-terminchi
2.05K subscribers
3.78K photos
68 videos
881 links
Oddiy soʻzlarning siz kutmagan, siz bilgan va siz bilmagan maʼnolari. Bu yerda chegara va qolip yoʻq!

Admin: @sitteradmin
Donat uchun: https://tirikchilik.uz/theterminchi
Download Telegram
Admindan tavsiya! 🙂

Kompyuter oʻchirib-yoqishdan boshlab hamma narsa oʻrgatilinadi! 🧑‍💻

Telegram kanali
You Tube kanali
👍13🔥1
Oʻzbekiston goʻzal goʻshadir, koʻchalari oʻsha-oʻshadir. 🙂

socprofile.com/terminchi

Tushunarli boʻlishi uchun!
😁10🤣6🔥4👍2
Aytaman deganlardan haliyam javob kutyapsizlarmi? 🙂

socprofile.com/terminchi
😁4💯3🤣2👍1🔥1🤬1
Unutilgan so'zlar

Sotsiologiyada avlodlar farqi deb ataladigan juda ilmiy atama mavjud bo‘lib, bu bo‘shliq turli yosh guruhlarini ajratib turuvchi tajriba, qarashlar, odatlar va xatti-harakatlardagi ob’ektiv farqlarga asoslanadi. Men esa barcha avlod unutgan va hozirgi kunda foydalanilmayotgan so'zlarning qisqacha ro'yxatini tuzdim. Ro'yxatning asosiy qismini texnika egalladi.

CD (compact disk) - markazida teshikka ega bo'lgan plastik disk ko'rinishidagi optik saqlash vositasi, uning ma'lumotlarini yozish va o'qish jarayoni lazer yordamida amalga oshiriladi.

CD-Pleer - kompakt diskda yozilgan musiqalarni o'qish uchun mo'ljallangan qurilma.

Dendy - o'yin konsoli

Disketa - ma'lumotlarni takroriy yozib olish va saqlash uchun ishlatiladigan olinadigan saqlash vositasi. Hozirgi fleshkalarning ajdodi.

Dirijabl - boshqariladigan shar - elektr stansiyasi bilan jihozlangan va ma'lum bir yo'nalishda keng balandlikda sezilarli tezlikda harakatlana oladigan samolyot turi.

Emo - xuddi shu nomdagi musiqiy uslub muxlislari asosida shakllangan va u bilan bog'liq bo'lgan yoshlar submadaniyati.

Grammofon - plastinkaga yozilgan tovushlarni chalish uchun musiqa asbobi.

IK-port (инфракрасный порт) - yorug'lik to'lqinlarining infraqizil diapazonidan foydalangan holda ma'lumotlarni uzatish.

Kasetta (audiokasetta, videokasseta) - 2000-yillarning boshlariga qadar magnit lentadagi eng keng tarqalgan saqlash vositalaridan biri.

Kaleydoskop - turli xil tez o'zgaruvchan rang naqshlarini kuzatishingiz mumkin bo'lgan optik qurilma.

MMS (Multimedia Messaging Service) - uyali tarmoqlarda multimedia xabarlarini (tasvirlar, musiqalar, videolar) uzatish tizimi.

Patefon - plastinkalarni chalish uchun mexanik qurilma, grammofonning portativ versiyasi.

Peydjer - matnli xabarlarni qabul qilish va yozib olish uchun portativ simsiz qurilma.

Plastinka - gramofon, patefon va boshqalar uchun ovoz yozish diski.

Sotka (cотовый телефон) - uyali telefon so'zidan olingan so'zlashuv so'zi.

Tektonik - ko'cha raqsi, 2000-yillarning boshlarida Belgiya klub raqslari ta'siri ostida tungi klublarning mashhurligi fonida paydo bo'lgan.

Men unutgan so'zlarni balki siz bilarsiz?

socprofile.com/terminchi
👍8👏3🔥1😢1
Siz qaysi turiga kirasiz? 🙂

socprofile.com/terminchi
😁6👍2🥱2🥴2🤣1
Trenddan qolsam uyat boʻlar! 😅

socprofile.com/terminchi
🤣12😁3👍2🔥2👏21
Kofega (coffee) oʻtirib qolganlar bormi? 🧐

socprofile.com/terminchi
🥰8😁7👍4👎2🔥1🤩1
Ishing nima?! 🤨

socprofile.com/terminchi
😁15👍7👨‍💻3🗿21🔥1👏1🤡1
"O'zbekiston" so'zining chet kinolaridagi rollari

Sizlar uchun "O'zbekiston" so'zining ajnabiy kinolarda ijro etgan rollarini to'pladim. Kinologlarni (terminchida kinosevarlar shunday ta'riflanadi) ekran oldiga yaqinroq o'tirishlarini so'rayman, balki ular ham eshitgandir.😁

1. The Dark Knight Rises (Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi)

01:32:47 - Doktor Leonid Pavel, yadro fizigi.
01:32:52 - Pavelning o'limi tasdiqlangan edi.
01:32:54 - Agentlik uni O'zbekistondan olib chiqib ketayotgan paytda samolyot halokatga uchragan, ammo.... Bu, o'sha!

2. Borat

00:01:27 - Bu mening mamlakatim Qozog'iston.
00:01:30 - Tojikiston va Qirg'iziston o'rtasida joylashgan ...
00:01:34 - Va ahmoq O'zbekiston. (P.S: afsuski shunday deyilgan 😐)

3. Charlie Wilson's War (Charli Uilson urushi)

00:09:45 - Kobuldan yangilik
00:09:47 - O'zbekistondanmi?
00:09:48 - Afg'onistondan.

4. Babylon A.D. (Bobil E.A.)

00:49:11 - Bilasanmi, ikki yil oldin ...
00:49:14 - ...O‘zbekistonda men bu virusli bomba portlaganini ko‘rgandim.

5. Imagine That (Tasavvur qiling)

00:21:46 — O‘zbekistonda nimadir bo‘lyapti.
00:21:49 - O'zbek...-nima?

6. Madeline (Madlen)

01:21:19 - O'zbekiston elchisi hozirgina maktabni sotib olishga rozi bo'ldi.
01:21:23 - O'zbekiston nima?
01:21:32 - Tez orada O'zbekiston bayrog'i tomda hilpiraydi.

7. 5 Flights Up (5 ta parvoz)

00:21:34 - Abdul Pomir dindor, yumshoq va g'amxo'r o'g'il.
00:21:37 - Ha, u O‘zbekistonda tug‘ilgan,
00:21:40 - lekin u ikki yil oldin Amerika fuqarosi bo'ldi.

8. Dead Rising (O'liklarning qaytishi)

01:39:59 - Qilayotgan ishingiz ularga yoqmasa nima bo'ladi?
01:40:01 - Uyingizga raqamsiz furgonda kelishadi...
01:40:03 - Furgonga tashlab, O'zbekistondagi maxfiy bazasiga olib ketadi...

9. Darkman II: The Return of Durant (Tun odami II: Duranning qaytishi)

00:37:17 - Ular barqarormi?.
00:37:19 - Bu hujayralar Sharqiy O'zbekiston ishchilarining texnik xodimlari tomonidan ishlab chiqarilgan.

10. Vet hard (Daniya banditlari)

00:06:28 - Haydovchilik guvohnomangizni qayerdan sotib olgansiz? O'zbekistondanmi?

11. Cats & Dogs (Mushuklar kuchuklarga qarshi)

00:13:01 - Mehmonxonada o'ynash mumkin emas.
00:13:04 - U yerdagi gilam O'zbekistonniki.

12. The World Is Not Enough (Dunyo yetarli emas)

01:08:32 - Renard qayerga uchishi mumkin?
01:09:02- Bu doiraning istalgan joyiga. Rossiya, Armaniston, Eron, Qozog‘iston, O'zbekiston...

13. Monk

00:32:30 - So'nggi paytlarda u gilamlarni import qilmoqda.
00:32:32 - Gilamlar?
00:32:33 - Ha, gilamlar, Checheniston, O'zbekiston kabi joylardan. Tanish eshitildimi?

14. The Recruit (Rekut)

00:08:22 - Sen xorijda o'sgansan: O'zbekiston, Bruney, Venesuela

15. Le tout nouveau testament (Yangi vasiyatnoma) (Ko'rishni tavsiya qilmayman!)

01:39:18 - O'zbekistonga deport qilishdi.

Siz biladigan yana boshqa kinolar bo'lsa yozib qoldiring, ikkinchi qismi ham chiqadi!

socprofile.com/terminchi
👍20🔥6🤩2❤‍🔥11👏1🆒1
Hech qachon, "hech qachon" demang! 😅

socprofile.com/terminchi
🤣7😁4🔥3👏3👍2
Sevishib yurganingda kinder tashiganmisan? 😅

socprofile.com/terminchi
😁8🤣7👍41🥰1👏1
Jentrifikatsiya - Bizda bu kottedjatsiya deyiladi. 😅

socprofile.com/terminchi
👍9😁5
Akasi borlarga joʻnatib qoʻying, harakatini qilsin! 😅

socprofile.com/terminchi
🤣9👌4👍3
Nuvorish - Lavozimga tayinlangan qoʻshning. 😅

socprofile.com/terminchi
👍12
Inkriminirovat - "Bir biringa toʻngashoʻvir"-bizda shunaqa deyishadi! Sizdachi? 😅

socprofile.com/terminchi
👍10🤔1
Yoki shkalad! 😅😋

socprofile.com/terminchi
😁6🗿4👍3👏2🤣1
"O'zbek" so'zining chet kinolarida ijro etgan rollari (2-qism)

Kecha "O'zbekiston" so'zining ijodi haqida gaplashgan edik, bugun esa "O'zbek" so'zining chet kinolaridagi rollari haqida gaplashamiz. Patriotlarni ekranga yaqinroq o'tirishlarini so'rab qolamiz! 😁

1. The Manchurian Candidate (Manchuriya nomzodi)

00:50:24 - Kichik elektroshok ...
00:50:26 - ...va uyqudagi gipnoz ham narxning bir qismi uchun foyda.
00:50:30 - O'zbeklardan so'rang.

2. Mr.Popper's Penguins (Janob Popper va uning Pingvinlari)

00:11:11 - Geografiya jamiyatidagi hamkasblarimga
00:11:14 - "Men o'zimning slovencha yozuvlarimni,
00:11:18 - Taho o'tovini va O'zbek o'tovini qoldiraman.

3. The Angriest Man in Brooklyn (Bruklindagi eng g'azablangan odam)

00:04:36 - Qanday qilib irqchi bo'lishim mumkin? Qaysi irqdan ekanligingni ham bilmayman.
00:04:39 - O'zbekman.
00:04:40 - O'zbekmi? Sen haqsan.
00:04:40 - Men o'zbeklarni yomon ko'raman. Men hammasini yomon ko'raman. Ayniqsa seni!

4. Scintilla (Uchqun)

00:17:33 - Aniq, ruscha emas.
00:17:35 - Mahalliy til. Ular ruslar emas.
00:17:39 - Ular o'zbeklar.

5. One Day in Europe (Evropada bir kun)

01:22:44 - Balki ular rus va turkdir.
01:23:12 - Qozoq yoki o‘zbek bo'lishi mumkin
01:23:15 - Ha, qozoqlar va o'zbeklar. Ajoyib!

6. Je reste! (Men qolaman)

00:23:53 - Qayerda edingiz? Uchrashuvingiz bormidi?
00:23:59 - Bugun o'zbeklar uchib ketayotgan edi.

7. Une vie à t'attendre (Sizni kutayotgan hayot)

00:20:25 - Men siz uchun na'munalar olib keldim.
00:20:27 - Bu yangimi?
00:20:28 - Ha o'zbeklarniki. Bu sizga to'g'ri kelmaydi.

8. The Blacklist (Qora ro'yxat)

00:06:53 - Bu O'zbek armiyasining operatsiyasi!

Bu serialda O'zbekiston bilan bog'liqliklar ko'p ekan. Qandaydir odam o'zbekistonlik, va amerikaliklar Toshkentga ham kelishdi. Eng qizig'i amerikaliklar o'zbeklarni cherkovda ibodat qiladi deb o'ylashadi shekilli. Serialni to'liq ko'rmaganligim uchun voqealarni aniq bilmadim. Quyidagi videoda Toshkent aeroporti. 😁

9. Madam Secretary (Kotib honim)

00:24:50 - Bir necha o‘zbek mafiya yetakchilari qochqinda.

10. Kavaleriya (Otliqlar) (Tavsiya qilaman)

01:19:12 - Bu qanaqa o'yin?
01:19:14 - Besh tosh, o'zbeklar o'yini.

Siz biladigan yana boshqa kinolar bo'lsa yozib qoldiring, uchinchi qismi ham chiqishi mumkin!

@terminchi

socprofile.com/terminchi
🔥9👏4👍32😁2🤩1👨‍💻1
Issiq-sovuqdan qurbon boʻlganlar bormi? 😅

socprofile.com/terminchi
😁11🤣7😐2👀2👍1🥴1
Ombudsman - Kelinni nazorat qilish uchun qaynona tomonidan tayinlanib qoldirilgan qayinsingil. 😅

socprofile.com/terminchi
👍9😁5👏1
Kim biladi, nimaga shunaqa nomlanadi? 🤔

socprofile.com/terminchi
😁8🤣7👍6
Ekzekytsiya - Yoshlikda ayb ish qilganingda devor burchagida turish yoki oʻyinchogʻingni oying tomonidan musodara qilinishi. 🥲

socprofile.com/terminchi
👍10🗿3😁1