Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.17K subscribers
29K photos
4.18K videos
58 files
9.91K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Коррупцияга қарши муросасиз бўлиш – бугунги кун талаби

Ходимларнинг коррупцияга қарши курашишга оид билим ва кўникмаларини янада ошириш, аҳоли ўртасида ушбу иллатга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга қаратилган тарғибот тадбирларини олиб бориш мақсадида Сурхондарё вилояти Aхборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамда Ахборот-кутубхона маркази ходимлари иштирокида давра суҳбати ташкил этилди. Унда Aхборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги масъуллари ҳам қатнашди.

Давра суҳбатида амалдаги қонунчилик, коррупциявий хавф-хатарларни келиб чиқишига хизмат қилувчи шарт-шароитларни ажрата билиш, коррупцияга қарши хулқ-атвор, давлат хизматида совға олиш-бериш, манфаатлар тўқнашуви, шунингдек, коррупцияга қарши курашиш бўйича мавжуд тартиб-таомиллардан аҳолининг хабардорлигини оширишга қаратилган тарғибот тадбирларини олиб бориш ҳақида сўз юритилди.

Тадбир иштирокчиларини қизиқтирган саволларга АОКА масъуллари томонидан атрофлича жавоб берилди.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Ayni vaqtda joriy yilning 23-may kuni Termiz shahridagi “Yoshlar saylgohi” da “Besh tashabbus olimpiada”si festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tayyorgarlik ko’rish masalalari muhokama yig’ilishi bo’lib o’tmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Umarolarning ulamolarga ehtiromi

Alloma Taftazoniy Amir Temurning majlisida oyoqlarini og‘riq tufayli uzatib o‘tirgan edilar. Ba’zilar: «Bu sizga hurmatsizlik qilyapti!», deb, u kishini Temurga shikoyat qilishdi.

Amir Temur ularga qarata: «Nima qilayin? Mening saltanatim yetmagan joylarga uning kitoblari yetgan», deb javob qildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Ertangi kunimiz egalari bo'lgan yoshlar bilan ishlash - biz uchun hayot - mamot masalasi, xavfsizligimiz masalasi!

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ishlashni yangicha tizimda tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqlarga asosan Termiz Davlat Pedagogika Institutida  viloyatdagi barcha OTM lari "Qalqon" yoshlar jamoalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Termiz shahar IIB boshlig'i O'.Shukurov va Surxondaryo viloyati hokimining maslahatchisi F.Shaymardanov ishtirok etib tadbir ishtirokchilarga yoshlar o'rtasida yod g'oyalarga qarshi kurashish ularni vatanparvar qilib tarbiyalash haqida  kerakli tushunchalar berildi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ICT4Girls olimpiadasida ishtirok eting va Yevropa olimpiadasi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiriting!

20 yoshgacha bo‘lgan, dasturlash va muammolarni hal qilishga ishtiyoqi baland qizlarni “ICT4Girls” sport dasturlash olimpiadasida ishtirok etishga chaqiramiz.

1-bosqich - Hududiy bosqich: Berilgan topshiriqlar to‘plamidagi masalalarni ishlab, yuqori ball to'plagan birinchi 5 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo'llanma oladi.

2-bosqich - Respublika bosqichi: Yuqori ball to‘plagan birinchi 12 nafar ishtirokchi ICT4Girls olimpiadasi g'olibi deb topiladi va munosib taqdirlanadi. 

Bonus: Joriy yilda ICT4Girls olimpiadasining g'oliblari uchun sport dasturlash bo'yicha maxsus butkemp tashkil etiladi va butkemp so'ngida saralangan 4 nafar qiz 21-27-iyul kunlari Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida bo‘lib o‘tadigan Informatika fani bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi (EGOI)da O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aхборот 24 | Ҳаж – 2024: Фирибгарларга алданиб қолманг!

——————

Axborot 24 | Haj – 2024: Firibgarlarga aldanib qolmang!

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” da “Mahalladagi yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish
bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv-seminari” ning 1-kuni darslari bo’lib o’tdi.


Ushbu seminarda K.Ashurov – Termiz shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, F.Xalmuratov – Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i, A.Jabborov – Termiz shahar adliya bo‘limi rahbari, B.Ashurov – Termiz shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i, A.Qosimova – Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari, Imom Termiziy ilmiy tadqiqot markazidan hamda DXX – Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari va shahardagi barcha mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi

Speakerlar tomonidan “Boshqaruv omillari: tashkilotda xodimlar boshqaruvining ichki va tashqi omillari. Boshqaruv munosabatlari: Asosiy turlari to‘g‘risida”, “Ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari bandligiga ko‘maklashish, jumladan “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish va migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, yoshlarga yer ajratish”, “Yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘rganishlari uchun yaratilgan sharoitlar, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “UzChess”, “Ustoz AI”, “Wiki-stipendiya” va yangi loyihalar ishlab chiqish mexanizmlari to‘g‘risida”, “Xodimlarning media savodxonligini oshirish va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash”, “Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari. Huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan tizimli ishlash. Psixotrop moddalari zararli ta’sirlari haqida”, “Yoshlarning diniy savodxonligini oshirish” mavzularida so’zlanib, mulohazalar olib borildi hamda tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Bugun Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” da “Mahalladagi yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish
bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv-seminari” ning 1-kuni darslari bo’lib o’tdi.

BATAFSIL

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh