Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.22K subscribers
29.1K photos
4.19K videos
58 files
9.94K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Surxondaryo viloyatida hamkorlikdagi “Dolzarb 40 kunlik” kuchaytirilgan ekologik reyd tadbirlari boshlandi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida Termiz shahar, viloyat miqyosida reyd tadbirlari amalga oshiriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Termiz shahrida taniqli tadbirkor surxondaryolik maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi

Ayni vaqtda Termiz shahridagi yoshlar markazida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov ishtirokida vohamizdagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini berib o‘tmoqda.

Yigit-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
🥇 Guljanoy Naimova navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vetnamning Danang shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqaning +65 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda o‘z hisobidagi oltin medallar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.

Sportchimizning erishgan natijasi bilan murabbiylari va yaqinlarini hamda barcha vohadoshlarimizni qutlaymiz!

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi musobaqada 27 davlat terma jamoasi orasida 7 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
📊Surxondaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

📈2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 699,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,2 % ga o‘sdi.

Foto: Viloyatimizdagi "ZIF TEHTILE" MCHJ tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
#konsert
#jonli_ijro

Termiz shahrida joylashgan "Yoshlar bog'i" da Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan "Yangi O'zbekistonda yoshlik navolari" nomli konsert bo'lib o'tdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
🎵 #Hisobot_konserti

Termiz davlat universitetining “Hisobot konserti” bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”da o'quv yilining yakuniga bag'ishlab tashkil etilgan konsertda universitet qoshidagi “Jayxun” folklor etnografik xalq ansambli, “Istiqlol yoshlari” orkestr jamoasi hamda estrada xonandalari o‘z ijod namunalari bilan chiqish qilishdi.

Konsertda talabalar professor-oʻqituvchilar, shahrimiz aholisi ishtirok etib, iqtidorli talabalarimizning chiqishlarini olqishlar bilan qarshi olishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh