Techmob.uz
24.9K subscribers
4.17K photos
599 videos
2.72K files
604 links
🚀 Kanalimga Xush Kelibsiz!

💻Texnologiya olamidagi eng so'nggi yangiliklar, gadget sharhlari va foydali maslahatlarni qidiryapsizmi? Techmob sizga yordam beradi.

Reklama : @techmob_admin

Etgancha t.me/techmobyuklabot orqali videolarni yuklab oling
Download Telegram
Xiaomi Band 11 tayyor! Biryo‘la 4 xil versiyada chiqadi

Xiaomi’ning navbatdagi mashhur fitnes bilaguzugi — Xiaomi Band 11 Mi Fitness ilovasi bazasida paydo bo‘ldi 👀

⌚️ Xitoy bozorida qurilma 4 xil versiyada chiqishi kutilmoqda:

• Oddiy versiya
• NFC versiya
• Keramik korpusli versiya
• To‘liq metall korpusli versiya 😍

Tashqi dizaynda katta o‘zgarish bo‘lmasligi mumkin. Batareya sig‘imi ham avvalgi darajada — 233 mAh bo‘lib qolishi aytilmoqda.

Hozircha yangi funksiyalar haqida ma’lumot yo‘q. Xiaomi Band 11’ni Xiaomi 18 Fold bilan birga taqdim etishi mumkin.

@techmobuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍117
🤯 Sentyabr hali endi boshlandi, lekin texno olam allaqachon qizib ketdi!

Kecha POCO F9 Pro va POCO F9 Ultra rasman taqdim etildi 🔥
Lekin bu hali boshlanishi xolos — oldinda yanada katta taqdimotlar bor 👇

🍎 9-sentyabr — iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va bukiladigan iPhone Ultra (Fold)

⚡️ Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max, shuningdek Xiaomi’ning bukiladigan Xiaomi 18 Fold modeli

👑 Vivo X500 seriyasi — juda kuchli kameralar bilan kelishi kutilmoqda

📸 OPPO Find X10 seriyasi

📱 Huawei Mate XT 2 — yangi uch buklamali smartfon va maxfiylikka yo‘naltirilgan ekran texnologiyasi bilan

🍒 Va yana bitta muhim yangilik — Samsung One UI 9.0 sentyabr oxirida chiqishi kutilmoqda.

Qisqasi, sentyabr smartfonlar bozorida juda “issiq” oy bo‘ladi 🔥

👀 Siz eng ko‘p qaysi yangi qurilmani kutyapsiz?

@techmobuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31104👍3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
📱Xiaomi 18 Fold ekrani haqida yangi tafsilotlar!

Xiaomi yangi buklanuvchi flagmanida ekran sifatiga jiddiy urg‘u bermoqda 👀

📱 Xiaomi 18 Fold displeylari Super Pixel texnologiyasiga ega bo‘ladi:

☀️ 4000 nit gacha maksimal yorqinlik
🔴🟢🔵 Oddiy PenTile o‘rniga RGB OLED matritsa
— Har bir pikselda to‘liq 3 ta subpiksel mavjud
— Natijada bir xil ruxsatda ham tasvir yanada tiniq va aniq ko‘rinadi

Eng qiziq joyi — ichki ekran tomonlari nisbati taxminan √2:1, ya’ni A4, A5 va A6 qog‘oz formatlariga juda yaqin.

📄 Bu esa hujjatlarni ochganda ekran maydonidan maksimal foydalanish va ularni deyarli chetlarsiz ko‘rsatishga yordam berishi mumkin.

Xiaomi 18 Fold taqdimoti 7-sentabr kuni kutilmoqda 🔥

🤔 Sizningcha, Xiaomi Samsung’ning Fold seriyasiga jiddiy raqobatchi bo‘la oladimi?

@techmobuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥217👍3
📸 OnePlus Ace 7 Pro kamerasi bilan hayratda qoldirishi mumkin!

OnePlus’ning Ace seriyasi doim kuchli protsessor va gaming imkoniyatlariga urg‘u berardi, kamera esa uning eng kuchli tomoni emasdi. Lekin Ace 7 Pro bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin 👀

Insayder Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, OnePlus hozir quyidagi kameralar kombinatsiyasini sinovdan o‘tkazmoqda:

📷 200 MP — asosiy kamera bo‘lishi kutilmoqda
🔭 50 MP — taxminan 3.5x periskop telefoto bo‘lishi mumkin
🤳 16 MP — old kamera

Bundan tashqari, prototiplarda 16 GB RAM + 1 TB xotirali versiya ham mavjud.

⚡️ Qolgan xususiyatlari ham ancha jiddiy:

6.78 dyuymli 185 Hz ekran
Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori
— korpus ichiga o‘rnatilgan aktiv turbinali sovutish tizimi 🌪️

OnePlus Ace 7 oilasi 2026-yil oxirigacha taqdim etilishi kutilmoqda.

Agar bu kameralar final versiyada ham qolsa, Ace 7 Pro shunchaki “gaming smartfon” emas, balki to‘laqonli flagmanga aylanishi mumkin 🔥

@techmobuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥41