Techie's Blog 👨🏻‍💻
117 subscribers
601 photos
191 videos
5 files
99 links
Flutter Engineer, talks about MobileDev.
Works at https://aros.uz

Likes books and cats 😄.
Sharing my journay to become a senior.
Enthusiastic about technology.

Here me : @iamtechie
Download Telegram
#thought

Kelilar dasturchi sifatida kun bo'yi bir joyda o'tirib, qo'shiq tinglamay nima qilayotkanim haqida ozgina aytaman. Buni yozishim bilan hech qanday maqtanish, o'zimni bir juda taqvodir odam deb ko'rsatishdan yiroqman. Menga ham bir blogdagi post sabab bo'lgan, men ham kimgadir sababchi bo'larman degan maqsadda yozdim.

Avtobusda, ishxonada yoki zalda ya'ni menga bog'liq bo'lmagan joylarda qo'yilgan musiqaga har doim ham qarshilik qila olmayman, qo'limdan kelgani - o'z naushnigimni taqqan holda balandroq qilib boshqa narsa eshitishga harakat qilyapman. Nasib qilsa AirPod ning orginal versiyasini olsam "Noice Cancellation" funksyasi kerakmas ovozlardan maksimal himoyalaydi deb hisoblayman.

Ish vaqtida, yotlayotgan suramni yoki maruza yoki siyrat darslarini yoki biror podcast eshitish bilan o'tkizyapman. Bazida esa hech nima eshitmay ham o'tkizayapman. O'tgan yili arab tilini o'rganganim sabab hozirda yotlagan qisqa suralarni ham talaffuzlarnimni to'g'irlab yotlashga harak qilyapman. O'ylab qaralsa musiqasiz ham unchalik zerikarli emas ekan, muhumi o'zimga qo'ygan qoidaga amal qilayotkanim va bu ozgina bo'lsa ham hayrli bo'layotgani qalbimda qandaydir hursandchilik va o'zimdan qoniqish hissini beryapti va boshqa ishlarga ham undayapti.

Avallambor Ollohdan kuch quvvat berishini, bardomlikni, niyyatimni to'g'irlashini so'rayman. Bu amallarimiz bizni jannatga yoki jahannamga olib kirmaydi, faqat Ollohning mag'firati va izni bilan hamma narsa bo'ladi. Shunday ekan Ollohnig mag'firati va kechirishini so'rab qolamiz.
🔥3