TerDU AL rasmiy kanali
987 subscribers
1.39K photos
120 videos
6 files
580 links
Download Telegram
TerDU Akademik litseyi oʻquvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi.

17-may, juma kuni TerDU Akademik litseyi binosida oʻtkazilgan yakuniy final oʻyinida guruhlardan shakllangan 17 ta jamoa oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

“Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori S.Odilov tomonidan olib borilgan va 20 ta savol oʻynalgan bahs yakuniga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi.

🥇205-guruh
🥈209-guruh
🥉105-guruh


Final oʻyinida sovrinli oʻrinlarni egallagan jamoalar rahbariyat tomonidan umumiy hisobda 1200 000 soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram / Facebook / Instagram  / YouTube.
#futbol
#rektor_kubok


Akademik litseyning 1 va 2 -kurs o‘quvchilari o‘rtasida Sportning "Futbol" turi bo‘yicha Termiz davlat universiteti "Rektor kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.



⚽️Futbol musobaqasi natijalariga ko‘ra
🥇-o'rin 203 - guruh
🥈-o'rin 103 - guruh
🥉-o'rin 101 - guruh

G'olib guruhlar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram / Facebook / Instagram  / YouTube
⚡️Endi o’qishga kiradigan talabalar bir yil uchun 2 xilda grant olishadi

Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi.

Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi.

Ya’ni, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi.

Eslatma: bu tartibda grant ajratilishi keyingi o‘quv yilidan 1-kursga kiradigan talabalardan boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarni o‘qishga hujjat topshirishini osonlashtiradigan MenTalaba.uz platformasi yaratilgan

2023-yili 50 mingdan ortiq abituriyentga BEPUL yordam ko‘rsatgan bu dastur 2024-yilgi bitiruvchilarga ham BEPUL yordam berishga tayyor!

Buning uchun:

1️⃣  MenTalaba.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tasiz;

2️⃣   Shaxsiy profilni to‘ldirasiz;

3️⃣   Tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohlarga ariza topshirasiz.

👉 MenTalaba.uz platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va muddatidan avval o‘nlab oliygohlar talabasi bo‘ling!

Mentalaba.uz | Telegram | Reklama
Forwarded from TerDU rasmiy kanali