📖 G‘ijimlangan surat
Ko‘chada yomg‘ir shivalab yog‘ardi. U ishdan qaytayotib, do‘konga kirdi. Kassadagi yoshgina qiz xaridlarni hisoblayotib, shoshganidan uning kofe to‘la stakanini turtib yubordi. Qahva uning oq ko‘ylagiga to‘kildi. Qiz qizarib ketdi, duduqlanib uzr so‘ray boshladi. U esa odatdagidek muloyim jilmaydi: "Hechqisi yo‘q, singlim, o‘zingizni koyimang. Hammamiz ham charchaymiz, yuvilsa ketadi." Yarim soatdan so‘ng u o‘z uyining eshigini ochdi. Ostonada uni bolalarining qiy-chuvi kutib oldi. Kichkina o'g'li yugurib kelib, oyog‘iga yopishdi: "Dada! Dada, qarang, men nima yasadim!" Oshxonadan chiqqan ayoli mehribonlik bilan so‘radi: "Kuningiz yaxshi o‘tdimi? Ovqatni suzaymi?"
Ko‘chada, begona qizning xatosini ochiq yuz bilan kechirgan odamning ichida to‘satdan qandaydir g‘azab qaynadi. Ishdagi muammolar, charchoq va tiqilinch yo‘llarning alami birdaniga yuziga tepdi. U bolaning qo‘lidagi qog‘ozni asabiy yulqib oldi-da, stol ustiga otdi:
"Bor, nari o‘yna! Charchab keldim! Hech bo‘lmasa uyda bir oz tinchlik bormi o‘zi?!" Ayoliga ham zarda qildi: "Hech narsa yemayman, menga tegishmanglar!"
Xona birdan suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi. Bola mo‘ltirab chekaga o‘tdi, ayoli indamay oshxonaga qaytdi. U yotoqxonaga kirib, kiyimlarini almashtirdi-yu, karavotga o‘zini tashladi.
Tunda tomog‘i qurib uyg‘ondi. Suv ichish uchun oshxonaga chiqdi. Chiroqni yoqishi bilan ko‘zi dasturxon ustidagi narsalarga tushdi. Uning sevimli ovqati sovitib qo‘yilgan, ustiga sochiq yopilgandi. Ovqat yonida esa boya asabiylashib g‘ijimlab otib yuborgan qog‘oz parchasi yotardi.
Qog‘ozni ohista qo‘liga oldi. G‘ijimlangan varaqda aji-buji chiziqlar bilan to‘rtta odamcha va o‘rtada katta bir yurak chizilgandi. Tagida esa xat tanib-tanimay qolgan bolakayning xatolar bilan yozilgan yirik yozuvi bor edi: "Mening dadam eng yahshi dada."
Uning tomog‘iga nimadir haqiqiy ovqatdek tiqildi. Ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqdi. Oq ko‘ylagiga qahva to‘kkan begona qizga topilgan tabassum, uni har kuni intizor bo‘lib kutadigan, butun dunyosi faqat shundan iborat bo‘lgan jajji farzandiga va ayoliga topilmagandi. U begonalarni hurmat qilgan, ammo uning mehriga eng munosib, mehri kafolatlangan insonlarning qalbini majaqlab tashlagan edi.
Eng qimmatli narsamizni nega arzon sotamiz?
E’tibor berganmisiz? Ko‘chada turtib yuborgan begona insonga tabassum bilan uzr so‘raymiz. Ammo uyga kelgach, bizni intiqlik bilan kutgan oila a'zolarimizga faqat charchoq, asabbuzarlik va zardamizni sochib beramiz.
Nega? Chunki ong ostimizda bir xudbin o‘y yashaydi: "Ular baribir meni yaxshi ko‘radi, kechiradi, chidaydi". Ularning mehri biz uchun xuddi "kafolatlangan"dek.
Lekin haqiqat shuki:
Begonalar sizning chiroyli muomalangizni shu zahoti unutadi. Uyinizdagilar esa bitta shirin so‘zingizga, samimiy tabassumingizga butun umr muhtoj bo‘lib yashaydi.
Uyga kirayotganda o‘sha ko‘chadagi "eng yaxshi, madaniyatli o‘zingizni" ham olib kirishni unutmang!
@techdomla
🌐 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤5😢1
Ma'lumotlarni tushunarli va sodda holatda vizual tarzda yetkazish. Yangi dizaynlar.
📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#tafakkur
🔹Ko'rinmas rishtalar...
🤔 Hammamiz suvni bilamiz, to'g'rimi? Lekin uni bir-biriga jips ushlab turadigan, daryo yuzasida jonzotlarni ko'tarib turadigan va eng baland daraxtlarning uchigacha o'z-o'zidan yetib borishini ta'minlaydigan ko'rinmas kuch nima ekanligini o'ylab ko'rganmisiz? Bu fizikadagi – sirt tarangligi. Xo'sh, agar shu taranglik birdaniga yo'qolib qolsa nima bo'lardi?
☝️🏻 Boshida hammasi ajoyib, oson va erkindek tuyuladi. Suv hech qayerda to'xtab qolmaydi, hamma narsa o'z-o'zidan tez yuviladi. Ammo biroz o'tib fojia boshlanadi... Hovuzga sakrasangiz, suv endi sizni umuman ushlab turmaydi, toshdek to'g'ri tubiga cho'kasiz. Daraxtlarga suv ko'tarilmaydi, ular quriydi. Hatto tomirimizdagi qon ham oqishdan to'xtaydi... Bitta tortishishning yo'qolishi butun ekotizimni halok qiladi.
Hayotimizdagi ota-ona, oila, chin do'stlar bilan bog'lab turgan ko'rinmas mehr va mas'uliyat rishtalari ham xuddi shu sirt tarangligiga o'xshaydi. Ba'zan ular bizga yukdek, harakatlarimizni cheklayotgandek, bizni siqayotgandek tuyuladi. Hammasini tashlab, mutlaq erkinlikka chiqib ketgimiz keladi. Ammo bilmaymizki, bizni bu shafqatsiz hayot ummonida cho'kib ketishdan asrab turgan, yashashga kuch berayotgan yagona narsa – aynan o'sha biz qochmoqchi bo'lgan ko'rinmas rishtalardir!
🔹 Sizni qattiq ushlab turgan, ba'zida mas'uliyat yuklayotgan o'sha qo'llarni silkitib tashlashga shoshilmang. U rishtalar uzilsa – erkinlik emas, halokat keladi!
Yuk sanama ba'zida siqsa hamki rishtalar,
O'sha mehr tutib turar hayot degan ummonda.
Erkinman deb uzilsang, asramas farishtalar,
Toshdek cho'kib ketasan, qolib yolg'iz to'fonda!
✅ Xulosa o'zingizdan
👉 @techdomla
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
🔹

❤7👍1🔥1
🌟 Istalgan mavzuni san'at asariga aylantiruvchi UNIVERSAL PROMPT! 🌟
Darslikdagi istalgan mavzuni shunday ko'z qamashtiruvchi 3D rasmlarga aylantirishni xohlaysizmi? Shu PROMTNI sizlarga sovg'a qilmoqchiman.
[BU YERGA MAVZUNI YOZING] - joyiga o'zingizga kerakli mavzuni yozasiz
UNIVERSAL PROMTNI izohga tashlayman👇
Postni saqlab oling va hamkasblaringizga, do'stlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🤯2⚡1❤1🤩1
Nega biz faqat yutganlarni ko'ramiz?
Internetga kirsangiz, qimmat mashina minib, Dubayda dam olayotgan 20 yoshli vayner yoki tiktokerlarga ko'zingiz tushadi. Va miyangizda beixtiyor savol tug'iladi: "Men nega yillab o'qib, qora terga botib ishlashim kerak? O'qish foydasiz-ku!"
Bu fanda "Omon qolish xatosi" (Survivorship bias) deb ataladi.
Nega bu eng katta yolg'on?
Lotereya effekti: Siz muvaffaqiyatga erishgan 10 ta yulduzni ko'rasiz. Lekin xuddi shunday bloger bo'laman deb o'qishni tashlab ketgan, hech narsaga erisha olmagan, hozirda ishsiz yoki qarzga botgan 100 000 ta yoshlarni ko'rmaysiz. Lotereyada 1 kishi yutadi, millionlab odam yutqazadi.
Yaroqlilik muddati (Trend): Kulgili videolar bilan chiqqan yulduzning kuyish davri o'rtacha 2-3 yil. Ertaga undan-da qiziqroq odam chiqsa, u unutiladi, daromadi ham to'xtaydi.
Haqiqiy sarmoya: Malakali shifokor, kuchli muhandis, dasturchi yoki olimning qadri esa yillar o'tgan sari o'sib boradi. Tajriba — bu hech kim sizdan tortib ololmaydigan aktivdir.
Hype (shov-shuv) ortidan quvib vaqtingizni qimorga tikmang. O'z ustingizda ishlab, bilim oling. Bilim — inflyatsiya ta'sir qilmaydigan yagona sarmoyadir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3
"Tarbiya beramizmi yoki... o'rnak bo'lamizmi?" 💔📱
Ertalabki nonushta. Dasturxon atrofida butun oila jam, ammo... hech kim bir-biri bilan gaplashmaydi. Dadamiz yangiliklar o'qiyapti, onamiz ijtimoiy tarmoqlarda.
Mittivoy jimgina qarab turib, sekin telefon tomon qo'l cho'zadi. Shunda birdan hamma uyg'onadi:
— "Tegma! Ko'zingga ziyoni bor!"
— "O'ynama, darsingni qil!"
O'zimiz kuniga soatlab ekran ichiga sho'ng'iymiz-u, lekin bolamizdan mukammallikni talab qilamiz. Biz o'zimiz shisha ekranning asiriga aylanib bo'lganmiz, ammo farzandimizdan telefondan erkin bo'lishni xohlaymiz.
Eng katta xatomiz nimada bilamizmi? Menimcha, biz farzandimizga "Nima qilish kerakligini" ming bor uqtiramiz, lekin ular faqatgina bizning "Nima qilayotganimizni" takrorlashini unutib qo'yamiz.
Eng zo'r tarbiya — bu aql o'rgatish emas, balki jonli o'rnakdir. Kattalar telefondan bosh ko'tarmasa, bola kimdan ibrat olsin?
Bugun kechki ovqat paytida kichik bir tajriba qilib ko'ring: telefonlarni narigi xonaga olib qo'ying. Bolangizning ko'zlariga qarab, "Kuning qanday o'tdi?" deb so'rang. Ishoning, ularning sof dunyosi har qanday virtual olamdan ming chandon qiziqarliroq!

🔥4👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPTda shunday qo'shimcha fuksiya qo'shilibdi sinab ko'rdim haqiqatda ajoyib. Lekin barcha qonun va jarayonlar uchun emas.
Kutamiz barcha qonun va jarayonlar uchun shunday animatsiyali modellashtirishlar qo'shilishini.
Siz ham sinab ko'ring bepul ta'rifda ham ishlayapti
👉 @techdomla - Texnologiya va fan hamkori
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
Kutamiz barcha qonun va jarayonlar uchun shunday animatsiyali modellashtirishlar qo'shilishini.
Siz ham sinab ko'ring bepul ta'rifda ham ishlayapti
👉 @techdomla - Texnologiya va fan hamkori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tez kunlarda ishga tushadi InshaAlloh...
TECHDOMLA shunchaki nom emas... Endi u katta ta'lim, IT, fan platformasi.
Platformada yana nimalar bo'lishini xohlar edingiz. Fikringizni albatta kutamiz. Bu biz uchun va siz uchun judda ham muhim.
👉 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
TECHDOMLA shunchaki nom emas... Endi u katta ta'lim, IT, fan platformasi.
Platformada yana nimalar bo'lishini xohlar edingiz. Fikringizni albatta kutamiz. Bu biz uchun va siz uchun judda ham muhim.
👉 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥3
Assalomu alaykum qadrli @techdomla kuzatuvchilari!
Sizni ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman! Bir oy davomida sabr-toqat maktabini o‘tadik. Endi fan qonunlari yordamida bir-birimizga yaxshi kayfiyat ulashamiz.
Energiya saqlanish qonuniga ko‘ra, bir oy davomida yiqqan ma’naviy energiyangiz yo‘qolmasin. Uni bugun yaqinlaringizga nur, tabassum va iliqlik bo‘lib tarqalishiga ruxsat bering.
Butun oilangiz bilan xuddi Gravitatsiya (tortishish) qonuni kabi bir dasturxon atrofida jam bo‘ling. Bu tortishish kuchi – mehr va oqibatdir.
Hayotingiz trayektoriyasi faqat muvaffaqiyatga tomon, yorug‘lik tezligida harakatlansin.
Gina-qudratlarni formatlab tashlang, bugun qalblar faqat formatlanmagan ezgulikni qabul qiladi. Hayit qutlug‘ bo‘lsin! 🌙🤝
Xurmat va samimiyat ila, TECHDOMLA!
👉 @techdomla - Texnologiya va fan hamkori
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
Sizni ulug‘ ayyom – Ramazon hayiti bilan chin qalbdan tabriklayman! Bir oy davomida sabr-toqat maktabini o‘tadik. Endi fan qonunlari yordamida bir-birimizga yaxshi kayfiyat ulashamiz.
Energiya saqlanish qonuniga ko‘ra, bir oy davomida yiqqan ma’naviy energiyangiz yo‘qolmasin. Uni bugun yaqinlaringizga nur, tabassum va iliqlik bo‘lib tarqalishiga ruxsat bering.
Butun oilangiz bilan xuddi Gravitatsiya (tortishish) qonuni kabi bir dasturxon atrofida jam bo‘ling. Bu tortishish kuchi – mehr va oqibatdir.
Hayotingiz trayektoriyasi faqat muvaffaqiyatga tomon, yorug‘lik tezligida harakatlansin.
Gina-qudratlarni formatlab tashlang, bugun qalblar faqat formatlanmagan ezgulikni qabul qiladi. Hayit qutlug‘ bo‘lsin! 🌙

🔥8❤3👍1