THE DAILY.UZ | BIZNES VA SIYOSAT
4.89K subscribers
1.12K photos
25 videos
524 links
O’zbekiston va Jahon bizneslari haqidagi ma’lumotlar to’plangan Onlayn Biznes Jurnal.


Reklama & Hamkorlik: @Mr_Gulomkodirov
Download Telegram
• Agar siz taslim bo'lmasangiz, demak sizda hali ham imkon bor. Taslim bo'lish–eng katta xato demakdir.

Agar siz bir dona ham imkoniyatingizdan foydalanmagan bo'lsangiz, o'zi shunday imkoniyatlaringiz borligidan habaringiz bormi? Atrofga qarang, hamma harakatda, siz esa yalqovlikni yenga olmayabsiz!

© Jack Maa (Alibaba Holdings asoschisi)

👉
@TheDailyuz#TheMotive
Umidjon Ishmuhammedov – Edu-action kompaniyasi asoschisi, mentor, motivator, biznesmen hamda biznes konsultant.

O'zbekistonda Toshkent Davlat Moliya insitutini bakalavr bosqichida tamomlagan.
AQSh da Georgia State University ni ham bakalavr bosqichida tamomlagan.


📍Umidjon Ishmuhammedov bir vaqtni o'zida ikki kompaniya asoschilaridan biri:

• Edu-action ga 2014-yilda asos solgan. Hozirda u barchamiz bilgan o'sha IELTS idp topshirish uchun agentlikdir.

Barchamiz yaxshi bilgan Khan Academy Uzbek kompaniyasida 2018-yildan beri Co-Founder lavozimida ish yuritmoqdalar. Khan Academy bu – mutlaqo bepul bo'lgan darsliklardan iborat bo'lgan platforma.

*2008-2013 gacha CPA kompaniyasida senior(yuqori darajali) konsultant bo'lib ishlagan.

👉 @TheDailyuz#UzBiznes
Tencent Holdings – Xitoydagi eng yirik raqamli texnologiyalarga asoslangan *10 tiyinlik kompaniya.

• 1998-yil, 11-noyabrda Xitoyda asos solinadi.
• Uning asoschilari:
– Ma Huateng;
– Zhang Zhidong;
– Xu Chenye. (Baribir bittasini ham eslab qololmaysiz:) )

• Tencent bir vaqtda:
– Qidiruv tizimlar xizmati;
– Ijtimoiy tarmoq platformasi;
– Kompyuter ehtiyot qismlari;
– Va PUBG va shunga o'xshash o'nlab video-o'yinlarga egalik qiladi.

📍Ma'lumot uchun: Birgina Mobil o'yindan bu kompaniya hozirga qadar $3.2mlrd dan oshiq mablag' qilib keladi. Bu kompaniyaning hozirga qadar 720 million aktiv foydalanuvchilari bor. (Xitoy aholisining yarmi)

P.s. *10 tiyinlik kompaniya – Ingliz tilidan tarjima qilganda "Tencent" - 10 tiyin, degan ma'noni anglatadi.

🔝Ammo shu 10 tiyinlik kompaniyaning yillik daromadi $78.mlrd ga teng.

👉 @TheDailyuz#TheCompany
Nasa ning internet teziligi!

Agar siz o'zingizda eng tez Internet bor deb o'ylasangiz, yaxshisi bu faktni o'qimaganingiz ma'qul.

Dunyodagi eng tez Internet bu – NASA ga qarashli bo'lib, u sekundiga 91GB gacha chiqadi.
Siz uyda ishlatayotgan wi-fi esa 25mb ga chiqsa, do'ppingizni osmonga oting.

P.s. #No_Comment

👉
@TheDailyuz#TheFakt
Telegram kanallarida reklama berish bo'yicha tavsiyalar!

– Kanalning saviyasiga e'tibor bering!
• Aksar 90% holda saviyasiz kanallarda berilgan reklama samara bermaydi.
• Saviyasiz kanal auditoriyasi ham saviyasiz bo'ladi va ularga saviyasiz reklamalar yoqadi.

– "Подписчик" lari va "просмотр" lari ko'p kanal degani, samarali reklamaga sabab bo'la olmaydi.
• Chunki kanalni nakrutka urish orqali ham obunachilarani ko'paytirsa bo'ladi.
• Ko'rishlar sonini ham bot orqali ko'paytiruvchi firibgarlar ko'p.

– Aksari arzon reklama taklif qiluvchi kanallardan chetlaning!
• Ko'p holatlarda arzon reklama berishni taklif qilgan kanallar nakrutka bo'ladi.
• Boshqa tarafdan olsak, qimmat reklama taklif qilgan kanallar saviyali bo'lishadi. Unda berilgan reklama ham samarali bo'ladi.

P.s. Aytgancha, bizning kanal shu shartlarning barchasiga tushar ekan:) Biznesning rivoji–reklama, deyishadi-ku axir.

👉 @TheDailyuz#TheMaslahat
Rejasiz Maqsad - Bu Shunchaki Istak!

Antuan De Sent- Ekzyuperi


👉 @TheDailyUz#TheMotive
Barchangizni kirib kelgan Muborak Ramazon oyi bilan tabriklaymiz!

– Alloh taolo bu oyda qiladigan amallaringizni ajrini ziyoda qilsin, o'zi rozi bo'ladigan darajada kunduzlarining ro'zasini tutishlikni nasib qilsin!
– Amin!

– Bu hayr-u sahovat oyida qiladigan sadaqot va ehsonlaringizni ixlos bilan savob umidida qilishingizni Alloh taolo nasib qilsin!
– Amin!

• TheDailyUz jamoasi siz azizlarimizni bu oy bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

👉
@TheDailyuz#Ramazon
Xitoy tarixidagi eng qimmat Jarima!

Xitoyning Bozorni nazorat qilish va tartibga solish davlat bosh boshqarmasi Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunni buzgani uchun 18,34 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

2020-yilning oxirida boshqarma Alibaba kompaniyasida monopoliyaga qarshi tekshiruv boshlagan edi. O‘z o‘rnida kompaniya olib borilayotgan tekshiruvlarda hukumat bilan faol hamkorlik qilishini va kompaniyaning faoliyati to‘xtatilmasligini ma’lum qilgan.

👉 @TheDailyuz#TheNews
Tadbirkor Murod Nazarovning aytishicha, uning boyligi (kompaniyalardagi ulushi, mulklari va hokazo) qariyb 50 mln dollar atrofida ekan.

👉 @TheDailyUz#TheFakt
Samuel Robson Walton – Dunyodagi eng katta chakana sotuvchi, Walmart oilaviy kompaniyasining raisi, Waltonlar oilasi va Walmart ning eng katta merosxo'ri.

• 1944–yil, 28–oktyabr sanasida AQSH ning Oklahoma shtatidagi, Tulsa shahrida tavallud topdi.
• U Walmart kompaniyasi asoschisi Sam Walton hamda uning rafiqasi Helen Waltonlarning farzandidir.

• 1966-yilda University of Arkansas ning biznes menejment yo'nalishi bo'yicha bakalavr kursini tamomladi.
• 1969-yilda Columbia Law School da o'zining birinchi doktorlik ishini yoqladi.

📍Walton lar oilasi dunyodagi eng boy oila hisoblanadi. Ularning hisob raqamida ayni damda $215 mlrd mavjud. Shu familiyaga mansub 10 lab kishining hisob raqamida eng kamida $5mlrd ko'proq pul mavjud.

🔝Rob Walton ning ayni vaqtdagi boylik qiymati $62.2 mlrd mavjud.
• Vaholanki, u oilasidagi eng boy insonlar qatorida 3-o'rinda turadi!

P.s. Sizga Walton familiyasini taklif qilishsa, rozi bo'larmidingiz.

👉
@TheDailyuz #TheBusiness
Biznes rivoji uchun top maslahatlar.

1. Sarmoyasiz biznes boshlamang.
‐ Ko'pchilik sarmoyasiz katta biznes qurishga ishonadi. Aslida buni imkoni yo'q ya'ni katta biznes uchun katta-katta sarmoyalar kerak.

2. Bilmagan sohangizga mablag' ajratmang yoki biznes boshlamang.
- Ko'pchilik inqirozga yuz tutgan bizneslarning asl sababini so'ralganda, ular o'zi mutaxassis bo'lmagan sohaga pul ajratganligi namoyon bo'ladi.

3. Biznesni yaxshi reklama qiling yoki yaxshi joyda reklama qiling!
- Reklama shu qadar kerakki, usiz kamdan-kam bizneslar aniqrog'i statistikaga ko'ra 1% bizneslar muvaffaqiyatga erisha olar ekan.

P.s. Reklama–biznesning tegirmonidir:)

👉
@TheDailyuz #TheMaslahat
Sizga kim nima qilib berishini kutyabsiz?

Hoziroq harakatni boshlang, sizga qancha pul kerak?
Siz birinchi ish boshlash uchun o'zgingizga kerakli pulni yoqmaydigan ishingizni qilib bo'lsa ham toping.
Agar bu holatda yuraversangiz butun umr yurishingiz mumkin. Mayli 1 yil ishlang kam pul toping lekin o'zingiz xohlagan hayot tomonga harakat qiling!

👉 @TheDailyUz#TheMotive
Istak bo’lsa-imkoniyat bo’ladi,
Harakat bo’lsa-natija paydo bo’ladi!

👉 @TheDailyUz#TheStatus
Temurbek Adhamov – Najot Ta'lim zamonaviy kasblar maktabi asoschisi, Osmondagi Bolalar loyiha muallifi va Abutech asoschisi.

• Temurbek Adhamov – Farg'ona viloyatida tug'ilgan.
• Hozirda Toshkenda yashaydi.
• Toshkent Davlat Islom Insitutida tahsil olgan.

Ma'lumoti: Oliy.

• Najot Ta'lim nomli zamonaviy kasblarni o'qitishga mo'ljallangan ko'p tarmoqli o'quv markaziga asos solgan.

🔝Hozir Najot Ta'lim butun Respublika miqyosida mutaxassislar yetishtirib chiqaruvchi o'quv markazi sifatida tanilgan.

📍Najot Ta'lim mutaxassis bitiruvchilaridan tashkil topgan "Abutech" nomli raqamli kompaniyaga asos solgan.

• 2020-yilda ma'lum bir muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni ommaga tanitishga mo'ljallangan "Osmondagi bolalar" nomli loyihaga asos soldi.

P.s. Biz Temurbek Adhamovning kelgusida qiladigan hayrli ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

👉 @TheDailyuz#UzBiznes
Xato qilish – muvaffaqiyat asosidir!

–Siz menga muvaffaqiyat sirini ayta olasizmi, deb mendan so'rashsa, men: –Ha bu juda oddiy, buning uchun siz xatolaringiz sonini ikki marotaba oshirishingiz lozim!

Qanday qilib va nima sababdan deysizmi?
Siz xato qilishni muvaffaqiyatsizlikdan deb bilasiz, aslida esa unday emas!

- Siz qilgan xatolaringiz orqali katta motivatsiya hamda qaysidir ishni qilish to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi tog'risida dars olasiz!

- Shunday ekan, marhamat xato qilavering!

©Thomas John Watson

👉
@TheDailyuz#TheMotive
Facebookdan $500 pul ishlang.

– Facebook o'z platformasining kodlaridan bug ya'ni xato topgan odamga $500 miqdorda mukofot puli beradi.

– Lekin bu fakt!

P.s. Tesla esa $100,000 berishini 2020-yilda aytgan edi:)

👉 @TheDailyuz#TheFakt
Canon – Yaponiyaning *trillioner, optika va linzalar ishlab chiqarishga asoslangan mega-kompaniyasi.

• 1937–yil, 10–avgustda Tokyo, Yaponiyada asos solindi.
• Asoschilari:
- Goro Yoshida
- Saburo Uchida va boshqalar.

📍Canon – asosan meditsina jihozlari va uskunalari, linzalar, optikaga bog'liq bo'lgan skanerlar, kameralar va printerlar ishlab chiqarishga asoslangan kompaniya bo'lib, ayni vaqtda 15 dan ortiq bo'lgan mahsulot va tovarlarni yetkazib berishda yetakchi hisoblanadi.

🔝Canon – *trillioner kompaniya deyishimizga asosiy sabab, bu Yaponiya pul birligida 2019-yil holatiga ko'ra 3,59 trillion Yena miqdorda bozor aylanmasiga ega bo'lgan.

P.s. Tag'in uni dollar ($) da trillioner kompaniya deb tushunmanglar:)
AQSH dollar kursi hisobida, Canon 2019-yil $32mlrd foyda qilgan.


👉 @TheDailyuz #TheCompany
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklama nima?

— Ko'pchilik insonlarga reklama nima deb savol bersangiz, "xarajat" deb javob berishadi.

— Aslida reklama bu investitsia. Chunki siz qilgan reklamangizdan sizga mijozlar keladi.

— Agarda siz reklamadan yaxshi natija ola olmasangiz bu sizning xatoyingiz. Reklamani noto'gri bergansiz.

Cola kompaniyasi har yili 5 mlrd $ reklamaga sarflaydi. Uning reklamadan asosiy maqsadi sotuvni oshirish emas, o'zining borligini eslatib turish. Shu sababli dunyo aholisining 94 % i Cola'ni taniydi.

@TheDailyUz#TheFakt
Apple'ning daromadi qanday?

— Jahon bozorida telefon savdosining 15 foizi "Apple"ga tegishli.

— Siz o'ylaganingizdan ko'ra kamroq shundaymi?
Ammo Apple telefon savdosida birinchilikni egallab turibdi.

— Shuningdek, dunyo bozoridagi telefon savdosidan olinadigan daromadning 73 foizi "Apple" kompaniyasi qo'lida

Bu natijaga erishish albatta oson emas
— "Apple" kompaniyasi o‘z ishini oddiy garajda boshlagan va hozirda esa eng qimmat brendlar qatorida turadi.

Ps: Siz ham harakat qiling, albatta Alloh natijasini beradi.

@TheDailyuz#TheFakt
Orzu maqsadga aylantirilmasa orzu orzuligicha qoladi, chunki orzu bu hayol!

— Orzuingizni maqsadga aylantirsangiz, albatta bu maqsadingiz ustidan kuluvchilar ham, sizga qarshilik qiluvchilar ham topiladi. Ular esa ikki turga bo'linadi: bu ishni o'zi qilishdan qo'rqganlar va sizni bu ishni qilib undan o'tib ketishingizdan qo'rqadiganlar.

— Qachonki insonlar maqsadingiz ustidan kulishsa, qarshilik qilishsa siz masadingizni to'g'ri qo'ygan bo'lasiz,
Agarda shu maqsadingiz yo'lida tinmay harakat qilayotgan bo'lsangiz,natijasi albatta keladi.

👉@TheDailyUz #TheMaslahat