Lekin aslida masala niyatda. Agar shifokor yordamni pul evaziga emas, Alloh rozi bo‘lishi uchun qilsa — bu eng yuksak fazilat. Kimdir rostdan ham minnatdor bo‘lib, “rahmat” bilan birga biroz pul berib ketadi — bu in’om, bu duoning shakli. Ammo so‘rab olish, “bermasangiz bo‘lmaydi” deyish — bu kasbning muqaddasligini so‘ndiradi.

Men shunday ishonaman: agar shifokor o‘z ishini halol, vijdonan qilsa, u och qolmaydi. Risqni odam emas, Alloh beradi.
Shuning uchun men:

> "Pulsiz qolib ketsam ham, bemordan pul so‘ramayman. Xohlasa beradi, xohlasa yo‘q. Risq hammaga taqsimlangan, o‘zimiz to‘g‘ri bo‘lsak, Alloh baraka beradi."

Insonni davolash — bu nafaqat kasb, bu savobli amal. Ba’zida bitta bemorning duosi 100 ta so‘mdan ko‘ra ko‘proq rizq keltiradi.

@nefrologiyaaa
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 💕 (Feruzabonu Alimova)
“Ziyo ulash”nomi qiziqtirib qoʻyib navvula bo akan dab bordim va evrikaa , hayron qoldirdi mani doʻstlar bu burchakni tashkillashtirgan odamning kashfiyoti.

Kitobla qachandan bona 2D oʻlchamda foydalanilyabdi, man havarsiz qoldimmi yoki😄


Ehh xalqimaaa🥲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM