She`rlar Olami !
1.25K subscribers
481 photos
84 videos
9 files
205 links
❤️ Telegramdagi "She'rlar olami" Kanaliga xush kelibsiz 🙌

📝 She'rlar
✒️ Afrorizmlar
📷 Statuslar
💞 Mazmunli Satrlar

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Инша'аллах 2к 🤲
Download Telegram
"I"stiqlolga siz asos solib,
"S"abr bilan davlat qurdingiz.
"L"arza solib butun Jahonga
"O"bod Vatan barpo ettingiz.
"M"atonatning jonli timsoli,
"K"amtarinlik misolidirsiz.
"A"qli yorug' kishilarning ham
"R"amzi doim bo'lib qolasiz.
"I"slom bobo, sizga tashakkur,
"M"a'naviyatning sadosi uchun.
"O"lamga qoldirgan bu sof nomingiz,
"V"a go'zal hayotning ma'nosi uchun.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti,O'zbekiston Qahramoni,bobomiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.

02.09.2018
Kalandarov Rustam
Ota
Hayot sinovlari og'ir bo'lsa ham
Dard - tashvish yuragin tilib ketsa ham
Yelkasida doimo bir tog' tursa ham
Tabassum ortiga berkitgan otam.

Egniga oq halat kiysa yarashgan
Bemorlar dardiga shifo ulashgan
Har inson hayoti uchun kurashgan
Hayotda eng buyuk qahramon- otam.

Bilim va tarbiya oldim men sizdan
Hayotda yashashni ko'rdim men sizda
Bir cheksiz kuch qudrat sezdim men sizda
O'xshashga intildim men sizga ota.

Yuribman men hali tashvish bilmayin
Hayotning sinovlarin dardin bilmayin
Men bugun Allohga shukr qilayin
Hayotda yagona baxtimsiz - ota.

Ilohim onam bn qo'sha qaringiz
Evara chevara to'yin ko'ringiz
Hoji bobo buvi bo'lib duo qilingiz
Dunyoda borligim o'zingiz - ota!!!

Xudoyberdiyeva Mashhura
,,Õzbekiston "
Yer sharida kichkina.
Ammo tõlib turadi,
Keling dõstlar mehmonga
Doim kulib turadi.
Bu zaminning nomi
Õzbekiston bõladi.
Qadimiydir bu poytaxt,
Juda buyuk Samarqand,
Kõhna Xiva joylashgan.
Turizm ham joy olgan...


Rõzimboyeva Mahbuba...
Sevgi neligini bilmayman asli
Ammo muhabbat deb she'rlar bitaman
Ishqning asosimish shu bahor fasli
Yorim kim bölsa ham doim kutaman
Hayotim òzgardi yurak boshqacha
Kòzlarim kimnidir izlayveradi
Uxlolmay chiqaman bazan tonggacha
Qalbim topib ber deb qistayveradi
Bedorman kun-u tun kim chun bilmayman
Qilyotgan ishlarim besamar bari
Odamlar sòzini yodga ilmayman
Yuryapman yolgizlik va azob sari

Kulishni unutib qòymoqdamanku
Bir òzim yashayman hayollar bilan
Kelar albatta deb yòymoqdamanku
Qachon degan javobsiz savollar bilan
Kim ekan oq otda kelguvchi inson
Malika bòlaman shaxzodam udir
Mani baxt qasriga eltguvchi inson
Butun hayotimning egasi udir
Allohim yo Rabbim yaratgan Egam
Qalbimda òzingchun sevgini yarat
Tilida dilida savobni degan
Rasulimga mos bir ummatni yòlat
Roziman taqdirim yozilgan axir
Hayotdan nolishga sira haqqim yo'q
Keladi albatta man kutgan Toxir
Robbim belgilagan shundan konglim tòq

#Мадинабону
Nilufar_Umaraliyeva_Hayotga_murojaatim
<unknown>
🥀hayotga murojaatim

🎙Nilufar Umaraliyeva

shohsanam Jumanova
😔. KARANTIN DAVRI 😞

Kòchaga chiqolmay ota - onalar,
Boĝchaga borolmay qiynar bolalar,
Choyxonaga òtaolmay izza bobolar,
Kòchaning , boĝchaning qadrini bildm !

Kunda bir hol - ahvol sòrab turishar
Yonimga kelolmay ovora bòlar
Mehrni , diydorni istab òtirar
Ukamning singlimning qadrini bildm

Har - hasha qilarlar uyda bolalar
Bezor ham bòlarlar ota - onalar
Maktabni soĝinib bu qaro kòzlar
Maktabning , ustozning qadrini bildm

Kòchada yaqining kòrsang agarda
Baĝriga bosolmay turar narida
Yuzin kòzini kòrolmay sira
Ochiq yuz insonlar qadrini bildm

Teshikdan mòralab kòrolmay yuzin
Mòltillab qarab turar ularga kòzim
Uyda òtribman zerikib òzim
Qadrdon qòshnilar qadrini bildm

Nafasm qaytar qalin niqobda
Burnimiz qiynalib nafas olmoqda
Olib qòyay desam qòlim qòrqoqda
Ochiq , toza havoning qadrini bildim

Bu kunlar ham òtib ketadi
Bu viruz ham òlib ketadi
Hozircha bizlarni qiynab turadi
Tinch - totuv kunlarning qadrini

Karantin olinsa keling hammangiz
Bir soniya ham kechga qolmangiz
Soĝinib òtrib barcha barchangiz
Qondosh yaqinlarim qadrini bildim

O'zingiz asrangiz aziz dòstlarim
Sizlar menga kerakli qadrdonlarim
Yaxshi kunda kòrishaylik birodarlarim
Barcha - barchangiz qadringiz bildim

Maqsadbek
Sana: 2020.08.20
💐💐💐💐💐💐💐💐💐
Do'st...
Eng yaqin bilgan do'sting
Diling og'ritsa agar
Begonaga sotsa siring
Kuyinma xammasi qaytar
Diling og'ritsa yomon
Do'st deb bilmagin un
U senga dushman bo'lgan
Seni begonaga sotgan kuni

Jumaboyeva Shahrizoda
YURAGIMNI SEVAMAN.

Men jimman isyondir yuragim
Sezdirmay gohida yig'lab qoladi.
Sekingina undan so'radim,
Yig'idan zo'rg'a nafas oladi.

Yig'lab qinidan chiqqisi kelar,
Siqilib ketgan dardli yuragim.
Qo'y yig'lama bermayman Ozor.
Sen menga yagona keragim.

Bilamayman ayb kimda ne qilay
Devonacha o'zim kuydirdim.
Siqib qo'yibmanmi o'zim bilmay
Sening o'rningga o'zimni qo'ydim.

Va'da berdim o'zimga o'zim
Siqilmayman siqmayman seni.
Azoblarga berb qo'ymayman
Yuragakginam asrayman seni.

Samarqand viloyati Qo'shrobot tumaniga qarashli XTB qoshidagi "Dilmunchoq "yosh qalamkashlar klubi a'zosi

NURXON LAYLI
Kimdir sizni sevganmi
Sizni sevman deyolganmi
Siz kimdirni sevolsagiz
Sizni ham kimdir sevdi
Dustmiz deb sevdim
Sevgilim deb sevdim
Turmish o'rtug'im deb sevdim
Lekin meni sevmaganlar.
Abdurohmon Jomiy.
"КЕЧИРИНГ ДАДА"

Сизни ҳар куни қучиб қўймасам ҳам,
Кулдуриб, кўнглингизни ололмасам ҳам.
Тафтингизга ҳар куни тўёлмасам ҳам,
Ахир катта бўлганман-ку қучоғингизда,
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Сиз мени султоним, подшоҳимсиз,
Жонимнинг ярмисиз, кўзим нурисиз.
Сиз учун жонин аямас ёлғиз ўғлингиз,
Пойингизга бу жоним бўлар пайваста,
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Қадрингизни билмаган эдим ўшанда,
Шўх эдим, ўйин қароқ эдим ўшанда.
Ўша пайтларда қаранг гўдак эдимда,
Энди бўйимиз етиб, улғайибмизда.
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Болангиз бўлиб бир бор сизни қучмадим,
Олисга кетсангиз зордек ёлингиз кутмадим.
Ҳаёт дарс берди менга, энди англадим,
Мени ишонган чин дўстим фақат сиз дада,
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Сиз мени давлатим, бор-у, ёғимсиз,
Биз учун қайғурасиз, елиб юрасиз.
Сиз билан бағри тўлиқ оиламиз,
Қалбингиз доимо муссафо, қорда,
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Дунё ўзи ўтгунчи, беш кунлик дунё,
Кўз очиб юмгунча умир ўтар дарё,
Сочингизга оқ тушганин сезмаганман ё,
Қариликни ҳайдаб юборсам зора,
Дилозор ўғлингизни кечиринг дада!

Ота-онам умрин узоқ қилгин Аллоҳим,
Шунда қолмайди сира дилда армоним.
Отам бор-ки мағрурдур доим бошим,
Ўғил фарзанд давлатнинг бошида,
Дилазор ўғлингизни кечиринг дада!

Бу ҳаётда кўнглинг кенг, қалбинг бўлсин қордек,
Ота-онанг бўлса ҳар он яшагин бойдек.
Шундай деб шеърин битди Қувончбек,
Фарзанднинг омонати ота-она,
Дардисар ўғлингизни кечиринг дада!

Қувончбек Аширалиев
(12/13.06.2020) 20:28
Аллоҳга "Гўзал Қарз" берувчилар борми?!

Чирчиқ шаҳрида яшаб турган синглимиз.
Ишончли жой.
Операция учун жами 32 000$ керак экан. Оила ва яқинлари билан бирга 16 000 йиғишган. Яна 16 000 талаб қилиняпти.
Синглимиз келажакда оила қуриб яхши фарзандларни тарбия қилишни ният қилган. Аллоҳ ниятига яраша берсин!

Кам бўлса ҳам хайрия қилишдан ҳижолат бўлманг.
Дўстларимиз улашиб юборишса ишимиз яна ҳам енгил бўларди.

Карта рақамлари:
UZCARD 8600 5304 5803 5808
Shermatova Nazokat

VISA 4145 6501 2295 6659
Zukhra Shermatova

Тел рақам:+998 97 873 50 95
Телеграм гуруҳ:

https://t.me/Nazokatga_yordam
Olmosim
Gullarni ifori taralar senda
Qushlarni sadosi jaranglar har-on
Boychechak ochilsa olmos tog'ida
Ariq bo'ylarida o'sardi rayhon

Tog'laring qirlaring ajibdir ey-voh
Olmosim bog'laring mevalarga kon
O'g'il-u qizlar yayrashar senda
Olmosim Olmosim tengi yo'q makonim

💫Mohinur💫
Мандат куни
Мандат куни тўйиб йиғладим,
Ич-ичимдан тўйиб йиғладим
Ўша куни серпул дадамнинг,
Кўксига бош қўйиб йиғладим.

Ўша куни қийналди жоним,
Маймунларга кулгудир ҳолим,
Не кечади энди аҳволим?
Мандат куни тўйиб йиғладим.

Кўзларимдан томчилар ёмғир,
Йиқилмоқлик нақадар оғир?
Дадамга-ми, менга-ми бари-бир,
Мандат куни тўйиб йиғладим.
Раҳимов Ш.Т

@sherla
Sunbul sochlaringni silab siypalab
Sirli so'zlaringdan savol so'rayman
Sevasanmi sen so'yla sevgilim?
Sening sumbatinga sadqadir sevgim
......................................................
Kuylaringni kuylayqol,kuyib ketyabman
Kuydirguvchi ko'zlarni kurgim kelyapti
Kulgular ko'pirgan kulgichlaringning
Kasriga kupchilik kuyib ketyapti
...................................................
Qizg'onib-qizg'onib qarayman qizga
Qizg'aldoqdek qizarib qarab qo'yadi
Qabargan qo'limni qo'liga qo'ysam
Qaldirg'och qoshini qoqib qo'yadi
.................................................
Yoshgina yuragim yorildi yomon
Yamoqchi yuqmikan yurak yamashga
Yolg'onchi yorlar yaralashigamas
Yurakni yaratgan yonib yashashga!

✍️Uktamov Boburjon
Ayol! Sabringa qoyildur hatto sabr ham. Sening chiroyinga hatto qilar gul ham alam. Ta'rifingni yozmoqqa ojizdir qalam. Oh bunchalar go'zalsan ayol. Dilga bitgan g'azalsan ayol. Darding yutib saqlaysan dilingda g'am. Deysan farzandlarim kam bolmasin hech ham. Atirgulday noziksan aslida ham. Oh bunchalar go'zalsan ayol. Dilga bitgan g'azalsan ayol
***
Yomg'ir bo'lib quloqlaringa,
Shivirlasam jonim qaniydi.
Lablaringga tegsam tomchiday,
Yuragimdan dardim ariydi.

O tomchilar,go'zal tomchilar,
Yog'ing yorim dudoqlariga.
Sevishimni shivirlab qo'ying,
Sevgilimning quloqlariga.

Tomchi kabi shaffof qalbi bor,
Shu qalbidir mening koshonam.
Faqat menga u bo'ladi yor,
Yaraqlagan axir peshonam.

20.04.2019. K.M.
Yoqadi
Men seni sevaman
Sen albatta bilasan
Lekin aynan nimaga
Buni hali bilmaysan

Kulishlaring kerakmas
Yurishlaring kerakmas
Menga hech kimga bermas
Go'zal qalbing yoqadi

Lola labing mayliga
Charos ko'zing mayliga
Qoshing kamondir balki
Pok tuyg'uying yoqadi

Doim kulib turishing
Meni o'ylab yurishing
Yana xayol surishing
Cheksiz mehring yoqadi

Xushomad dema asli
Sevishdik bahor fasli
Umidim go'zal vasling
Sof nafasing yoqadi

Sochlaring uzundir ho'p
Kipriging tikondir ho'p
Lekin sevgim cheksiz ko'p
Xushbo'y tafting yoqadi

Bilmam kimlar boqadi
Menga endi farqi yo'q
Hayotda borliging va
Sevgimni yoqadi...

Kalandarov Rustam
"Doxxim" ( davomi)

Satrlarda namoyon armonning asorati
Qani menda bõlsaydi Doxximning jasorati
Doim tõsiq qõyilgan g'urur dard tomonidan
Uzurimni aytayin muhabbatim nomidan


Gõzalim kel yurakdan azoblarni olamiz
Yõldan davom et erkam biz shu yerda qolamiz
Jonim nimtalar etgan kiprigingni izlari
Balki kuygan yuraklar Doxximning muxlislari

Ha muzlagan tuyg'ular arosatdan tolmadi
"Sevgi tamom"ni tinglab yurak unutolmadi
Ha esimda arazlar qancha etganin davom
Kõngil sõzimga kõnmas sevaman deydi hamon

Bilmam yurak ne uchun topolmadi baxtini
Doxxim taqdirimi yo kuylash sevgi madhini .


Bu hech qanday piyar uchun emas
Bu misralar Arazlaringda qôshiģi premyerasidan sông yozilgan

© Shunchaki Bobur


Rasmiy kanalimizga obuna bõling

(Rasmiy) Bisotimdagi Sherlar