Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.05K subscribers
30.8K photos
4.33K videos
59 files
10.4K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Diqqat eʼlon: Termiz shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvi vaqtincha oʻchiriladi

Xabaringiz bor, Termiz shahri Alisher Navoiy koʻchasidagi yoʻlni taʼmirlash ishlari doirasida ichimlik va oqova suv tarmogʻini modernizatsiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2023-yil 29-noyabr kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Termiz shahridagi quyidagi mahallalarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

“Oʻzbekiston” mahallasi;
“Bogʻishamol” mahallasi;
“Alpomish” mahallasi;
“Kattabogʻ” mahallasi;
“Yulduz” mahallasi.

❗️Ushbu mahallalar aholisidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qoʻyishlari soʻraladi.

“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi va taʼmirlash ishlari davrida aholiga maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi yetkazilishini maʼlum qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar “Guliston” mahallasida jinoyatchilikka moyilligi bor voyaga yetmagan yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Termiz shahar "Guliston" mahalla fuqarolar yig'ini binosida voyaga yetmagan yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Kelajakda komil inson bo'lishi hamda jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida voyaga yetmagan jinoyatchilikka moyilligi bor yoshlarning qiziqishlarini, iste'dodlarini yuzaga chiqarish, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun fikrlari o'rganildi.

Tadbirda Termiz shahar hokimi O'.I.To'rayev, Termiz shahar IIB boshligi Oʻ.R.Shukurov, shahar hokimi o'rinbosari M.Tagayeva, Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasidan vakillar, Surxondaryo viloyati IIB JXX (jamoat xavfsizligi xizmati) HPB (huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi psixologi M.Joʻrayevlar ishtorok etishdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔷 Sariosiyo tumani hokimligi: "Daragiston" mahllasi hokim yordamchisi;

🔷 Termiz shahar hokimligi: Aхborot хizmati rahbari;

🔷 Agroinspeksiyaning Termiz tumani bo'limi: Paхta хom ashyosi, don, urug'lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: "Minora" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔷 Yoshlar ishlari agentligi Oltinsoy tumani bo‘limi: "Karsagan" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔷 Boysun tumani Qishloq хo'jaligi bo'limi: yer tuzish va monitoring sho'basi bosh mutaхassisi;

🔷 Termiz tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Moliya-iqtisod, хo'jalik faoliyati bo'yicha bosh hisobchisi;

🔷 Uzun tumani hokimligi: "Bobotog'" hududini kompleks rivojlantirish majmuasi yetakchi mutaхassisi;

🔷 Sherobod tumani irrigatsiya bo‘limi: boshlig'i;

🔷 Bandixon tumani hokimligi: iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha majmuasi bosh mutaхassisi;

🔷 Bandixon tumani hokimligi: Oilaviy, ma'naviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitasiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha yetakchi mutaхassisi;

❗️Arizalar 02.12.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Азиз юртдошлар!

Uzmir.uz веб-сайти орқали замон билан ҳамнафас бўлинг!

Халқнинг муаммоларига қулоқ тутиш, ташаббусларини қўллаб-қувватлаш бизнинг бош мақсадимиз.

ОАВ давлат ва халқ ўртасидаги кўприк бўлса, ушбу сайт эндиликда ана шу кўприкнинг ҳалол бўлишига, қолаверса, янада мустаҳкамлашга хизмат қилади. Халқ ўз ҳаётидан рози бўлсагина, мамлакат юқори натижаларга эриша олади.

Биз эса ана шу мақсад йўлида олға қадам ташлаймиз!

Мазкур сайт орқали юртимиз ва дунё ҳаётига оид энг сўнгги хабарлар, ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ва бошқа соҳалардаги янгиликлардан тезкорлик билан хабардор бўлиш имкониятига эгасиз.

📍Uzmir.uz расмий саҳифалари:

Telegram I Facebook

————
🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Термиз шаҳрида жамоат транспортини ривожлантириш мақсадида ташкил этилаётган алоҳида ажратилган автобус йўлаклари

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🗣"Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivali o'tkazildi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyot festivalining Termiz shahar bosqichi tashkil etildi.

➡️Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan mazkur tanlovda 600 dan ziyod iste'dodli, iqtidorli bolalar ishtirok etib, 6 ta yo'nalish, ikkita yosh toifasi bo'yicha g'oliblar aniqlanib olindi.

🎉G'oliblikni qo'lga kiritgan bolalar diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube  | Facebook
Web-site | Instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Термиз шаҳрининг жамоат транспорти тизими ва янги ташкил этилган йўналишлар

11 та йўналиш;
160,2 км узунлик;
2 та автошохбекат;
98 та бекат;
24 та қўшимча бекат;
135 та автобус;
25 дақиқа биринчи ва охирги бекат оралиғи;
7-10 дақиқа автобуслар орасидаги интервал;
Иш вақти соат 07:00 дан 20:00 гача.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
🗣E'lon

1-dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Termiz shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan 35/6 kV li "Shimol" podstansiyasidagi T-1 kuch transformatorini qo'shilmalari bilan joriy ta'mirlash maqsadida shahardagi "Turon", "Sahovat" va Termiz tumanidagi "Tinchlik", "Qahramon",  "M.Eshtemirov" mahallalari hududida vaqtincha elektr energiya ta'minotida uzilish bo'lishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi apparat xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM