Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Doimo salomat bo'linglar.
Hurmat bilan,
@techdomla
Promtlarni ulashaymi? O'zizlar ham tayyorlab ko'rasizlarmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1
🌸TRENDDAGI TABRIKLAR TAYYORLASH UCHUN SUPER PROMTLAR
Ushbu ajoyib, ultrarealistik tabriknomalarni va ularni o'zingiz mustaqil yaratishingiz uchun maxsus super-promtlarni ochiq taqdim etaman. Quyidagi WORD fayldagi promtlar orqali sun'iy intellekt yordamida o'z yaqinlaringiz uchun eksklyuziv, hashamatli va eng asosiysi — o'ziga xos tabriklar tayyorlashingiz mumkin.
Promtlardan bemalol foydalaning va yaqinlaringizni xursand qilishda texnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalaning! ✨
Hurmat bilan,
@techdomla
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram

⚡1❤1🔥1
@techdomla_8_mart_Quyoncha_guldasta_promtlar.docx
21 KB
Bugungi bahoriy bayram — 8-mart munosabati bilan kanalimiz kuzatuvchilari uchun maxsus sovg'a! 🎁
MAXSUS GULDASTA TUTGAN QUYONCHA RASMLARINI HOSIL QILISH UCHUN SUPER PROMTLAR
👉 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
MAXSUS GULDASTA TUTGAN QUYONCHA RASMLARINI HOSIL QILISH UCHUN SUPER PROMTLAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Siz hali kechikmadingiz, hammasi endi boshlanyapti!
"Dunyo juda tez o'zgaryapti, men orqada qolib ketyapman" degan xavotirdamisiz? Unda bu haqiqiy faktlarga e'tibor bering:
📉 Dunyo aholisining 84% i hali biror marta ham Sun'iy intellektdan (AI) foydalanib ko'rmagan.
💳 Faqatgina 0.3% odam ChatGPT yoki Claude kabi $20lik pullik AI obunalaridan foydalanadi.
Biz hali "Sun'iy intellekt davri"ning mutlaqo boshidamiz. Hozir AI vositalarini o'rganishni boshlasangiz, siz dunyodagi eng ilg'or 16% odamlar qatoriga kirasiz.
💡 Esda tuting: Sun'iy intellekt sizning ishingizni tortib olmaydi. Lekin undan foydalanishni biladigan mutaxassis o'rningizni egallashi mumkin.
🎁 O'rganishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Darslar, ishingiz yoki loyihalar uchun bir necha daqiqada slaydlar (prezentatsiya) tayyorlab beruvchi ajoyib AI vositalarini sinab ko'ring:
1️⃣ Gamma.app – Shunchaki mavzuni yoki matnni yozasiz, u sizga butun boshli vizual taqdimotni chiroyli dizayni bilan yasab beradi.
2️⃣ Tome app – Fikr va g'oyalarni interaktiv slaydlarga aylantirish uchun o'ta qulay neyrotarmoq.
3️⃣ Canva (Magic Design) – Barchamizga tanish Canva'ning sun'iy intellekt funksiyasi. Bitta tugma bilan dizaynlar va prezentatsiyalar generatsiya qiladi.
O'rganishni bugundan boshlang va ustunlikka erishing!
📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
"Dunyo juda tez o'zgaryapti, men orqada qolib ketyapman" degan xavotirdamisiz? Unda bu haqiqiy faktlarga e'tibor bering:
Biz hali "Sun'iy intellekt davri"ning mutlaqo boshidamiz. Hozir AI vositalarini o'rganishni boshlasangiz, siz dunyodagi eng ilg'or 16% odamlar qatoriga kirasiz.
Darslar, ishingiz yoki loyihalar uchun bir necha daqiqada slaydlar (prezentatsiya) tayyorlab beruvchi ajoyib AI vositalarini sinab ko'ring:
O'rganishni bugundan boshlang va ustunlikka erishing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
📖 G‘ijimlangan surat
Ko‘chada yomg‘ir shivalab yog‘ardi. U ishdan qaytayotib, do‘konga kirdi. Kassadagi yoshgina qiz xaridlarni hisoblayotib, shoshganidan uning kofe to‘la stakanini turtib yubordi. Qahva uning oq ko‘ylagiga to‘kildi. Qiz qizarib ketdi, duduqlanib uzr so‘ray boshladi. U esa odatdagidek muloyim jilmaydi: "Hechqisi yo‘q, singlim, o‘zingizni koyimang. Hammamiz ham charchaymiz, yuvilsa ketadi." Yarim soatdan so‘ng u o‘z uyining eshigini ochdi. Ostonada uni bolalarining qiy-chuvi kutib oldi. Kichkina o'g'li yugurib kelib, oyog‘iga yopishdi: "Dada! Dada, qarang, men nima yasadim!" Oshxonadan chiqqan ayoli mehribonlik bilan so‘radi: "Kuningiz yaxshi o‘tdimi? Ovqatni suzaymi?"
Ko‘chada, begona qizning xatosini ochiq yuz bilan kechirgan odamning ichida to‘satdan qandaydir g‘azab qaynadi. Ishdagi muammolar, charchoq va tiqilinch yo‘llarning alami birdaniga yuziga tepdi. U bolaning qo‘lidagi qog‘ozni asabiy yulqib oldi-da, stol ustiga otdi:
"Bor, nari o‘yna! Charchab keldim! Hech bo‘lmasa uyda bir oz tinchlik bormi o‘zi?!" Ayoliga ham zarda qildi: "Hech narsa yemayman, menga tegishmanglar!"
Xona birdan suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi. Bola mo‘ltirab chekaga o‘tdi, ayoli indamay oshxonaga qaytdi. U yotoqxonaga kirib, kiyimlarini almashtirdi-yu, karavotga o‘zini tashladi.
Tunda tomog‘i qurib uyg‘ondi. Suv ichish uchun oshxonaga chiqdi. Chiroqni yoqishi bilan ko‘zi dasturxon ustidagi narsalarga tushdi. Uning sevimli ovqati sovitib qo‘yilgan, ustiga sochiq yopilgandi. Ovqat yonida esa boya asabiylashib g‘ijimlab otib yuborgan qog‘oz parchasi yotardi.
Qog‘ozni ohista qo‘liga oldi. G‘ijimlangan varaqda aji-buji chiziqlar bilan to‘rtta odamcha va o‘rtada katta bir yurak chizilgandi. Tagida esa xat tanib-tanimay qolgan bolakayning xatolar bilan yozilgan yirik yozuvi bor edi: "Mening dadam eng yahshi dada."
Uning tomog‘iga nimadir haqiqiy ovqatdek tiqildi. Ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqdi. Oq ko‘ylagiga qahva to‘kkan begona qizga topilgan tabassum, uni har kuni intizor bo‘lib kutadigan, butun dunyosi faqat shundan iborat bo‘lgan jajji farzandiga va ayoliga topilmagandi. U begonalarni hurmat qilgan, ammo uning mehriga eng munosib, mehri kafolatlangan insonlarning qalbini majaqlab tashlagan edi.
Eng qimmatli narsamizni nega arzon sotamiz?
E’tibor berganmisiz? Ko‘chada turtib yuborgan begona insonga tabassum bilan uzr so‘raymiz. Ammo uyga kelgach, bizni intiqlik bilan kutgan oila a'zolarimizga faqat charchoq, asabbuzarlik va zardamizni sochib beramiz.
Nega? Chunki ong ostimizda bir xudbin o‘y yashaydi: "Ular baribir meni yaxshi ko‘radi, kechiradi, chidaydi". Ularning mehri biz uchun xuddi "kafolatlangan"dek.
Lekin haqiqat shuki:
Begonalar sizning chiroyli muomalangizni shu zahoti unutadi. Uyinizdagilar esa bitta shirin so‘zingizga, samimiy tabassumingizga butun umr muhtoj bo‘lib yashaydi.
Uyga kirayotganda o‘sha ko‘chadagi "eng yaxshi, madaniyatli o‘zingizni" ham olib kirishni unutmang!
@techdomla
🌐 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram

🔥6❤5😢1
Ma'lumotlarni tushunarli va sodda holatda vizual tarzda yetkazish. Yangi dizaynlar.
📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
#tafakkur
🔹Ko'rinmas rishtalar...
🤔 Hammamiz suvni bilamiz, to'g'rimi? Lekin uni bir-biriga jips ushlab turadigan, daryo yuzasida jonzotlarni ko'tarib turadigan va eng baland daraxtlarning uchigacha o'z-o'zidan yetib borishini ta'minlaydigan ko'rinmas kuch nima ekanligini o'ylab ko'rganmisiz? Bu fizikadagi – sirt tarangligi. Xo'sh, agar shu taranglik birdaniga yo'qolib qolsa nima bo'lardi?
☝️🏻 Boshida hammasi ajoyib, oson va erkindek tuyuladi. Suv hech qayerda to'xtab qolmaydi, hamma narsa o'z-o'zidan tez yuviladi. Ammo biroz o'tib fojia boshlanadi... Hovuzga sakrasangiz, suv endi sizni umuman ushlab turmaydi, toshdek to'g'ri tubiga cho'kasiz. Daraxtlarga suv ko'tarilmaydi, ular quriydi. Hatto tomirimizdagi qon ham oqishdan to'xtaydi... Bitta tortishishning yo'qolishi butun ekotizimni halok qiladi.
Hayotimizdagi ota-ona, oila, chin do'stlar bilan bog'lab turgan ko'rinmas mehr va mas'uliyat rishtalari ham xuddi shu sirt tarangligiga o'xshaydi. Ba'zan ular bizga yukdek, harakatlarimizni cheklayotgandek, bizni siqayotgandek tuyuladi. Hammasini tashlab, mutlaq erkinlikka chiqib ketgimiz keladi. Ammo bilmaymizki, bizni bu shafqatsiz hayot ummonida cho'kib ketishdan asrab turgan, yashashga kuch berayotgan yagona narsa – aynan o'sha biz qochmoqchi bo'lgan ko'rinmas rishtalardir!
🔹 Sizni qattiq ushlab turgan, ba'zida mas'uliyat yuklayotgan o'sha qo'llarni silkitib tashlashga shoshilmang. U rishtalar uzilsa – erkinlik emas, halokat keladi!
Yuk sanama ba'zida siqsa hamki rishtalar,
O'sha mehr tutib turar hayot degan ummonda.
Erkinman deb uzilsang, asramas farishtalar,
Toshdek cho'kib ketasan, qolib yolg'iz to'fonda!
✅ Xulosa o'zingizdan
👉 @techdomla
💻 Telegram |🖥 Youtube |💻 Instagram
🔹

❤7👍1🔥1
🌟 Istalgan mavzuni san'at asariga aylantiruvchi UNIVERSAL PROMPT! 🌟
Darslikdagi istalgan mavzuni shunday ko'z qamashtiruvchi 3D rasmlarga aylantirishni xohlaysizmi? Shu PROMTNI sizlarga sovg'a qilmoqchiman.
[BU YERGA MAVZUNI YOZING] - joyiga o'zingizga kerakli mavzuni yozasiz
UNIVERSAL PROMTNI izohga tashlayman👇
Postni saqlab oling va hamkasblaringizga, do'stlaringizga ulashing.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2🤯2⚡1❤1🤩1