Techie's Blog
146 subscribers
695 photos
198 videos
7 files
112 links
Flutter Engineer | Tech enthusiast.
Working at 🟢 https://paynet.uz

Likes traveling, books, cats 😄.
Sharing my journay to become a senior.

Community : @FlutterDevTalk
DM : @iamtechie
Download Telegram
Forwarded from The Stranger
Hammasi bir vaqtga toʻgʻri keldi. Muammolar girdobida qoldi. Aksiga olib doimgiday eng muhim pallada salomatligi pand bera boshladi. Ruhiy holati doim salomatligiga bevosita taʼsir qiladi.

Kurashishning foydasi yoʻq, qiladigan ish yoʻq, faqat kutmoq va umid qilmoq kerak. Bunday pallada eng muhimi chalgʻish, nimalar bilandir shugʻullanish, kim bilandir suhbatlashish.Ahvolini hech kimga bildirmaydi. Zero muammolarini oʻzi hal qilishi kerakligini, hech kimdan hech narsa kutmaslik kerakligini ancha oldin anglab yetgan. Biroq shunchaki suhbatlashish, vaqt oʻtkazish qiyin emas-ku, toʻgʻrimi? Ammo hayot tez, hamma oʻz tashvishi bilan band. Odamlar bir-biriga hech bir sababsiz vaqt ajratmay qoʻygan. Oila, bola-chaqa, ish, uyda choʻzilib yotish...

Yaqinlari haqida-ku gap boʻlishi mumkin emas. Uzoqdagi odam butun oʻrmonni, oʻrmon ichidagi odam bir nechta daraxtni koʻrgani kabi, yaqinlari uni hammadan koʻra kamroq taniydi.

Doimgi ishlarini qilaveradi. Hazillashadi. Tortishadi. Ichidan sekin nurab boraveradi hech kimga sezdirmay. Ozgina, ha, mana shunchagina eʼtibor bergan odam nimadir joyida emasligini tushungan boʻlardi. Koʻzlariga qarash kifoya. Biroq hech kim qaramaydi, qarolmaydi. Yashiradi u nigohlarini. U uchun koʻz xuddi soʻz kabi qadrli. Behudaga ishlatib boʻlmaydi. Muhim gap boʻlmasa birovning koʻziga qarab gapirmaydi.

Ha, kutmoq va umid qilmoq kerak. U oʻzidan boshqa hech kim bilmaydigan urush ichida. Bundan yo yanada kuchli, yo yanada ojiz boʻlib chiqadi. Chiqolmasligi ham mumkin...
Techie's Blog
Yana bir bor Ollohga shukur. Next step and done.
Shu paytda ozgina yozgim keldi.
Asli haydovchilik guvohnomasini olishdan maqsadim sal boshacharoq edi. Ya'ni uylansam o'z moshinamizda o'zim haydovchi bo'lib kelinni olib kelaman deb maqsad qilgan edim. Meni to'yga nisbatan fikrim boshacharoq, hech qanday kartej, o'zimda yoq, umrimda o'tirib ko'rmagan moshinani falon pulga arenda qilish, yana uni haydovchisi bo'lishi menga umuman yoqmaydi. Unchali zo'r bo'lmasa ham o'zimning moshinamda olib kelish ancha yaxshiroq deb hisoblayman. Men uylanmoqchi bo'lgan qiz ham albatta shunday o'ylasa kerak. Bu borada Ota-onam ham meni qo'llab quvvatlashadi degan umiddaman.
🔥3👌2
Weekend 😄
Davlat hizmatlari markazi(DHM) Xalqni vaqtini olish markazi.
Ertalabdan pravamni olish uchun Fayzobod GAI ga bordim. Aytishlaricha 2 oydan beri bu huquq DHM ga o'tkizilgan emish. O'zizga yaqin hududgi DHM da olasiz deyishdi. Hop mayli deb qidirsam eng yaqini Yakkasaroyda ekan o'sha yerga yo'l oldim. Ne ajabki u yerda berishmasmish Chilonzorda Novzadagi markazda berisharmish. Ha hop mayli deb uyoqqa yo'l oldim. Yaxshi maqsadlar bilan borsam, nimamish prava kartasi tugaganmish ishalamayotkanmish, qachon ishlashini ham bilishmasmish. Qanday service bo'ldi endi bu. Havodan soqqa qilishni bilishadi lekin qachon ishlashini bilishmaydi. O'sha bo'limga javobgar shaxslar shu karta tugayotkanda qayerga qarashgan. Atay bir odam uzoq yo'l bosib kelsa-yu ishlamayapti desa hunuk bo'lmaydimi ?!. Ishi hizmat ko'rsatish bo'lgandan keyin taminlab qo'ymaydimi hammasini xalqni vaqtini olishni o'rniga. Bilmadim yana nima deyishni. Ketgan vaqtimga achinaman holos.
😐2🔥1
#fun Kayfiyatni ko’taramiz😁
🤣8
Assalomu alekum hammaga. Ollohga shukur guvohnomani ham qo’lga kiritib oldim. Yaxshilik kunlarga ishlasin. 🙂

E'tibor berselar hamma sanalar 20.01 bo'lgan 😎.
👍3🔥1🎉1
My life these days 😄
👍2
Techie's Blog
Ishlatib ko'rganlar bormi ?
Aka taxi da ishlatishibdi bilselar bilarsilar 😎😏.
👏4🔥1
✈️
Yes it is true...
🤔3
Essiz Lutfinisa.
Techie's Blog
Assalomu alekum hammaga, Juma ayyomi muborak bo'lsin. Yilning birinchi kitobi.
Romanning birinchi kitobi "Qiriq besh kun" haqida.

Kitobni o'qishini boshlaganimda birinchi navbatda hayron qolgan narsam, bir odam shunday kitobni qanday yozishi mumkin-a ?!. Birinichi martta qandaydir boshqacha bo'lib ketdim. Yozuvchining san'atiga qoyil qolmay iloj yo'q.
Kitob o'zbek xalqining mehmondo'stligi, martligi, hamjihatda qanday kuchga egaligi, Ota-onaning o'rni va albatta samimiy va fidokor sevgi muhabbat haqida so'zlaydi. Azizxon va uning armonga aylangan sevgilisi Lutfinisa, bosh qahramonlar 45 kun ichida boshdan kechirgan sarguzashlari, Azizxonning Katta Farg'ona kanali qazilishida yosh bo'lishiga qaramay ko'rsatgan jonbozliklari, xalqning birdamlikda manashunday katta ishlarga qodir bo'lishi albatta barchani birdak kitobga qiziqtiradi. Aslida Farg'ona kanali qurulishi haqida uncha ko'p narsani bilmas edim lekin kitobda juda ham ko'plab malumotlarga ega bo'ldim. Qahramonlar bilan birgalikda botqoqliklarni kezdim, issiqda pashshayu chivinlarga yem bo'ldim, kanal qurulishida tuproq qazib uni toshidim. Lutfinisaning o'limidan hafa bo'ldim. Azizxonnga qo'shilib yig'lagim, bir og'iz so'z aytib yupatgim keldi. Yozuvchi bularni xotiralarimga mangu muhrladi. Ko'plab voqealar vodiyda, husuan o'zim yashaydigan joylarga yaqib bo'lgani uchun ham juda qiziqish bilan o'qidim.

Albatta bugun kitobni bir-ikki og'iz so'z bilan tasvirlashni iloji yo'q lekin asar haqiqatda takrorlanmas !
Forwarded from Mutolaa zavqi 📖
Eng yaxshi vaqt hech qachon kelmaydi!

"Ta'tilga chiqsam, kitob o'qiyman", "Oy boshidan o'z ustimda ko'proq ishlayman", "Kelasi sessiyadan albatta yaxshi o'qiyman" va shunga o'xshash fikrlar...

Boshlash uchun ideal sharoitlar hech qachon paydo bo'lmaydi. Bu faqat ichimizdagi qo'rquv va qat'iyat yo'qligini oqlash uchun ongimiz tomonidan yaratilgan bahonadir. Kutayotganimizdagi sharoitlar yuzaga kelsa ham, har doim yangi to'siqlar paydo bo'ladi.

Boshlash uchun eng yaxshi vaqt esa bugun!
🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥71