Telegram Help UZ
5.44K subscribers
90 photos
42 videos
2 files
121 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiy guruhingizni butunlay o'chirib tashlashni istasangiz shunday ketma-ketlikda bajaring va guruhingiz butunlay o'chib ketadi

#PlusMessenger
@tghelp_uz
👍122👏2👻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗂 Jildlar haqida ma'lumot va video-lavha 🎞

Shaxsiy xabarlar, guruhlar, kanallar va botlar aralashib ketgan bo'lsa, unlarni alohida qilish uchun: tg://settings/folders <- bosib kiring va kerakli jildni qo'shing. Yanada tushunarli bo'lishi uchun videoni ko'ring!

Plus Messenger foydalanuvchilari esa:
‼️Agar jildlarni qo'shgan bo'lsangiz ham jildlar chiqmayotgan bo'lsa, https://t.me/plusmods/p1.0 <- bosib kiring va p1.0 modni o'chirib qo'ying.

"Jildlar haqida" batafsil ma'lumotlar

@tghelp_uz #jildlar #folders
👍15
Telegram 7.8.0 versiyaga yangilandi

Guruhli video chaqiruvlar va animatsiyali fonlar

📺 Guruhli video chaqiruvlar

• Istalgan guruhdagi ovozli chatlardan videokonferensiyalarni boshlang.
• Ekraningizni yoki kamerangiz videosini 30 tagacha ishtirokchiga (limit tez orada oshiriladi) ulashing.
• Cheklanmagan sondagi ishtirokchilar bilan videosiz suhbatlashing.
• Siz administratori hisoblangan istalgan guruh profilidagi ⋮ menyusidan ovozli chatlarni yarating.
• Guruhli video chaqiruvlar barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va noutbuklarda qoʻllab-quvvatlanadi.

🅰️ Animatsiyali fonlar

• Chatlar uchun animatsiyali fonlarni kutib oling – xabar almashinuv ilovasida birinchi marta! Bu bir nechta rangli gradiyent fonlar algoritmik hosil qilinadi va har safar xabar yuborganingizda chiroyli harakatlanadi.
• Chat sozlamalarida ranglarning takrorlanmas uygʻunligini tanlash va oʻnlab naqshlardan istalganini tatbiq etish orqali oʻz fonlaringizni yarating.
• Animatsiyali fonlaringizni tanishlar va oilangizni xabarlashish taassurotining yangi darajasiga koʻtarish uchun ularga ulashing.
• Chat sozlamalari > Fonni oʻzgartirish ruknida oʻnlab yangi ajoyib animatsiyali fonlar orasidan tanlang.

📨 Xabar yuborish animatsiyalari
• Xabarlarni yaxshilangan animatsiyalar bilan yuboring – stikerlar va animatsiyali emojilar chatga stiker panelidan uchib keladi.

🔐 2 bosqichli tekshiruv eslatmalari

• Endi har safar 2 bosqichli tekshiruv parolingiz oʻzgartirilganida Telegramdan bildirishnoma olasiz.

Bu yangilanish haqida batafsil:
https://telegram.org/blog/group-video-calls/uz
👍1
Plus Messengeri xavfsizlik sozlamalariga qo‘shimchalar kiritildi:

Endilikda siz:
• Profil rasmingizni Hech kimga ko‘rinmaydigan qilishingiz mumkin.
Buning uchun:
tg://settings/privacy
→ Profil rasmlari
→ Hech kim (yangi)


• Sizni guruhlarga Hech kim qo‘sha olmaydigan qilishingiz mumkin.
Buning uchun:
tg://settings/privacy
→ Guruhlar
→ Hech kim (yangi)


Ulaning va ulashing - @TGHelp_Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plus Messenger 7.8.0.2 versiyasida yangilanish:

Versiyani tekshirib ko'rish

https://t.me/plusmods/p2.46
P2.46 - yoqganingizdan so'ng, sizda sinxron tarjima qilish funksiyasi paydo bo'ladi.
Agar sizda P2.46 mavjud bo'lmasa unda Play Market orqali dasturni yangilang

Undan foydalana olish uchun esa shuncha kerakli habarni adabiy tilda(shevada emas) yozganingizdan so'ng, yuborish tugmachasini bosib turasiz va agar siz sinxron Tarjima qilishda boshqa tilga o'tkazmoqchi bo'lsangiz, unda Tarjima qilish tugmasini bosib turasiz va kerakli tilni tanlaysiz.

Oddiy so'zlar orqali tushunmaydiganlar uchun esa, maxsus videorolik tayyorlandi! Marhamat!

#tarjima #PlusMessenger

Ulaning va ulashing - @tghelp_uz
👍41
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda va uning norasmiy mijozlari (masalan Plus Messenger)da profillar o‘rnini tartiblash va onlayn bo‘lmasdan boshqa profilingizga kelgan habarlarni qisman o‘qish mumkin.

• Profillaringiz o‘rnini o‘zgartirish uchun tanlangan profil ustiga bosib turing va tepaga hamda pasga ↑/↓ suring.

• Boshqa profilingizga kelgan habarni onlayn bo‘lmasdan qisman o‘qish uchun profil ustiga bosib turing. Profilingiz ko‘ringanida so‘ngi faolligingiz o‘zingizga ham ko‘rinadi.


Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

#tartib #profil #yonmenyu

Ulaning va ulashing - @tghelp_uz
👍7
Plus Messengeri v7.8.1.0 da yangiliklar:
Yuboriluvchi habar animatsiyasi
Sozlamalardagi yangi bildirishnomalar 2FA parolini eslab qolishingizga yordam beradi.
• Agar siz o'z hisobingizga kirgan bo'lsangiz, ma'lumotlarni yo'qotmasdan 2FA parolini o‘chirish yoki o'zgartirishingiz mumkin (parol unutilgan va elektron pochtaga ulanmagan taqdirda)
2FA paroli ariza yuborilgandan keyin 7 kun o'tgach o‘chiriladi va shu vaqt ichida siz parolni o‘chirishni bekor qilishingiz mumkin.
• Chatdagi bir nechta habarlarni tanlash uchun qulaylik.
• Ilovaga kirish kodini terishda yangilangan animatsiya.
• Videohabarlarda zoom
• Videochatda ekranni uzatishda ovozni qo‘llab quvvatlash va boshqalar.

Ulaning va ulashing - @tghelp_uz
👍4
MiUi 12.5 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish

Telefoningizni MiUi 12.5 Android 11 versiyasiga yangilaganingizdan so‘ng, ekranda qalqib chiquvchi bildirishnomalarni (rasm) Play Маркет'dagi Запуск activity ilovasi yordamida o‘chirishingiz mumkin (o‘chirish uchun qo‘llanma yuqoridagi videoda)

Запуск activity ilovasini quyidagi havola orqali Play Маркет'dan yoki ushbu post ostidagi fayldan o‘rnatishingiz mumkin

Play Маркет'dan yuklash uchun havola: https://play.google.com/store/apps/details?id=de.szalkowski.activitylauncher&hl=ru&gl=US

Kanalimizdagi faylni yuklash uchun havola: https://t.me/tghelp_uz/167

Agar sizda Samsung telefoni bo‘lsa, suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish haqida qo‘llanma:
👉 https://t.me/tghelp_uz/174?single
#notifications #suzuvchi #bildirishnoma

@tghelp_uz
👍8
base.apk
179.9 KB
MiUi 12.5 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish uchun Запуск activity ilovasi
Telegramning 8.0 versiyasida kutilyotgan yangilanishlar

• Kanalni o'qib bo'lgach, qo'shimcha surish keyingi o'qilmagan kanalni ochadi. Hozircha bu funksiyaga qanday nom berilishi noma'lum.
• Stiker tanlash oynasida ommabop to'plamlar.
• Xabar uzatish amalga oshganida ham muallifsiz yuborish imkoniyati.

Eslatma: yangilanishlar Telegramga paydo bo'lgach Plusga ham tez orada kuzatishimiz mumkin.

#telegram #yangilanish
@tghelp_uz
👍31👎1
Mustaqil O‘zbekiston 30 yoshda!

Hurmatli vatandoshlar!
Sizlarni buyuk ayyom – O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyoti ,farovonligi yo'lida amalga oshirayotgan ezgu sa'y-harakatlaringizda, sharafli va mas'uliyatli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar, mustahkam sog'lik, xonadoningizga fayzu-baraka, xotirjamlik hamisha bayramona kayfiyat tilaymiz.

Sizdek foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatayotganimizdan mamnunmiz! Oldinda sizni kutayotgan muammolarga hamisha yordam berishga tayyormiz.

Hurmat bilan: Telegram Help Uz jamoasi !

@tghelp_uz
👍6
Telegram Help UZ
Video
Bir necha kun oldin Plusning 8.0.0.0 versiyasida kanallarda surish orqali keyingi kanalga o'tish funksiyani kuzatgan edik.

Ammo ushbu xususiyatni yoqtirmaganlar uchun-
Yaqin orada Plusning 8.0.0.1 versiyasida ushbu xususiyatni o'chiradigan yangi mod (p2.48) qo'shiladi.

Yangilanishlarni kutib qoling.
@plusmsgr_uz

#yangilanish #mod
@tghelp_uz
👍1
Samsung One Ui 3.1 da suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish

Telefoningizni Android 11, One Ui 3.1 versiyasiga yangilaganingizdan bildirishnomalarda suzuvchi bildirishnomalar yangilanishi qo‘shilgan (rasmda namuna)

Suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish uchun telefon sozlamalarida
→ suzuvchi bildirishnomalar/плавающие уведомление deb izlang
→ o‘chirilgan/выключено bandini tanlab sozlamalarni tark eting. Tayyor. Batafsil postdagi videofaylda ko‘ring

Agar sizda Xiaomi(Mi/Redmi/Poco) telefoni bo‘lsa suzuvchi bildirishnomalarni o‘chirish qo‘llanmasi
👉 https://t.me/tghelp_uz/166?single

#notifications #suzuvchi #bildirishnoma

@tghelp_uz
👍82
Telegram 8.0.1 yangilanishlari:

Interaktiv emodjilar bosilganida chat ekranini qamrab oladigan animatsiya paydo bo'ladi. Bular 🎆, 👍, 🎉, 💩, 🎈 va ❤️.

Plus Messenger 8.0.0.2 yangilanishlari:

• Ilovani yangilash uchun kelgan bildirishnomasini yashirish yoki faqat Wi-Fi orqali ulangan bo'lsa ko'rsatish uchun parametr qo'shildi. (P0.3)

• Chatda stiker orqali kutib olishni yashirish varianti qo'shildi.(P2.49)

• GIF yoki stiker yuborishdan oldin tasdiqlash varianti qo'shildi.(P2.50)

#telegram #plus #beta #yangilanish

@tghelp_uz
👍5🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Plus Messenger 8.1.1.0 versiyasidagi yangiliklar

1-video Chat mavzulari:
Faqatgina shaxsiy chatlar uchun 8 ta (kunduzgi va kechgi) mavzudan birini tanlang. Suhbatda tanlangan mavzularni ikkala ishtirokchi ham ko'rishadi.

2-video Interaktiv emojilar:
Endi ba'zi jonlantirilgan emojilar bosilganida to'liq ekranli effektlarni hosil qiladi. Bu emojilar: 👍, 🎆, 🎉, 💩, 🎈 va ❤️. Suhbatda chat ochiq bo'lsa, effektlarni barcha ishtirokchilar ko'rishadi.

3-video Jonli translyatsiya va video chatlarni yozib olish:
Guruhingiz yoki kanalingizdagi jonli efirlardan video yoki audio yozib oling. Videoni yozib olishda uni Gorizontal yoki Vertikal ko'rinishga keltira olasiz va yozib olingan xabarlar "Saqlangan xabarlar"ga yuboriladi.

4-video Guruhda o'z xabarlaringizni kimlar o'qiganligini bilish:
50 a'zodan kam guruhlarda o'z xabaringizni bosib, kim o'qiganini bilib oling. Maxfiylikni himoya qilish maqsadida o'qilgan bildirishnomasi faqat xabar yuborilganidan keyin 7 kun davomida saqlanadi.

#yangilanish #beta

@tghelp_uz
👍133😱2🎉2
Ko'pgina hollarda Telegram, Plus Messenger va boshqa norasmiy telegram ilovalari foydalanuvchilari tomonidan, ilovadan foydalanayotgan vaqtda internet 3G, 4G tezlikda ishlayotgani, ammo, norasmiy barcha messenjerlarda(Jumladan: Plus Messenger, Telegraph, Mobogram va h.k.) - "ulanmoqda...", "connecting...", "Ожидание сети..." degan yozuvlar chiqib, Plus Messenger va shu kabi norasmiy barcha messenjerlar "nega ishlamayapti?" degan savollar bilan yuzlanishadi.
Bunga esa aniq javob mavjud emas, chunki internet ishlamay qolishi sizning operator provayderingiz yoki Telegram serveriga bog'liq bo'lishi mumkin va siz buni o'zingiz aniqlay olasiz.
Sizga nima sababdan shunday holat yuzaga kelganini aniqlashda yordam beramiz.
1. Internet provayderingiz (Ucell, MobiUz, Beeline, Uzmobile, Humans) tufayli bo'layotganini aniqlash uchun fast.com ga kiring va tezlikni aniqlang. Agar internet tezligi 999Kbps, 999Kbit/s dan past bo'lsa, demak ayb internet provayderingizda;
2. Agar internet tezligi minimal 2Mbps, 2Mbp/s dan kam bo'lmasa, demak ayb Telegram serverida (Plus Messenger va shunga o'xshash boshqa messenjerlarda emas);

Eslatib o'tamiz! Plus Messenger va shu kabilar ishlamay qolishi har doyim ham o'zi sababli bo'lmaydi, sabablari yuqorida aytib o'tkanimizdek internet provayderingiz yoki Telegram serveriga bog'liq boladi. Plus Messenger Telegram serveriga uzviy bog'liq dastur hisoblanadi.

#telegram #plusMessenger #internet #server

@tghelp_uz
👍253🔥1412😱10👏8🕊7👎53🤓3🎉2
Barchaga Assalom Aleykum!
Bu – https://shrt247.com spam havola! Shu kabi web sahifadan kelayotgan yolg'on ma'lumotlarga chuv tushib qolmang! ”Sodda bo'lmang!”
Xattoki do'stlaringizga ham tarqatmang.
Xech qachon bunday narsalarga ishonmanglar. Bu kabi havolalar orqali millionlab telefon foydalanuvchilarning, telefondagi BARCHA ma'lumotlar o'g'irlanishi va telefonga virus tushishining katta xavfi bor!

Ichingizga vahima solish niyatimiz yo'q! Dostlaringizga tarqatgan bo'lsangiz darhol o'chirib tashlang.

OGOH BO'LING!
Firibgarlarning tuzog'iga ilinmang.

#spam #firibgarlik #telegram

@tghelp_uz
👍495🔥5👏4🎉2😱1