Telegram Help UZ
5.44K subscribers
90 photos
42 videos
2 files
121 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
Plus Messengerning keyingi yangilanishida bizni nimalar kutmoqda?

1. Suhbatni o'qish uchun surishda klaviaturani yashirish imkoniyati: (P2.51)
Endi suhbat vaqtida yuqoridagi xabarlarni o'qish istagida bo'lganingizda klaviaturani yopish uchun orqaga qaytish shart emas.

📥 2. Keyingi audioni avtomatik yuklab olishni o'chirish imkoniyati: (P2.52)
Endi musiqalarni tinglashda boshqa musiqa fayllarni avtomatik yuklashini taqiqlay olasiz.

🎶 3. Agar musiqa davomiyligi 10 daqiqadan kam bo'lsa, musiqa tezligini o'zgartirishni yoqish imkoniyati.
Endi qisqa musiqalar uchun tezlik o'zgartirish imkoniyati.

📝 4. Xabarni rejalashtirish bo'limida hafta kuni haqida ma'lumotni ko'rsatish.
Endi xabarlarni rejalashtirish qulayligi uchun hafta kunini aniqlash.

🤖 5. Xabarni "Manbasiz uzatish"da via bot yozuvi olib tashlanadi.
Bot orqali qilingan postlarni manbasiz uzatishda "bot orqali" yozuvini olib tashlandi.

#yangilanish #beta
@tghelp_uz
👍14🔥42😱21👎1😁1
Oʻzbekistonda Telegram bilan uzilishlar kuzatildi

Telegram, YouTube, LinkedIn, Instagram, Facebook, «Moy mir», «Odnoklassniki» tarmoqlari 2021-yil 3-noyabrda bloklandi.

“Oʻzkomnazorat” ushbu tarmoqlarni «Shaxsga doir maʼlumotlar subʼektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri»ga kiritgan.


Agar Sizda ham Telegram messenjeringiz ishlashida cheklovlar mavjud bo'lsa Proksi o'rnatishni maslahat beramiz.

@tghelp_uz
👍12😱4🔥1
TELEGRAM JILDINING YO‘QOLIB QOLISHI

♻️ Telegram ilovasi 8.2 versiyasiga yangilanganidan so‘ng, ilovaning rasmiy va barcha norasmiy mijozlari jumladan Plus Messengerida ham Fayllar orasida Telegram jildi yo‘qolib qolishi muammosi kuzatildi.

Telegramda yuklangan mediafayllar saqlanadigan jild butkul yo‘qotilmadi, aksincha jildning joylashuv o‘rni vaqtinchalik quyidagicha o‘zgartirildi:
🗂 Mening fayllarim ilovasi
📁Android
📁data
📁org...telegram...plus
📁files jildi (cache emas ).
(Batafsil videoda)


❗️Android 11 foydalanuvchilari esa qurilmaning “🗂Mening fayllarim” ilovasidan Telegram jildiga kira olmaydi, buning uchun quyidagi havola orqali Pley marketdan 📂Fayllar” ilovasini yuklab o‘rnatish zarur.
📂Fayllar ilovasini yuklash uchun havola:
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.marc.files

#Telegram_jildi #fayllar

@tghelp_uz
👍50🔥10🎉1
Forwarded from Kamoliddin Uktamov
Barchaga salom!
Xozirda ko'pchilikda Telegramni yangilash bo'yicha yuzaga kelayotgan muammolar kuzatilyapdi, “Please update your app to the latest version...” shunga oxshash. Foydalanuvchilardan iltimos, agar Telegram ishlatsangiz uni 1 rasmda korsatilgan versiyaga yangilang. Plus Messenger ni esa 2rasmda ko'rsatilgan versiyaga yangilang.

Rasmlarda:
1. Telegram xozirda 8.2.7 versiyada, telegram versiyasini siz uning sozlamar sahifasiga o'tasiz, versiyasi ohirgi sahifasi tagida yozilgan bo'ladi.

2. Plus Messengerda versiyangizni tekshirib koring, agar eski bo'lsa uni 8.2.3.0 versiyaga yangilang.

Guruh bazi bir muddatga yopilib turadi, bir xil savollar qaytarilmasligi uchun!
👍183🎉3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chaqiruv orqali hisobga kirishning yangi usullari

Bugundan boshlab ayrim mobil qurilmalarda Telegramdan SMS orqali kodlarni olish oʻrniga login chaqiruvini qabul qilish va chaqiruv qilgan telefon raqamining bir nechta raqamini kiritish imkoniyati taklif qilinadi.

Bu deganiki endi kodlarni o'rniga faqat sizga telefon qilgan raqamning oxirgi 5 tasi kod vazifasida qo'llaniladi.

Unutmang! Hisobga kirishdagi chaqiruvlar yoki sms kodlar bo'yicha muammoni faqat Telegram jamoasidan so'rab olasiz. Plusning bunga mutlaqo daxli yoq

@tghelp_uz
👍46🎉6😁5🔥4😱21👏1🤩1
Plus Messengerning keyingi yangilanishida bizni nimalar kutmoqda?

1. Himoyalangan kontent.
Ushbu funksiya shaxsiy kanal va guruhlarimizning a'zolari postlarni uzatish, rasmga olish va nusxalashni cheklaydi.(sinov kanali https://t.me/+AfbvXsXoAY83MzYy)

2. Sana bo'yicha o'chirish.
Ushbu funksiya faqat shaxsiy chatlardagi sanalar ustiga bosilganida taqvimdagi kunlarni belgilab turib, shu kunlardagi chat ro'yxatini butkul o'chirishni taminlaydi.

3. Qurilmalar boshqaruvi.
Ushbu funksiya Faol seansda QR-kod orqali Desktop va web-versiyalariga tezkor ulanishni ta'minlaydi. Shuningdek boshqa seanslarni bosish orqali ularda maxfiy chatlar va qo'ng'iroqlarga ruxsat berilishini boshqarish mumkin.

4. Guruhlarda kanal nomlaridan postlar.
Barcha ommaviy va muhokama guruhlarida siz ega bo'lgan kanallar nomidan xabar yozish imkoniyati.

5. Suhbatda stiker hajmini o'zgartirish.
Ushbu funksiya suhbatlarda barcha stiker yoki animatsion smayllarning hajmini o'zgartirish imkonini beradi.(P2.53)

#yangilanish #beta
@tghelp_uz
👍16🔥4👎1🎉1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegram, Plus Messenger va boshqa norasmiy ilovalarda ommaviy guruhlardagi kanal nomidan postlar paydo bo'la boshladi.

Bu funksiya qanday ishlaydi?
Telegram yoki Plus ilovangizni 8.3 versiyaga yangilang. Ommaviy guruhlarda kiring va pastda xabar yozish chetida avataringizni bosing. Ommaviy kanalingizdan birini tanlang.

Plus 8.3 versiyasiga qanday o'taman?
Yangi versiya Play marketda juda sekin chiqadi va aniq chiqish vaqti nomalum. Shu sababli AppCenter sayti orqali yuklab oling.

O'z guruhimdan buni qanday taqiqlayman?
Hozirda Telegram bu funksiyani guruhdan taqiqlovchi sozlama chiqargani yoq. Lekin buni rosebot yoki shu xususiyati bor botlar orqali bajara olasiz. Qanday? - rosebotni guruhingizga kirgizib admin qiling va guruhga /lock anonchannel buyrug'ini yuboring.

Bu funksiyani o'zimdan qanday o'chiraman?
Hozirda faqat Plus Messengerda buni o'chirish imkoni bor. Qanday?- Plus Sozlamalariga kiring > Xabarlar > Yuboruvchi tanlashini yashirish (P2.54) funksiyasini yoqing.

@tghelp_uz
👍14🔥3🎉1
Play Store (Play Market) cheklovlari tufayli Plus Messenger versiyasi bo'yicha Android 11+ da barcha fayllarga kirishga taqiqlangan (ko'rinmas holatga kelgan).

Agar siz ilovaning Asosiy jildining avvalgidek koʻrinishini xohlasangiz yoki Telegram uchun mavzular yoki Plus mavzular ilovasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, ushbu va kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan boshqa cheklovlarni bartaraf etish uchun Appcenter’dan Plus Messenger ilovasini yangilashingizni tavsiya qilamiz. Shundagina, siz yangilanishlarni tezroq olasiz va uni siz shu yerdan yuklab olishingiz mumkin:
https://install.appcenter.ms/users/rafalense-70ux/apps/plus-release/distribution_groups/public
👍13🔥3
Telegram serverida malumotlar almashish tezligi pasaydi (vaqtinchalik)

10:42 – Proksi serverlardan foydalanishingizni maslahat beramiz

10:48 – Proksi serverlardan foydalanish samara berayotgani yoq

10:50 – Telegramda bazi bir muammolar sodir bolganligi tufayli habarlar ketishi sekin, havolalar orqali boshqa sahifaga o'tishdagi muammolar undan tashqari botlar ishlashi ham sust bolishiga olib keldi. Tez orada(aniq vaqti noma'lum) barchasi o'z holiga qaytadi.

11:10 – Telegram o'zining stabil ishlash holatiga qaytdi! Ma'lumotlar almashish tezligi tobora yaxshilanib bormoqda.

#server #telegram #proxy

@tghelp_uz
👍20🔥1
Plus Messengerning O'zbek tilidagi rasmiy sahifalari:

- @plusmsgrchatuz qo'llab-quvvatlash guruhi
- @plusmsgr_uz yangilanishlar uchun rasmiy kanal
- @OffTopicPlusChatUz mavzudan tashqari guruh

Shuningdek biz O'zbek foydalanuvchilari uchun Memes(xazillar) kanalini yaratdik.
@plusuzmemes
👍12😁4😱21
TgStat botda yangicha dizayn

@TgStat_bot o'zining kanallar uchun 2021-yil yakunlarining yangi ko'rinishdagi statistika yuborishni boshladi.

Statistikasi aniqlik va ishonchligi bilan ommabop bo'lgan TGStat.com juda ko'plab kanal egalarini hushnud qilmoqda.

Statistika olish uchun botga kanal havolasidan oldin "2021" yozuvini qo'yib yuborish kerak.

#statistika
@tghelp_uz
👍143🤩3🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qor animatsiyasi va xabarni yashirish

Plus Messenger'ining Beta versiyasida xabarlarni yashirish (spoiler matn) funksiyasi qo'shildi. Bu funksiyaning afzalligi quyidagi postda.

Plus Messenger'ining Beta versiyasida siz chatda qor animatsiyasini ko‘rishingiz mumkin. (Shuningdek, bu ikki funksiya Telegram'ning Beta versiyasida ham mavjud)

Uni messenjer sozlamalarining debug menyusi
(tg://debugmenu)da
yoqish/o'chirish mumkin.

Telegram'ning Beta versiyasini Beta Info kanalidan yuklab olishingiz mumkin, shuningdek, AppCenterdan ham yuklab olish imkoniyatiga egasiz.

Plus Messenger'ning Beta versiyasini esa ushbu havola orqali o'rnatishingiz mumkin.

@tghelp_uz
👍5213🎉6🤩5🔥4
🔁Plusning keyingi yangilanishlarida

Yashirin xabarlar
- Xabarlarni yashirish barcha chatlarda ishlatilib chat ro'yxatida yashirin tarzda va ovozsiz xabar yuborish uchun ishlaydi. Xabarni yashirish uchun: bosib turib, tepadagi 3 nuqtani bosing.

Xabar tarjimoni
- Telegramda ham guruhlarda 2-tomon xabarlarini tarjima qilish qo'shildi. Plusning tarjimasi barcha chatlarda ishlaydi shuning uchun guruhda tarjima qilish tugmasi 2 bo'ladi.(Plus tarjimasini o'chirish> menyu elementlarida tarjima qilishni o'chira olasiz)

Xabar reaksiyalari
- Xabar reaksiyalarini yaratish uchun xabar ustiga bir marta bosing. Guruh va kanal uchun administratorlar Chat haqida maʼlumot > Tahrirlash > Reaksiyalar orqali oʻz chatlarida reaksiyalarni yoqishlari mumkin.

QR kodlar
- Faqat foydalanuvchi nomi bo'lgan profillarni tezkor ulashish uchun biz endi QR kodlardan foydalana olamiz.

Shuningdek: Kanal postlarida TelegramX kabi ulashishlar aniqligi va barcha chatlarda ovozsiz yuborish varianti qo'shildi.

#yangilanish #beta
@tghelp_uz
👍14238🔥30🎉22🤩13😁12😢12😱7