Ko‘z tikib yo‘lingga umidim yig‘lar,
Baxtiqaro baxtni kutar intizor.
Yuragim tubida bitta g‘am uxlar,
Meni kutib turgan bitta najot bor.
Bir nur bor zulmatni aylaydi pora,
So‘ngra singib ketar borliq qa‘riga.
Baxtga yetmoq uchun topilmas chora ,
G‘amdan ketolmayman bir zum nariga.
Bir obi hayot bor, sahrolarga jon
Baxsh etib yo‘qlikka ravona bo‘lar.
Sahroday qurisam munis mehribon
Onam boshim uzra parvona bo‘lar.
Qo‘rqaman bag‘riga bosh qo‘ysam bir kun,
Uyg‘onib qoladi yuragimda g‘am.
Mehrining taftida isinmoq uchun,
Onamning ko‘ngliga kiradi shu dam.
Nigohimdan yulqib tashlab barini,
Sog‘inchimdan yoqay tonggacha gulxan.
Quvonchlar to‘ldirsin Onam bag‘rini,
Mening yuragimda uxlay qolsin G‘am.
Mahzuna Bobomurodova

Vazirahon Opam!
Yaxshilikni do'stidursiz,ko'gli toza,
Siz Yurarsiz,doim saramjon, pokiza,
Go'zaldursiz, ko'z tegmasin,sizga,opa,
Mehribonim vazirahon,go'zal Opam !
Sizday qiz bor hayotimda,g'am yo'q shukur,
Bilib bilmay og'ir so'zlar aytdim uzur,
Baht va omad yoriz,bo'lsin ming tashakkur,
Og'ir kunim dalda bo'lgan,dardkash Opam,
Ismingizham, jismingizga chindan mosdur,
Doim halol yashagaysiz,to'g'ri, rostdur,
Aziz ayol sifatlari,sizga hosdur, Hayolisiz,ibolisiz,go'zal Opam!
Hayotingiz faqat shodlik bilan o'tsin,
Go'zal husningizga kulgu qasr qursin,
G'am va qayg'u sizdan,uzoq-uzoq yursin,
Chiroyliksiz Vazirahon,go'zal Opam!
Hamroh bo'lsin Baht va omad lar tilayman,
Sizdaylar ko'paysin,Ollohdan so'rayman,
Bugun bayramingiz opa tabriklayman,
Mehribonim go'zal vazirahon Opam!
shoxruxsobirjonovich
🤘 @tginfouz Kanali Uchun Maxsus!

Устозим.
Кадри баланд кадрдоним устозим,
Калблардадир жойингиз дилрозим.
Бугун аёлларни сизни байрамигиз,
Сизга айтай юракдаги дил сузим.
Барноопа сиз куркам барно айолсиз,
Кузи порлок мехрибон, зебо айолсиз.
Лаблариздан кетмасин кулгу кувонч,
Бизларга сиз енг мехрубон устозсиз.
Кадрингиз баланд булсин бу оламда,
Дард тегмасин сиздек инсонни бошизга.
Кувонч келсин сизга такро такрор устоз,
Дог тушмасин устоз хаттоки юз ёшизга.
Файзали Анваров.
07.03.2019
Кадри баланд кадрдоним устозим,
Калблардадир жойингиз дилрозим.
Бугун аёлларни сизни байрамигиз,
Сизга айтай юракдаги дил сузим.
Барноопа сиз куркам барно айолсиз,
Кузи порлок мехрибон, зебо айолсиз.
Лаблариздан кетмасин кулгу кувонч,
Бизларга сиз енг мехрубон устозсиз.
Кадрингиз баланд булсин бу оламда,
Дард тегмасин сиздек инсонни бошизга.
Кувонч келсин сизга такро такрор устоз,
Дог тушмасин устоз хаттоки юз ёшизга.
Файзали Анваров.
07.03.2019
YIĞLAMAYDI YURAGIM...
Yiğlamaydi yuragim, yiğlashni ham bilmaydi.
Birov uni tirnasin, u hech kimni tilmaydi.
Yuragimga dard alam deganlari begona,
Xushchahchahlik, quvnoqlik uni qabul qilmaydi.
Yiğlamaydi yuragim u ba'zida kuylaydi.
Aqlim hordiq olganda juda teran õylaydi.
Urishida shiddat bor, yashamoqni sevadi
Har tunni kuzatganda dilxirojga õynaydi.
Yiğlamaydi yuragim. Yiğlama deb Men aytdim.
Men, Yurakka shodonlik va kulishni õrgatdim.
Sunnatullo MAJID. Jizzax

Bolaligimni erta olib qo'ygan, beg'uborlik nashidasin tortib olgan hayot...
Orzu qilishni taqiqlagan, ko'z yoshlarga ko'mib qon yig'latgan hayot...
Jajji urayotgan yurakni to'xtatmoqchi bo'lgan, borliqda mehr yo'qligin isbotlab yurakni ming bo'lakka bo'laklagan hayot...
Go'dakni zolim ichra jovdiratgan, ota mehrin his etish baxtidan mosivo qilgan
hayot...
Kishilar orasinda hor qilib alamlarda bo'zlatgan, yerga ko'mmasdan ming bor jonin olib o'limin tilatgan hayot...
Ishonch degan hisni unittirib yakkalatgan oxir-oqibat qalbga qish zaxrin olib kirib mehr tuyg'usini muzlatgan, tag'in tanalagan hayot...
Bo'ldi bas boshqa dosh berolmam fig'onim falak yashamoq istar yurak baxt ko'rmoqqa intilmoqda ko'zlarim, mehr izlab halak qalbim menga ham umid ber hayot...
Baxt ber hayot...
Yashamoq uchun hayot ber hayot...

OYSHAM
Joningga jon bo'laolmay sevaman,
Qollaring bir tutaolmay sevaman,
Necha zamon ko'raolmay sevaman,
Sen ham meni, sevarmisan Oysham?
Yo'llaringni zor intizor kutaman,
Ovozingni tinglab seni kutaman,
Birga bo'lsangda sog'inib kutaman,
Sen ham meni, kutarmisan Oysham?
Ne to'siq bo'lsa ham sendan kechmayman,
Yuragim seni der, sendan kechmayman,
Ishqingda telbangman, sendan kechmayman,
Sen ham mendan, kechmasmisan Oysham?
Yonimdasan bari-bir sog'inaman,
Nominga yozib she'rlar sog'inaman,
Mendan ketar bo'lsangda sog'inaman,
Sen ham meni, sog'inarmisan Oysham?
Temurjon Habibullayev.

Uyidan olis chiqsa har odam,
Pok niyat-la tashlasa qadam,
Mehnat qilib topsa gar olam,
Uning nomi erur musofir.
Olis ketsa o'zga yurt tomon,
Vatan qadrin bilsa gar yomon,
Tun kechalar qiynasa armon,
Uning nomi erur musofir.
Uzoqlarda qolib ketdi baxt,
Qumsayverar oilasin harvaqt,
Qilib yurar bariga toqat,
Uning nomi erur musofir.
Faryod solib yig'lolmaydi u,
Mehr izlab topolmaydi u,
Handon otib kulolmaydi u,
Uning nomi erur musofir.
Dardin tinglar faqat bir falak,
Jon hovuchlab yurar jonsarak,
Xudoyimdan yolvorib xalak,
Uning nomi erur musofir.
Musofirlik shundayin og'ir,
Necha yilkim yig'lagan Bobur,
Tugab bitar barisi oxir,
Mening nomim erur musofir.
Doniyor Xaydarov
Pok niyat-la tashlasa qadam,
Mehnat qilib topsa gar olam,
Uning nomi erur musofir.
Olis ketsa o'zga yurt tomon,
Vatan qadrin bilsa gar yomon,
Tun kechalar qiynasa armon,
Uning nomi erur musofir.
Uzoqlarda qolib ketdi baxt,
Qumsayverar oilasin harvaqt,
Qilib yurar bariga toqat,
Uning nomi erur musofir.
Faryod solib yig'lolmaydi u,
Mehr izlab topolmaydi u,
Handon otib kulolmaydi u,
Uning nomi erur musofir.
Dardin tinglar faqat bir falak,
Jon hovuchlab yurar jonsarak,
Xudoyimdan yolvorib xalak,
Uning nomi erur musofir.
Musofirlik shundayin og'ir,
Necha yilkim yig'lagan Bobur,
Tugab bitar barisi oxir,
Mening nomim erur musofir.
Doniyor Xaydarov
Davrlar o'zgardi, dunyo o'zgardi, Farzandlar qalbiga quloq solingiz. Xitobim qa'rida o'tmishning dardi: "Ertaklar aytishni siz bas qilingiz!"
Ertaklar eshtib ulg'aygan bizmi? Bugun yolg'onlarni tinmay so'zlaymiz. Ajdarlar mahv etgan parizodlarni, Ko'nglimiz tubida pinhon ko'zlaymiz.
Sadoqat shevasin unutgan do'stlik, Go'zallar oldida cho'kkanida tiz, Tan oling ayollar husnidan bezlik, O'rganmaganmidik ertaklardan biz?
Ertaklar - yog'onning nabirasidir, Ular ezgulikni qilarlar shior, Aslida ebg katta hiyonatlar ham Biz suygan qahramon fitratida bor.
Ularning yolg'onin biladi hamma, Ammo bolalarga tinmay aytarlar, Ostin ustun qilib dunyoni, so'ngra, Botirlar bir qiz deb ortga qaytarlar.
Qarang ertaklardan sug'orilganlar, Yurarlar birgina haq so'z izlashib. Yalmog'izni o'qiy-o'qiy bu avold, Oxiri ketdi-ku yalmog'izlashib.
Oila deganning tushunchasi yo'q, Sevgiga yetishib tugar har ertak, Bu avlod hayrondir ertakdan keyin, Nima qilmoq kerak, ne qilmoq kerak?
Dunyoning azobin totib, yetishib, Muhabbat deganin topganida u, Asli nimalarga umid qilgandi, Nimalar haqida qilgandi orzu?
Men bugun tushunmay kitob titaman, Har bir varag'ida porlaydi sehr, Hudolik da'vosin qilayotganga, Ertaga farzandim qo'ymasmi mehr?
Kim shunga kafolat bera oladi, Va qaysi zot buning oldini olgay, Bu avlod haq so'zni topa olmasa, Ertaga ertakka ishonib qolgan.
Agar mening so'zim bo'lsa havolar, Mayli, yo'lingizga buriling, qayting, O'lmas Kashshey degan yolg'on da'volar, Ayting,kimlar uchun to'qilgan ayting?
Ertakalr avlodni ezgulikkamas, Yovuzlik qa'riga yetaklar aniq. Bashar saodatga erishganida, Hizmat qilgan edi haqqa chaqiriq.
Bas, ndi farzandlar sohtalik emas, Haqiqat neligin ko'rib o'ssinlar, So'ng mayli ulg'ayib ertakdan chiqqan, Yalmog'iz, ajdarlar yo'lin to'ssinlar.
Tushuning bu so'zlar oddiy hitobmas, Balki kelajakka yetaklar da'vat, Avlodlar dunyosi bizdek sarobmas, Ularning yo'llari bo'lsin haqiqat!
Farxod Amriddinov

Sevar edi yigit telbavor,
Shu otashda yuragi yona.
Qarshisida turib purviqor,
Ammo qiz ham sevar pinhona.
Har tong umid bilan ochar ko‘z,
Sevgilimni kursam deb yigit.
Qiyo boqmay mag‘rur utar qiz,
Guyo endi hammasi unut.
Shu zaylda utdi kun yillar,
Qiz yondirdi shurlik oshiqni.
Ikki yoqqa ayrildi yullar,
Qismatiga tutqazib ishqni.
Un sakkiz yosh qoldi ortida,
Navqironlik tutqazdi qulin.
Ishqi yashab qalbi tubida,
Qiz poylardi yigitning yulin.
Kurib qoldi bir kun yigitni,
Hayajondan yashnab ketti qiz.
Qulin tutgan uzga guzalni,
Pushaymondan chil chil sindi qiz.
Endi uzi yonar otashda,
Oshig‘ining xiyonatidan.
Nahot oson voz kecha oldi,
Yurakdagi muhabbatidan.
Yurak bag‘ri yondi guzalning,
G‘ururi ham chekindi dildan.
Kunlar utgan sayin yigitning,
Kup guzallar tutti qulidan.
Qiz yig‘ladi yum yum yosh tukib,
Sevgimizni uldirmang endi.
Yigit esa sovuqqon turib,
Allaqachon uldirding dedi.
Yor yor bilan kelin buldi qiz,
Uzga uyga ketti dilpora.
Endi yigit yuragi sarson
Qizday yorni izlar ovvora.
Mashhura Hamroyeva
Shu otashda yuragi yona.
Qarshisida turib purviqor,
Ammo qiz ham sevar pinhona.
Har tong umid bilan ochar ko‘z,
Sevgilimni kursam deb yigit.
Qiyo boqmay mag‘rur utar qiz,
Guyo endi hammasi unut.
Shu zaylda utdi kun yillar,
Qiz yondirdi shurlik oshiqni.
Ikki yoqqa ayrildi yullar,
Qismatiga tutqazib ishqni.
Un sakkiz yosh qoldi ortida,
Navqironlik tutqazdi qulin.
Ishqi yashab qalbi tubida,
Qiz poylardi yigitning yulin.
Kurib qoldi bir kun yigitni,
Hayajondan yashnab ketti qiz.
Qulin tutgan uzga guzalni,
Pushaymondan chil chil sindi qiz.
Endi uzi yonar otashda,
Oshig‘ining xiyonatidan.
Nahot oson voz kecha oldi,
Yurakdagi muhabbatidan.
Yurak bag‘ri yondi guzalning,
G‘ururi ham chekindi dildan.
Kunlar utgan sayin yigitning,
Kup guzallar tutti qulidan.
Qiz yig‘ladi yum yum yosh tukib,
Sevgimizni uldirmang endi.
Yigit esa sovuqqon turib,
Allaqachon uldirding dedi.
Yor yor bilan kelin buldi qiz,
Uzga uyga ketti dilpora.
Endi yigit yuragi sarson
Qizday yorni izlar ovvora.
Mashhura Hamroyeva
Bugunning Dardi!
Ey insonlar dunyoga ne bo'layapti?
Beg'am onalar qayoqqa qarayapti?
Yovuz olchoqlar bolani ovlayapti,
Ilohim, hech bir go'dak azob tortmasin!
Ozgina keling do'stlar xushyor bo'laylik,
Ko'zlarimizni to'rt ochib bir qaraylik,
Qorako'zlarimizga befarq bo'lmaylik,
Ilohim, hech bir go'dak o'g'irlanmasin!
Ollohim o'zi panohida asrasin,
Go'daklar ko'zi aslo yoshlar to'kmasin,
Onalar bolam deb izlab qolmasin,
Ilohim, go'dakni onadan ayrmasin.
Bugunning dardiga ko'zingizni yummang,
Hammamizda bordir go'daklarni o'ylang,
Topilsin ko'zi qarolar duo qiling,
Ollohim, yovuzlarga kifoya qilgin!

Men Seni Tark Etaman!
Quyosh botar, oy chiqar,
Hayot shamoli esar,
Seni jonim baxt kutar,
Men seni tark etaman!
Meni endi sen unut,
Tengingni qo'lidan tut,
So'ng bahtingni undan kut,
Men seni tart etaman!
Saqlagayman pok noming,
Unutmayman ovozing,
Bo'lolmayman yuraging,
Men seni tark etaman!
Yo'ling tutmaslik uchun,
Bir onlik bahting uchun,
Seni sevganim uchun,
Men seni tark etaman!
Yozib ishqiy she'rlarim,
Boshingni ho'p qotirdim,
Sen qabul etgin uzrim,
Men seni tark etaman!
Qaytib chiqmas oy bo'lib,
Qalbim armonga to'lib,
Ming tirilib, ming o'lib,
Men seni tark etaman!
Qilolmadim kelinchak,
Bo'sh qoldi-ku, halinchak,
Seni qilmadim ermak,
Men seni tark etaman!
Eslab qalbing qiynama,
Yig'lab jonim o'ylama,
Faqat meni qarg'ama,
Men seni tark etaman!
Temurjon Habibullayev.
Quyosh botar, oy chiqar,
Hayot shamoli esar,
Seni jonim baxt kutar,
Men seni tark etaman!
Meni endi sen unut,
Tengingni qo'lidan tut,
So'ng bahtingni undan kut,
Men seni tart etaman!
Saqlagayman pok noming,
Unutmayman ovozing,
Bo'lolmayman yuraging,
Men seni tark etaman!
Yo'ling tutmaslik uchun,
Bir onlik bahting uchun,
Seni sevganim uchun,
Men seni tark etaman!
Yozib ishqiy she'rlarim,
Boshingni ho'p qotirdim,
Sen qabul etgin uzrim,
Men seni tark etaman!
Qaytib chiqmas oy bo'lib,
Qalbim armonga to'lib,
Ming tirilib, ming o'lib,
Men seni tark etaman!
Qilolmadim kelinchak,
Bo'sh qoldi-ku, halinchak,
Seni qilmadim ermak,
Men seni tark etaman!
Eslab qalbing qiynama,
Yig'lab jonim o'ylama,
Faqat meni qarg'ama,
Men seni tark etaman!
Temurjon Habibullayev.
Unutdim seni !
Endi menga begonasan,
Sen ertaksan afsonasan,
Yo'llarimni,izlamasan,
Unutganman seni qizcha!
O'ylamagin sevardi deb,
Menga jonin berardi deb,
Keling desam kelardi deb,
Unutganman seni qizcha!
Yuragimda endi o'zga ,
Turolmading bergan so'zda,
Achinaman senday qizga,
Unutganman seni qizcha!
Sen sevgimga begonasan,
Bo'lmagin hech sarsonasan,
Man uchun sen arzonasan,
Unutganman seni qizcha!
Senga ham omadlar tilay,
Ollohimdan insof tilay,
Ketgin sendan tez qutulay,
Meni gulim o'zga qizcha!
Chiroyli qiz kechir meni,
Mensimading sen hech meni,
O'zga bilan bahtga yetgin,
Shudur shoxruxning tilagi!
Mening gulim endi o'zga!
Shoxrux sobirjonovich
Endi menga begonasan,
Sen ertaksan afsonasan,
Yo'llarimni,izlamasan,
Unutganman seni qizcha!
O'ylamagin sevardi deb,
Menga jonin berardi deb,
Keling desam kelardi deb,
Unutganman seni qizcha!
Yuragimda endi o'zga ,
Turolmading bergan so'zda,
Achinaman senday qizga,
Unutganman seni qizcha!
Sen sevgimga begonasan,
Bo'lmagin hech sarsonasan,
Man uchun sen arzonasan,
Unutganman seni qizcha!
Senga ham omadlar tilay,
Ollohimdan insof tilay,
Ketgin sendan tez qutulay,
Meni gulim o'zga qizcha!
Chiroyli qiz kechir meni,
Mensimading sen hech meni,
O'zga bilan bahtga yetgin,
Shudur shoxruxning tilagi!
Mening gulim endi o'zga!
Shoxrux sobirjonovich
.Dunyo bog'-rog' dedik aslida qafas, Nahot charchamaslar bu jag'lar javrab... Ayollar fitnaga bo'lsalar sabab, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Zino-yu, fahshga yetaklar holat, El ichra deyilsa bu oddiy odat, Turli seriladan olinsa ibrat, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Oila deganda obro' yo'qolsa, Onalar uyda bosh shahs bo'lib qolsa, Ota o'z qiziga shim sotib olsa, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
Ko'ring, bu bechora ota soqovni, Toqati tugamish yengolmay g'ovni, Ona zimmasida topish kuyovni, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik emas.
"Ey, hotin bormikan,ul mayda chuyda?" Degan odamlar ham ko'pko'cha ko'yda. Bozorda onalar, otalar uyda, Yig'lash kerak bunga, kulmoqlik ems.
Buxoriy tug'ilgan diyorda bugun, Erlarning vazni yo'q, ayollar yupun, Birodar, bemalol tomoshang nechun, Yig'lash kerak bunga,kulmoqlik emas.
Nima bo'ldi ahir halqqa, ommaga, Hayqirmoq soati keldi hammaga: Yig'lash kerak bunga. kulmoqlik emas, Oddiy tomoshabin bo'lmoqlik emas.
Ovozi boricha hayqirmoq kerak, Haqning kalomiga chaqirmoq kerak: Ogohlantirish kerak bu avom halqni, To qadriga yetsin muqaddas Sharqni.
Uning sha'ni uchun turib bersinlar, Kerak bo'lsa nafsiy jangga kirsinlar, Ahli oilaga jonlari fido, Ko'paysin to nusrat berguncha Xudo.
So'nggi hitobimni baribir aytgum, Kimgadir sal og'ir botsa ham so'zlar: Naslimiz hurmati fitrati toza, Ayollarni saqlab qolaylik, do'stlar.
Chunki ayollarga bog'liq har narsa, Ayol bor, oila erur muqaddas... Fahsh agar el ichra oddiy hol bo'lsa, Yig'alsh kerak bunga,kulmoqlik emas...
Farxod amriddinov

Yashaydilar doim tinch-hotirjam,
Olamni suvbossa aslo yo'q g'am,
Ko'zlari bejo, mungli bo'lsa ham,
Telbalarga havasim keladi.
Birov suydi-suymadi demaslar,
Kimdir ranjitsa xafa bo'lmaslar,
Ular aslo odam ayirmaslar,
Telbalarga havasim keladi.
Yuradilar o'z dardlari bilan,
Ba'zan o'zini mayli yo'qotgan,
Qalbi ne dardlar ila to'lmagan?
Telbalarga havasim keladi.
Jigarlari sevib-sevmasada,
Begonadek birga yashasada,
Beayb yuragi ozor cheksada,
Telbalarga havasim keladi.
Yig'lar-kular o'zlarin ovutib,
O'zlaricha xon, malika bo'lib,
Tegmasang, yurmaydi ozor berib,
Telbalarga havasim keladi.
Pisand etmas umuman minnatni,
Kutmaydilar aslo ham himmatni,
Ollohim darig' tutmas jannatni,
Telbalarga havasim keladi.
Temurjon Habibullayev.
Olamni suvbossa aslo yo'q g'am,
Ko'zlari bejo, mungli bo'lsa ham,
Telbalarga havasim keladi.
Birov suydi-suymadi demaslar,
Kimdir ranjitsa xafa bo'lmaslar,
Ular aslo odam ayirmaslar,
Telbalarga havasim keladi.
Yuradilar o'z dardlari bilan,
Ba'zan o'zini mayli yo'qotgan,
Qalbi ne dardlar ila to'lmagan?
Telbalarga havasim keladi.
Jigarlari sevib-sevmasada,
Begonadek birga yashasada,
Beayb yuragi ozor cheksada,
Telbalarga havasim keladi.
Yig'lar-kular o'zlarin ovutib,
O'zlaricha xon, malika bo'lib,
Tegmasang, yurmaydi ozor berib,
Telbalarga havasim keladi.
Pisand etmas umuman minnatni,
Kutmaydilar aslo ham himmatni,
Ollohim darig' tutmas jannatni,
Telbalarga havasim keladi.
Temurjon Habibullayev.
Umrimning yarmini bolamga dedim,
Yarmi havas bilan o‘tdi shundoq ham.
Aslida Shodlikdan tug‘ilgan edim,
O‘lsam yuragimda yig‘laydi bir G‘am.
Bir Umid yashaydi toki barhayot,
Armonlar taftidan soyabonim u.
O‘lsam ko‘z yosh to‘kma, azizim Hayot,
Mening qo‘shiqlarim yashaydi mangu.
Umrim shunday g‘amgin,
shunday baxtiyor...
Kamalak rangiday hislarim rangin.
Yorijon, sog‘inchdan kiprigimda qor,
Bir kun sizni sevmay qo‘yishim mumkin.
Paymonam to‘lgan kun bo‘ladi shu dam,
Shu dam hayotimdan mazmun yo‘qolgay.
Sizning ko‘nglingizga ko‘chib o‘tar G‘am,
Mening yuragimdan butkul yo‘qolgay.

Sevdim
Men seni sevaman desam ishonma,
Menga boqqan, qora ko'zlaring sevdim.
Men seni sevaman desam ishonma,
Menga aytgan, asal so'zlaring sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Hilol kabi yorqin chehrang xotirim,
Sen deya urdi ishq atalmish tomirim,
Menga bergan, rost umiding sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Yoydek qayrilmish qoshlaring boqdim.
Oramiz olis, dil yaqin, mehring sezdim,
Menga bo'lgan, chin ishonching sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Ko'ngling nurafshonligini his qildim,
Sening-la bahtli bo'lmoqlik ahd ettim,
Menga yoqqan diltortar ovozing sevdim.
Temurjon Habibullayev.
Men seni sevaman desam ishonma,
Menga boqqan, qora ko'zlaring sevdim.
Men seni sevaman desam ishonma,
Menga aytgan, asal so'zlaring sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Hilol kabi yorqin chehrang xotirim,
Sen deya urdi ishq atalmish tomirim,
Menga bergan, rost umiding sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Yoydek qayrilmish qoshlaring boqdim.
Oramiz olis, dil yaqin, mehring sezdim,
Menga bo'lgan, chin ishonching sevdim.
Men seni sevdim desam ishonma,
Ko'ngling nurafshonligini his qildim,
Sening-la bahtli bo'lmoqlik ahd ettim,
Menga yoqqan diltortar ovozing sevdim.
Temurjon Habibullayev.
UMIR SAVDOSIDA ADASHGAN ODAM.
Kimdir bilar kimdir bilmas xatosin.
Xar bir dardga topsa bolar davosin.
Yig'layverma ko'zlaring xam dam olsin.
Umir savdosida adashgan odam.
Inson ko'ngli shunaqadur aslida.
Aldananamiz yolg'on so'zlar tasrida.
Dildagi g'am bir insonni kasrida.
Umir savdosida adashgan odam.
Adashdim demagin sinov olloxdan.
Dard o'zidandir panox o'zidan.
Mexr qidir ota onangni ko'zidan.
Umur savdosida adashgan odam.
Kaftinga boq umur yo'ling tog'rimi.
Egik qishiq yo aytganim noto'g'rimi.
Qani ayting adashmaganlar bormi.
Umur savdosida adashgan odam.
Siqilgandan foyda yo'q bilasan o'zing.
Xali yorug' bolar bu nurli yuzing.
Keyingi safar kattaroq ochasan ko'zing.
Umur savdosida adashgan odam.
O'tganiga salovot boriga baraka.
Xato qilgan sari oshadi malaka.
Xo'rsinib qarayvermagin falakka.
Umur savdosida adashgan odam.
Xudo bergan joninga qasd qilmagin.
Joning olib xudolikka arz qilmagin.
Yashash uchun kurashishni bas qilmagin.
Umur savdosida adashvan odam.
Abdufattox.Aff
Kimdir bilar kimdir bilmas xatosin.
Xar bir dardga topsa bolar davosin.
Yig'layverma ko'zlaring xam dam olsin.
Umir savdosida adashgan odam.
Inson ko'ngli shunaqadur aslida.
Aldananamiz yolg'on so'zlar tasrida.
Dildagi g'am bir insonni kasrida.
Umir savdosida adashgan odam.
Adashdim demagin sinov olloxdan.
Dard o'zidandir panox o'zidan.
Mexr qidir ota onangni ko'zidan.
Umur savdosida adashgan odam.
Kaftinga boq umur yo'ling tog'rimi.
Egik qishiq yo aytganim noto'g'rimi.
Qani ayting adashmaganlar bormi.
Umur savdosida adashgan odam.
Siqilgandan foyda yo'q bilasan o'zing.
Xali yorug' bolar bu nurli yuzing.
Keyingi safar kattaroq ochasan ko'zing.
Umur savdosida adashgan odam.
O'tganiga salovot boriga baraka.
Xato qilgan sari oshadi malaka.
Xo'rsinib qarayvermagin falakka.
Umur savdosida adashgan odam.
Xudo bergan joninga qasd qilmagin.
Joning olib xudolikka arz qilmagin.
Yashash uchun kurashishni bas qilmagin.
Umur savdosida adashvan odam.
Abdufattox.Aff
#Ҳадис
📜 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: «Ким менга бир маротаба саловат айтса, Аллоҳ унга ўн маротаба саловат айтади ва ундан ўнта хатони ўчиради».
Имом #Бухорий ривояти.
#саловатлар
📿<>Соллаллоҳу алайҳи васаллам
📿<>Соллаллоҳу ъалайка йа Росулаллоҳ
📿<>Аллоҳумма солли ъала саййидина Муҳаммад
📿<>Аллоҳумма солли ва саллим ъала набиййина Муҳаммад.
📿<>Аллоҳумма солли ва саллим ъала саййидина Муҳаммадин ва ъала аалиҳи ва асҳабиҳи ажмаъийн.

Birinchi Sevgim!
Gar eslar bo'lsam ko'zlarim nam,
Yonib bitdi, ado bo'ldi endi sham,
Yonimda bo'ladi kimdir kam,
Hayotimdan mamnun bo'lsam ham,
Xush qolgin sen, birinchi sevgim!
Ne qilay endi qaytolmayman?
Sevishim endi aytolmayman,
Har yozganda seni eslayman,
Afsus noming yozaolmayman,
Baxtli bo'l sen, birinchi sevgim!
Alam bilan yozdim dardimni,
Bo'ynimga olib og'ir sitamni,
Sug'urib olsamda jonimni,
Unutishim qiyin lek seni,
Sog' bo'lgin sen, birinchi sevgim!
Shodlik ila masrur edik biz,
Baht bog'ida kezdik ikkimiz,
Hapqirardi yuraklarimiz,
Zavqqa to'lar edi umrimiz,
Omon bo'l sen, birinchi sevgim!
Temurjon Habibullayev.
Gar eslar bo'lsam ko'zlarim nam,
Yonib bitdi, ado bo'ldi endi sham,
Yonimda bo'ladi kimdir kam,
Hayotimdan mamnun bo'lsam ham,
Xush qolgin sen, birinchi sevgim!
Ne qilay endi qaytolmayman?
Sevishim endi aytolmayman,
Har yozganda seni eslayman,
Afsus noming yozaolmayman,
Baxtli bo'l sen, birinchi sevgim!
Alam bilan yozdim dardimni,
Bo'ynimga olib og'ir sitamni,
Sug'urib olsamda jonimni,
Unutishim qiyin lek seni,
Sog' bo'lgin sen, birinchi sevgim!
Shodlik ila masrur edik biz,
Baht bog'ida kezdik ikkimiz,
Hapqirardi yuraklarimiz,
Zavqqa to'lar edi umrimiz,
Omon bo'l sen, birinchi sevgim!
Temurjon Habibullayev.
Erkak
Boshiga tushsa gar tashvishlar,
Yuzlarin bursalar tanishlar,
Ko'chada tarqalsa mish-mishlar,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Haydalsa ishonchning bog'idan,
Kuysa ham xijronning do'g'idan,
Ayrilsa ishongan tog'idan,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Yig'latsa ayollar xiylasi,
To'lsa gar paymona kosasi,
Yondirsa ikki o't orasi,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Do'stim deb duch kelsa tulkiga,
Izza bo'lib, qolsa kulgiga,
Yaqinlari, sursa nariga,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Cho'qib bag'rin hijron zog'lari,
G'amga to'lsa baxtli chog'lari,
Yetmasa ollohga ohlari,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
G'am chekmaydi armonda qolib,
Dard yutmaydi gumonda qolib,
Ey, Islombek hech qachon nolib,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Islombek Yusupov
Boshiga tushsa gar tashvishlar,
Yuzlarin bursalar tanishlar,
Ko'chada tarqalsa mish-mishlar,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Haydalsa ishonchning bog'idan,
Kuysa ham xijronning do'g'idan,
Ayrilsa ishongan tog'idan,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Yig'latsa ayollar xiylasi,
To'lsa gar paymona kosasi,
Yondirsa ikki o't orasi,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Do'stim deb duch kelsa tulkiga,
Izza bo'lib, qolsa kulgiga,
Yaqinlari, sursa nariga,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Cho'qib bag'rin hijron zog'lari,
G'amga to'lsa baxtli chog'lari,
Yetmasa ollohga ohlari,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
G'am chekmaydi armonda qolib,
Dard yutmaydi gumonda qolib,
Ey, Islombek hech qachon nolib,
Ko'z yoshlarin ko'rsatmas erkak.
Islombek Yusupov