Telegram Help UZ
7.24K subscribers
86 photos
42 videos
2 files
116 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yarim shaffof interfeys

Telegram va Plus Messenger 8.6 versiyalarida yarim shaffof interfeys opsiyasi paydo bo'ldi.

Plusda shaffoflikni yoqish yoki o'chirish imkoniyati mavjud.(p2.61)

Unutmang ushbu shaffoflik faqat tungi rejimda paydo bo'ladi.

#shaffof #interfeys
@tghelp_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥Javob berish oqimidan birma-bir qaytish

Plusda javoblar/sahifa oqimidan pastga tugmasi bosilganda xabarlar toʻplamiga birma-bir qaytish qoʻshildi.

Yani barcha javob suhbatlaridan o'tilgach pastga tugmasi bosilganida har bir suhbatga qaytish imkonini beradi. Oldin faqat oxirgi bosilgan javob suhbatiga va 2-marotaba chat oxiriga tushib qolar edi.

Opsiyani yoqish uchun: Plus sozlamalari>Xabarlar>Chatda xabarlar to'plamiga qaytishni yoqish

@tghelp_uz
"Telegram ocholmayapman?!"

Juda ko'pchilik Telegram yoki boshqa norasmiy messenjerlarda akkaunt ochish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Aniqroq qilib aytganda, muammo – foydalanuvchi Telegram ochmoqchi bo'lganida, raqamiga "akkauntiga kirishni tasdiqlovchi 5 xonali kod" yetib kelmayotganida.


Buning sabablari esa quyidagicha:

Hozirda Telegram akkauntlarga kirish uchun sms-kodlarni yubormay qo'yganligi sababli, endi sms kelishini kutish befoyda. Buning o'rniga Telegram sizga qo'ng'iroq qilishi va qo'ng'iroqni siz kutib turishingiz, profilga avtomatik kirishingiz kerak.

Lekin ba'zida Plus Messenjeridan foydalanganingizda, Telegram sizga kodni aytish uchun qo'ng'iroq qilolmasligi mumkin.


Yechim:

Bunday holatda, akkauntga kirishni Telegram-ning rasmiy ilovasida amalga oshirish talab qilinadi.

1. Rasmiy ilovani o'rnating.
2. Raqamingiz bilan ro'yxatdan o'ting.
3. Rasmiy ilovaga ochilgan akkauntni Plus'ga o'tkazing.

Siz akkauntga ulanish usullari haqida bilmoqchi bo'lsangiz👇
https://t.me/tghelp_uz/257

⚠️ Izoh!
Agar Rasmiy ilovadan foydalanganingizda ham Kod yetib kelmasa, Demak bu Plus Messenjerining emas Telegramning xatosi. Bu vaziyatda siz, Telegram qo'llab-quvvatlash markazi bilan bog'lanishingiz kerak: tg://settings/tgsupport

🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻🔻

© @tghelp_uz
Telegram Premium nima?
Bu foydalanuvchiga eksklyuziv xususiyatlarni taqdim etadigan pullik obuna. Tafsilotlar Telegram kanalimizda mavjud.

Plus Messenger foydalanuvchisi Telegram Premium obunasini qanday sotib olishi mumkin?
Telegram Premium uchun xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘qib chiqing.👇

Ulanish uchun 3 ta yo'l bor:
1. Plus ilovasining Appcenter versiyasini o‘rnating va @PremiumBot rasmiy botidan kiring. To'lov viza karta orqali amalga oshiriladi.

2. Agar siz Play Market versiyadan foydalansangiz Rasmiy Telegram ilovasini oʻrnating, Sozlamalarga oʻting va “Telegram Premium” yozuviga teging. Keyin qayta Plusga kirib Premiumdan foydalanishingiz mumkin bo'ladi. Bunda ham viza orqali olasiz lekin Play market komissiyasi ham qo'shiladi.

3. Ishonchli "GiveawayPremium" xizmatidan foydalanish. Bunda sizga viza karta talab qilinmaydi: batafsil:
@grand_premium

Plus Premium funksiyalarini bepul taqdim etadimi?
Yo‘q. Premium funksiyalarning aksariyati Telegram serveri tomonidan boshqariladi, shuning uchun ilova ularni o‘zi ta’minlay olmaydi. Narxlar haqida malumotlar bizning kanalda mavjud.

Ayni paytda siz odatdagidek Plus Messengerning barcha oldingi funksiyalaridan bepul bahramand bo‘lishingiz mumkin.‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Profil rasmlari yuklash sanasi

Plus Messenjerda faqat Profillardagi rasmlarni qachon joylanganlik sanasi va vaqti qoyilishi aniq bo'ldi.

Keyingi yangilanishlarni kuting. Barcha foydalanuvchilarni o'z takliflari biz uchun muhim, agar Plus xususiyatlariga sizda ham biror taklif bo'lsa Rasmiy guruhga #taklif heshtegi ostida o'z taklifingizni bildirishingiz mumkin.

@tghelp_uz
💥 Kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlar belgisi

Plus Messenger kontaktlar ro'yxatida o'zaro kontaktlarni bildiruvchi 👤 belgi qo'shilishi aniq bo'ldi.

Demak, endi kontaktlarimizdan kimlar bizni o'z kontaktiga saqlaganini bilib olishimiz mumkin bo'ladi (yashirish/ko'rsatish uchun tepadagi sarlavha "Yangi xabar" ni ustiga bosing).

Plus yangilanganida bizning rasmiy kanalimizda kuzatishingiz mumkin bo'ladi va boshqa yangilanishlar haqida ham ma'lumotga ega bo'lasiz degan umiddamiz.

O'z taklifingizni qoldirishdan to'xtamang :)

@tghelp_uz
📲 Plus Messenger'da 50 mln + yuklanmalar

Plusni Play Marketdagi versiyasida 50 milliondan oshiq yuklanishlarga erishdi. Bu borada Plus haligacha TelegramX bilan raqobatdosh ekanligini bildirmoqda.

Telegramning android yuklanmalarini eng kuchli ilovalari ko'rsatgichi:
1. Telegram ★4.2 - 1mlrd+
2. Plus Messenger ★4.1 - 50 mln+
3. TelegramX ★3.9 - 50 mln+
4. Vidogram ★4.3 - 10 mln+
5. Graph Messenger ★4.4 - 5 mln+

@tghelp_uz
Telegram Help UZ
Telegram Premium nima? Bu foydalanuvchiga eksklyuziv xususiyatlarni taqdim etadigan pullik obuna. Tafsilotlar Telegram kanalimizda mavjud. Plus Messenger foydalanuvchisi Telegram Premium obunasini qanday sotib olishi mumkin? Telegram Premium uchun xizmat…
🎉 Telegram Premium afzalliklari malum bo'ldi

Cheklovlar qiymati.
-1000 tagacha kanallarga a'zo bo'lish,
-20 tagacha jildlar qo'shish,
-10 tagacha chatlar qadash,
-20 tagacha havola yaratish.

Xotira.
-2GB hajmdan 4GB gacha hujjat yuklash,
-Umumiy xotira cheksiz.

Yuklash tezligi.
-Yuklash tezligi oshirilgan,
-Media va hujjatlarni yuklab olish tezligida endi cheklov yo'q.

Ovozli xabarni matnga aylantirish.
-Har qanday kiruvchi ovozli xabarning transkriptini o'qish.

Reklamasiz Telegram.
-Telegram ba'zida reklama ko'rsatadigan ommaviy kanallarda endi reklama yo'qligi.

Noyob Reaksiyalar.
-Faqat Premium foydalanuvchilari uchun xabarlarga qo'shimcha animatsion reaksiyalar qo'shilishi.

Premium stikerlar.
-Eksklyuziv kattalashtirilgan stikerlar va ular har oyda yangilanadi.

Kengaytirilgan chat boshqaruv.
-Standart jild o'rnatish,
-Avtomatik arxivlash,
-Yangi chatlarni yashirish.

Profil nishon.
-Telegram’ni qo‘llab-quvvatlashga yordam berayotganingizni ko'rsatadigan nishon.

@tghelp_uz
Telegram Premium xarid qilish.

Plus orqali premium obunasi uchun App Center versiyasiga o'ting va @premiumbot orqali xarid qilish imkoniyati mavjud.

Narxi oyida bir marotaba 35 990 UZS tashkil qiladi. To'lovlar faqat viza karta orqali amalga oshadi.

Bundan tashqari Ishonchli  "GiveawayPremium" xizmatidan foydalanish ham mavjud. Bunda sizga viza karta talab qilinmaydi: batafsil: @grand_premium

Premium harid qilish uchun firibgarlar qo'lida aldanib qolmang!

Premium xususiyatlarini bu yerdan ko'rishingiz mumkin.

#premium
@tghelp_uz
Plus Messenger keyingi yangilanishida:

-Telegram Premium'ni to'liq qo'llab quvvatlaydi. Barcha xususiyatlar va narxlar mutlaqo o'zgarishsiz qoladi.

-@premiumbot orqali xaridlarni AppCenter internet sahifasi orqali yangi versiya yuklab olishni amalga oshirish mumkin.(unutmang Telegram Premiumni xususiyatlari va narxlarni rasmiy Telegram boshqaradi)

-Plus ikonkasini o'zgartirish imkoniyatiga erishdi va 4ta plus ikonka, 3ta premium ikonka qo'shildi.

Boshqa yangiliklar haqida rasmiy kanalimizda bildirib o'tamiz.

@tghelp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda animatsiyali emojilar

Telegram 8.9 versiyaga yangilandi va unda maxsus harakatlanuvchan emojilar, Premium hadya etish kabi imkoniyatlar qo'shildi.
Batafsil malumotlar: http://telegram.org/blog/custom-emoji/uz

Animatsiyali emojilardan faqatgina Premium foydalanuvchi uchun, yani biz emojilarni ko'ra olamiz lekin foydalana olmaymiz.

Plus Messenger hali yangilanmaganligi sababli maxsus emojili xabarlar ko'rinmaydi. Agar xabar ko'rinmasa bilingki u premium foydalanuvchisi yuborgan animatsiyali emojidir.

Yangilanish qachon degan savollarga javob: Afsuski Plus Messenger sentabr oyigacha yangilanmaydigan bo'ldi.

@tghelp_uz
❗️SPAM ariza yuborish

Biz juda ko'p marotaba spamdan chiqishni imkoni yoq deb aytganmiz va buni hali ham imkoni yoq.

Ho'sh qanday spamdan chiqish mumkin? Agar bu xatolik bo'lsa?

Telegramni o'zi spam qilgan bo'lsa, demak ularning o'zi ocha oladi. Lekin har doim ham emas. Ketma-ketlikda bajaring.

>@Spambot ga kiring.
>/Start tugmasini bosing.
>Spam muddati chiqsa "Bu xato" tugmasini bosing.
>Ariza yuborishni tasdiqlang.
>Yo'q! Bunday holat aslo kuzatilmagan! (agar chindan ham xatolik tufayli spam bo'lsangiz!)
> Nazoratchilar ko'pchiligi rus yoki ingliz tilida muloqot qilishadi. Shu sababli "Не знаю кто блокировал, извиняюсь если ошибся" degan vaziyat haqida malumot bering.(matn hohishiy)

Arizani Telegram nazoratchilari ko'rib chiqadi va bu rostan ham xato bo'lsa barcha cheklovlar olinadi.

Bu xato - tugmasi chiqmasa, demak bilingki nazoratchilar profilizda bu tugmani butkul o'chirib qoygan.

Barchaga ulashing! Boshqalarga aldanib qolmang!
#spam #ariza
@tghelp_uz
Profilga kirish usullari

📞 Chaqiruv orqali:
Profilga qayta ulanishda shaxsiy raqam kiritgach kod o'sha raqam telegramiga boradi, agar siz kodni bila olmasangiz 2-rasmdagi SMS orqali qabul qilishni bosing va biroz kuting. Telegram maxsus raqamda sizda qo'ng'iroq qiladi, siz unga javob bermang. Telegram sim karta sizda ekanligiga amin bo'lgach avtomatik profilga kirasiz.

📩 Kod orqali:
Bunda ham 2-rasmdagi tugma bosiladi, lekin qo'ng'iroq qilinganda uni o'chiring yoki shunchaki javob bering, javob berganizda qo'ng'iroq o'zi o'chadi. Sizda kod olish uchun 3-rasmdagi 3 daqiqa beriladi va siz bu vaqtdan keyin SMS kod tugmasi orqali kodni olasiz.

📧 Email orqali:
Telegram 9.0 versiyada kodlarini SMS o‘rniga elektron pochta orqali olishlari mumkin bo‘ladi (Google va Apple orqali avtorizatsiya qilish bilan). Bunda faqat profilga qayta kirishda va faqat profilga juda ko'p marotaba kiruvchilar uchun mavjud bo'ladi.(https://t.me/tghelp_uz/267)


@tghelp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Stiker yoki Gif kerak bo’lgan odamlar uchun ajoyib qulaylik.

Videoda ko’rsatilgan holatdan foydalangan holda o’zingizga yoqqan yoki kerakli bo’lgan stiker/gif yuborish imkoniga egasiz

Shunchaki @gif yoki @sticker dep yozing va emotsiyani kiriting.

Ba’zi hollarda bu guruhlarda ishlamayadi, sababi guruh sozlamalarida inline bot ishlatish taqiqlanadi. Shuning uchun ularni avval gif yoki stiker to’plamingizga qo’shgan holda yuborishingizga to’g’ri keladi.
Firibgarlik oldi olinmoqda

Telegram Premium obunasi tez o'tmay bazi bir firibgarlar tufayli uni noqonuniy yo'llar bilan juda past narxda olishga urunishgan va uni boshqalarga pullashga erishishgan.

"Olib-sotarlar"ga tushib qolgan oddiy foydalanuvchilar telegram belgilagan narxdan ancha past narxga premium harid qilishgan.

Telegram jamoasi buni payqab barcha firibgarlik yo'li bilan olingan obunalarni bekor qilmoqda.

Halol va qonuniy usuldan olinmagan luqma hech qachon birovga buyurmaydi, shuning uchun Premium obunani biz aytgan usulda olishingizni maslahat berib qolamiz.

@tghelp_uz
Eng birinchi sotilgan Telegram havolasi

2 oy oldin Telegram faol bo'lmagan kanallar uchun taklif havolalarni bekor qilgan.

Bu haqida messenger asoschisi Durov havolalarni 99%ini qaytarilishini va'da qilgan. Qolgan mashhur brendli yoki kam harfli havolalarni auksion tarzida sotish amalga oshirilayotgan edi.

Hozirda havolalardan biri (@auto)ning savdosi yakunlandi va bahosi 900,000 TON (the open network) kriptovalyutasida sotildi. Bu tahminan 1.4 mln $ deb hisoblanmoqda.

Lekin hamma havolalarning ham narxi shunday yuqori darajaga yetishi dargumon, chunki auksionda katta ahamiyatga ega bo'lmagan havolalar ham mavjud.

@tghelp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guruhni har xil mavzularga aylantirish

Yaqinda Telegram 9.1 versiyaga yangilandi va unda guruh uchun mavzular, sotib olingan havolalar orqali ko'p havolalik profillar hosil qilish, premiumdagilar uchun videoxabarlarni matnga aylantirish va boshqa yangiliklar kiritildi.

Mavzular haqida tushunchalar:
Kanal uchun muhokamasiz va 200 tadan ko'p a'zo bo'lgan guruhlarni har xil mavzularga o'tish mumkin. Guruhdagi mavzularga qo'shilgan a'zolar boshqa mavzulardagi chatlarni ko'rishmaydi.

Bir guruhning o'zida umumiy chat o'rnida bir nechta alohida chatlarni hosil qilish mumkin.

Guruh egasi sozlamada mavzularni yoqishi bilan guruh ruhsatnomalarida mavzularni guruh a'zolari yarata olishi uchun ham ruhsatnoma chiqadi. Agar taqiqlab qoyilsa faqat adminlar boshqa mavzu yarata olishadi.

Mavzular yoniq ekan umumiy chatga qaytish imkonsiz. Qaytish va yozish uchun mavzularni sozlamada o'chirish va agar mavzularni barchasini qaytarish uchun yana yoqish imkoni bo'ladi.

Mavzularni @PlusUzTopics'da sinab ko'ring.

@tghelp_uz
Telegram Premium uchun Spam botning kamroq cheklovlari

Telegram yaqin orada premium obunachilari uchun yengillashtirish niyatida.

Telegram’dagi cheklovlar bilan @SpamBot yangi malumotlar yuboradi, unda qo‘shimcha ma’lumot, jumladan, bloklanishning mumkin bo‘lgan sabablari haqida ham ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Bot Telegram Premium obunasini sotib olishni taklif qiladi, akkaunt kamroq cheklovlarga ega bo'ladi va birinchi olingan spam uchun kamroq muddatda bo'ladi.

Muddat qanchaga qisqarishi va bu qancha davom etishi hozircha nomalum.

@tghelp_uz
Virtual raqamlardan Telegram ochish

Oldin Telegram doimo virtual raqamlar havfli ekanligini takidlab kelgan, hozirda havfsiz va hatto raqamlarni "qonuniy" tarzda sotib olish imkonini taqdim etdi.

Siz profilga ulanish vaqtida SIM karta mavjud bo'lmasa vaqtinchalik ishlatiladigan tasodifiy raqamlardan 9 TON evaziga olishingiz mumkin.

Siz raqamni Fragment orqali butunlay olish uchun uni qimmatroq narxda sotib olishingiz kerak bo'ladi. Raqam narxi uning mukammalligiga qarab ajratiladi.

@tghelp_uz