Tech domla👨‍🏫
1.88K subscribers
784 photos
132 videos
56 files
331 links
TEXNOLOGIYA VA TA'LIM HAMKORI
Murojat: @techdomla_admin
AI va dasturlardan foydalanish 👨‍💻
Videolarga qo'shimcha kodlar, bepul PowerPoint shablonlari va texno yangiliklar
Samaradorlik sirlari va online darslar
Ta'lim tizimidagi vizual materiallar
Download Telegram
Onajon, ba’zan hayot shovqinida eng muhim so’zni aytishni unutib qo’yamiz...
​Siz bor uchun biz bormiz. Bizning dunyomiz tinch, chunki sizning duoingiz biz bilan. Bayramingiz muborak bo'lsin, hayotimiz charog'boni! ❤️

Qonimiz bir, jonimiz bir jigarlarim, opa-singillarim...
​Bolalikning eng beg’ubor damlarini birga o’tkazgan sirdoshim, qayerda bo’lsangiz ham omon bo’ling. Sizning baxtingiz — mening xotirjamligim. 8-mart muborak! 🌸

Hayot atalgan bu murakkab yo’lni faqat sizning mehringiz go’zal va mazmunli qila oladi
​Tabassumingizdan dunyo yorishadi, qalbingizdan esa ezgulik taraladi. Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ayollar! Yaxshiyam borasiz. 🌷

👉 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎁Kanalimiz obunachilari bo'lgan hurmatli ayol va qizlar, opa-singilar sizlar uchun maxsus tabrik.
Doimo salomat bo'linglar.

Hurmat bilan,
@techdomla

Promtlarni ulashaymi? O'zizlar ham tayyorlab ko'rasizlarmi?

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1
🌸TRENDDAGI TABRIKLAR TAYYORLASH UCHUN SUPER PROMTLAR

Ushbu ajoyib, ultrarealistik tabriknomalarni va ularni o'zingiz mustaqil yaratishingiz uchun maxsus super-promtlarni ochiq taqdim etaman. Quyidagi WORD fayldagi promtlar orqali sun'iy intellekt yordamida o'z yaqinlaringiz uchun eksklyuziv, hashamatli va eng asosiysi — o'ziga xos tabriklar tayyorlashingiz mumkin.

Promtlardan bemalol foydalaning va yaqinlaringizni xursand qilishda texnologiya imkoniyatlaridan unumli foydalaning!

Hurmat bilan,
@techdomla

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1
@techdomla_8_mart_Quyoncha_guldasta_promtlar.docx
21 KB
Bugungi bahoriy bayram — 8-mart munosabati bilan kanalimiz kuzatuvchilari uchun maxsus sovg'a! 🎁

MAXSUS GULDASTA TUTGAN QUYONCHA RASMLARINI HOSIL QILISH UCHUN SUPER PROMTLAR

👉 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Siz hali kechikmadingiz, hammasi endi boshlanyapti!

​"Dunyo juda tez o'zgaryapti, men orqada qolib ketyapman" degan xavotirdamisiz? Unda bu haqiqiy faktlarga e'tibor bering:
📉 Dunyo aholisining 84% i hali biror marta ham Sun'iy intellektdan (AI) foydalanib ko'rmagan.
💳 Faqatgina 0.3% odam ChatGPT yoki Claude kabi $20lik pullik AI obunalaridan foydalanadi.

​Biz hali "Sun'iy intellekt davri"ning mutlaqo boshidamiz. Hozir AI vositalarini o'rganishni boshlasangiz, siz dunyodagi eng ilg'or 16% odamlar qatoriga kirasiz.
💡 Esda tuting: Sun'iy intellekt sizning ishingizni tortib olmaydi. Lekin undan foydalanishni biladigan mutaxassis o'rningizni egallashi mumkin.

🎁 O'rganishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
Darslar, ishingiz yoki loyihalar uchun bir necha daqiqada slaydlar (prezentatsiya) tayyorlab beruvchi ajoyib AI vositalarini sinab ko'ring:

1️⃣ Gamma.app – Shunchaki mavzuni yoki matnni yozasiz, u sizga butun boshli vizual taqdimotni chiroyli dizayni bilan yasab beradi.
2️⃣ Tome app – Fikr va g'oyalarni interaktiv slaydlarga aylantirish uchun o'ta qulay neyrotarmoq.
3️⃣ Canva (Magic Design) – Barchamizga tanish Canva'ning sun'iy intellekt funksiyasi. Bitta tugma bilan dizaynlar va prezentatsiyalar generatsiya qiladi.

​O'rganishni bugundan boshlang va ustunlikka erishing!

📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📖 G‘ijimlangan surat

​Ko‘chada yomg‘ir shivalab yog‘ardi. U ishdan qaytayotib, do‘konga kirdi. Kassadagi yoshgina qiz xaridlarni hisoblayotib, shoshganidan uning kofe to‘la stakanini turtib yubordi. Qahva uning oq ko‘ylagiga to‘kildi. Qiz qizarib ketdi, duduqlanib uzr so‘ray boshladi. U esa odatdagidek muloyim jilmaydi: "Hechqisi yo‘q, singlim, o‘zingizni koyimang. Hammamiz ham charchaymiz, yuvilsa ketadi." Yarim soatdan so‘ng u o‘z uyining eshigini ochdi. Ostonada uni bolalarining qiy-chuvi kutib oldi. Kichkina o'g'li yugurib kelib, oyog‘iga yopishdi: "Dada! Dada, qarang, men nima yasadim!" Oshxonadan chiqqan ayoli mehribonlik bilan so‘radi: "Kuningiz yaxshi o‘tdimi? Ovqatni suzaymi?"
​Ko‘chada, begona qizning xatosini ochiq yuz bilan kechirgan odamning ichida to‘satdan qandaydir g‘azab qaynadi. Ishdagi muammolar, charchoq va tiqilinch yo‘llarning alami birdaniga yuziga tepdi. U bolaning qo‘lidagi qog‘ozni asabiy yulqib oldi-da, stol ustiga otdi:
"Bor, nari o‘yna! Charchab keldim! Hech bo‘lmasa uyda bir oz tinchlik bormi o‘zi?!" Ayoliga ham zarda qildi: "Hech narsa yemayman, menga tegishmanglar!"
​Xona birdan suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi. Bola mo‘ltirab chekaga o‘tdi, ayoli indamay oshxonaga qaytdi. U yotoqxonaga kirib, kiyimlarini almashtirdi-yu, karavotga o‘zini tashladi.
​Tunda tomog‘i qurib uyg‘ondi. Suv ichish uchun oshxonaga chiqdi. Chiroqni yoqishi bilan ko‘zi dasturxon ustidagi narsalarga tushdi. Uning sevimli ovqati sovitib qo‘yilgan, ustiga sochiq yopilgandi. Ovqat yonida esa boya asabiylashib g‘ijimlab otib yuborgan qog‘oz parchasi yotardi.
​Qog‘ozni ohista qo‘liga oldi. G‘ijimlangan varaqda aji-buji chiziqlar bilan to‘rtta odamcha va o‘rtada katta bir yurak chizilgandi. Tagida esa xat tanib-tanimay qolgan bolakayning xatolar bilan yozilgan yirik yozuvi bor edi: "Mening dadam eng yahshi dada."
​Uning tomog‘iga nimadir haqiqiy ovqatdek tiqildi. Ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqdi. Oq ko‘ylagiga qahva to‘kkan begona qizga topilgan tabassum, uni har kuni intizor bo‘lib kutadigan, butun dunyosi faqat shundan iborat bo‘lgan jajji farzandiga va ayoliga topilmagandi. U begonalarni hurmat qilgan, ammo uning mehriga eng munosib, mehri kafolatlangan insonlarning qalbini majaqlab tashlagan edi.

Eng qimmatli narsamizni nega arzon sotamiz?
​E’tibor berganmisiz? Ko‘chada turtib yuborgan begona insonga tabassum bilan uzr so‘raymiz. Ammo uyga kelgach, bizni intiqlik bilan kutgan oila a'zolarimizga faqat charchoq, asabbuzarlik va zardamizni sochib beramiz.
​Nega? Chunki ong ostimizda bir xudbin o‘y yashaydi: "Ular baribir meni yaxshi ko‘radi, kechiradi, chidaydi". Ularning mehri biz uchun xuddi "kafolatlangan"dek.
​Lekin haqiqat shuki:
Begonalar sizning chiroyli muomalangizni shu zahoti unutadi. Uyinizdagilar esa bitta shirin so‘zingizga, samimiy tabassumingizga butun umr muhtoj bo‘lib yashaydi.
​Uyga kirayotganda o‘sha ko‘chadagi "eng yaxshi, madaniyatli o‘zingizni" ham olib kirishni unutmang!

@techdomla

🌐Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65😢1
Ma'lumotlarni tushunarli va sodda holatda vizual tarzda yetkazish. Yangi dizaynlar.

📣 @techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit

💻Telegram |🖥Youtube |💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5