Forwarded from Termiz shahridagi Prezident maktabi
#TermezPS #MUN
Konferensiya yakunlandi.
Konferensiya doirasida delegatlar xalqaro muammolarni tahlil qilib, o‘z mamlakatlari manfaatlarini himoya qilish barobarida, diplomatik yo‘l bilan kelishuv va yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi. Kun tartibidagi mavzular qatorida iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish, xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Mazkur Model United Nations konferensiyasi yosh liderlar uchun nafaqat bahs-munozaralar, balki hamkorlik va innovatsion g‘oyalar, xalqaro munozara maydoniga aylandi! Ishtirokchilar o‘z nutqlari va takliflari orqali xalqaro diplomatiyaning haqiqiy muhitini his qilishdi.
Bu kabi keng qamrovli tadbirlar yoshlarning kreativ fikrlash, o‘z qarashlarini erkin bayon qilish, global muammolarga faol munosabat bildirish va o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir yakunida eng faol delegatlar maxsus nominatsiyalar asosida taqdirlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube