Telegram Help UZ
7.04K subscribers
86 photos
42 videos
2 files
116 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
MiUi 12.5 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish

Telefoningizni MiUi 12.5 Android 11 versiyasiga yangilaganingizdan so‘ng, ekranda qalqib chiquvchi bildirishnomalarni (rasm) Play Маркет'dagi Запуск activity ilovasi yordamida o‘chirishingiz mumkin (o‘chirish uchun qo‘llanma yuqoridagi videoda)

Запуск activity ilovasini quyidagi havola orqali Play Маркет'dan yoki ushbu post ostidagi fayldan o‘rnatishingiz mumkin

Play Маркет'dan yuklash uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=de.szalkowski.activitylauncher&hl=ru&gl=US

Kanalimizdagi faylni yuklash uchun havola: https://t.me/tghelp_uz/167

Agar sizda Samsung telefoni bo‘lsa, suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish haqida qo‘llanma:
👉 https://t.me/tghelp_uz/174?single
#notifications #suzuvchi #bildirishnoma

@tghelp_uz
base.apk
179.9 KB
MiUi 12.5 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish uchun Запуск activity ilovasi
Telegramning 8.0 versiyasida kutilyotgan yangilanishlar

• Kanalni o'qib bo'lgach, qo'shimcha surish keyingi o'qilmagan kanalni ochadi. Hozircha bu funksiyaga qanday nom berilishi noma'lum.
• Stiker tanlash oynasida ommabop to'plamlar.
• Xabar uzatish amalga oshganida ham muallifsiz yuborish imkoniyati.

Eslatma: yangilanishlar Telegramga paydo bo'lgach Plusga ham tez orada kuzatishimiz mumkin.

#telegram #yangilanish
@tghelp_uz
Mustaqil O‘zbekiston 30 yoshda!

Hurmatli vatandoshlar!
Sizlarni buyuk ayyom – O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyoti ,farovonligi yo'lida amalga oshirayotgan ezgu sa'y-harakatlaringizda, sharafli va mas'uliyatli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar, mustahkam sog'lik, xonadoningizga fayzu-baraka, xotirjamlik hamisha bayramona kayfiyat tilaymiz.

Sizdek foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatayotganimizdan mamnunmiz! Oldinda sizni kutayotgan muammolarga hamisha yordam berishga tayyormiz.

Hurmat bilan: Telegram Help Uz jamoasi !

@tghelp_uz
Telegram Help UZ
Video
Bir necha kun oldin Plusning 8.0.0.0 versiyasida kanallarda surish orqali keyingi kanalga o'tish funksiyani kuzatgan edik.

Ammo ushbu xususiyatni yoqtirmaganlar uchun-
Yaqin orada Plusning 8.0.0.1 versiyasida ushbu xususiyatni o'chiradigan yangi mod (p2.48) qo'shiladi.

Yangilanishlarni kutib qoling.
@plusmsgr_uz

#yangilanish #mod
@tghelp_uz
Samsung One Ui 3.1 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish

Telefoningizni Android 11, One Ui 3.1 versiyasiga yangilaganingizdan bildirishnomalarda suzuvchi bildirishnomalar yangilanishi qo‘shilgan (rasmda namuna)

Suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish uchun telefon sozlamalarida
→ suzuvchi bildirishnomalar/плавающие уведомление deb izlang
→ o‘chirilgan/выключено bandini tanlab sozlamalarni tark eting. Tayyor. Batafsil postdagi videofaylda ko‘ring

Agar sizda Xiaomi(Mi/Redmi/Poco) telefoni bo‘lsa suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish qo‘llanmasi
👉 https://t.me/tghelp_uz/166?single

#notifications #suzuvchi #bildirishnoma

@tghelp_uz
Telegram 8.0.1 yangilanishlari:

Interaktiv emodjilar bosilganida chat ekranini qamrab oladigan animatsiya paydo bo'ladi. Bular 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈 va ❤️.

Plus Messenger 8.0.0.2 yangilanishlari:

• Ilovani yangilash uchun kelgan bildirishnomasini yashirish yoki faqat Wi-Fi orqali ulangan bo'lsa ko'rsatish uchun parametr qo'shildi. (P0.3)

• Chatda stiker orqali kutib olishni yashirish varianti qo'shildi.(P2.49)

• GIF yoki stiker yuborishdan oldin tasdiqlash varianti qo'shildi.(P2.50)

#telegram #plus #beta #yangilanish

@tghelp_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Plus Messenger 8.1.1.0 versiyasidagi yangiliklar

1-video Chat mavzulari:
Faqatgina shaxsiy chatlar uchun 8 ta (kunduzgi va kechgi) mavzudan birini tanlang. Suhbatda tanlangan mavzularni ikkala ishtirokchi ham ko'rishadi.

2-video Interaktiv emojilar:
Endi ba'zi jonlantirilgan emojilar bosilganida to'liq ekranli effektlarni hosil qiladi. Bu emojilar: 👍, 🎆, 🎉, 💩, 🎈 va ❤️. Suhbatda chat ochiq bo'lsa, effektlarni barcha ishtirokchilar ko'rishadi.

3-video Jonli translyatsiya va video chatlarni yozib olish:
Guruhingiz yoki kanalingizdagi jonli efirlardan video yoki audio yozib oling. Videoni yozib olishda uni Gorizontal yoki Vertikal ko'rinishga keltira olasiz va yozib olingan xabarlar "Saqlangan xabarlar"ga yuboriladi.

4-video Guruhda o'z xabarlaringizni kimlar o'qiganligini bilish:
50 a'zodan kam guruhlarda o'z xabaringizni bosib, kim o'qiganini bilib oling. Maxfiylikni himoya qilish maqsadida o'qilgan bildirishnomasi faqat xabar yuborilganidan keyin 7 kun davomida saqlanadi.

#yangilanish #beta

@tghelp_uz
Ko'pgina hollarda Telegram, Plus Messenger va boshqa norasmiy telegram ilovalari foydalanuvchilari tomonidan, ilovadan foydalanayotgan vaqtda internet 3G, 4G tezlikda ishlayotgani, ammo, norasmiy barcha messenjerlarda(Jumladan: Plus Messenger, Telegraph, Mobogram va h.k.) - "ulanmoqda...", "connecting...", "Ожидание сети..." degan yozuvlar chiqib, Plus Messenger va shu kabi norasmiy barcha messenjerlar "nega ishlamayapti?" degan savollar bilan yuzlanishadi.
Bunga esa aniq javob mavjud emas, chunki internet ishlamay qolishi sizning operator provayderingiz yoki Telegram serveriga bog'liq bo'lishi mumkin va siz buni o'zingiz aniqlay olasiz.
Sizga nima sababdan shunday holat yuzaga kelganini aniqlashda yordam beramiz.
1. Internet provayderingiz (Ucell, MobiUz, Beeline, Uzmobile, Humans) tufayli bo'layotganini aniqlash uchun fast.com ga kiring va tezlikni aniqlang. Agar internet tezligi 999Kbps, 999Kbit/s dan past bo'lsa, demak ayb internet provayderingizda;
2. Agar internet tezligi minimal 2Mbps, 2Mbp/s dan kam bo'lmasa, demak ayb Telegram serverida (Plus Messenger va shunga o'xshash boshqa messenjerlarda emas);

Eslatib o'tamiz! Plus Messenger va shu kabilar ishlamay qolishi har doyim ham o'zi sababli bo'lmaydi, sabablari yuqorida aytib o'tkanimizdek internet provayderingiz yoki Telegram serveriga bog'liq boladi. Plus Messenger Telegram serveriga uzviy bog'liq dastur hisoblanadi.

#telegram #plusMessenger #internet #server

@tghelp_uz
Barchaga Assalom Aleykum!
Bu – https://shrt247.com spam havola! Shu kabi web sahifadan kelayotgan yolg'on ma'lumotlarga chuv tushib qolmang! ”Sodda bo'lmang!”
Xattoki do'stlaringizga ham tarqatmang.
Xech qachon bunday narsalarga ishonmanglar. Bu kabi havolalar orqali millionlab telefon foydalanuvchilarning, telefondagi BARCHA ma'lumotlar o'g'irlanishi va telefonga virus tushishining katta xavfi bor!

Ichingizga vahima solish niyatimiz yo'q! Dostlaringizga tarqatgan bo'lsangiz darhol o'chirib tashlang.

OGOH BO'LING!
Firibgarlarning tuzog'iga ilinmang.

#spam #firibgarlik #telegram

@tghelp_uz
​​​​​​​​​​Diqqat qiling!!! Bu yerda @plusmsgrchatuz guruhida tez-tez beriladigan savollarga javoblar keltirib o'tilgan!!!


1. Telegram hisobimni qanday o'chiraman?—delete account/udalit akkaunt -> (bosing)
2. Telegram hisobni(akkauntni) o'chirishni video orqali o'rganish -> (bosing)
3. Bitta Messenjerda bir nechta akkaunt ishlatish -> (bosing)
4. Online va so'nggi faollikni yashirish/недавно -> (bosing)
5. Profil rasm(glavniy) ni yashirish -> (bosing)
6. Telegramdagi Telefon raqamni yashirish -> (bosing)
7. Rasm, video, gif kabilar avtomatik yuklansa(avtozagruskani), buni qanday to'xtatish mumkin? -> (bosing)
8. Arxiv haqida ma'lumot -> (bosing)
9. Arxiv yo'qolib qolsa, topish -> (bosing)
10. Ovozli xabarni sozlash -> (bosing)
11. Telegramda skrinshot ishlamayabdi, qanday to'g'rilash mumkin? -> (bosing)
12. Chat ro'yxatida Onlinelar birinchiga chiqib qolsa, (sort by status/по статусу bo'lib qolsa) buni to'g'rilash -> (bosing)
13. Rasm xira yuborilyabdi -> (bosing)
14. Guruhlarga qo‘shib qo‘yishyapti? -> (bosing)
15. Telefon va telegram soati har xil bo'lib qoldi? -> (bosing)
16. Sekinlik rejimi ya'ni медленный режим haqida tushuncha( Guruhlarda yozish uchun vaqt kutish kerakmi?) -> (bosing)
17. Yashirin chatlar haqida ma'lumot (qanday qilib chatlarni yashirish mumkin?) -> (bosing)
18. Seanslar haqida umumiy ma'lumot -> (bosing)
19. Spam haqida ma'lumot -> (bosing)
20. Plus Messenjeri Yon menyusini boshqarish -> (bosing)
21. Plus Messenjerining Jildlari haqida ma'lumot va ularni boshqarish -> (bosing)
22. Telegramda xabarni rejalashtirish -> (bosing)
23. So'rovnoma (poll/опрос) yuborishni o'rganish -> (bosing)
24. Tasdiqlanganlik belgisini olish( Guruh, kanal, bot larga rasmiylik maqomini beruvchi belgini qanday olish mumkin) -> (bosing) >>@verifybot<<
25. Plusdan xabar kelsa ovozi chiqmayabdi(faqatgina Redmi foydalanuvchilari uchun) -> (bosing)
26. Plusda matnlarni har xil shriftlar bilan yozish -> (bosing)
27. Oddiy guruh super guruhga avtomatik o'tib qoldi,nega? -> (bosing)
28. Guruhni superguruhga o'tkazish(ommaviy guruh qilish/username qo'yish) -> (bosing)
29. Plus Messenjerida arvoh rejimi ya'ni ghost mode nega yo'q? -> (bosing)
30. Telegramda proksidan foydalanish va ma'lumot(ma'lumot xabarni pastdagi tugmasida) -> (bosing)
31. Plus Messenjeridagi tezkor havolalar -> (bosing)
32. Sizni Telegramda ko'pchilik shaxsiy sahifangiz (lichkangiz) ga yozib bezovta qilyabdimi, yechim topildi! -> (bosing)
33. Video Qo'ng'iroq vaqtidagi muammolarni hal etish -> (bosing)
34. Yashirin chat 🆕 -> (bosing)
35. Guruhda Anonim botdan xabar kelyapti -> (bosing)
36. Telegradam'dagi cheklovlar -> (bosing) // limits.tginfo.me/uz
37. Telegramdagi yolg'on xabarlar -> (bosing)
38. Xabarni yashirin o'qish rejimi (o'qilmagandek ko'rsatish) -> (bosing)
39. Ovozli chat -> (bosing)
40. Maxfiy chat -> (bosing)
41. Superguruh va oddiy guruhning farqi -> (bosing)
42. Umumiy Xavfsizlik sozlamalari -> (bosing)
43. Shikoyat qilish -> (bosing)
44. Plus Messenjeri yaxshi ishlamayaptimi, uni hal qish -> (bosing)
45. Raqamingiz bloklandi deyaptimi? -> https://t.me/tghelp_uz/147

Ovoz berish http://t.me/tghelp_uz?boost
46. Shaxsiy guruhingizni ochirib tashlashni istasangiz -> (bosing)
47. Jildlar haqida qo'shimcha ma'lumot (bosing)
48. Flud (flood) bu nima? U haqidagi ma'lumotni olish uchun (bosing)
49. Plus Messenger xavfsizligiga kiritilgan yangi qo'shimcha sozlamalar (bosing)
50. Plus Messengerda suhbatdoshingizga yozilgan xabarni xohlagan tilingizga sinxron ravishda o'girgan holda unga yuborish (bosing)
51. Profillar o‘rnini tartiblash va onlayn bo‘lmasdan boshqa profilingizga kelgan habarlarni qisman o‘qish (bosing)
52. MiUi 12.5 dagi suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish (bosing)
53. Samsungda suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish (bosing)
54. Fayllar orasida Telegram jildi yo‘qolganida.. (bosing)

Bu ro'yxat kelgusida kengaytirilishi mumkin :)
​​📣 Agar kanal egasi (yaratuvchisi) o'z akkauntini o'chirib tashlagan bo'lsa, egalik boshqa administratorga o'tadimi?

Telegram'ning Twitter'dagi rasmiy akkauntida xabar berilishicha, Telegram kanal va guruhlarning egaligini boshqa administratorga o'tkazish bo'yicha yangi protokoldan foydalanishga o'tishini ta'kidlab o'tdi.

Unga ko'ra, agar kanal yoki guruh egasi o'z akkauntini o'chirib tashlasa, kanal yoki guruhga egalik qilish huquqi avtomatik tarzda boshqa administratorga o'tkaziladi.

Afsuski, kanal yoki guruh egasi ancha uzoq vaqt oldin o'z akkauntini o'chirib tashlagan bo'lsa, egalik qilish huquqi boshqa administratorga o'tmaydi.

Bu haqida aniq ma'lumotlar paydo bo'lganda, keyinchalik xabar beramiz


@tghelp_uz
TELEGRAMDA TA’QIQLANGAN PROFIL NOMI VA RASMI

Telegram profilingizga ta’qiqlangan rasm (Telegram yoki Saqlangan xabarlar profili rasmi) yoki ta’qiqlangan nomlardan birini (Telegram, Saved Messages/Избранное/Saqlangan xabarlar) yozsangiz, Telegram hisobingiz, uning raqami va @ foydalanuvchi nomi va mualliflik kanal/guruh/bot va uning @ havolalari Telegramda bloklanadi va bloklangan raqamga Telegram hisobi ochib, @ foydalanuvchi nomidan esa foydalanib bo‘lmaydi.

Odatda bloklangan raqam va havolalar 1-12 oyda blokdan ochiladi (tg://settings/privacy - faol bo‘lmaganda hisobni avtomatik o‘chirish belgilangan muddat bilan bog‘liq) (rasmda namuna).

Bloklangan raqam, @ foydalanuvchi nomi yoki mualliflik kanal/guruhini blokdan ochish uchun Telegramning elektron pochtasi - abuse@telegram.org va recovery@telegram.org ga rus yoki ingliz tilida xat yuboring (Blokdan ochilishi kafolatlanmaydi).

#info #malumot
@tghelp_uz
Nima deb o'ylaysiz shu narsalar sizga ham yoqimsiz tuyuladimi?

Telegram orqali yozishmalarda vaqt bo'lmay javob yoza olmasangiz "Alooo" - deb kimdir yozsa?

Yoki bo'lmasa telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtingizda tinmasdan band qilib qoysangiz ham orqama-ketin qo'ng'iroq qilsa, nima degan bo'lar edingiz?
🔎 Global qidiruv natijalarini olish uchun ajoyib #lifehack


Odatda, Global qidiruv eng yaxshi 3 natijani ko'rsatadi.

Topiladigan kanallar/guruhlarni ko'proq ko'rsatish uchun qidirilayotgan so'z oldiga "?" (so'roq belgisi)ni qo'yish kifoya

Ya'ni qidiruvga rasmda ko'rsatilgandek, avval so'roq belgisi, so'ng so'zni yozing. Masalan: ?kitoblar

Bu usul Krill alifbosida har doim ham foyda bermasligi mumkin, lekin, Lotin alifbosida, albatta foyda beradi.

Bu usul Android va Windows platformasi foydalanuvchilari uchun. iOS va macOS'da "Ko'proq ko'rsatish" tugmachasidan foydalanishingiz mumkin.

Shuni unutmangki, global qidiruv sizga maksimal 10 ta natijani taqdim etadi.


@tghelp_uz | #qidiruv