Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda go'yoki “Termiz shahar hokimi korxona rahbarini 15 sutkaga qamash haqida ichki ishlarga topshiriq bergan” degan mazmunda tarqatilgan xabarlar yuzasidan Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.
Mutasaddilar, keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahri boʻylab bunyodkorlik ishlarining borishi koʻzdan kechirilganda, chiqindixonalardagi to'planyotgan chiqindilar oʻz vaqtida olib ketilmayotganligi haqida aholi tomonidan norozilik kayfiyatida eʼtirozlar bildirilgan edi.
Shu bois, oʻrganish jarayonidagi mazkur ishlarga bevosita masʼul va javobgar boʻlgan “Bio texno eko” MCHJ tomonidan chiqindixonadagi chiqindilarni olib ketish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi, oʻziga yuklatilgan vazifalarni muntazam ravishda bajarmasdan kelayotganligi va shaharni obodonlashtirish qoidalarini buzganligi sababli ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilishi so'ralgan.
Termiz shahar IIB tomonidan holat batafsil o'rganilgan va o'rganishlar natijalariga ko'ra to'plangan hujjatlar asosida “Bio texno eko” MCHJ rahbari Shernazarov Shuxratga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 161-moddasiga asosan, BHMning 1 baravari, yaʼni 330,0 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllash boʻyicha bayonnoma tuzilgan.
Ushbu holat bugun, 26-noyabr kuni ham shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan holis baho berish uchun qayta o'rganildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda kuzatuvchilaridan shahar hokimligi tadbirkorlarni doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan holda tasdiqlanmagan va asoslanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so'raymiz.
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahri Alisher Navoiy koʻchasidagi yoʻlni taʼmirlash ishlari doirasida ichimlik va oqova suv tarmogʻini modernizatsiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2023-yil 28-noyabr kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Termiz shahridagi quyidagi mahallalarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
➖ “Oʻzbekiston” mahallasi;
➖ “Bogʻishamol” mahallasi;
➖ “Alpomish” mahallasi;
➖ “Kattabogʻ” mahallasi;
➖ “Yulduz” mahallasi.
❗️Ushbu mahallalar aholisidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qoʻyishlari soʻraladi.
“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi va taʼmirlash ishlari davrida aholiga maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi yetkazilishini maʼlum qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash- yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularning qalbida va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortirish maqsadida Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar vatanparvarlik harakati faollari bilan “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni ”shiori ostida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya mayori G‘.Raxmonov, Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari buyicha viloyat kengashi raisi T.Urinov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Xodjayeva va a’zolari; O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi T.Boliyeyev, Yoshlar ittifoqi Kengashi viloyat bo‘limi boshlig‘i Sh.Omonov va Termiz shahar 16-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosari Saipova Zulfiya Xodjanazarovna, CHQB rahbari hamda Termiz shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023- yilning yanvar-sentabr oylarining yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 262,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,3 % ga o‘sdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM