Telegram Help UZ
5.43K subscribers
90 photos
42 videos
2 files
121 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
​​Plus Messenjeri yangi havolalar orqali ba'zi sozlamalarga tezkor kirishni ta'minlaydi.

Mana ro'yxat:

Rasmiy Telegram-ni qo'llab-quvvatlash
tg://settings/faq: rasmiy Telegram FAQ
tg://settings/tgsupport: rasmiy Telegram-ni qo'llab-quvvatlash xizmati

Maxfiylik va xavfsizlik
tg://settings/privacy: umumiy Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalari
tg://settings/lastseen: Maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarining "So'nggi faollik" bo'limi
tg://settings/devices: joriy qayd hisobi kirgan qurilmalar ro'yxatini boshqarish

Ma'lumot va saqlash
tg://settings/storage: keshni sozlash va tozalash
tg://settings/data: Sozlamalarning Ma'lumot va xotira bo'limi

Jildlar
tg://settings/folders: Jildlarni sozlash
tg://settings/managetabs: Yorliqlarni boshqarish

Tarjima
tg://settings/translatelang: tarjima tilini o'zgartirish (p2.41)
tg://settings/translationprovider: tarjima provayderini o'zgartirish (p2.44)

Boshqalar
tg://settings/proxy: proksi sozlamalari
tg://settings/notifications: bildirishnomalar
tg://settings/themes: Chat sozlamalari
tg://settings/change_number: joriy hisob raqamining telefon raqamini o'zgartirish

Dialoglar
tg://settings/plusdetails (yoki shunchaki tg://plusdetails): Plus tafsilotlarini yuboring
tg://debugmenu: tuzatish menyusi‌‌
👍9
Arxivlash va sukut qilish

Sizning shaxsiy sahifangizga(lichkaga) o'tkan begona shaxsni siz avtomatik ravishda arxivga(ovozsiz rejimga) solib qoyishingiz mumkin va ular sizning shaxsiy sahifangiz qatorida mutlaqo ko'rinmaydi, arxivda yotaveradi, qachonki o'zingiz ularni arxivdan chiqarmaguningizcha va buni amalga oshirish uchun:

tg://settings/privacy >> Arxivlash va sukut qilishni yoqing!

Ushbu imkoniyat faqat foydalanuvchi chatida juda ko'p bezovta qilayotganlar uchun!!

Agar bu tugma sizda mavjud bo'lmasa bilingki sizga hali yetarlicha bezovta qilishmagan, yani shaxsiy chatingiz(lichkangiz)ga juda ko'p marotaba yozishmagan.
👍1157👏7👎5🕊5🔥4🎉4
​​​​​​​​​​Diqqat qiling!!! Bu yerda @plusmsgrchatuz guruhida tez-tez beriladigan savollarga javoblar keltirib o'tilgan!!!


1. Telegram hisobimni qanday o'chiraman?—delete account/udalit akkaunt -> (bosing)
2. Telegram hisobni(akkauntni) o'chirishni video orqali o'rganish -> (bosing)
3. Bitta Messenjerda bir nechta akkaunt ishlatish -> (bosing)
4. Online va so'nggi faollikni yashirish/недавно -> (bosing)
5. Profil rasm(glavniy) ni yashirish -> (bosing)
6. Telegramdagi Telefon raqamni yashirish -> (bosing)
7. Rasm, video, gif kabilar avtomatik yuklansa(avtozagruskani), buni qanday to'xtatish mumkin? -> (bosing)
8. Arxiv haqida ma'lumot -> (bosing)
9. Arxiv yo'qolib qolsa, topish -> (bosing)
10. Ovozli xabarni sozlash -> (bosing)
11. Telegramda skrinshot ishlamayabdi, qanday to'g'rilash mumkin? -> (bosing)
12. Chat ro'yxatida Onlinelar birinchiga chiqib qolsa, (sort by status/по статусу bo'lib qolsa) buni to'g'rilash -> (bosing)
13. Rasm xira yuborilyabdi -> (bosing)
14. Guruhlarga qo‘shib qo‘yishyapti? -> (bosing)
15. Telefon va telegram soati har xil bo'lib qoldi? -> (bosing)
16. Sekinlik rejimi ya'ni медленный режим haqida tushuncha( Guruhlarda yozish uchun vaqt kutish kerakmi?) -> (bosing)
17. Yashirin chatlar haqida ma'lumot (qanday qilib chatlarni yashirish mumkin?) -> (bosing)
18. Seanslar haqida umumiy ma'lumot -> (bosing)
19. Spam haqida ma'lumot -> (bosing)
20. Plus Messenjeri Yon menyusini boshqarish -> (bosing)
21. Plus Messenjerining Jildlari haqida ma'lumot va ularni boshqarish -> (bosing)
22. Telegramda xabarni rejalashtirish -> (bosing)
23. So'rovnoma (poll/опрос) yuborishni o'rganish -> (bosing)
24. Tasdiqlanganlik belgisini olish( Guruh, kanal, bot larga rasmiylik maqomini beruvchi belgini qanday olish mumkin) -> (bosing) >>@verifybot<<
25. Plusdan xabar kelsa ovozi chiqmayabdi(faqatgina Redmi foydalanuvchilari uchun) -> (bosing)
26. Plusda matnlarni har xil shriftlar bilan yozish -> (bosing)
27. Oddiy guruh super guruhga avtomatik o'tib qoldi,nega? -> (bosing)
28. Guruhni superguruhga o'tkazish(ommaviy guruh qilish/username qo'yish) -> (bosing)
29. Plus Messenjerida arvoh rejimi ya'ni ghost mode nega yo'q? -> (bosing)
30. Telegramda proksidan foydalanish va ma'lumot(ma'lumot xabarni pastdagi tugmasida) -> (bosing)
31. Plus Messenjeridagi tezkor havolalar -> (bosing)
32. Sizni Telegramda ko'pchilik shaxsiy sahifangiz (lichkangiz) ga yozib bezovta qilyabdimi, yechim topildi! -> (bosing)
33. Video Qo'ng'iroq vaqtidagi muammolarni hal etish -> (bosing)
34. Yashirin chat 🆕 -> (bosing)
35. Guruhda Anonim botdan xabar kelyapti -> (bosing)
36. Telegradam'dagi cheklovlar -> (bosing) // limits.tginfo.me/uz
37. Telegramdagi yolg'on xabarlar -> (bosing)
38. Xabarni yashirin o'qish rejimi (o'qilmagandek ko'rsatish) -> (bosing)
39. Ovozli chat -> (bosing)
40. Maxfiy chat -> (bosing)
41. Superguruh va oddiy guruhning farqi -> (bosing)
42. Umumiy Xavfsizlik sozlamalari -> (bosing)
43. Shikoyat qilish -> (bosing)
44. Plus Messenjeri yaxshi ishlamayaptimi, uni hal qish -> (bosing)
45. Raqamingiz bloklandi deyaptimi? -> (bosing)
👍45😱61
Bugun Telegramning yetti yilligi. 2013 yilda biz xavfsiz xabar almashishga yo'naltirilgan kichik ilova sifatida boshladik va shu vaqtdan boshlab 400Milliondan ortiq foydalanuvhilarga ega boldik. Endilikda Telegram eng ko'p yuklab olingan 10 ta dasturdan biri bo'lib, butun dunyo bo'ylab oila bilan aloqada bo'lish, sinfdoshlar bilan ishlash va hamkasblarni muvofiqlashtirish uchun ishlatiladi.

Biz bu bosqichga o'zimiz erisha olmadik - Telegram hech qachon reklama bermadi va har bir foydalanuvchi o'zlari ishongan kishining tavsiyasi tufayli ilovaga tashrif buyurdi. Kuchli printsiplar va sifat xususiyatlari o'zlari uchun ma'qul, va millionlab siz tingladingiz. Sizni ham eshitdik va Telegram-ni shunchaki xabarlar almashinuvi ilovasidan tashqari yanada ko'proq xususiyatlarni yaratishda davom etamiz. Bugun biz siz so'ragan birini - tez va xavfsiz video qo'ng'iroqlarni qo'shmoqdamiz.

"Telegram tomonidan aytilgan"

Davomi keyingi postda keltirilgan👇👇👇
👍10
Telegram Help UZ
Bugun Telegramning yetti yilligi. 2013 yilda biz xavfsiz xabar almashishga yo'naltirilgan kichik ilova sifatida boshladik va shu vaqtdan boshlab 400Milliondan ortiq foydalanuvhilarga ega boldik. Endilikda Telegram eng ko'p yuklab olingan 10 ta dasturdan biri…
Video qo'ng'iroqlar

2020 yilda yuzma-yuz muloqot qilish zarurligi ta'kidlandi va bizning videomuloqotlarning alfa versiyasi endi Android va iOS-da ham mavjud. Ovozli qo'ng'iroq paytida siz kontaktingizning profil sahifasidan video qo'ng'iroqni boshlashingiz va videoni xohlagan vaqtda yoqishingiz yoki o'chirishingiz mumkin. Telegram-dagi boshqa video tarkiblar singari, video qo'ng'iroqlar rasmda rasm rejimini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa ko'z bilan aloqa o'rnatishda chatlar va multitask orqali o'tishga imkon beradi.

Barcha video qo'ng'iroqlar uchidan oxirigacha shifrlash bilan himoyalangan. O'zingizning ulanishingizni tasdiqlash uchun siz va suhbatdoshingiz uchun ekranda ko'rsatilgan to'rtta emoji bilan taqqoslang - agar ular bir-biriga mos kelsa, sizning qo'ng'irog'ingiz 100% vaqt sinovidan o'tgan shifrlash bilan ta'minlangan, shuningdek Telegram-ning maxfiy suhbatlari va ovozli qo'ng'iroqlar-da ishlatilgan. Batafsil ma'lumotni ushbu sahifada topishingiz mumkin.

Bizning Android va iOS uchun mo'ljallangan dasturlarimiz qayta tiklanadigan tuzilishga ega, shuning uchun har kim shifrlashni tekshirishi va ularning ilovasi biz har yangilanishda e'lon qiladigan ochiq kodli kodni ishlatishini tasdiqlashi mumkin.

Video qo'ng'iroqlar kelgusi versiyalarda ko'proq xususiyatlar va yaxshilanishlarga ega bo'ladi, chunki biz kelgusi oylarda guruh video qo'ng'iroqlarini amalga oshirishga harakat qilamiz. Ammo bu yarim yillik uchun siz eng yaqin bo'lganlar bilan, ular boshqa xonada yoki boshqa qit'ada bo'ladimi, endi yakka-yakka dam olishingiz mumkin.

Ko‘proq jonlantirilgan kulgichlar

Bayramni nishonlash uchun biz yangi animatsion emotsiyalar to'plamini qo'shdik. Suhbatdoshlardan birini olish uchun bitta emoji bilan xabar yuboring.

Va bu funksiya hozirda Plus Messengerning 7.0.1.0 versiyasiga ham qoshildi.

Yangilanishlarni kuzatib boring!
👍7
❗️Plusning 7.0.1.0 versiyasidagi video qo'ng'iroqda ko'pchilikda uchrab turadigan muammolar:

1⃣RASM: Nega video qo'ng'iroq belgisi yoq?
Javob: hali ko'pchilikda plus versiyasi yangi emas yangilashni 👉play market👈 orqali amalga oshiring yoki maxfiylik va havfsizlik bo'limi orqali qo'ng'iroqqa taqiqlab qoyilgan bo'lishi mumkin
2⃣RASM: Nega video qo'ng'iroq vaqtida bizga faqat uzimizni tasvir ko'rinyabdi yoki audio eshitilmayabdi?
Javob: rasmda ko'rsatilgandek video tasvir va audio pleerga ruhsat berib qoying shunda do'stingiz sizni tasvirizni ko'ra oladi
3⃣RASM: Nega qo'ng'iroq qilganimda shunday deyabdi?
Javob: u foydalanuvchida qo'ng'iroq rejimi barchada yoniq lekin versiya eski bulgani uchun u odam bilan bog'lana olmaysiz
4⃣RASM: menda versiya yangi lekin do'stim menga qo'ng'iroq qila olmayabdi?
Javob: versiya yangi lekin qo'ng'iroq rejimi hammada yoki aynan usha odamda o'chiq bo'lganligi sababli. Yoqish uchun
> tg://settings/privacy
> Chaqiruvlar va rasmdagidek hammaga yoki faqat usha odamga ruhsat bering
👍35
​​Yashirin chatlar

Plus Messenjerida Chatlarni yashirish funksiyasi mavjud bo'lib siz bu funksiya orqali chatlar(kanal,guruh,bot,shaxsiy suhbatlar)ni yashirib qo'yishingiz mumkin.

Chatlarni yashirishdan oldin, Yashirin chat sozlamalarini ko'rib chiqishni maslahat beraman. Chunki boshqarishni bilmasangiz, hech nimani tushunmaysiz.


Yashirin chatni boshqarish

P6.2 - Yashirin chatlarni yoqish: Bu funksiyani yoqish orqali siz chatlarni yashirishingiz mumkin bo'ladi.

P6.3 - Yashirin chat ikonchasini Bosh sahifada ko'rsatish: Bu funksiyani yoqish orqali yashirin chatlarni Bosh sahifadan osongina topa olasiz.

P6.4 - Kirish kodini almashtirish: Yashirin chatlarga kirish uchun parol o'rnatish. Yoki parol avvaldan mavjud bo'lsa uni o'zgartirish.

P6.5 - Yashirin chatda Yorliqlarni yashirish: Yashirin chatlar sahifasida yorliqlar/jildlar ni ko'rsatmaslik.

P6.6 - Barmoq izi bilan blokdan chiqarish: Telefoningizda barmoq izi skaneri mavjud bo'lsa va siz barmoq izi o'rnatgan bo'lsangiz bu funksiyani yoqish orqali Yashirin chatlarni nafaqat parol bilan, balki Barmoq izi bilan ham ochishingiz mumkin.

P6.7 - Yashirin chatlarni parolsiz ochish: Bu funksiyani yoqish orqali Yashirin chatlarni parolsiz ochishingiz mumkin

P6.8 - Qidiruvda Yashirin chatlarni ko'rsatish: Biror yangi kanal guruh qidirganingizda Yashirin suhbatga qo'shgan chatlarni ham ko'rsatadi. Shaxsan bu funksiyani yoqishni maslahat bermayman

Maslahat: Bu funksiyalar orqali Yashirin chatni sozlab oling va shundan keyin chatni yashiring


Chatlarni yashirish

1. P6.2 ni yoqing(Yoniq bo'lsa tegmang)
2. Chatni tanlang (bosib turish orqali)
3. Burchakda joylashgan 3 nuqtani bosing [ ⠇]
4. Yashirishni bosing


Yashirin chatni ko'rsatish:

1. Chatni tanlang
2. Burchakdagi 3 nuqtani bosing[ ⠇]
3. Ko'rsatishni bosing


Yashirin Chatlarni topish.

1. Qidiruv ikonchasini bosib turing.
2. Parol qo'ygan bo'lsangiz shuni kiriting.
3. Bo'ldi shu yashirin chat:)

Agar P6.3(Yashirin chat ikonchasini bosh sahifada ko'rsatish) ni yoqqan bo'lsangiz, Yashirin chatlarni topish uchun shu ikonchani bosing.


Parolni unutib qo'ysangizchi???

Agar siz Yashirin chatlarga qo'ygan parolni unutib qo'ysangiz, Plus ilovasini o'chirib qaytadan o'rnating(ustanovka qiling). Faylda yo'q bo'lsa Play Marketdan yuklang. O'rnatganingizdan keyin Yashirin chatlar funksiyasi o'chib, Uni ichidagi suhbatlar tashqariga, oddiy suhbat qatoriga qo'shilib qolgan bo'ladi.

⚠️ Eslatma: Agar siz bu akkauntingizdan boshqa qurilma orqali kirsangiz yoki Akkauntizga kimdir ulangan bo'lsa unga yashirgan chatlaringiz yashiringandek ko'rinmaydi.
👍858🤩43👎2🔥1😱1
Tarjima:

Yangi chatlar yashirilsinmi?
Siz ko'p miqdorda sizning Kontaktingiz ro'yxatida bo'lmagan odamlardan habarlar qabul qilyapsiz. Shu kabi chatlardan kelgan habarlarni avtomatik ravishda ovozsiz va arxivlanishini hohlaysizmi?

Esingizda bo'lsa biz sizga bu ma'lumotni dastavval yetkazgan edik va ma'lumot o'rnida bu kabi chatlar ba'zi bir foydalanuvchilarda chiqmayotgan edi.

Sababi:
Agar Telegram sizda kontaktingiz ro'yxatida bo'lmagan odamlardan yetarli darajada habarlar kelayotganini sezgan bo'lsa, Telegram sizga huddi shunday (rasmda korsatilgandek) fuksiyani taqdim etadi, ya'ni sizga (qopol qilib aytganda) kuniga 4-5 tadan kam bo'lmagan begona odamlar yozayotgan bo'lishi kerak.

Eslatma!
Bu funksiya Plus Messenger va Telegramning 6.3.0 versiyasida paydo bo'ldi, yani sizning Telegram yoki Plusingiz 6.3.0 va undan baland versiyalarda o'z tasirini ko'rsatadi
👍6
Ko'pchilikka ma'lumki Telegram 7.1.3 versiyaga yangilandi va Plus Messenger ham tez orada 7.1.3.0 versiyaga yangilanadi va siz uni bemalol Play Market orqali yuklab olish imkoniga ega bolasiz. Yangiliklarda qanday xususiyatlar qo'shilganligini video-lavhalar orqali bilib olishingiz mumkin:
1. Guruhda profil rasmi(avatarni) ustiga bosib turing va kerakli bo'limni tanlab ishingizni tez va ossonlashtiring (oddiy guruh a'zosi uchun ba'zi birlari ko'rinadi);
2. Akkauntlaringizni turar joyini o'zingiz hohlagan ketma-ketlikda joylashtirish imkoniyati va bazi bir animatsayalar qoshildi;
3. Anonim admin tayinlash- bu huquqni faqatgina guruhni yaratgan shaxs bera oladi. Bunda siz o'zingizni va boshqa adminni guruh a'zolari ro'yxatidan berkitgan holda, guruh nomidan yozish imkoniyatini beradi. Versiya eskilarda @GroupAnonymousBot orqali ko'rinadi;
4. Global qidiruv- hohlagan sanani yozgan holda, shu kunga tegishli bo'lgan barcha mediafayllarni topish imkoniyati;

Plus Messenger yangilanishini @plusmsgr_uz da kuzating.
👍4🕊1
Kanal, gruppa yoki oddiy kontaktlaringizni arxivga qoysangiz ham arxivda ham asosiy chatda ham turib qolishini oldini olish usuli!

1- rasm:
tg://settings/folders ga kirasiz usha aynan qaysi papkadagi arxivdagilar ko'rinyabti shu joydagi 3 nuqtani bosib va tahrirlash/изменить bosiladi

2-rasm:
U joydagi rasmda ko'rsatilgan joyni bosiladi

3-rasm:
Keyin arxivlanganlarni tanlaysiz va sizning muammoyingiz hal bulgan buladi

Plus messenger support uz adminstrations

#arxiv
👍6
Agarda guruhingizda xabarlarni sizni nomingizdan "Guruh nomi" yuborayotgan bo'lsa - Sizning adminlik huquqlaringizda anonimlik yoqilib qolgan.

• Tuzatish yo'li
→ Guruh egasi bo'lsangiz - Telegramning yoki Plus Messenger ning yangi versiyasini yuklab oling, so'ng guruh sozlamalariga o'tib "Administratorlar" bo'limidan o'zingizni topib "Anonim yuborish" funksiyasini o'chirib qo'ying.
→ Oddiy admin bo'lsangiz - guruh egasi yoki sizni admin qilgan boshqa admindan "Administratorlar" bo'limidan sizni topib "Anonim yuborish" funksiyasini o'chirib qo'yishini so'rang.
🔥3
Plusning yangi 7.1.3.2 versiyasidagi quyidagicha yangiliklar


1-va 2-rasmlarda Helloween bayramiga bag'ishlangan emodji va ikonkalar (yaqin orada bazi animatsion emodjilar ovozli kurinishda bo'lishi kutilmoqda)

3-rasm Endilikda faqat kontaktlar va sevimlilar uchun "yozmoqda.." bildirishnomasini yoqish imkoniyati (
https://t.me/plusmods/p5.10 )

4- rasm Telegram tomonidan yangilangan endilikda 50 a'zodan yuqori barcha kanallarda statistika olish imkoniyati

5-rasm Jildlardagi faqatgina global papkalar belgilari uzgartirish imkoniyati


@plusmsgr_uz
@tghelp_uz
Plusda qo'shilgan yangiliklar va hali ommaga taqdim etilmagan sinovda bo'lgan yangiliklar haqida

🎧1-rasm Endiliklar bir necha musiqiy treyk va fayllarni pleylist sifatida yuborish mumkin ularni har birini tahrirlamoqchi bulsangiz rasmdagi tahrirlash belgisini bosasiz

📌2-rasm Har qanday suhbatda bir nechta xabarlarni qadash va qadalgan xabarlarni alohida sahifada ko'rish uchun qulaylik

📋3-rasm (sinovda) Guruh oxirgi amallardagi har bir malumotlarni aniq vaqt bilan ko'rish imkoniyati
https://t.me/plusmods/p2.42

🗑4-rasm (sinovda) Xabar o'chirilganda "Xabar o'chirib tashlandi" bildirishnomasini yashirish imkoniyati
https://t.me/plusmods/p2.43

@tghelp_uz
👍3
Telegram cheklovlari

Telegram, boshqa har qanday xizmat singari, foydalanuvchilarning foydalanish halolligini ta'minlash uchun cheklovlardan foydalanadi.
Ushbu *maqolada* hozirda ma'lum bo'lgan Telegram cheklovlari va doimiy ravishda yangilanib turadi.‌‌
👍8
​​Telegram'da "fake" ya'ni "yolg'on" xabarlarni tarqatmang

Telegram yaratilganiga 7 yildan oshdi. Rasman Android uchun Telegram 2013-yil avgust oyida ommaga taqdim etilgan edi. Hozirda ko'p foydalanuvchilar aynan Telegram messenjerini tanlashadi. Chunki amalda eng xavfsiz messenjer aynan shu. Telegram shu kungacha ko'plab katta qallobliklarga barham berdi. Lekin, kichik qallobliklarni tarqatish holatlari uchrab turibdi. Bunga misol qilib, keltirishimiz bo'lgan xabarlar talaygina.

Misol uchun: "Bu xabarni ... do'stingizga yuboring, evaziga .... olasiz." --- va aynan shunga o'xshash xabarlar "fake"(feyk - inglizcha "yolg'on")

Yoki

"Bir bot chiqibdi u sizga turli xil topshiriqlar berib, bajarishingiz evaziga pul to'lar ekan. O'zim sinadim rostdan ham to'lar ekan. Shu referal ssilka orqali botga o'tib pul ishlashni boshlang" shu va shu kabi xabarlarga deyarli har kuni duch kelasiz: "Bugun Ucell, UzMobile, Beeline mobil operatorlarida aksiya bo'lib o'tmoqda. Bu xabarni ... kishiga yuboring va evaziga 90000 GB olasiz. *999# orqali tekshiring" yoki "Ushbu (olma smayliklari) ni ... kishiga yuboring. Birozdan so'ng bular rangi o'zgarib o'rtasida ismingiz chiqadi" shu va shu kabi "tarqating" "do'stlaringizga tarqating" "guruhlarga tarqating" xabarlariga ishonib va ularni tarqatishingizni tavsiya qilmaymiz. Chunki bu xabarlar YOLG'ON. Biz bu postni tanishlaringizga tarqating demaymiz)) Shunchaki o'zingiz uchun bilib olib, shu kabi fake (feyk) xabarlarni tarqatmasligingizni istagan bo'lardik.

@tghelp_uz
👍12
ILOVA KESHNI 0 DARAJADA TOZALAMAYDI

Rasmiy Telegram dasturida 7.2 versiyada xatolik vujudga keldi: dastur keshini tozalaganda, kesh tozalangan deb yoziladi, ammo foydalanuvchi ma'lumotlari qurilmada juda ko'p joy egallashi mumkin (ba'zan bir necha gigabayt).
Plus Messenger dasturida rasmiy Telegram dasturining manba kodidan foydalanadi, shuning uchun Plus v7.2.x.x da bu xato mavjud. Plus Messenger v7.2.x.x-da foydalanuvchi ma'lumotlarini nolga (yoki nolga yaqin) tozalashning imkoni yo'q.
Iltimos, yangi rasmiy dastur versiyasini kuting (UNIVERSAL, beta versiyasi emas!). Ushbu xato yaqinda tuzatiladi deb umid qilamiz.
👍8