TERMIZ24 | TEZKOR XABARLARI
2.55K subscribers
910 photos
478 videos
15 files
835 links
TERMIZ24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz!

⚡Reklama xizmat: @ReklamaAgent_Info

📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Download Telegram
⚽️ Bir jamoa, bir millat, bir maqsad!

Termiz tumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi bahsi katta qiziqish va ko‘tarinki kayfiyatda kuzatilmoqda.

Tuman markazidagi "Marvarid" dam olish maskanida o‘rnatilgan LED ekranda yuzlab futbol muxlislari jam bo‘lib, milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Yosh-u qari, sport ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillari bir maqsad atrofida birlashib, har bir vaziyatni hayajon va ishonch bilan qarshi olmoqda.

Bugun maydonda nafaqat futbolchilar, balki butun xalqimizning orzu-umidlari, g‘alabaga bo‘lgan ishonchi va Vatanga muhabbati namoyon bo‘lmoqda. Yurtdoshlarimiz milliy terma jamoamizga ezgu tilaklar bildirib, ularning muvaffaqiyati uchun dildan muxlislik qilmoqda.

O‘zbekiston futbolchilariga muvaffaqiyat tilaymiz. Yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan sportchilarimizga omad yor bo‘lsin!

Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a oq bo‘rilar! Biz sizlar bilan birgamiz!
Forwarded from texnomart
⚡️ Katta xaridlar - mayda to‘lovlar!

Uyingizdagi texnikani yangilash vaqtini keyinga surmang!
texnomart’da top maishiy texnika va smartfonlarni yigirma to‘rt oylik muddatli to‘lovga rasmiylashtiring.

📆 Aksiya muddati: 19 - 22-iyun kunlari.

👉 Hoziroq keling, oyiga deyarli sezilmaydigan summaga yaxshisini olib keting!

😎😎😎😎😎

⚡️ Большие покупки - крошечные платежи!

Хватит откладывать обновление техники на потом!
В texnomart вы можете оформить топовую бытовую технику и смартфона в честную рассрочку на двадцать четыре месяца.

📆 Срок акции: с 19 по 22 июня.

👉 Приходите прямо сейчас и забирайте лучшее с платежом, который почти не бьет по карману!

📞71-209-99-44

📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyalik turoperatorlar Surxondaryoning sayyohlik salohiyati bilan tanishmoqda

Surxondaryoning boy tarixiy-madaniy merosi va turizm imkoniyatlarini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xorijiy sayyohlar oqimini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Yaponiyaning yetakchi turoperatorlari vakillaridan iborat delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar viloyat hokimligi va Turizm boshqarmasi mas’ullari tomonidan kutib olinib, vohaning tarixiy-madaniy meros obyektlari hamda turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirilmoqda.

Delegatsiya a’zolari Al-Hakim at-Termiziy majmuasi, Fayoztepa va Qoratepa arxeologiya yodgorliklari, shuningdek, Zurmala stupasida bo‘lib, mazkur obidalarning tarixiy ahamiyati va sayyohlik salohiyati haqida ma’lumot oldilar.

Uch kunlik tashrif davomida yaponiyalik mutaxassislar Denov, Sariosiyo va Boysun tumanlaridagi diqqatga sazovor turistik maskanlar bilan ham tanishib, hududning o‘ziga xos imkoniyatlarini o‘rganadilar.

👉 Термиз хабарларига аъзо бўлинг👉 https://t.me/+_7P1F3ErjjkxZmRi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahalla ligasi” — sog‘lom turmush va hamjihatlik maydoni

Termiz tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Mahalla ligasi” musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.

Musobaqalar doirasida bugun Termiz tumanidagi 36-sonli maktab sport zalida voleybol bo‘yicha tuman bosqichi bahslari tashkil etildi. Unda 30 yoshdan yuqori aholi vakillaridan iborat jamoalar o‘zaro kuch sinashib, jamoaviy hamjihatlik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi. Musobaqa davomida sog‘lom raqobat va do‘stona muhit hukm surdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇 “Yangi hayot” mahallasi — 1-o‘rin;
🥈 “Mustaqillik” mahallasi — 2-o‘rin;
🥉 “Xalqiobod” mahallasi — 3-o‘rin.

“Mahalla ligasi” doirasidagi sport bellashuvlari tumanning boshqa mahallalarida ham turli sport turlari bo‘yicha davom ettirilmoqda.

Musobaqalar aholi, ayniqsa, katta yoshdagilar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

👉 Термиз хабарларига аъзо бўлинг👉
https://t.me/+_7P1F3ErjjkxZmRi