Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.02K subscribers
31.3K photos
4.36K videos
59 files
10.5K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezident topshirigʻi ijrosi: Surxondaryoda mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha seminarlar oʻtkazilmoqda

Prezidentimiz huzurida joriy yil 26 sentyabr kuni oʻtkazilgan mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida mahallada “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilishi maʼlum qilingan edi. Davlatimiz rahbari joriy yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryoga tashrifida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha sektor rahbarlarining axborotini tinglab, “yettilik” faoliyatini namunali tashkil etish boʻyicha qator vazifalarni belgilab berdi.

Bugun viloyatimizning 6 ta hududida mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, ularning vazifa va majburiyatlarni tushuntirish, ishlarni namunali yoʻlga qoʻyish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.

Dastlabki seminar Termiz shahrida mahalla raislari uchun oʻtkazildi. Seminar ishtirokchilari “Oʻzbekiston” mahallasida namunali tashkil etilgan mahalla “yettiligi”, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati va “Vatanparvarlar” bogʻi bilan tanishishdi.

Shundan soʻng, Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida mahalla “yettiligi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishda mahalla raislarining oʻrni va vazifalari muhokama qilindi. Ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan soha mutasaddilari tomonidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, viloyatda mahallalar obodligini taʼminlash boʻyicha “dolzarb 10 kunlik” eʼlon qilindi. Unda barcha mahallalar, koʻchalar va xonadonlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish topshirildi hamda tadbirlarni uyushqoqlik bilan sifatli tashkil etish boʻyicha mahalla raislariga vazifalar yuklandi.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 724 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari mavjud.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Raddiya

Ijtimoiy tarmoqlarda go'yoki “Termiz shahar hokimi korxona rahbarini 15 sutkaga qamash haqida ichki ishlarga topshiriq bergan” degan mazmunda tarqatilgan xabarlar yuzasidan Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mutasaddilar, keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahri boʻylab bunyodkorlik ishlarining borishi koʻzdan kechirilganda, chiqindixonalardagi to'planyotgan chiqindilar oʻz vaqtida olib ketilmayotganligi haqida aholi tomonidan norozilik kayfiyatida eʼtirozlar bildirilgan edi.

Shu bois, oʻrganish jarayonidagi mazkur ishlarga bevosita masʼul va javobgar boʻlgan “Bio texno eko” MCHJ tomonidan chiqindixonadagi chiqindilarni olib ketish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi, oʻziga yuklatilgan vazifalarni muntazam ravishda bajarmasdan kelayotganligi va shaharni obodonlashtirish qoidalarini buzganligi sababli ichki ishlar organlari tomonidan huquqiy baho berilishi so'ralgan.

Termiz shahar IIB tomonidan holat batafsil o'rganilgan va o'rganishlar natijalariga ko'ra to'plangan hujjatlar asosida “Bio texno eko” MCHJ rahbari Shernazarov Shuxratga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 161-moddasiga asosan, BHMning 1 baravari, yaʼni 330,0 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllash boʻyicha bayonnoma tuzilgan.

Ushbu holat bugun, 26-noyabr kuni ham shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan holis baho berish uchun qayta o'rganildi. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda kuzatuvchilaridan shahar hokimligi tadbirkorlarni doimo qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan holda tasdiqlanmagan va asoslanmagan ma'lumotlarga ishonmaslikni va tarqatmaslikni so'raymiz.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Diqqat eʼlon: Termiz shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvi vaqtincha oʻchiriladi

Termiz shahri Alisher Navoiy koʻchasidagi yoʻlni taʼmirlash ishlari doirasida ichimlik va oqova suv tarmogʻini modernizatsiya qilish tadbirlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2023-yil 28-noyabr kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar Termiz shahridagi quyidagi mahallalarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

“Oʻzbekiston” mahallasi;
“Bogʻishamol” mahallasi;
“Alpomish” mahallasi;
“Kattabogʻ” mahallasi;
“Yulduz” mahallasi.

❗️Ushbu mahallalar aholisidan ichimlik suvini imkon qadar zaxira qilib qoʻyishlari soʻraladi.

“Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi va taʼmirlash ishlari davrida aholiga maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi yetkazilishini maʼlum qiladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Yoshshlarni  harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash- yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularning qalbida va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortirish maqsadida Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar  vatanparvarlik harakati faollari bilan “Mardlar qo'riqlaydi Vatanni ”shiori ostida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya mayori G‘.Raxmonov, Mudofaa vazirligi Faxriylar  ishlari buyicha viloyat kengashi raisi T.Urinov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Xodjayeva va a’zolari; O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi T.Boliyeyev, Yoshlar ittifoqi Kengashi viloyat bo‘limi boshlig‘i Sh.Omonov va Termiz shahar 16-sonli informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o‘rinbosari Saipova Zulfiya Xodjanazarovna, CHQB rahbari hamda Termiz shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari  o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh

Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM