Telegram Help UZ
5.44K subscribers
90 photos
42 videos
2 files
121 links
Bu yerda Telegram va Plus Messenger bo'yicha eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar berilgan.

📌Plus Rasmiy kanal: @plusmsgr_uz

🌟Ovoz berish: t.me/tghelp_uz?boost
Download Telegram
Tarjima:

Yangi chatlar yashirilsinmi?
Siz ko'p miqdorda sizning Kontaktingiz ro'yxatida bo'lmagan odamlardan habarlar qabul qilyapsiz. Shu kabi chatlardan kelgan habarlarni avtomatik ravishda ovozsiz va arxivlanishini hohlaysizmi?

Esingizda bo'lsa biz sizga bu ma'lumotni dastavval yetkazgan edik va ma'lumot o'rnida bu kabi chatlar ba'zi bir foydalanuvchilarda chiqmayotgan edi.

Sababi:
Agar Telegram sizda kontaktingiz ro'yxatida bo'lmagan odamlardan yetarli darajada habarlar kelayotganini sezgan bo'lsa, Telegram sizga huddi shunday (rasmda korsatilgandek) fuksiyani taqdim etadi, ya'ni sizga (qopol qilib aytganda) kuniga 4-5 tadan kam bo'lmagan begona odamlar yozayotgan bo'lishi kerak.

Eslatma!
Bu funksiya Plus Messenger va Telegramning 6.3.0 versiyasida paydo bo'ldi, yani sizning Telegram yoki Plusingiz 6.3.0 va undan baland versiyalarda o'z tasirini ko'rsatadi
👍6
Ko'pchilikka ma'lumki Telegram 7.1.3 versiyaga yangilandi va Plus Messenger ham tez orada 7.1.3.0 versiyaga yangilanadi va siz uni bemalol Play Market orqali yuklab olish imkoniga ega bolasiz. Yangiliklarda qanday xususiyatlar qo'shilganligini video-lavhalar orqali bilib olishingiz mumkin:
1. Guruhda profil rasmi(avatarni) ustiga bosib turing va kerakli bo'limni tanlab ishingizni tez va ossonlashtiring (oddiy guruh a'zosi uchun ba'zi birlari ko'rinadi);
2. Akkauntlaringizni turar joyini o'zingiz hohlagan ketma-ketlikda joylashtirish imkoniyati va bazi bir animatsayalar qoshildi;
3. Anonim admin tayinlash- bu huquqni faqatgina guruhni yaratgan shaxs bera oladi. Bunda siz o'zingizni va boshqa adminni guruh a'zolari ro'yxatidan berkitgan holda, guruh nomidan yozish imkoniyatini beradi. Versiya eskilarda @GroupAnonymousBot orqali ko'rinadi;
4. Global qidiruv- hohlagan sanani yozgan holda, shu kunga tegishli bo'lgan barcha mediafayllarni topish imkoniyati;

Plus Messenger yangilanishini @plusmsgr_uz da kuzating.
👍4🕊1
Kanal, gruppa yoki oddiy kontaktlaringizni arxivga qoysangiz ham arxivda ham asosiy chatda ham turib qolishini oldini olish usuli!

1- rasm:
tg://settings/folders ga kirasiz usha aynan qaysi papkadagi arxivdagilar ko'rinyabti shu joydagi 3 nuqtani bosib va tahrirlash/изменить bosiladi

2-rasm:
U joydagi rasmda ko'rsatilgan joyni bosiladi

3-rasm:
Keyin arxivlanganlarni tanlaysiz va sizning muammoyingiz hal bulgan buladi

Plus messenger support uz adminstrations

#arxiv
👍6
Agarda guruhingizda xabarlarni sizni nomingizdan "Guruh nomi" yuborayotgan bo'lsa - Sizning adminlik huquqlaringizda anonimlik yoqilib qolgan.

• Tuzatish yo'li
→ Guruh egasi bo'lsangiz - Telegramning yoki Plus Messenger ning yangi versiyasini yuklab oling, so'ng guruh sozlamalariga o'tib "Administratorlar" bo'limidan o'zingizni topib "Anonim yuborish" funksiyasini o'chirib qo'ying.
→ Oddiy admin bo'lsangiz - guruh egasi yoki sizni admin qilgan boshqa admindan "Administratorlar" bo'limidan sizni topib "Anonim yuborish" funksiyasini o'chirib qo'yishini so'rang.
🔥3
Plusning yangi 7.1.3.2 versiyasidagi quyidagicha yangiliklar


1-va 2-rasmlarda Helloween bayramiga bag'ishlangan emodji va ikonkalar (yaqin orada bazi animatsion emodjilar ovozli kurinishda bo'lishi kutilmoqda)

3-rasm Endilikda faqat kontaktlar va sevimlilar uchun "yozmoqda.." bildirishnomasini yoqish imkoniyati (
https://t.me/plusmods/p5.10 )

4- rasm Telegram tomonidan yangilangan endilikda 50 a'zodan yuqori barcha kanallarda statistika olish imkoniyati

5-rasm Jildlardagi faqatgina global papkalar belgilari uzgartirish imkoniyati


@plusmsgr_uz
@tghelp_uz
Plusda qo'shilgan yangiliklar va hali ommaga taqdim etilmagan sinovda bo'lgan yangiliklar haqida

🎧1-rasm Endiliklar bir necha musiqiy treyk va fayllarni pleylist sifatida yuborish mumkin ularni har birini tahrirlamoqchi bulsangiz rasmdagi tahrirlash belgisini bosasiz

📌2-rasm Har qanday suhbatda bir nechta xabarlarni qadash va qadalgan xabarlarni alohida sahifada ko'rish uchun qulaylik

📋3-rasm (sinovda) Guruh oxirgi amallardagi har bir malumotlarni aniq vaqt bilan ko'rish imkoniyati
https://t.me/plusmods/p2.42

🗑4-rasm (sinovda) Xabar o'chirilganda "Xabar o'chirib tashlandi" bildirishnomasini yashirish imkoniyati
https://t.me/plusmods/p2.43

@tghelp_uz
👍3
Telegram cheklovlari

Telegram, boshqa har qanday xizmat singari, foydalanuvchilarning foydalanish halolligini ta'minlash uchun cheklovlardan foydalanadi.
Ushbu *maqolada* hozirda ma'lum bo'lgan Telegram cheklovlari va doimiy ravishda yangilanib turadi.‌‌
👍8
​​Telegram'da "fake" ya'ni "yolg'on" xabarlarni tarqatmang

Telegram yaratilganiga 7 yildan oshdi. Rasman Android uchun Telegram 2013-yil avgust oyida ommaga taqdim etilgan edi. Hozirda ko'p foydalanuvchilar aynan Telegram messenjerini tanlashadi. Chunki amalda eng xavfsiz messenjer aynan shu. Telegram shu kungacha ko'plab katta qallobliklarga barham berdi. Lekin, kichik qallobliklarni tarqatish holatlari uchrab turibdi. Bunga misol qilib, keltirishimiz bo'lgan xabarlar talaygina.

Misol uchun: "Bu xabarni ... do'stingizga yuboring, evaziga .... olasiz." --- va aynan shunga o'xshash xabarlar "fake"(feyk - inglizcha "yolg'on")

Yoki

"Bir bot chiqibdi u sizga turli xil topshiriqlar berib, bajarishingiz evaziga pul to'lar ekan. O'zim sinadim rostdan ham to'lar ekan. Shu referal ssilka orqali botga o'tib pul ishlashni boshlang" shu va shu kabi xabarlarga deyarli har kuni duch kelasiz: "Bugun Ucell, UzMobile, Beeline mobil operatorlarida aksiya bo'lib o'tmoqda. Bu xabarni ... kishiga yuboring va evaziga 90000 GB olasiz. *999# orqali tekshiring" yoki "Ushbu (olma smayliklari) ni ... kishiga yuboring. Birozdan so'ng bular rangi o'zgarib o'rtasida ismingiz chiqadi" shu va shu kabi "tarqating" "do'stlaringizga tarqating" "guruhlarga tarqating" xabarlariga ishonib va ularni tarqatishingizni tavsiya qilmaymiz. Chunki bu xabarlar YOLG'ON. Biz bu postni tanishlaringizga tarqating demaymiz)) Shunchaki o'zingiz uchun bilib olib, shu kabi fake (feyk) xabarlarni tarqatmasligingizni istagan bo'lardik.

@tghelp_uz
👍12
ILOVA KESHNI 0 DARAJADA TOZALAMAYDI

Rasmiy Telegram dasturida 7.2 versiyada xatolik vujudga keldi: dastur keshini tozalaganda, kesh tozalangan deb yoziladi, ammo foydalanuvchi ma'lumotlari qurilmada juda ko'p joy egallashi mumkin (ba'zan bir necha gigabayt).
Plus Messenger dasturida rasmiy Telegram dasturining manba kodidan foydalanadi, shuning uchun Plus v7.2.x.x da bu xato mavjud. Plus Messenger v7.2.x.x-da foydalanuvchi ma'lumotlarini nolga (yoki nolga yaqin) tozalashning imkoni yo'q.
Iltimos, yangi rasmiy dastur versiyasini kuting (UNIVERSAL, beta versiyasi emas!). Ushbu xato yaqinda tuzatiladi deb umid qilamiz.
👍8
❗️Plusda hali ommaga taqdim etilmagan sinovda bo'lgan yangiliklar haqida.

🎙1-rasm. Ovozli chat:
Siz administratori boʻlgan istalgan guruh profili orqali bir necha minglab ishtirokchilar bilan birgalikdagi ovozli suhbat.

✏️ 2-rasm. Rasm tahrirlash qulayligi:
Jo'natilgan rasmlarni qayta jo'natmasdan juda qulay usulda chizma, effekt yoki stikerlar orqali tahrirlash yoki almashtirish.

@tghelp_uz
@plusmsgrbeta
👍31
​​Rasmdagi ko'pchilik qiziqqan malumot

DC - Data Center - ma'lumotlar markazi, foydalanuvchi ma'lumotlarini saqlaydigan server identifikatori

DC 1 - Shimoliy va Janubiy Amerika
DC 2 - Shimoliy va Markaziy Osiyo
DC 3 - zaxira ma'lumotlar markazi
DC 4 - Yevropa, G'arbiy Osiyo va bazi Sharqiy Osiyo mamlakatlari
DC 5 - Janubiy Osiyo, Okeaniya va Avstraliya

Mamlakatlar avtomatik ravishda telefon raqamining mamlakat kodi asosida tanlanadi
🎙Video yoki Ovozli chat Plus 7.3.1.0 versiyasida:

Siz administratori boʻlgan istalgan guruh profili orqali bir necha minglab ishtirokchilar bilan birgalikdagi video suhbat.

Buning uchun sizda adminlik huquqlarida kerakli funksiya (video chat boshqaruvi) yoniq bo'lishi kerak, yoqilgach guruhdagi tepadagi 3 nuqta orqali video chatdan foydalana olasiz!

@tghelp_uz
👍301😱1🕊1
Maxfiy chat


Sizning profilingizga sizning xohishingiz bilan biror shaxs ulanib olganda ham, undan yashirin tarzda chat amalga oshirishni istaysizmi?

Telegram maxfiy chatlarni qo'llab quvvatlaydi va maxfiy chatlarda:

• Ikki yoqlama shifrlash - bu siz va suhbatdoshingizdan boshqalar chatni kuzata olmasligini ta'minlaydi. Seansda necha kishi ulanganidan qat'i nazar, maxfiy chatlar faqat asosiy seanslarda ko'rinadi.

• Iz qoldirmasdan suhbatlashish - siz chatni o'chirishni unutganingizda ham, qayta ilovaga kirganda shubhali material qoldirmaslikni ta'minlaydi.

• Taymer bo'yicha o'chirish - sizga ajoyib immoniyatni taqdim etadi, bunda siz kerakli vaqtni belgilab qo'yasiz (masalan 5 soniya) va suhbatdoshingiz habaringizni ko'rganidan 5 soniya o'tib, habar avtomatik o'chiriladi.

• Habar uzatishni taqiqlash - bunda siz yoki suhbatdoshingiz habarlarini xech qanday usulda boshqalarga uzatishni imkoni bo'lmaydi. Media va xabarlar 100% xavfsiz saqlanadi.
👍8822
​​Shaxsiy Guruhning superguruhdan farqi

Ko'pgina foydalanuvchilar guruh suhbatlarining ikki turi borligini unutgan bo'lsalar kerak:
- Guruh.
- Super guruh.


Ayni paytda, guruhni super guruhga aylantirish uchun bu yerda(https://t.me/tghelp_uz/72) tasvirlangan harakatlardan birini bajarish kifoya.

Superguruh'ning afzalliklari:
- Qora ro'yxat (yoki ta'qiqlanganlar ro'yxati)
- Adminlarga guruhni boshqarish huquqini berish imkoniyati.
- Bildirishnomalar sukut bo'yicha o'chirish.
- Guruhga ochiq havola yaratish imkoniyati.
- 200,000 gacha bo'lgan ishtirokchilar soni (guruh 200 ishtirokchiga etganida avtomatik ravishda super guruhga aylanadi).
- suhbatning yangi ishtirokchilari uchun yozishmalar tarixining ko'rinishini o'rnatish imkoniyati (avtomatik ko'rinadigan bo'ladi)
- Guruhdagi global huquqlarni sozlash qobiliyati (masalan, stikerlarni taqiqlash).
- Superguruh egasi va adminlar guruhning barcha a'zolari uchun barcha xabarlarni o'chirib tashlashlari mumkin, boshqa foydalanuvchilar faqat o'zlarining xabarlarini o'chirib tashlashlari mumkin.

Shaxsiy guruhning afzalliklari:
- Guruhlar 500 ta kanal va super guruhlar limitiga kiritilmagan. Ya'ni cheklanmagan miqdorda shaxsiy guruhlarga qo'shilish mumkin
- Barcha a'zolar guruh tavsifi, nomi va guruh rasmini tahrirlashlari mumkin.
- Yangi a'zolar uchun chat tarixini ko'rinmaydigan yoki ko'rinadigan qilish mumkin (buni o'zgartirsa bo'ladi)
- Istalgan foydalanuvchi boshqalarning xabarlarini o'chirib tashlashi mumkin (faqat o'zi uchun).

@tghelp_uz
👍9
#Arxiv
Plus Messengerning suhbatni yashirin o'qish rejimi:

Asosiy fotosuratni bosib turish orqali suhbatni yashirin o'qing, afsuski plusning bu modulida yashirin yozish huquqi yoq!

Bu modulda o'qish qulayligi uchun kirib shu (p1.35) modulini yoqing👇
https://t.me/plusmods/doNotClosePreviewOnRelease
👍97🕊8🔥4👎31
​​XAVFSIZLIK SOZLAMALARI

Telegramingizning xavfsizlik sozlamarini quyida topishingiz mumkin: Yon Menyu -> Sozlamalar -> Maxfiylik va Xavfsizlik

Ularni quyidagicha sozlashingiz mumkin:
1. Bloklangan foydalanuvchilar: - Siz bloklagan odamlar ro'yxati. Bloklangan foydalanuvchilar sizga xabar yuborish imkoniyatiga ega, ammo siz ushbu xabarlarni ko'romaysiz (va ular ikkita o'qilganlik belgisini ko'rmaydilar). Ular sizning profil rasmingizni/videongizni va so'nggi faolligingizni ko'rolmaydilar.

2. Telefon raqam: Ushbu akkauntingiz telefon raqamini kimlar ko'ra olishini va ushbu raqamni o'z kontaktlariga saqlash orqali kimlar sizni topa olishini (yoki aksincha) sozlashingiz mumkin. Shuningdek istisnolarni ham belgilashingiz mumkin. Ya'ni siz raqamingizni faqat kontaktlaringizga ko'rinadigan qilgan bo'lsangiz, istisnoga kontaktga qo'shmagan foydalanuvchini belgilasangiz, u sizni raqamingizni kontaktingizga qo'shilmasdan ko'ra oladi yoki kontaktingizda bo'lsa ham raqamingizni ko'ra olmaydi. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

3. So'nggi faollik va onlayn: Sizning onlaynligingizni yoki so'nggi faolligingizni kimlar ko'ra olishi yoki kimlar ko'ra olmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

4. Profil rasmi: Profilingizga (Glavniyga) qo'ygan rasm/video ni kimlar ko'ra olishi yoki kimlar ko'ra olmasligini sozlashingiz mumkin. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

5. Uzatilgan xabar: Sizning yuborilgan xabaringizning ustidagi yozuv(....dan uzatilgan xabar)ga bosish orqali kimlar profilingizga o'taolishi yoki o'taolmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

6. Qo'ng'iroqlar: Kimlar sizga Telegram orqali qo'ng'iroq qila olishi yoki olmasligini sozlaysiz( har ikki; ovozli va video qo'ng'iroqlar uchun) Shuningdek, istisno ham mavjud.

7. Guruhlar: Kimlar sizni guruh yoki kanallarga qo'sha olishini yoki qo'sha olmasligini sozlaysiz. Shuningdek, istisno ham mavjud. Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

Iltimos, e'tibor bering:
1. Hisob qaydnomangiz ma'lumotlarini kim ko'rishi yoki ko'ra olmasligini yoki sizga nisbatan biror ish qila olmasligini belgilaganingizda, u yerga (istisnoga) nafaqat alohida kontaktlarni, balki guruhlarni ham qo'shishingiz mumkin.
2. Notanishlardan shaxsiy xabarlarni olishdan qocholmaysiz ya'ni sizga begonalar yozolmaydigan qilish imkonsiz. Agar siz notanishlardan tez-tez xabar olsangiz, Telegram serverlari sizning hisobingiz uchun "Arxivlash va sukut qilish" funksiyasini yoqadi. Shunday qilib, siz buni Maxfiylik va xavfsizlik ekranida ko'rasiz va yoqib qo'yishingiz mumkin bo'ladi (faol sessiyalar ostida). Qo'shimcha ma'lumot -> bosing

@tghelp_uz
👍264
❗️Amerikaning notijorat tashkiloti Telegram ustidan shikoyat qildi!

🍏Apple tashkiloti Telegram ustidan ekstremistik xabarlarni tarqatgan va zoʻravonlikka chaqirgan foydalanuvchilariga nisbatan yetarlicha cheklov choralarini koʻrmagan degan ayb bilan sudga murojaat qilgan va Telegramni Appstoredan olib tashlash kerak deb xulosa qilgan.

🌐Telegram esa allaqachon iOS mijozlari uchun yangi Web versiya ishlab chiqishni boshlab yubordi

@tghelp_uz
👍4😱1
🎥 Video xabarlardagi bazi savollarga qisqacha javoblar!

1- Android versiya 4.1 va plus versiya 3.10.1.0 dan baland bo'lsada video xabar belgisi chiqmaganda Maxsus menyudagi👉 tg://debugmenu "Ilova ichidagi kamerani yoqish"ni tafsiya etamiz.
(Agar yoqish so'zi o'rniga o'chirish bo'lsa tugmani bosmang va boshqa tugmalarga bilib bilmay tegmang)

2- Video xabar tugmasini chiqarish uchun ovozli xabar tugmasini bir marotaba bosish kerak.

3- Video xabarda qulaylik, kamerani almashtirish va videoni to'xtatib qo'yish uchun strelka yo'nalishida tepaga tortasiz.

4- Video xabar boshlashda asosiy kameradan foydalanish mumkin. (https://t.me/plusmods/p3.29 )
👍10