Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.28K subscribers
271 photos
68 videos
92 files
417 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22
Download Telegram
#qabul_2024
#infografika

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi

7-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 ming 692 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 23 ming 296 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 12 ming 396 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim

⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

✔️Shundan:

▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul_2024 | #Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

☝️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

➡️ 25-iyul kuni soat 15:00 da;

➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smena soat 9:00 da;
2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@TEXNIKUMLAR