Telegram Help UZ
7.3K subscribers
86 photos
42 videos
2 files
116 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda animatsiyali emojilar

Telegram 8.9 versiyaga yangilandi va unda maxsus harakatlanuvchan emojilar, Premium hadya etish kabi imkoniyatlar qo'shildi.
Batafsil malumotlar: http://telegram.org/blog/custom-emoji/uz

Animatsiyali emojilardan faqatgina Premium foydalanuvchi uchun, yani biz emojilarni ko'ra olamiz lekin foydalana olmaymiz.

Plus Messenger hali yangilanmaganligi sababli maxsus emojili xabarlar ko'rinmaydi. Agar xabar ko'rinmasa bilingki u premium foydalanuvchisi yuborgan animatsiyali emojidir.

Yangilanish qachon degan savollarga javob: Afsuski Plus Messenger sentabr oyigacha yangilanmaydigan bo'ldi.

@tghelp_uz
❗️SPAM ariza yuborish

Biz juda ko'p marotaba spamdan chiqishni imkoni yoq deb aytganmiz va buni hali ham imkoni yoq.

Ho'sh qanday spamdan chiqish mumkin? Agar bu xatolik bo'lsa?

Telegramni o'zi spam qilgan bo'lsa, demak ularning o'zi ocha oladi. Lekin har doim ham emas. Ketma-ketlikda bajaring.

>@Spambot ga kiring.
>/Start tugmasini bosing.
>Spam muddati chiqsa "Bu xato" tugmasini bosing.
>Ariza yuborishni tasdiqlang.
>Yo'q! Bunday holat aslo kuzatilmagan! (agar chindan ham xatolik tufayli spam bo'lsangiz!)
> Nazoratchilar ko'pchiligi rus yoki ingliz tilida muloqot qilishadi. Shu sababli "Не знаю кто блокировал, извиняюсь если ошибся" degan vaziyat haqida malumot bering.(matn hohishiy)

Arizani Telegram nazoratchilari ko'rib chiqadi va bu rostan ham xato bo'lsa barcha cheklovlar olinadi.

Bu xato - tugmasi chiqmasa, demak bilingki nazoratchilar profilizda bu tugmani butkul o'chirib qoygan.

Barchaga ulashing! Boshqalarga aldanib qolmang!
#spam #ariza
@tghelp_uz
Profilga kirish usullari

📞 Chaqiruv orqali:
Profilga qayta ulanishda shaxsiy raqam kiritgach kod o'sha raqam telegramiga boradi, agar siz kodni bila olmasangiz 2-rasmdagi SMS orqali qabul qilishni bosing va biroz kuting. Telegram maxsus raqamda sizda qo'ng'iroq qiladi, siz unga javob bermang. Telegram sim karta sizda ekanligiga amin bo'lgach avtomatik profilga kirasiz.

📩 Kod orqali:
Bunda ham 2-rasmdagi tugma bosiladi, lekin qo'ng'iroq qilinganda uni o'chiring yoki shunchaki javob bering, javob berganizda qo'ng'iroq o'zi o'chadi. Sizda kod olish uchun 3-rasmdagi 3 daqiqa beriladi va siz bu vaqtdan keyin SMS kod tugmasi orqali kodni olasiz.

📧 Email orqali:
Telegram 9.0 versiyada kodlarini SMS o‘rniga elektron pochta orqali olishlari mumkin bo‘ladi (Google va Apple orqali avtorizatsiya qilish bilan). Bunda faqat profilga qayta kirishda va faqat profilga juda ko'p marotaba kiruvchilar uchun mavjud bo'ladi.(https://t.me/tghelp_uz/267)


@tghelp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Stiker yoki Gif kerak bo’lgan odamlar uchun ajoyib qulaylik.

Videoda ko’rsatilgan holatdan foydalangan holda o’zingizga yoqqan yoki kerakli bo’lgan stiker/gif yuborish imkoniga egasiz

Shunchaki @gif yoki @sticker dep yozing va emotsiyani kiriting.

Ba’zi hollarda bu guruhlarda ishlamayadi, sababi guruh sozlamalarida inline bot ishlatish taqiqlanadi. Shuning uchun ularni avval gif yoki stiker to’plamingizga qo’shgan holda yuborishingizga to’g’ri keladi.
Firibgarlik oldi olinmoqda

Telegram Premium obunasi tez o'tmay bazi bir firibgarlar tufayli uni noqonuniy yo'llar bilan juda past narxda olishga urunishgan va uni boshqalarga pullashga erishishgan.

"Olib-sotarlar"ga tushib qolgan oddiy foydalanuvchilar telegram belgilagan narxdan ancha past narxga premium harid qilishgan.

Telegram jamoasi buni payqab barcha firibgarlik yo'li bilan olingan obunalarni bekor qilmoqda.

Halol va qonuniy usuldan olinmagan luqma hech qachon birovga buyurmaydi, shuning uchun Premium obunani biz aytgan usulda olishingizni maslahat berib qolamiz.

@tghelp_uz
Eng birinchi sotilgan Telegram havolasi

2 oy oldin Telegram faol bo'lmagan kanallar uchun taklif havolalarni bekor qilgan.

Bu haqida messenger asoschisi Durov havolalarni 99%ini qaytarilishini va'da qilgan. Qolgan mashhur brendli yoki kam harfli havolalarni auksion tarzida sotish amalga oshirilayotgan edi.

Hozirda havolalardan biri (@auto)ning savdosi yakunlandi va bahosi 900,000 TON (the open network) kriptovalyutasida sotildi. Bu tahminan 1.4 mln $ deb hisoblanmoqda.

Lekin hamma havolalarning ham narxi shunday yuqori darajaga yetishi dargumon, chunki auksionda katta ahamiyatga ega bo'lmagan havolalar ham mavjud.

@tghelp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guruhni har xil mavzularga aylantirish

Yaqinda Telegram 9.1 versiyaga yangilandi va unda guruh uchun mavzular, sotib olingan havolalar orqali ko'p havolalik profillar hosil qilish, premiumdagilar uchun videoxabarlarni matnga aylantirish va boshqa yangiliklar kiritildi.

Mavzular haqida tushunchalar:
Kanal uchun muhokamasiz va 200 tadan ko'p a'zo bo'lgan guruhlarni har xil mavzularga o'tish mumkin. Guruhdagi mavzularga qo'shilgan a'zolar boshqa mavzulardagi chatlarni ko'rishmaydi.

Bir guruhning o'zida umumiy chat o'rnida bir nechta alohida chatlarni hosil qilish mumkin.

Guruh egasi sozlamada mavzularni yoqishi bilan guruh ruhsatnomalarida mavzularni guruh a'zolari yarata olishi uchun ham ruhsatnoma chiqadi. Agar taqiqlab qoyilsa faqat adminlar boshqa mavzu yarata olishadi.

Mavzular yoniq ekan umumiy chatga qaytish imkonsiz. Qaytish va yozish uchun mavzularni sozlamada o'chirish va agar mavzularni barchasini qaytarish uchun yana yoqish imkoni bo'ladi.

Mavzularni @PlusUzTopics'da sinab ko'ring.

@tghelp_uz
Telegram Premium uchun Spam botning kamroq cheklovlari

Telegram yaqin orada premium obunachilari uchun yengillashtirish niyatida.

Telegram’dagi cheklovlar bilan @SpamBot yangi malumotlar yuboradi, unda qo‘shimcha ma’lumot, jumladan, bloklanishning mumkin bo‘lgan sabablari haqida ham ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Bot Telegram Premium obunasini sotib olishni taklif qiladi, akkaunt kamroq cheklovlarga ega bo'ladi va birinchi olingan spam uchun kamroq muddatda bo'ladi.

Muddat qanchaga qisqarishi va bu qancha davom etishi hozircha nomalum.

@tghelp_uz
Virtual raqamlardan Telegram ochish

Oldin Telegram doimo virtual raqamlar havfli ekanligini takidlab kelgan, hozirda havfsiz va hatto raqamlarni "qonuniy" tarzda sotib olish imkonini taqdim etdi.

Siz profilga ulanish vaqtida SIM karta mavjud bo'lmasa vaqtinchalik ishlatiladigan tasodifiy raqamlardan 9 TON evaziga olishingiz mumkin.

Siz raqamni Fragment orqali butunlay olish uchun uni qimmatroq narxda sotib olishingiz kerak bo'ladi. Raqam narxi uning mukammalligiga qarab ajratiladi.

@tghelp_uz
TGStat botida 2022 yil sarhisobini tuzing

@tgstat_bot orqali kanal yoki guruh so'nggi yillik sarhisobini tuzish imkoniga ega bo'ldi.

Buning uchun botga kiring, "2022 @username" shaklida xabar yozib yuboring va buni boshqalar bilan ulashishni unutmang.

@tghelp_uz
Telegram Help UZ
Profilga kirish usullari 📞 Chaqiruv orqali: Profilga qayta ulanishda shaxsiy raqam kiritgach kod o'sha raqam telegramiga boradi, agar siz kodni bila olmasangiz 2-rasmdagi SMS orqali qabul qilishni bosing va biroz kuting. Telegram maxsus raqamda sizda qo'ng'iroq…
Elektron pochta orqali profilga kirish

2022-yil sentabridan boshlab Telegram baʼzi foydalanuvchilardan elektron pochta manzilini soʻrashga o'tdi.

  — Birinchi marotaba Elektron pochta manzili so'raganida siz o'zingizning shaxsiy pochta manzilingizni kiritishingiz kerak.
  — Foydalanuvchilar login kodlarini SMS o‘rniga elektron pochta orqali olishlari mumkin bo‘ladi (Google va Apple orqali avtorizatsiya qilish imkoniyati bilan).
  — Avtorizatsiya uchun elektron pochta - 2 bosqichli parolini tiklash uchun zarur bo'lgan elektron pochtadan alohida bo'lib, hisobga kirish faqat tasdiqlash kodlari uchun ishlatiladi.
  — Profilga kirish uchun elektron pochta Telegram’da u o‘zgartirilgunga qadar yoki akkaunt o‘zi o‘chirilguncha saqlanadi.

Aniqlik kiritish kerakki, Ilk bor Telegram’da ro‘yxatdan o‘tish faqat telefon raqami orqali davom etadi.

@tghelp_uz
Plusda yuklamalarni yanada tezroq yuklash

Plus Messenger'ning faqatgina beta versiyalarida fayl, medialarni tez yoki ekstremal darajada yuklash yoki yuklab olish imkoniyati qo'shildi.

Bu sizga yuklanishni oz muncha tezlashtiradi lekin internet tezligi yoki aloqa sifatiga tezligiga bog'liq emas.

DIQQAT:
Beta bu sinov versiya bo'lib, ilova yangilanganda birinchi test sifatida ishlatiladi. Shuning uchun unda xatoliklar va yangilanishlar ko'proq bo'ladi. Agar siz bunga rozi bo'lmasangiz betani yuklamang!

Plus beta versiyani yuklash manbalari:
Play market - bunda siz beta sinovga yozilishingiz kerak.
ApkMirror - bunda siz betani apk faylda yuklab olasiz.
AppCenter - bu versiya boshqa versiyalarga nisbatan yaxshiroq va qulay.

Sozlamaga kirish joyi:
https://t.me/plusmods/downloadSpeedBoost

@tghelp_uz
Telegram API yangilanishi

Telegram kirish SMS kod provayderlari tashqi ilovalarda o'zgartirildi. 18-fevraldan boshlab profil ochish yoki profilga qayta kirish faqat Telegramning asosiy (desktop va web versiyalardan tashqari) ilovasi orqali SMS kod olishlari mumkin bo'ladi.
Qayta ulanish uchun sizda telegram email orqali kirishni tavsiya etmasa Plusda yoki boshqa tashqi norasmiy ilovalarda kod SMS tarzida kelmaydi.

Qanday ulanamiz?
Telegram asosiy ilovasini Androidda play market orqali, iOSda app store orqali yuklash mumkin.
Telegram yuklab olib, profilga ulaning. Agar rasmiydan ham kod kelmasa bu telegram muammosi yoki sizga kod bermaslik uchun cheklov bor. Profilga kirgach Plusga qayting va kodni telegram ilovasidan oling.

Agar sizga Plusdan kirishda telegramga ham kod kelmasa, muammo telegram bilan bog'liq va biz keyingi yangilanishni kutamiz.

Shu bilan birga, Telegram kelgusi oylarda hisobga kirish jarayonini soddalashtirishga yordam beradigan yangi vositalarni taklif qilish kutilyabdi.

@tghelp_uz
18-fevraldan boshlab telegram ochish kodi faqat Rasmiy telegramda kelishi va kodni rasmiy orqali olib, plusga kirishni e'lon qilgan edik.

Ko'pchilikda norasmiy ilova orqali telegramga ham kod kelmasligini aniqladik.

Endi rasmiy telegramdagi akkauntingizni plusga yoki boshqa norasmiy ilovaga o'tkazib olish uchun quyidagi amallarni vaqtinchalik bajarish kerak bo'ladi.

1. 2 ta qurilma bo'lishi kerak. (1 ta qurilmada rasmiy telegram 2 chisida Plus ilovasi bo'lsin)
2. Rasmiy telegramdagi akkauntingizdan tg://settings/devices ga kiring va Desktop qurilmasini ulashga kiring (QR kodni skaynerlash chiqadi)
3. Plusga kirib akkaunt ochishga kiring nomer so'raganida tepadagi 3 nuqtaga kiring va QR kodni bosing (bu funksiya chiqmasa plusni yangilab ko'ring. 👉 "Plusni yangilash" uchun ustiga bosing)
4. Rasmiy telegramdan QR kodni skayner qilasiz va 2 bosqichli kod qo'yilmagan bo'lsa avtomatik ravishda akkauntingizga kirasiz.

Endi doim shunday kiriladi deya olmaymiz. Telegram keyingi yangilanishlarida profilga kirish yaxshilanishini kutamiz.

@tghelp_uz
Telegram 9.5

Hozirda ma'lum bo'lishicha Telegram 9.4 versiya va undan past foydalanuvchilarida Telegram profil ochish uchun ilovani yangilash kerak bo'ladi.

Demak eski versiyada telegram foydalanish mumkin lekin profil ochish cheklandi. Agar siz bu o'zgarishdan endi habar topgan bo'lsangiz ilovani yangilab oling.

@tghelp_uz
Telegram Help UZ
18-fevraldan boshlab telegram ochish kodi faqat Rasmiy telegramda kelishi va kodni rasmiy orqali olib, plusga kirishni e'lon qilgan edik. Ko'pchilikda norasmiy ilova orqali telegramga ham kod kelmasligini aniqladik. Endi rasmiy telegramdagi akkauntingizni…
Plus Messenger Telegramning 9.5.0 versiyasiga yangilagandan so‘ng. Rasmda ko‘rsatilgandek akkauntga kirish kodini faqatgina Telegramga yuboradi rasmda “2023-yil 18-fevral oyidan norasmiy ilova foydalanuvchilari kirish kodini faqatgina rasmiy Telegramdan SMS kod yoki qo‘ng‘iroq orqali qabul qilishlari mumkin. Agarda kirish kodni norasmiy ilovalardan olmagan bo‘lsangiz, Telegram orqali harakat qilishingizni so‘rab qolamiz” deb yozilgan.

Agar kodni raqamingizga SMS orqali qabul qilishni hohlasangiz unda Play Market orqali Telegramni yuklab oling va Telegram orqali ulaning.
Plus Messenger Telegramning 9.5.0 versiyasiga yangilagandan so‘ng “Ilova havolalari tasdiqlanmagan” bildirshnomasi chiqib qolmoqda. Xozirda Android versiyasi 12 va undan baland bo‘lgan versiyalarida Google Play sababli havolalarni tekshirish va ularni tasdiqlash siyosati qo‘llanilmoqda. Rasmda ko‘rsatilgandek ketma ketlikda havolalarni tasdiqlashingizga to‘g‘ri keladi.

O‘z navbatida bu o‘rnatayotgan ilovalaringiz xavfsizligini ta'minlash maqsadida qo'llanilgan siyosat
Ton kriptovalyutasiga tegishli fragment.com saytida endilikda Telegram Premium xaridini ton orqali amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Narxlar @premiumbot'da belgilangan qiymatdan qimmatroq.

Eslatib o'tamiz, oldin faqat bank kartalari orqali to'lov amalga oshirilar edi.

@tghelp_uz
FIRIBGARLIK❗️

Soʻnggi paytlarda «Qoʻllab-quvvatlash agenti» yoki shunga oʻxshash nomdagi o'zini telegram hodimi sifatida ko'rsatilgan xabarlar kelmoqda.

Agarda sizga «Akkauntingizda cheklov bor yoki oʻchiriladi, oldini olish uchun tasdiqdan oʻting» mazmunidagi xabarlar kelsa darhol ularni bloklang!

Ularning aldoviga uchmang, sizning hisobingizga hech qanday muammo yoq va sababsiz bloklanmaydi.

Rasmiy Telegram qo'llab quvvatlash: tg://settings/tgsupport
Telegram Firibgarlik boʻyicha rasmiy vakili: @notoscam

@tghelp_uz
Telegram hikoyalari

Telegram keyingi yangilanishida hikoyalar (stories) paydo bo'lishni boshladi.

Hozirda hikoyalarni faqat premium obunasi bor foydalanuvchilar ulashish imkoni mavjud.

Hikoyalarni plus keyingi yangilanishida ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

@tghelp_uz