-terminchi
2.05K subscribers
3.78K photos
68 videos
881 links
Oddiy soʻzlarning siz kutmagan, siz bilgan va siz bilmagan maʼnolari. Bu yerda chegara va qolip yoʻq!

Admin: @sitteradmin
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/theterminchi
Download Telegram
"O'zbekiston" so'zining chet kinolaridagi rollari

Sizlar uchun "O'zbekiston" so'zining ajnabiy kinolarda ijro etgan rollarini to'pladim. Kinologlarni (terminchida kinosevarlar shunday ta'riflanadi) ekran oldiga yaqinroq o'tirishlarini so'rayman, balki ular ham eshitgandir.😁

1. The Dark Knight Rises (Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi)

01:32:47 - Doktor Leonid Pavel, yadro fizigi.
01:32:52 - Pavelning o'limi tasdiqlangan edi.
01:32:54 - Agentlik uni O'zbekistondan olib chiqib ketayotgan paytda samolyot halokatga uchragan, ammo.... Bu, o'sha!

2. Borat

00:01:27 - Bu mening mamlakatim Qozog'iston.
00:01:30 - Tojikiston va Qirg'iziston o'rtasida joylashgan ...
00:01:34 - Va ahmoq O'zbekiston. (P.S: afsuski shunday deyilgan 😐)

3. Charlie Wilson's War (Charli Uilson urushi)

00:09:45 - Kobuldan yangilik
00:09:47 - O'zbekistondanmi?
00:09:48 - Afg'onistondan.

4. Babylon A.D. (Bobil E.A.)

00:49:11 - Bilasanmi, ikki yil oldin ...
00:49:14 - ...O‘zbekistonda men bu virusli bomba portlaganini ko‘rgandim.

5. Imagine That (Tasavvur qiling)

00:21:46 — O‘zbekistonda nimadir bo‘lyapti.
00:21:49 - O'zbek...-nima?

6. Madeline (Madlen)

01:21:19 - O'zbekiston elchisi hozirgina maktabni sotib olishga rozi bo'ldi.
01:21:23 - O'zbekiston nima?
01:21:32 - Tez orada O'zbekiston bayrog'i tomda hilpiraydi.

7. 5 Flights Up (5 ta parvoz)

00:21:34 - Abdul Pomir dindor, yumshoq va g'amxo'r o'g'il.
00:21:37 - Ha, u O‘zbekistonda tug‘ilgan,
00:21:40 - lekin u ikki yil oldin Amerika fuqarosi bo'ldi.

8. Dead Rising (O'liklarning qaytishi)

01:39:59 - Qilayotgan ishingiz ularga yoqmasa nima bo'ladi?
01:40:01 - Uyingizga raqamsiz furgonda kelishadi...
01:40:03 - Furgonga tashlab, O'zbekistondagi maxfiy bazasiga olib ketadi...

9. Darkman II: The Return of Durant (Tun odami II: Duranning qaytishi)

00:37:17 - Ular barqarormi?.
00:37:19 - Bu hujayralar Sharqiy O'zbekiston ishchilarining texnik xodimlari tomonidan ishlab chiqarilgan.

10. Vet hard (Daniya banditlari)

00:06:28 - Haydovchilik guvohnomangizni qayerdan sotib olgansiz? O'zbekistondanmi?

11. Cats & Dogs (Mushuklar kuchuklarga qarshi)

00:13:01 - Mehmonxonada o'ynash mumkin emas.
00:13:04 - U yerdagi gilam O'zbekistonniki.

12. The World Is Not Enough (Dunyo yetarli emas)

01:08:32 - Renard qayerga uchishi mumkin?
01:09:02- Bu doiraning istalgan joyiga. Rossiya, Armaniston, Eron, Qozog‘iston, O'zbekiston...

13. Monk

00:32:30 - So'nggi paytlarda u gilamlarni import qilmoqda.
00:32:32 - Gilamlar?
00:32:33 - Ha, gilamlar, Checheniston, O'zbekiston kabi joylardan. Tanish eshitildimi?

14. The Recruit (Rekut)

00:08:22 - Sen xorijda o'sgansan: O'zbekiston, Bruney, Venesuela

15. Le tout nouveau testament (Yangi vasiyatnoma) (Ko'rishni tavsiya qilmayman!)

01:39:18 - O'zbekistonga deport qilishdi.

Siz biladigan yana boshqa kinolar bo'lsa yozib qoldiring, ikkinchi qismi ham chiqadi!

socprofile.com/terminchi
👍20🔥6🤩2❤‍🔥11👏1🆒1
Hech qachon, "hech qachon" demang! 😅

socprofile.com/terminchi
🤣7😁4🔥3👏3👍2
Sevishib yurganingda kinder tashiganmisan? 😅

socprofile.com/terminchi
😁8🤣7👍41🥰1👏1
Jentrifikatsiya - Bizda bu kottedjatsiya deyiladi. 😅

socprofile.com/terminchi
👍9😁5
Akasi borlarga joʻnatib qoʻying, harakatini qilsin! 😅

socprofile.com/terminchi
🤣9👌4👍3
Nuvorish - Lavozimga tayinlangan qoʻshning. 😅

socprofile.com/terminchi
👍12
Inkriminirovat - "Bir biringa toʻngashoʻvir"-bizda shunaqa deyishadi! Sizdachi? 😅

socprofile.com/terminchi
👍10🤔1
Yoki shkalad! 😅😋

socprofile.com/terminchi
😁6🗿4👍3👏2🤣1
"O'zbek" so'zining chet kinolarida ijro etgan rollari (2-qism)

Kecha "O'zbekiston" so'zining ijodi haqida gaplashgan edik, bugun esa "O'zbek" so'zining chet kinolaridagi rollari haqida gaplashamiz. Patriotlarni ekranga yaqinroq o'tirishlarini so'rab qolamiz! 😁

1. The Manchurian Candidate (Manchuriya nomzodi)

00:50:24 - Kichik elektroshok ...
00:50:26 - ...va uyqudagi gipnoz ham narxning bir qismi uchun foyda.
00:50:30 - O'zbeklardan so'rang.

2. Mr.Popper's Penguins (Janob Popper va uning Pingvinlari)

00:11:11 - Geografiya jamiyatidagi hamkasblarimga
00:11:14 - "Men o'zimning slovencha yozuvlarimni,
00:11:18 - Taho o'tovini va O'zbek o'tovini qoldiraman.

3. The Angriest Man in Brooklyn (Bruklindagi eng g'azablangan odam)

00:04:36 - Qanday qilib irqchi bo'lishim mumkin? Qaysi irqdan ekanligingni ham bilmayman.
00:04:39 - O'zbekman.
00:04:40 - O'zbekmi? Sen haqsan.
00:04:40 - Men o'zbeklarni yomon ko'raman. Men hammasini yomon ko'raman. Ayniqsa seni!

4. Scintilla (Uchqun)

00:17:33 - Aniq, ruscha emas.
00:17:35 - Mahalliy til. Ular ruslar emas.
00:17:39 - Ular o'zbeklar.

5. One Day in Europe (Evropada bir kun)

01:22:44 - Balki ular rus va turkdir.
01:23:12 - Qozoq yoki o‘zbek bo'lishi mumkin
01:23:15 - Ha, qozoqlar va o'zbeklar. Ajoyib!

6. Je reste! (Men qolaman)

00:23:53 - Qayerda edingiz? Uchrashuvingiz bormidi?
00:23:59 - Bugun o'zbeklar uchib ketayotgan edi.

7. Une vie à t'attendre (Sizni kutayotgan hayot)

00:20:25 - Men siz uchun na'munalar olib keldim.
00:20:27 - Bu yangimi?
00:20:28 - Ha o'zbeklarniki. Bu sizga to'g'ri kelmaydi.

8. The Blacklist (Qora ro'yxat)

00:06:53 - Bu O'zbek armiyasining operatsiyasi!

Bu serialda O'zbekiston bilan bog'liqliklar ko'p ekan. Qandaydir odam o'zbekistonlik, va amerikaliklar Toshkentga ham kelishdi. Eng qizig'i amerikaliklar o'zbeklarni cherkovda ibodat qiladi deb o'ylashadi shekilli. Serialni to'liq ko'rmaganligim uchun voqealarni aniq bilmadim. Quyidagi videoda Toshkent aeroporti. 😁

9. Madam Secretary (Kotib honim)

00:24:50 - Bir necha o‘zbek mafiya yetakchilari qochqinda.

10. Kavaleriya (Otliqlar) (Tavsiya qilaman)

01:19:12 - Bu qanaqa o'yin?
01:19:14 - Besh tosh, o'zbeklar o'yini.

Siz biladigan yana boshqa kinolar bo'lsa yozib qoldiring, uchinchi qismi ham chiqishi mumkin!

@terminchi

socprofile.com/terminchi
🔥9👏4👍32😁2🤩1👨‍💻1
Issiq-sovuqdan qurbon boʻlganlar bormi? 😅

socprofile.com/terminchi
😁11🤣7😐2👀2👍1🥴1
Ombudsman - Kelinni nazorat qilish uchun qaynona tomonidan tayinlanib qoldirilgan qayinsingil. 😅

socprofile.com/terminchi
👍9😁5👏1
Kim biladi, nimaga shunaqa nomlanadi? 🤔

socprofile.com/terminchi
😁8🤣7👍6
Ekzekytsiya - Yoshlikda ayb ish qilganingda devor burchagida turish yoki oʻyinchogʻingni oying tomonidan musodara qilinishi. 🥲

socprofile.com/terminchi
👍10🗿3😁1
Futbolkez qorasi yoʻqmi? Qorasi boʻlganida olardim! 🤔

socprofile.com/terminchi
😁13👍6🥴2🤣2👏1
Reyderstvo - Sevgan qizingni telegramiga ulanib olish ham reyderstvo. Uyat! 🙂

socprofile.com/terminchi
🔥8👍5😁4👏1
Plutokratiya - Toshkent Respublikasi plutokratiya ostida! 🫡

socprofile.com/terminchi
👍9🔥2😁1
SINDROM

Inson harakteri deb atalayotgan narsalar kasallik bo'lishi mumkin. Sizlarga shunday kasalliklardan bir nechtasini topib keldim. Aslida bularni kasallik sifatida qabul qilish unchalik ham to'g'ri emas, chunki men quyida yozib o'tgan sindromlar deyarli psixologik o'zgarishlardir.

1. Qorovul sindromi - bu inson o'z ustunligini ifodalash uchun har tomonlama harakat qiladigan xatti-harakatlardir. Buning eng oson yo'li - bu o'z lavozimidan foydalanish. Bizda byudjet tashkilotlari ishchilariga tekkan kasallik. Kerak bo'lmasa ham qog'ozbozlik bilan sizni ovvora qilishadi.

2. O'rdak sindromi - Ma'lumki, o'rdaklar tuxumdan chiqqanda birinchi bo'lib kimni ko'rgan bo'lsa uni onasi deb o'ylaydi. U haqiqiy ona o'rdakmi yoki boshqa hayvonmi, odam va ba'zan jonsiz narsa bo'ladimi, muhim emas. Odamlarga ham bu hodisa ta'sir qilishi mumkin, ya'nim odam birinchi marta ko'ziga tushgan ob'ektni (ob'ektiv haqiqatga zid bo'lsa ham) avtomatik ravishda eng yaxshi deb hisoblaydi. Sizlarga oddiy qilib tushuntirsam, sotuvchiga "menga taglik bering" deb emas "menga pampers bering" deb aytamiz, vaholanki "Pampers" brand nomi! Fikrga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi.

3. Oq quyon sindromi - “Alisa mo‘jizalar mamlakatidagi” Oq quyonni eslaysizmi? Agar biror kishi Oq quyon sindromidan aziyat cheksa, u doimo biror narsaga kechikayotganini his qiladi.

4. "Uch kunlik rohib" sindromi - Ushbu sindromning mohiyati: boshlagan ishingizni oxiriga yetkaza olmaysiz. Trening, chet tili kurslari, qandaydir loyiha, biznes, sport yoki boshqa narsalar, muhim emas. Ilgari bu ishga qancha vaqt sarflaganingizning ahamiyati yo'q: kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar - bir lahzada hammasi uchib ketadi. Agar bu muntazam ravishda takrorlansa, bu sizning hayotingizni sezilarli darajada murakkablashtirishi mumkin, bu sizni chinakam muhim maqsadlarga erishishingizga to'sqinlik qiladi.

5. Dorian Grey sindromi - Ushbu sindrom tashqi yoshlik va go'zallikka intilish uchun bor kuchini, pulini va o'z vaqtini sarflashga qodir bo'lgan ko'plab yoshlarga ta'sir qiladi. Bu ularning hayotdagi asosiy maqsadiga aylanadi. Sindrom Oskar Uayldning “Dorian Grey surati” asaridagi, ko‘zguda eskirgan cholni ko‘rib qo‘rqib ketgan qahramon sharafiga nomlangan. Bu holatga xos bo'lgan odamlar bor kuchlari bilan o'zlarining yoshligi va go'zalligini saqlab qolishga harakat qilib va buning uchun kosmetikadan haddan tashqari foydalanishdan tortib, plastik jarrohlikni suiiste'mol qilishgacha bo'lgan har qanday qurbonliklarni qilishadi.

6. Dushanba sindromi - Ko'pchilik ishlaydigan odamlar, shuningdek, talabalar va maktab o'quvchilari, keyingi ish haftasi boshlanishidan oldin paydo bo'ladigan noxush holat bilan tanish. To'satdan aql bovar qilmaydigan charchoq, befarqlik va ba'zida bosh aylanishi va ishtaha yo'qolishi muammolari paydo bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, "dushanba" sindromidan qochish uchun kun boshida o'zingizga to'g'ri tempni belgilashingiz kerak.

7. Diogen sindromi - Ushbu sindromdan aziyat chekadigan odamlar o'zlarini jamiyatdan ajratib oladilar, o'zlarini e'tiborsiz qoldiradi, nihoyatda ziqna va turli xil axlatlarni yig'ishga intiladilar. Sindrom qadimgi yunon faylasufi Diogen sharafiga nomlangan, afsonaga ko'ra, bochkada yashagan.

8. Parij sindromi - Parijga tashrif buyurgan baʼzi odamlar shaharni ular kutgandek emas deb hisoblaydigan haddan tashqari umidsizlik hissi. Vaziyat odatda madaniy shokning ogʻir shakli sifatida qaraladi.

9. Sindrom Angedoniya - zavqlanish qobiliyatining pasayishi yoki yo'qolishi. Angedoniya bilan og'rigan odam zavq keltirishi mumkin bo'lgan faoliyat uchun motivatsiyani yo'qotadi: sport, sayohat, sevimli mashg'ulotlar.

10. Stokgolm sindromi - vaziyat qurboni dastlab tajovuzkordan qo‘rqadi va nafratlanadi, so‘ng nafrat simpatiyaga aylanadi. Ya'ni o'ziga zulm qilgan odamni yaxshi ko'rish.

Sizga qaysi sindrom ko'proq tanish yoki guvohi bo'lgansiz?

@terminchi

socprofile.com/terminchi
👏6🔥4😁3👍2🤔1😱1🥴1
Meni Chindan Sevadi 😍

socprofile.com/terminchi
🤣272😁2👀2👍1👏1
Potensial - Bilimingizni oshirishdagi potensiya bu @terminchi 🙂

socprofile.com/terminchi
👍10👏2
Entelexiya - oʻzbeklar aytayotgan DUX! 💪

socprofile.com/terminchi
👍10💩1
Alisher Tojiyev - IT doktor va IT investor hamda ko‘plab ijtimoiy loyihalar asoschisi. Kanalda IT va shu soha haqida yozib boradi.

Kanalga oʻtish uchun!
👍15🔥4👏3🗿3😁2🍌2