TechnoGap
13 subscribers
194 photos
58 videos
104 files
70 links
Texnoni biz bilan gaplashing!
Guruhga kirish uchun ushbu havolaga kiring: t.me/technogapxona
Download Telegram
Yangi vivo va Oppo seriyalarining kameralari hamda asosiy xususiyatlari bir joyga jamlandi:
• Asosiy va teleobyektiv sensorlar (LYT, HP seriyalari)
• Akkumulyator, ekran va korpus qalinligi solishtiruvi
• Pro va Ultra modellarining aniq texnik parametrlari
Batafsil ma’lumot va to‘liq jadval bu yerda:
🔗 Vivo & Oppo jadvalini ko‘rish

https://t.me/techno_gap
👍1
Imprinting.

Odam miyasi ilk yorqin taassurotni eng kuchlisi sifatida eslab qoladi, garchi xolis qaraganda keyingi telefonlar yaxshiroq bo‘lsa ham. Lekin dofamin baribir birinchi martadagidek bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham bazilar telefonlarini doimiy ravishda yengi modellarga almashtirib turadi va har bir yengi modeldan maksimal dofamin qidirishadi - shunchaki u yengi, bazida haypda bo‘gani, hamma uni muhokama qilayotgani va barcha obzorlar u haqida bo‘lgani uchun. Ayniqsa, almashtirish qimmatga tushmasa.

https://t.me/techno_gap
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vivo X500 unpicking.
Dizaynga baho bering

https://t.me/techno_gap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vivo X300 pro vs Iphone 17 pro max telefoto kameralari qiyin sharoitda solishtiruv videosi.

https://t.me/techno_gap
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internetda Apple odatdagi katta va shov-shuvli taqdimotlardan asta-sekin voz kechayotgani haqida video tarqaldi.
Apple so‘nggi paytlarda yangi mahsulotlarni katta shoular o‘rniga press-relizlar, sayt va qisqa videolar orqali taqdim etishga ko‘proq e’tibor bermoqda.

https://t.me/techno_gap
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OPPO Find X10 Pro Max barcha rang variantlarida ochib ko‘rsatildi.

https://t.me/techno_gap
Pro Max’lar orasida xarakteristikalari bo‘yicha eng to‘liq va balansga tushgani — faqat Oppo. Hech qanaqa minus topolmaysiz: asosiy, telekamera va keng burchakli kameralarning uchtasiga ham bahaybat 200 megapikselli sensorlar qo‘yilgan. Kameralar bloki juda qalin emas, ixchamgina qilingan. Batareyasi ham ulkan — naqd 8000 mA/soat! Ustiga-ustak, telekamerasining yorug‘lik kuchi zo‘r, selfi-kamerasi g‘ayritabiiy darajada keng burchakli va narxi boshqa Pro Max’lardan biroz arzonroq. Vivo’ning Pro Max’iga kelsak, sensorlar va linzalar bo‘yicha 300-seriyadagi «proshka»dan umuman farqi yo‘q, LOFIC texnologiyasining zo‘rmi yoki chalamiligini hali hech kim bilmaydi. Xiaomi’ning Pro Max’i esa ancha bo‘sh: kameralari Mini model uchun kuchli ko‘ringani bilan, Pro Max darajasi uchun ancha zaif. Lekin Xiaomi’ning bitta jiddiy «ko‘ziri» bor, bu haqda sal keyinroq gaplashamiz — aynan shu narsa o‘yin qoidasini o‘zgartiradi.
Vivo Mini o‘ziga Vivo’ning avvalgi ixcham flagmanlaridagi eng yaxshi narsalarni jamlagan: asosiy sensor katta, 64 megapikselli telekamera esa hamma telefonlardagi 12 megapiksel o‘rniga toza 16 megapikselli detallarni beradi (boshqa telefonlar 50 yoki 200 MP deb yozsa ham, faqat 12 MP beradi). Lekin kichikroq akkumulyator kayfiyatni biroz buzishi mumkin, telekamerasining esa piksellari ko‘p bo‘lgani bilan, o‘lchami oddiygina. Eng qizig‘i, bazaviy komplektatsiyadagi Mini $910 tursa, Pro Max undan atigi $75–80 qimmatroq. Shuning uchun, yaxshi taraflari bo‘lsa ham, Vivo Mini’ni sotib olishdan umuman mantiq yo‘q.
Oppo’ning Mini modeli esa ancha pishiqroq chiqibdi: asosiy sensori sal kichikroq bo‘lsa-da, telekamerasi ancha katta, ikkalasi ham 200 megapiksel. Buning ustiga, xuddi Pro Max’dagidek ulkan 8000 mA/soatlik batareya tiqilgan — uni bunaqa ixcham korpusga qanday sig‘dirishganiga aqling yetmaydi! Old kamerasi ham o‘sha keng burchakli variant — juda mustahkam, zo‘r tanlov.
Xiaomi Mini’da esa barcha buklama (flip) telefonlardagi yashirin «ko‘zir» bor: orqa panelga ikkinchi ekran qo‘yilgan! Bu narsa nima beradi? Boshqa telefonlardagi mitti tirqish-kamera o‘rniga, selfi va video uchun eng zo‘r, eng katta asosiy kameradan foydalanasiz. Natijada selfi sifati bir bosh baland bo‘ladi. Shu sababli Xiaomi Mini’ga ham, xuddi shunday ekranli Pro Max’ga ham selfi-kamera qanaqaligi umuman qiziq emas — u faqat videoqo‘ng‘iroqlar uchungina asqatadi. O‘zini ko‘p rasmga yoki videoga oladiganlar uchun bu daxshat ustunlik: bozorda Xiaomi’dan boshqa hech kimda 1/1.28 dyuymli «selfi-kamera» yo‘q. Qolgan kameralar ham juda baquvvat: Vivo va Oppo mini’laridagi eng zo‘r jihatlarni yig‘ib olishgan (Vivo’dagi katta asosiy datchik va Oppo’dagi katta telekamera, ya’ni ikkala asosiy modul ham maksimal darajada). Faqat 7000 mA/soatli batareya u qadar qoyil qoldirmaydi, Snapdragon protsessori esa rasmga zo‘r olgani bilan, zaryadni ham yaxshigina yeydi. Bu yerda muammolar bo‘lishi mumkin, shuning uchun real testlarni kutgan ma’qul.
Oddiy (baza) modellar ichida bittagina Vivo qiziq: matritsalar va 64 megapikselli telekamera to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mini’dan olingan, lekin ekrani kattaroq, akkumulyatori ham 7500 mA/soat, narxi esa Mini’dan $130–135 arzonroq. Aslida Mini’ning o‘zidan ham idealroq variant bo‘libdi. Oppo’ning oddiy bazasi esa umuman qiziq emas: asosiy sensori kichikroq, telekamerasi oddiygina, ustiga-ustak 32 MP selfi-kamerasida avtofokus yo‘q, batareyasi ham kamroq (7025 mA/soat). Xullas, minimal varianti $700 bo‘lib yana ham arzonroq turganiga qaramasdan, unga qarashning keragi yo‘q.