Techie's Blog 👨🏻‍💻
111 subscribers
595 photos
190 videos
5 files
98 links
Flutter Engineer, talks about MobileDev.
Works at https://aros.uz

Likes books and cats 😄.
Sharing my journay to become a senior.
Enthusiastic about technology.

Here me : @iamtechie
Download Telegram
Bugungi sayohat Aksarsoy sharsharasi bo’ldi. Umumiy hisobda 20km masofa bosib o’tdim. Tepalikka ko’tarilish juda qiyin bo’ldi lekin yo’l bo’yi manzaralar juda ham zo’r bo’ldi.
O’zbekistonda ham shvetsaryadan qolishmaydigan joylar ham bor ekan 😄
Asli dam olishga chiqqandim lekin qiziqish bizni olislarga olib ketti.

Tabiat rostdan ham chiroyli, juda qari darahtlar, so’qmoqlar, erimagam qorlar, sharshara, giyohvor o’tlar 😄. Haa sayohat odamga ko’p narsani o’rgatadi. Bunday katta tog’lar orasida inson juda ham mayda va zaif ko’rinadiki, yaratilish haqida o’ylamay ilojsiz.

Ayniqsa ertalabki havoda bulutlar shunday to’lshalganday, tog’lar shunday joylashtirib qo’yilgan. Haqiqiy yaratuvchi va qudrat sohibi Ollohni kuch qudratini sezmay ilojsiz. Albatta sayohat qilish va yaratig’lar haqida tafakkur qilish kerak.
⚠️ XCode 16.3 versiyaga yangilagach bazilarda quyidagicha xatolik chiqmoqda.

Yechim sifatida yandex_mapkit ning fork qilingan versiyasida ushbu versiyasi ishlamoqda.

P.s/ Publisherlardan yaqin kunda fix qilingan versiyani kutib qolamiz.
Assalomu alekum hammaga 👋
ADA'ga topshirganlar bormi oramizda ? 😉
Assalomu alekum barchaga.

Deyarli 2 haftadan buyon Deferred Deep Link bo'yicha va umuman Deep linking, targeting va action tracking bo'yicha juda ko'plab narsalarni o'rganmoqdaman. Baribir yangi narsalarni real projectda qilish davomida o'rganish qiziq bo'ladi. Oldin qilgan qilingan ishdan qilgan xatolarim va yangi oson yo'llarini ko'rib chiqyapman. Nasib qilsa ishlarim tugagach bu tajribamni sizlar bilan ham bo'lishaman.

p.s/ Deep linkka qiziqadiganlar bormi o'zi ?
Flutter o'zi qanday ishlashi haqida flutter team tomonidan tayyorlanayotkan videolar to'plami:

1. Architecture
2. The three trees
3. The state class
4. The RenderObjectWidget.
5. The RenderObject
6. The Flutter Engine and Embedders
#question

Flutterchilar sizlar qaysi mavzularda qiynalasizlar, qaysi mavzular sizlar uchun qiziq. Nimalar haqida gaplashsak sizlarga foydaliroq va qiziqarliroq bo'ladi ?

p.s/ Fikrlarni commentda yozsangiz bo'ladi.
Techie's Blog 👨🏻‍💻
#question Flutterchilar sizlar qaysi mavzularda qiynalasizlar, qaysi mavzular sizlar uchun qiziq. Nimalar haqida gaplashsak sizlarga foydaliroq va qiziqarliroq bo'ladi ? p.s/ Fikrlarni commentda yozsangiz bo'ladi.
Commentlarda 3 ta mavzu keldi:
1. Performance optimizatsiya (UI rendering, memory, network, FPS, arxitektura) - ko'pchilik qiziqqan;
2. Integration test - ko'pchilik ishlatmaydi lekin muhum ;
3. Canvas (menimcha custom painting) - deyari hech kim ishlatmaydi lekin qiziq;

Mavzular men uchun ham qiziq. To'g'ri expert emasman lekin sizlar uchun bu mavzular bo'yicha o'zimdagi bor bilim va qo'shimcha manbalardan malumot izlayman va sizlar bilan live qilib real projectda ko'rib chiqamiz.
Biz vaqt hammasini o'zgartiradi deb o'ylaymiz. Lekin bu - yolg'on. Harakat qilsakgina nimadir o'zgartiradi. Harakatsiz hammasi oldingiday qolaveradi.
Shu deselar shu kunlarda instagramda “Professional, 10 yil+ tajriba, 30 dan ortiq loyihalar egasi” bo’lgan qandaydir kompaniya asoschilari 1 oy davomida dasturchilikdan pul topishni o’rgatishi haqida har xil reklamalar chiqaverib jonimga tegdi. Bioda hech qanday projectiga link yoq, aqalli linkedinga, likedin bo’lsa u yerda pichoqq ilinadigan narsa yoq, yana qandaydir motivatsion, siyqasi chiqqan gaplar odamni ko’nglini ozdiradi. Boshqa sohalar qolib endi dasturchilikka o’tildimi ? deymanda. 1 oyda pul topishga kiritib qo’yishini eslasam 2-3 yillab qiynalib yurganim esimga tushib siqilyapman 🤧. Eng yomoni kimlardir ularni maqtab commentlar qoldirayotgani 🤢.
Men shaxsan amaliy ishlar gapiradi deb o’ylayman. Masalan Azimjon Po’latov va shu akaga o’xshash real dasturchilarga. Ularning nima ish qilganini o’zlari aytishi shart emas albatta. Qo’ziqorinday o’sib chiqayotgan lo’ttibozlar buzuq qo’y podani buzganday buzishi aqilsizlik.

P.s/ bugun bunga ko’p duch kelganim uchun yozmasam bo’lmasdi.